https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
441
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KUCHLI SHAMOL, DOVUL VA
QUYUNLAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN FAVQULODDA
VAZIYATLARNI OLDINI OLISH VA BARTARAF ETISH.
Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi
Andijon davlat texnika institute Bakalavr 3- bosqich talabasi, O‘zbekiston
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasida kuchli shamol, dovul va
quyunlar bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularning
sabablarini o‘rganish, va ushbu favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan holatlarda
aholining muhofazalanish choralarini ko‘rish va bartaraf etish haqida so‘z
boradi.
Kalit so‘zlar: Shamol, dovul, bo‘ron, quyun, atmosfera, troposfera,
stratosfera, ionosfera, bosim, signallar.
Kirish:
Dovul va bo‘ronlar shamolning turlicha nomlanishi bo‘lib, ularning
farqi tezligidadir. Atmosfera uch qismdan: troposfera, stratosfera va ionosferadan
iborat. Atmosferaning 75% gacha bo‘lgan qismini o‘z ichiga oluvchi
troposferaning balandligi 10-11 km. gacha yetadi. Troposfera qatlami yer yuzasida
iqlimning o‘zgarishiga va shamollarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Yer po‘sti va
undagi organik dunyoning rivojlanishi uchun troposfera va uning tarkibining
ahamiyati kattadir.
Troposferada bo‘lgan gazlar doim tashqi muhit ta’siriga duch kelib turadi.
Quyoshdan keladigan nurni atmosfera o‘zida yutib isiydi va bu issiqlik yoyila
boshlaydi. Atmosfera isishi bilan bosim kamayadi va havo yuqoriga ko‘tariladi.
Sovuq havo bosimi kam bo‘lgan issiq havo o‘rnini almashish uchun harakat qiladi.
Havo bosimi bil xilda bo‘lmaganligidan shamol paydo bo‘ladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
442
Shamol
– issiqlik va atmosfera bosimining bir tekis taqsimlanmasligi
natijasida havoning yer yuzasiga parallel ravishda yuzaga keladigan va yuqori
bosim zonasidan past bosim zonasiga yo‘nalgan harakati.
U yo‘nalish, tezlik va kuch bilan xarakterlanadi. Yo‘nalish gorizont azimuti
bilan aniqlanadi va graduslarda o‘lchanadi. Shamol tezligi m/soniya, km/soat, uzel
(milya/soat) da o‘lchanadi. Shamolning kuchi 1 kv.m yuzaga ko‘rsatilayotgan
bosim bilan o‘lchanadi.
Dovul
– qattiq bo‘ron bo‘lib, tezligi 30 m/soniyani tashkil etadi. Shamolning
shiddati 7-10 ball bo‘lishi mumkin. Dovul shimoliy yarim sharda soat miliga
teskari, janubiy yarim sharda soat millari bo‘yicha esadi. U 120 m/s tezlik bilan
«yashaydi», sayyoramiz bo‘ylab 9-12 kecha-kunduz davomida harakatda bo‘ladi.
Miloddan avvalgi 492- yili Gretsiya sohillarida dovul 300 ta harbiy kemani
cho‘ktirib yuborgan. 1281- yili mo‘g‘illar Yaponiyani istilo qilish uchun otlangan
damlarida kuchli dovul mo‘g‘ullarning kemalarini cho‘ktiib dengiz bo‘ylab sochib
yuborgan.
Insoniyat tarixidagi eng dahshatli dovul 1970- yilning 12-13- noyabr kunlari
Ganga daryosi deltasi (Bangladesh)dagi orollar bo‘ylab o‘tgan. Bir damning o‘zida
10 m balandlikdagi to‘lqin chorak million odamning boshiga yetgan. Tabiiy ofat
hududni tashqi dunyodan ajratib qo‘ygan. O‘lat boshlanib, kuniga bir necha
minglab odamning o‘limiga sabab bo‘lgan. Hammasi bo‘lib, fojia 300000
kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Shikastlovchi omillari.
Vayron qiluvchi kuchi bilan zilzilaga tenglashadi,
binolarni vayronaga aylantiradi, ekinzorlarni payhon qiladi, daraxtlarni ildizi bilan
sug‘urib tashlaydi, yengil inshootlarni buzib tashlaydi. U odamni bemalol havoga
ko‘tarishi yoki uning ustiga shifer, oyna, g‘isht, turli buyumlar bo‘laklarini olib
kelib tashlashi mumkin.
Katta tezlikka ega bo‘lgan shamol poyezdlarni relsdan chiqarib yuborgan,
metall ko‘priklarni buzib tashlagan, avtomobillarni havoga ko‘tarib ketgan hollar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
443
ham bo‘lgan. Bular hammasi dovulda juda katta miqdordagi energiya
to‘planganligi bilan izohlanadi.
Aholining harakati.
Dovulni prognoz qilish mumkin. Dovul boshlanishidan
avval aholi «Diqqat barchaga!» signali bilan ogohlantiriladi. Signal ovozini eshitib,
radio, televizorni yoqish, berilayotgan xabarni eshitish va muhofaza choralarini
ko‘rish lozim. Ya’ni binoning shamol uradigan tomonidagi deraza, eshiklarni
yopish, suv, oziq-ovqat, dori-darmon zahiralarini tayyorlash, fonar, kerosin lampa,
sham, poxod plitasi, batareykali radiopriyomniklar shay qilinishi zarur. Ichki
bosimni muvozanatlash maqsadida shamol tegmaydigan tomondagi eshik va
derazalarni ochib, shu holatida qotirib qo‘yish kerak. Hujjatlar, pul yoningizda
bo‘lgani ma’qul. Hovli, tom, ayvon, deraza tokchalaridagi buyumlarni shamol
uchirib ketmaydigan joyga qo‘yish zarur.
