Авторы

  • Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi

Биография автора

  • Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi

    Andijon davlat texnika institute Bakalavr 3- bosqich talabasi, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100284

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Qor ko‘chkisi tog‘ «Qamchiq» dovoni RECCO qutqaruvchilari reflektor bipper radiosignal.

Аннотация

Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasida qor ko‘chkisi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish, kelib chiqish sabablarini va  aholining harakatlarini o‘rganish, qor ostida qolgan inson o‘zini qanday muhofaza qilishi, qor ostida qolganlarni qidirib topish va qutqarish vositalari haqida so‘z boradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

427

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QOR KO‘CHKISI BILAN BOG‘LIQ

FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISH HAMDA AHOLI VA

IQTISODIYOT OBYEKTLARINI MUHOFAZALASH.

Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi

Andijon davlat texnika institute Bakalavr 3- bosqich talabasi, O‘zbekiston

Email:

shahlomadaminova84@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasida qor ko‘chkisi bilan

bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish, kelib chiqish sabablarini va

aholining harakatlarini o‘rganish, qor ostida qolgan inson o‘zini qanday

muhofaza qilishi, qor ostida qolganlarni qidirib topish va qutqarish vositalari

haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Qor ko‘chkisi, tog‘,«Qamchiq» dovoni, RECCO

qutqaruvchilari, reflektor, bipper, radiosignal.

Kirish:

Og‘irlik kuchi ostida tog‘ yonbag‘irlarida harakatga kelgan va

surilayotgan katta hajmdagi qor massasining o‘pirilishiga qor ko‘chkisi deyiladi. U

doimiy qor qoplamiga ega bo‘lgan barcha tog‘li hududlarda yuz berishi mumkin.

Qor qatlamining quyi qismi g‘ovak, bo‘sh, yuqori qismi esa zich bo‘lib qoladi.

Agar shamol esib turgan bo‘lsa qor qoplami uzra tez esayotgan shamol suv

bug‘larini xuddi nasos bilan tortib olgandek qatlam ichidan so‘rib oladi. Yuzlab va

minglab tonna og‘irlikka ega bo‘lgan qor qatlami sekin-asta o‘z asosi bilan

uzviyligini yo‘qota boradi va ixtiyoriy daqiqada pastga qarab surilishga tayyor

holatga keladi. Uning uchun endi ozgina ta’sir kuchi kifoya, xolos. Shiddat bilan

pastga otilayotgan qor massasi yo‘lida uchragan daraxtlarni qo‘porib tashlaydi, uy

va yo‘llarni vayron qiladi.

Baland tog‘larning ustiga qish faslida qorning ko‘p yog‘ishidan uning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

428

qalinligi oshadi. O‘z og‘irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib,

yonbag‘irlikda pastga osilib turadi. Kuchli shamol yoki biror kuchli tovushdan

hosil bo‘lgan havo tebranishi ta’sirida qalin qor massasi harakatga kelib

yonbag‘irdan pastga qarab siljiy boshlaydi.

1999 -yil 21- noyabr kuni “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining «Qamchiq»

dovonida qor ko‘chkisi yuz berdi. Soat 5.30 dan 12.00 gacha 8 bor qor ko‘chishi

takrorlanishi oqibatida 34 ta turli rusumdagi transport vositasi qor uyumi ostida

qoldi. Ushbu FV oqibatida 29 odam halok bo‘ldi, 400 transport vositasi va 1200

dan ortiq yo‘lovchi qutqarib qolindi.

Qor ko‘chkisi 3 toifaga: yumshoq qor ko‘chishi, qor taxtasi ko‘chishi va qor-

suv oqimli ko‘chkiga bo‘linadi.

Qor ko‘chkisi katta hajmdagi qor massasi bo‘lib, u 70-100 km/s tezlikda

harakat qiladi. Quruq qor ko‘chkisining tezligi 360 km/s. ga yetishi ham mumkin.

U 25-30 metr o‘lchamdagi, 20 sm qalinlikdagi kichkina ko‘chkidan paydo bo‘lishi

mumkin. 150 kub.metr hajmdagi ko‘chkining og‘irligi 20 dan 30 tonnagacha

yetadi. Zarb kuchi 1 kv. metrga 50 tonnagacha yetadi. Yog‘och uylar 1 kv. metrga

3 t zarbga bardosh bera oladi, 10 t kuch bilan urilganda asriy daraxtlar ildizi bilan

qo‘porilib chiqishi mumkin.

