Авторы

  • Nurmurodov J.X
  • Nizamov A.N
  • Djurayev A.A
  • Abduxamidov A.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99975

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Mobil aloqa tizimlari Elektromagnit nurlanish Sog‘liq uchun xavflar Asab tizimi Uyqu buzilishi Yurak-qon tomir tizimi Radioto‘lqinlar ta’siri Mobil telefon Elektromagnit maydon Himoya choralar Texnologik xavfsizlik Uzoq muddatli ta’sir Sog‘lom foydalanish Tadqiqotlar Innovatsion himoya texnologiyalari.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada uyali telefonlarning tanaga ta'siri va ushbu turdagi aloqadan foydalanish talablari muhokama qilinadi. Mobil aloqadan kutilayotgan kasalliklarni tavsiflaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

264

MOBIL ALOQA TIZIMLARINING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI

Nurmurodov J.X.,

Nizamov A.N.,

Djurayev A.A.,

Abduxamidov A.

Annotatsiya: Ushbu maqolada uyali telefonlarning tanaga ta'siri va ushbu

turdagi aloqadan foydalanish talablari muhokama qilinadi. Mobil aloqadan

kutilayotgan kasalliklarni tavsiflaydi.

Kalit so‘zlar: Mobil aloqa tizimlari, Elektromagnit nurlanish, Sog‘liq uchun

xavflar, Asab tizimi, Uyqu buzilishi, Yurak-qon tomir tizimi, Radioto‘lqinlar ta’siri,

Mobil telefon, Elektromagnit maydon, Himoya choralar, Texnologik xavfsizlik,

Uzoq muddatli ta’sir, Sog‘lom foydalanish, Tadqiqotlar, Innovatsion himoya

texnologiyalari.

Kirish

Hozirgi zamon texnologiyalari jadal rivojlanishi natijasida mobil aloqa

tizimlari inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Mobil telefonlar va simsiz

aloqa vositalari odamlarning muloqot qilish, axborot almashish va biznes yuritish

jarayonlarini ancha osonlashtirdi. Biroq, ushbu texnologiyalarning inson

salomatligiga bo‘lgan ta’siri ko‘plab tadqiqotchi va mutaxassislar tomonidan

muhokama qilinmoqda. Mobil aloqa tizimlaridan uzatiladigan elektromagnit

to‘lqinlarning organizmga ta’siri, xususan, asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi va

umumiy salomatlikka bo‘lgan ehtimoliy xavflari keng o‘rganilmoqda. Ushbu ishda

mobil aloqa tizimlarining inson organizmiga ta’siri va uning salbiy oqibatlarini

kamaytirish yo‘llari tahlil qilinadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

265

Hozirgi kunda turmushimizni mobil aloqasiz, ya’ni qo’l telefonlarisiz

tassavur qilib bo’lmaydi. Lekin qo’l telefonidan chiqayotgan elektromagnit nurlar

inson organizmiga qanchalik ta’siri to’g’risida etarlicha ma’lumotga ega emasmiz.

Mobil aloqa tizimida turli chastotalardagi elektromagnit nurlanishlardan keng

foydalaniladi. Aloqa qurilmalarida generatorlar, antenna qurilmalari, yuqori

chastotali transformatorlar, fider yo’nalishlar, materiallarni termik ishlov berish

uchun qurilmalarda – elektromagnitlar, kondensatorlar elektromagnit nurlanish

manbai sanaladi. Uyali aloqa baza stansiyalari erdan bir necha metr balandlik (15-

50metr) da va uyali telefonlar foydalanuvchining o'zida bo'lganligi uchun insonga

ta'siri katta. Uyali aloqa xizmatining bir necha turlari mavjud: AMPS(analogli),

DAMPS(raqamli), CDMA(raqamli), GSM - 900(raqamli), GSM - 1800(raqamli).

GSM - 1800 stansiyasi GSM - 900 ga qaraganda kamroq nurlanish hosil qiladi.

