Авторы

  • Qosimova Ozoda Xudoynazarovna
  • Berdiyorova Orzigul Qirjigit qizi

Биографии авторов

  • Qosimova Ozoda Xudoynazarovna

    Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika  
    instituti “Pedagogika”kafedrasi dotsenti 

  • Berdiyorova Orzigul Qirjigit qizi

    O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti   
    “Pedagogika” kafedrasi assistenti 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99919

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: an'anaviy darslar blended learning aralash ta’lim Flipped classroom orqaga qaytgan sinf sun’iy intellect Global ta’lim. Keywords: traditional lessons Flipped Classroom artificial intelligence global education. Ключевые слова: традиционные уроки смешанное обучение Flipped classroom перевернутый класс искусственный интеллект глобальное образование.

Аннотация

Annotatsiya:Ushbu maqolada “Raqamli platformalar” orqali ta’lim olish 
va o‘qitish usullari keskin o‘zgarib, an'anaviy darslar va metodlar o‘rnini onlayn 
resurslar, interaktiv platformalar, va masofaviy o‘qish usullari yoritilgan. 
Pedagogika sohasidagi eng yangi yondashuvlar, raqamli texnologiyalarni o‘z 
ichiga olgan ta’lim jarayonlari orqali rivojlanayotgan bo‘lib, kelajak 
pedagoglari 
uchun ulardan samarali foydalanish zarurati oshib 
bormoqda.Raqamli ta’lim platformalarining pedagogik faoliyatdagi roli 
nihoyatda keng va ko‘p qirralidir. blended learning (aralash ta’lim) usuli, ya’ni 
an’anaviy o‘qish va onlayn o‘qishning uyg’unlashgan shakli, ta’lim jarayonini 
yanada samarali va interaktiv qilish imkonlari Flipped classroom (orqaga 
qaytgan sinf) usuli ham raqamli ta’lim platformalarida yoritib berilgan. 
Annotation: This article discusses how the methods of learning and teaching 
are changing through "Digital Platforms," where traditional lessons and methods 
are being replaced by online resources, interactive platforms, and distance 
https://scientific-jl.com/luch/                                   
140 
Часть-40_ Том-2_ Март-2025 
learning. The latest approaches in pedagogy, incorporating digital technologies, 
are developing the educational process, and the need for future educators to use 
them effectively is increasing. The role of digital educational platforms in 
pedagogical activities is vast and multifaceted. The article highlights methods 
such as blended learning, which combines traditional and online learning, 
providing opportunities to make the learning process more effective and 
interactive, as well as the Flipped Classroom method, which is also explored 
within digital educational platforms. 
Аннотация: В данной статье рассматривается, как с помощью 
"Цифровых платформ" изменяются методы обучения и преподавания, где 
традиционные уроки и методы уступают место онлайн-ресурсам, 
интерактивным платформам и дистанционному обучению. Новейшие 
подходы в педагогике, включающие цифровые технологии, способствуют 
развитию образовательного процесса, и необходимость их эффективного 
использования для будущих педагогов возрастает. Роль цифровых 
образовательных платформ в педагогической деятельности крайне 
широкая и многогранная. Рассматриваются такие методы, как blended 
learning (смешанное обучение), то есть сочетание традиционного и 
онлайн-обучения, которые позволяют сделать образовательный процесс 
более эффективным и интерактивным, а также метод Flipped classroom 
(перевернутый класс), который также раскрыт на цифровых 
образовательных платформах.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

140

KELAJAK PEDAGOGLARINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI

TA’LIM PLATFORMALARINING ROLI

Qosimova Ozoda Xudoynazarovna

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika

instituti “Pedagogika”kafedrasi dotsenti

Berdiyorova Orzigul Qirjigit qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

“Pedagogika” kafedrasi assistenti

Annotatsiya:Ushbu maqolada “Raqamli platformalar” orqali ta’lim olish

va o‘qitish usullari keskin o‘zgarib, an'anaviy darslar va metodlar o‘rnini onlayn

resurslar, interaktiv platformalar, va masofaviy o‘qish usullari yoritilgan.

Pedagogika sohasidagi eng yangi yondashuvlar, raqamli texnologiyalarni o‘z

ichiga olgan ta’lim jarayonlari orqali rivojlanayotgan bo‘lib, kelajak

pedagoglari

uchun

ulardan

samarali

foydalanish

zarurati

oshib

bormoqda.Raqamli ta’lim platformalarining pedagogik faoliyatdagi roli

nihoyatda keng va ko‘p qirralidir. blended learning (aralash ta’lim) usuli, ya’ni

an’anaviy o‘qish va onlayn o‘qishning uyg’unlashgan shakli, ta’lim jarayonini

yanada samarali va interaktiv qilish imkonlari Flipped classroom (orqaga

qaytgan sinf) usuli ham raqamli ta’lim platformalarida yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: an'anaviy darslar, blended learning, aralash ta’lim, Flipped

classroom, orqaga qaytgan sinf, sun’iy intellect, Global ta’lim.