Olimlar, yonbag‘ir nishabligining 30-40

0

bo‘lishi qor ko‘chkisi uchun eng

qulay sharoit, deb hisoblashadi. Ko‘chki boshlanishi uchun 20-30 sm qalinlikda

qor yog‘ishi yoki yotgan eski qor qatlamining qalinligi 70 sm. ga yetishi kifoya

bo‘ladi. Yonbag‘ir nishabligi 45

0

dan ortiq bo‘lsa, har qor yoqqanidan so‘ng qor

ko‘chaveradi, 60

0

dan ortganda esa qor ko‘chkisi shakllanmaydi.

Qorlar eriy boshlagan vaqtda yoqqan qor, ayniqsa, xavflidir. Kunning taftida

erigan qor tunning sovug‘ida silliq qobiq bilan qoplanadi va hatto nishablik uncha

katta bo‘lmagan hollarda ham ushbu qobiq ustiga tushgan qor ushlanib qololmaydi.

Qor massasining pastga qarab harakatlana boshlashi uchun kuchli tovushning o‘zi

ham yetarli bo‘lishi mumkin.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

429

Ko‘chki tanasi kattalasha borarkan, yo‘lida uchragan daraxt, tosh,

simyog‘och, binolar va boshqa narsalarni o‘zi bilan qo‘shib olib ketadi. Qor

massasining oldida esa havo to‘lqini harakatda bo‘ladi. Mana shu qisilgan havo

oqimi qorning o‘zidan ham yovuzroq kuchga egadir. Zero, qor massasini to‘xtatib

qolish uchun ba’zida kichikroq bir tepalik, beton to‘siq yetarli bo‘lgan bo‘lardi.

Tog‘li hududlarda qor ko‘chkisidan ko‘rilgan zararlar miqdori hisoblab

chiqilgan, yani: odamlar halokati – 9,0%, ma’muriy binolar, turar joy binolari,

obyektlarning vayron bo‘lishi – 14%, chang‘i uchish, temir va avtomobil yo‘llarini


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

430

qor bosib qolishi – 62%, telefon, telegraf, yuqori kuchlanishli elektr va gaz

quvurlariga shikast etishi – 2%, o‘zanlarda suv yo‘lining to‘silib qolishi,

ko‘priklarning buzilishi, o‘rmonlarning barbod bo‘lishi – 13% ni tashkil etadi.

Sabablari.

1.Ko‘p miqdorda yoqqan qordan (qor yog‘ishi vaqtida yoki undan keyin hosil

bo‘ladi, bir kecha-kunduzlik yog‘in miqdori 10 mm va undan ortiq bo‘lganda);

2. Qor qoplami qatlamining buzilishi bilan bog‘liq;

3. Zilzila, sel oqimlari, ko‘chki, o‘pirilish, suv toshqinlari olib keladi.

Muhofaza tadbirlari.

Odatda, bu kabi tabiiy ofatlarni oldindan prognoz qilish

mumkin. Bunday hollarda aholi ogohlantiriladi, xavf ehtimoli mavjud joylarda

odamlar bo‘lishi ta’qiqlanadi, yo‘llar yopiladi. Ushbu hududda karantin e’lon

qilinadi.

Qor ko‘chkisiga qarshi kurashish uchun ko‘chki xavfi ehtimoli bor tog‘

yonbag‘irlariga daraxt ekish, daraxtlarni kesishni ta’qiqlash lozim. Tog‘ yo‘llari va

elektr tarmoqlarini ko‘chkidan muhofaza qilish maqsadida qor ko‘chkisiga qarshi

vositalar quriladi. «Qamchiq» dovonidan o‘tgan yo‘lovchilarning bunday

vositalarga ko‘zlari tushgan bo‘lishi kerak. Bunday vositalardan eng oddiysi – qor

ko‘chkisini kesuvchi vositalardir. Uchburchak shaklidagi dambalarga kelib urilgan

qor massasining harakati sustlashadi, bo‘linib ketadi va boshqa yo‘nalishda harakat

qila boshlaydi. Ayrim vaqtlarda, yirik qor ko‘chkilarining oldini olish maqsadida

ularni sun’iy yo‘l bilan tushirib turiladi. Buning uchun yonbag‘ir artilleriya to‘plari,

raketalar yordamida o‘qqa tutiladi.

Aholining harakati.

Tibbiyot fanlari doktori, ekstremal vaziyatlar bo‘yicha

mutaxassis Vitaliy Volovich tavsiyalariga ko‘ra xavfning oldini olish uchun

nishabligi 30

o

dan ortiq bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarini chetlab o‘tish, qoyalarni yuqori

balandlikda oshib o‘tish zarur.