Lekin ovoz sifati, ekologik tozaligi va inson sog’ligiga ta'siri kamligi jihatidan

CDMA standarti etakchi hisoblanadi. Bu turdagi stansiyaning nurlanishi GSM -

1800 tizisining nurlanishiga qaraganda bir necha barobar kam nurlanish hosil

qiladi. CDMA tizimining uyali telefon apparati nurlanish quvvati

0,2-0,25Vt

ni

tashkil qilsa, GSM tizimida esa bu ko'rsatkich

1-2Vt

ni tashkil qiladi, ya’ni GSM -

900 da

2 Vt

ni, GSM – 1800 da esa

1 Vt

ni tashkil qiladi. Bu nurlanish quvvati ham

baza stansiyalariga tushayotgan yuklamaga bog’liq, ya'ni yuklama baza

stansiyaning xizmat doirasiga kiruvchi abonentlarning sonini ifodalaydi.

So'zlashayotgan abonentlar soni qancha ortsa, yuklama ham shuncha ortib boradi.

Ruxsat berilgan nurlanish quvvati ham inson sog’ligiga salbiy ta'sir qilmasdan

qolmaydi. Ko'p qavatli binolarga bu kabi baza stansiyalar o'rnatilgan va o'sha ko'p

qavatli binolarning yuqori qavatida yashovchi fuqarolar bosh og’rig’i bilan ko'p

kasallanishadi. Bunday bo'lishi tabiiy, chunki birgina abonentga xizmat qiluvchi

uyali telefonning iste'mol quvvati

2Vt

(Vatt) ni tashkil qilsa, baza stansiyasi esa bir

nechta abonentlarga xizmat qilgani uchun undan anchagina ko'proq, ya’ni

20,40,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

266

50, 100 Vt

quvvat iste'mol qiladi. Baza stansiyalarining antennalari kundan - kunga

aloqa sifatini yaxshilash maqsadida ortib bormoqda.

Uyali telefonidan foydalanayotgan insonga uning ta'siri

15 soniyaga

qadar

sezilmaydi. Agar so'zlashuv va foydalanish vaqtini oshirsa unda yaqqol o'zgarish

seziladi, chunki to'lqinlar miya faoliyatini yomonlashtiradi va o'zining to'lqin

xususiyatlarini namoyon qila boshlaydi, ya'ni xotira, diqqatni jam qilish shu kabi

omillarga bir oz vaqtdagina ta'sirini o'tkazadi. Inson tanasining elektromagnit

nurlanishlarga eng ta'sirchan qismi

bosh qismi

bo'lib, aynan shu sohada so'zlashuv

olib boriladi. Shuning uchun u insonda nurlanish jarayoni tezlashishini yana ham

orttiradi.

Elektromagnit nurlanishning inson organizmining markaziy nerv tizimi,

immunitet, endokrinologik tizim, jinsiy tizimiga o'zining salbiy ta'sirini o'tkazar

ekan. Demak, bu kabi elektromagnit nurlanish hosil qiladigan vositalardan

foydalanishni mo’tadil holatga keltirib olsak ham o'zimizni ham naslimizni

sog’ligini asragan bo'lamiz.

Elektromagnit maydonlar (EMM) ta’sirida zararlanish darajasi nurlanish

intensivligi, chastotasi, ta’sir vaqti va nurlanish darajasiga bog’liq. Elektromagnit

maydonlar intensivligi, chastotasi, ta’sir vaqti qanchalik ko’p bo’lsa, inson

organizmiga ta’siri shunchalik kuchli bo’ladi. Elektromagnit maydonlarning

insonga zararli ta’sirlarini ogoxlantirish maqsadida ish joylarida 0,06-300 MGs

diapazonlarda standartga muvofiq quyidagi normalar o’rnatilgan:

Chastotalar

diapazoni, MGs

Elektr tashkil

etuvchi, V/m

Magnit tashkil etuvchi,

A/m

1.

0,006-1,5

50

5


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

267

2.

1,5-3,0

20-50

5

3.

3,0-30

20

5

4.

30-50

10

0,3

5.