Annotation: This article discusses how the methods of learning and teaching

are changing through "Digital Platforms," where traditional lessons and methods

are being replaced by online resources, interactive platforms, and distance


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

141

learning. The latest approaches in pedagogy, incorporating digital technologies,

are developing the educational process, and the need for future educators to use

them effectively is increasing. The role of digital educational platforms in

pedagogical activities is vast and multifaceted. The article highlights methods

such as blended learning, which combines traditional and online learning,

providing opportunities to make the learning process more effective and

interactive, as well as the Flipped Classroom method, which is also explored

within digital educational platforms.

Keywords: traditional lessons, blended learning, Flipped Classroom,

artificial intelligence, global education.

Аннотация: В данной статье рассматривается, как с помощью

"Цифровых платформ" изменяются методы обучения и преподавания, где

традиционные уроки и методы уступают место онлайн-ресурсам,

интерактивным платформам и дистанционному обучению. Новейшие

подходы в педагогике, включающие цифровые технологии, способствуют

развитию образовательного процесса, и необходимость их эффективного

использования для будущих педагогов возрастает. Роль цифровых

образовательных платформ в педагогической деятельности крайне

широкая и многогранная. Рассматриваются такие методы, как blended

learning (смешанное обучение), то есть сочетание традиционного и

онлайн-обучения, которые позволяют сделать образовательный процесс

более эффективным и интерактивным, а также метод Flipped classroom

(перевернутый класс), который также раскрыт на цифровых

образовательных платформах.

Ключевые слова: традиционные уроки, blended learning, смешанное

обучение, Flipped classroom перевернутый класс, искусственный

интеллект, глобальное образование.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

142

Pedagoglarning malakalarini doimiy ravishda oshirish zarurati kundan-

kunga ortib bormoqda. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘zgaruvchan talablar va

texnologik yangiliklar bilan doimiy yangilanishni talab qiladi. Pedagogik

malakalar faqatgina pedagogik bilimlar bilan cheklanmaydi, balki zamonaviy

ta’lim texnologiyalari, pedagogik yondashuvlar va o‘quvchilar bilan ishlashning

yangi usullari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni ham o‘z ichiga oladi.Raqamli

ta’lim platformalari pedagoglarga o‘z malakalarini oshirish va yangi pedagogik

yondashuvlarni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. Misol uchun, Coursera, edX,

Udemy, va Khan Academy kabi platformalar pedagoglar uchun maxsus kurslar,

vebinarlar va onlayn materiallar taklif etadi. Bu kurslar o‘qituvchilarga ta’lim

metodlarini rivojlantirish, texnologiyalarni samarali qo‘llash, sinfni boshqarish va

boshqa ko‘nikmalarni egallashda yordam beradi. Raqamli platformalar pedagogik

innovatsiyalarni tezda tatbiq etishga imkon yaratadi. Pedagoglar onlayn kurslar

orqali yangi metodlarni o‘rganib, sinfda yangi texnologiyalarni qo‘llashlari

mumkin. Masalan, blended learning (aralash ta’lim) usuli, ya’ni an’anaviy o‘qish

va onlayn o‘qishning uyg’unlashgan shakli, ta’lim jarayonini yanada samarali va

interaktiv qilish imkonini beradi. Flipped classroom (orqaga qaytgan sinf) usuli

ham raqamli ta’lim platformalarida keng qo‘llanilmoqda. Bu usulda, darsning

asosiy materiali uyda o‘qiladi va darsda faqatgina amaliy mashg'ulotlar, tahlil va

muhokamalar bo‘lib o‘tadi. Raqamli ta’lim vositalari bu usulni o‘qituvchilarga

o‘rgatish va amalga oshirishda yordam beradi.Raqamli platformalar orqali sun’iy

intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish vositalari yordamida o‘quvchilarning

individual ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv rejalari va metodikalar ishlab

chiqish mumkin. Bu o‘z navbatida ta’lim sifatini oshiradi va o‘qituvchilarning

pedagogik faoliyatini yuqori darajaga olib chiqadi.Raqamli ta’lim platformalari

pedagoglarga nafaqat bilim olish imkoniyatini, balki dunyo bo‘ylab o‘z

hamkasblari bilan tajriba almashish, hamkorlik qilish va tarmoq yaratish

imkoniyatini ham taqdim etadi. Xalqaro onlayn platformalar pedagoglar uchun


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

143

turli pedagogik va metodik yondashuvlarni o‘rganish, shuningdek, o‘z

tajribalarini boshqalar bilan bo‘lishish imkoniyatini yaratadi.Global ta’lim

tarmog'iga kirish orqali pedagoglar o‘zlarining o‘quvchilari uchun eng samarali

va ilg'or usullarni o‘rganadilar. Bu orqali pedagoglar ta’limning har bir jihatini

yanada mukammal qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, Google for

Education va Microsoft Education kabi platformalar o‘qituvchilarga o‘zlarining

darslarini interaktiv va innovatsion tarzda tashkil etish uchun maxsus vositalarni

taqdim etadi. Bundan tashqari, bu platformalar orqali pedagoglar global ta’lim

jamiyatiga qo‘shilib, yangi pedagogik yondashuvlar haqida fikr almashishlari

mumkin.