Dovul paytida yaxshisi avvaldan tayyorlab qo‘yilgan panajoylarda yoki
yerto‘lada panoh topgan ma’qul. Agar buning iloji bo‘lmasdan, bino ichida
qolishingizga to‘g‘ri kelsa, eng xavfsiz joyni tanlash kerak. Binoning o‘rta qismi,
yo‘laklar, binoning birinchi qavati shunday xavfsiz joy hisoblanadi. Deraza
oynalarining parchalari sizga jarohat yetkazmasligi uchun devorga qurilgan shkaf
ichiga kirib olish yoki ustingizni ko‘rpalar bilan yopib olishingiz mumkin.
Bu vaqtda ko‘chada bo‘lsangiz, bino va inshootlardan uzoqroqda bo‘lishga
harakat qilish kerak. Agar yaqin orada muhofaza inshooti yoki yerto‘la bo‘lsa,
tezroq u yerga kirib olishga harakat qilish kerak. Ko‘prik, gaz magistrallari kabi
yirik inshootlarni har qanday holda chetlab o‘tish kerak.
Shamol to‘xtashi bilanoq ko‘chaga chiqish yaramaydi. Bir necha daqiqadan
so‘ng shamol qaytarilishi mumkin. Dovul to‘xtaganiga ishonch hosil qilingandan
so‘nggina osilib turgan narsalar, bino qismlari, uzilgan elektr simlari yo‘qligini
tekshirib ko‘rib, uydan chiqish mumkin. Gaz hidi kelmayotganligiga ishonch hosil
qilinganidan so‘nggina olov yoqishingiz mumkin.
Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
444
-
yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam
berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi
buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini
tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va
boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz
yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga
yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin
foydalanish talab etiladi.
Quyun
– diametri bir necha o‘ndan yuzlab metrga yetuvchi aylanuvchi havo
ustunidir. Quyun kichik ko‘lamdagi shamol bo‘lib, ustundagi havo soat millariga
teskari yo‘nalishda 100 m/soniyadan ortiq tezlik bilan aylanadi. Quyun yer yuzi
bo‘ylab 50-60 km/s tezlikda harakat qiladi. Qayd qilingan eng yuqori tezligi – 300
m/soniya. Aylanayotgan havo oqimi qop-qora ustunining diametri bir necha o‘n
metrdan bir necha yuz metrgacha yetishi mumkin. Quyun yaqinlashganda quloqni
qomatga keltiruvchi shovqin eshitiladi, uzun xartum ko‘rinishida yergacha tushadi.
Quyun odatda havo ochiq vaqtda, katta havo massalari uchrashgan damda
hosil bo‘ladi. Agar issiq havo pastda bo‘lsa, tabiiyki, u yuqoriga ko‘tariladi.
Mabodo shu vaqtda dovul kelib qolsa, issiq havo oqimi aylana boshlaydi.
Ulkan havo girdobi ichida bosim doimo past bo‘lganligidan, shamol ko‘tara
olishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni so‘rib oladi va spiral bo‘yicha yuqoriga
ko‘taradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
445
Quyun odatda, ko‘p davom etmaydi. Bir necha daqiqadan bir necha soatgacha
davom etgan quyun yuzlab metrdan o‘nlab kilometrgacha masofani bosib o‘tadi.
Shikastlovchi omillari.
Quyun qumni minglab metr balandlikka ko‘tara olishi,
daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashlashi, avtomobillarni havoga ko‘tarishi,
telegraf ustunlarini atrofga sochib yuborishi, binolarning yuqori qavatlarini vayron
qilib, o‘nlab kilometr masofaga uchirib ketishi mumkin.
Aholi harakati.
Yaqinlashib kelayotgan quyundan eng yaxshi qutqaruv
vositasi – panajoydir. Dovul yoki bo‘ron vaqtida qanday muhofaza choralarini
ko‘rgan bo‘lsangiz bu holda ham shunday choralarni ko‘ring. Quyun vaqtida
binoning ichida emas, balki faqat yerto‘lada yashirinish mumkin. Ochiq joyda unga
duch kelib qolsangiz, yo‘l chetida, ariqlar ichida yerga mahkam yopishib yotib
oling.
Xulosa.
Kuchli shamol, do‘vul va quyunlar tabiatning eng xavfli
hodisalaridan biri bo‘lib, ularga tayyor turish inson hayoti va mulki uchun juda
muhimdir. Bunday xavfli tabiiy ofatlardan himoyalanish uchun erta ogohlantirish
tizimlariga e’tibor qaratish, mustahkam boshpanalar qurish va favqulodda
vaziyatlarda harakat qilish rejalarini oldindan tayyorlash muhim. Yaxshi
rejalashtirish va ehtiyot choralarini ko‘rish orqali ushbu tabiiy hodisalarning
xavfini kamaytirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini
yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
2. Xodjakulov M.N. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va
fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash. Hayot nashri-2020. Andijon. 2021.
3. Xodjakulov M.N., Qobulova N.J. Qutqaruv ishlari. Darslik. Andijon-2024.
4. Xodjakulov M.N. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Darslik. Andijon-
2024.