50-300

5

0,3

Elektromagnit maydonlarni ta’siridan himoyalashning asosiy usullari va

vositalari quyidagilardan iborat:

1. Himoyalashning tashkiliy choralari.

2. Manbadagi nurlanish intensivligini kamaytirish.

3. Nurlanish manbaini ekranlashtirish.

4. Nurlanish manbaidan ishchi o’rinlarini ekranlashtirish.

5. Masofadan boshqarish.

6. Signalizatsiya vositalarini qo’llash.

7. Individual himoya vositalarini qo’llash.

Ishning mo’ayyan sharoitlariga bog’liq tarzda shu vositalardan biri yoki

ularning ixtiyoriy kombinatsiyasi qullanilishi mumkin.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti uyali telefonlar zarariga oid taqdim etgan

hisobotida insonlarning saraton kasaliga chalinishida uyali telefonlarning ta'siri

kuchli ekanini ta'kidlagan edi. Nova oliygohi mutahassislari kamerali va kamerasiz

uyali telefonlarda elektromagnit nurlanishi bo'yicha test o'tkazishganda, kamerali

telefonlarning nurlanishi sodda uyali telefonlarga qaraganda ko'proq bo'lgan.

Nurlanish asosan uyali telefondan so'zlashuv vaqtida chiqadi, lekin "kutish"


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

268

holatida u nurlanishdan butkul halos bo'lmaydi, chunki uyali telefon baza

stansiyasiga o'zining tarmoq doirasida ekanligi, Qo'ng’iroq, SMS va shu kabi

ma'lumotlarni qabul qilishga tayyor ekanligi haqida axborot berib turadi. Buni

tunda uyali telefoniga "budilnik" qo'yib, yonida olib yotadigan foydalanuvchilar

bilib qo'yishlari foydadan holi bo'lmaydi. Bluetooth foydalanuvchilari ham uzoq

vaqt davomida undan chiqayotgan bir necha mVt quvvatning ham quloq va miya

faoliyatiga bevosita ta'siri borligini unutmasligi kerak.

Uyali telefondan foydalanish tartibiga kelsak, uni so'zlashuv vaqtidagi

"kutish" holatida quloqda emas, balki qo'lda ushlab turish, shuningdek,

metropolitenda, hizmat doirasidan tashqarida, zarur bo'lmasa tunda, keraksiz

paytlarda o'chirib qo'yish muhim. Bundan tashqari, ust kiyimning ichiga solib

yurish tavsiya qilinmaydi. Uni iloji boricha qo'lda va yon haltada olib yurish lozim.

Jamoat joylarida uyali telefondan foydalanishni kechga surgan ma'qul, chunki

avtobus va odamlar gavjum joyda so'zlashganda faqat bir insonni emas, balki bir

nechta insonni elektromagnit nurlanish bilan zararlagan bo'ladi. Shuningdek, uyali

telefonni yosh bolalardan uzoqda tutish kerak.

Hozirda biz uyali telefondan foydalanishni ta’qiqlay olmaymiz. Shunki biz

unga bog’lanib qolganmiz va albatta qanchadir miqdorda nurlanmoqdamiz. Bu

kabi nurlanishlarni butunlay yo'q qilishning iloji yo'q, chunki allaqachon uyali

aloqa turmushimizning bir qismiga aylanib bo'lgan, lekin undagi nurlanishlarni

kamaytirishning iloji bor. Bunda uyali telefonning turiga, antennasining

joylashuviga, uzatish quvvatiga, tanasining materialiga, foydalanilayotgan aloqa

operatoriga, uyali telefonni ishlatish tartibiga e'tibor berish kerak.

Xulosa

Mobil aloqa tizimlarining inson organizmiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan

tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, elektromagnit nurlanishning uzoq muddatli ta’siri


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

269

turli xil salomatlik muammolariga sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, haddan

tashqari ko‘p mobil telefonlardan foydalanish asabiy zo‘riqish, uyqu buzilishi, qon

bosimi o‘zgarishi va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli,

mobil aloqa vositalaridan oqilona foydalanish, maxsus himoya vositalaridan

foydalanish va texnologik qurilmalarni ishlab chiqishda xavfsizlik standartlariga

rioya qilish inson salomatligini himoya qilish uchun muhimdir. Kelajakda yanada

chuqur tadqiqotlar olib borish va xavfsiz texnologiyalarni joriy etish mobil aloqa

tizimlarining salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yu.A. Gromakov. Standarti i sistemi podvijnoy radiosvyazi. Izdatelstvo “Radio

svyazi” . Moskva 1998.

2.

William C.Y. Lee. Mobile Cellular Telecommunications: Analog and Digital

Systems. McGraw-Hill. Inc.195, p. 664.

3.

M. V. Ratinskiy. Osnovi sotovoy svyazi. Izdatelstvo “Radio svyazi”. Moskva

2000.