Raqamli ta’limning qulayligi va tejamkorligi: Raqamli platformalarning

eng katta afzalliklaridan biri ularning qulayligi va tejamkorligidir. Pedagoglar va

talabalar uchun raqamli ta’lim materiallari va resurslari doimo mavjud bo‘lib,

ta’lim jarayonini yanada osonlashtiradi. Bundan tashqari, raqamli ta’limning

asosiy afzalliklaridan biri unga doimiy ravishda kirish mumkin bo‘lishidir.

Pedagoglar o‘z ish jadvaliga mos ravishda o‘rganishlari va malakalarini

oshirishlari mumkin. Raqamli platformalar orqali o‘qish, nafaqat vaqt va joyni

tejashga yordam beradi, balki o‘qituvchilarga ko‘p xarajatlarni ham tejash

imkonini beradi. Ta’lim resurslari onlayn tarzda taqdim etilsa, ularni tarqatish,

yangilash va boshqarish ancha oson va samarali bo‘ladi.Bugungi kunda ta’lim

tizimi tez-tez o‘zgarib turadi va yangi texnologiyalar, metodikalar va pedagogik

yondashuvlar kiritilmoqda. Raqamli platformalar pedagoglarga o‘zgaruvchan

ehtiyojlarga tezda javob berish imkoniyatini yaratadi. Pedagoglar yangi

texnologiyalarni o‘rganish, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos ta’lim

rejalarini ishlab chiqish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkoniyatiga

ega bo‘ladilar.Shuningdek, raqamli platformalar yordamida pedagoglar o‘zaro

fikr almashish, turli mintaqalarda ta’limni qanday tashkil etilishi haqida bilish va

o‘z tajribalarini boshqalar bilan o‘rtoqlashish imkoniyatiga ega. Bu nafaqat


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

144

pedagoglarning rivojlanishiga, balki ta’lim tizimining umumiy sifatini

yaxshilashga yordam beradi.Kelajak pedagoglari uchun tavsiyalar: Kelajakda

raqamli ta’lim platformalarining roli yanada ortishi kutilmoqda. Pedagoglar o‘z

malakalarini yangilab borish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va

innovatsion pedagogik metodlarni qo‘llash uchun raqamli platformalardan keng

foydalanishlari kerak. Shuningdek, o‘qituvchilar o‘zlarini doimiy ravishda global

ta’lim jamiyatining bir qismi sifatida rivojlantirishlari va o‘zaro tarmoq

yaratishlari zarur.Raqamli ta’lim resurslaridan samarali foydalanish uchun

o‘qituvchilar texnologiyalarni o‘rganish, interaktiv metodlarni qo‘llash, onlayn

tarmoq va hamkorlikni rivojlantirishda davom etishlari kerak. Shunday qilib,

raqamli platformalar pedagoglarni yanada yuqori malakali va zamonaviy ta’lim

tizimiga moslashtirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa.

Raqamli ta’lim platformalari kelajak pedagoglarini

rivojlantirishda ajralmas vositaga aylanmoqda. Ular pedagoglarning professional

malakalarini oshirish, pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etish, global

hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratishda katta rol o‘ynaydi.

Ta’lim tizimi va pedagogik faoliyatni modernizatsiya qilishda raqamli

platformalar yangi yondashuvlar va metodlarni ishlab chiqishga imkon beradi,

shuningdek, ta’limning sifatini yaxshilash va o‘quvchilarning ehtiyojlariga

samarali javob berishda yordam beradi. Raqamli ta’limning imkoniyatlaridan

to‘liq foydalanish, kelajak pedagoglari uchun yangi yuksalish nuqtasi bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi

“Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim

muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-

289-son Qarori

https://lex.uz/ru/docs/


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

145

2. Abdullayev, A. (2019). Blended Learning: Aralash ta'lim usulining

pedagogik mohiyati va imkoniyatlari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti.

3. Xolmatov, S. (2021). Raqamli ta'lim texnologiyalari va ularning

pedagogik samaradorligi. Toshkent: O‘zbekiston pedagogika universiteti.

4. Madatov I.Y. Blended learning taʼlim texnologiyasi asosida talabalarning

mustaqil taʼlimini samarali tashkil etishni takomillashtirish/ PhD Dissertatsiya . –

Samarqand, 2023. – 133 b.

5.

www.webofsciense.com