Ammo, baribir, qor ko‘chkisiga duch kelib qolsangiz sizga yordam beruvchi

muhofaza choralarini ko‘ring, ya’ni avvalo gorizontal holatni egallab, qor yuzasida


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

431

qolishga harakat qiling. Tizzalaringizni qoringa tortib, kaftlaringiz bilan yuzingizni

qor massasidan berkitishga intiling (bokschilarning himoya holatidagi kabi). Bu

holat og‘iz va burningiz qor bilan to‘lib qolmasligiga va yuzingiz oldida havo

bo‘shlig‘i bo‘lishiga yordam beradi. Ko‘chki to‘xtaganidan so‘ng yuzingiz va

ko‘kragingiz oldini kengaytirishga harakat qiling. So‘ngra yuqori tomon

qayerdayu, pastki tomon qayerdaligini aniqlab olish zarur. Buning uchun

so‘lagingizni qo‘lingizga olib uni oqizib ko‘ring. So‘lak yer qayerda ekanligini

ko‘rsatib beradi va qarama-qarshi tomonga harakat qilishingiz kerak bo‘ladi.

Erinmay, ruhingizni tushirmay yuqoriga tirmashaversangiz, qutulib olishingiz

tezlashadi. Har qanday holda ham sizni qidirishayotganligini yodingizdan

chiqarmang.

Qor ko‘chkisi ostida qolganlarni bir necha kecha-kunduz o‘tib qutqarib

olishgan hollar ham bo‘lgan. Avstriya tog‘-qutqaruv xizmati ma’lumotlarida

keltirilishicha, qor ko‘chkisiga to‘qnash kelgan 283 kishidan 106 kishi qor

iskanjasidan o‘zlari qutulib chiqishgan, 97 kishini esa o‘rtoqlari qutqarib qolishgan

ekan.

Quruq qor ko‘chkisiga to‘qnash kelganda qutulib qolish uchun

imkoniyatlarimiz ko‘proq bo‘lsa, ho‘l ko‘chkida imkoniyatlar juda cheklangan

bo‘ladi. Bunday vaziyatda har soniya g‘animatdir. Cho‘ntakdagi «SOS» deb nom

berish mumkin bo‘lgan texnika vositasi tabiiy ofat bilan to‘qnash kelib kulfatga

uchraganlarga o‘z vaqtida yordamga kelish imkonini beradi.

Elektron qutqaruv tizimi RECCO qutqaruvchilar tomonidan qo‘llaniladigan

detektor va sayyoh-chang‘ichilar kiyimiga o‘rnatiladigan passiv qurilma –

reflektordan tashkil topgan. Reflektor o‘ziga xos mayoq rolini o‘ynaydi, uni

oziqlantirib turish ham shart emas. Qutqaruvchi qo‘lidagi detektor reflektorga

nisbatan o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Detektorning «o‘tish quvvati» yerda

foydalanganda bir necha o‘n metrga yetadi. Vertolyotdan turib foydalanilganda esa


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

432

u 200 metrgacha masofadan turib sezish kuchiga ega. Ammo bu tizim uchun

maxsus qurilma talab etilib, u doimo qutqaruvchilar qo‘l ostida bo‘lishi lozim ekan.

Qor ostida qolganlarni qidirib topish va qutqarishning boshqa vositalari ham

mavjud bo‘lib, ulardan biri bipper deb ataladi. Bipper sigareta qutisi kattaligidagi

qurilma bo‘lib, og‘irligi atigi 300 g keladi. Qor ko‘chkisiga duch kelinganda bipper

tovush chiqara boshlaydi yoki radiosignal tarqatadi.

Xulosa.

Agar sizning haayotingizda ham mana shunday favqulodda vaziyat

ro‘y bersa

tezda xavfsiz joyga harakat qiling, agar ko‘chki sizni ushlasa,

qo‘llaringiz bilan yuzingiz oldida bo‘sh joy yaratishga harakat qiling. Ko‘chkidan

keyin qutqaruvchilar e'tiborini tortish uchun harakat qilish yoki ovoz chiqarish

muhim. Shuningdek, qor ko‘chkisi tog‘li hududlarda yashovchilar va sayyohlar

uchun katta xavf tug‘diradi. Shu sababli, tog‘li hududlarga sayohat qilayotganda

xavfsizlik choralariga rioya qilish muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda

vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini

yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

2. Xodjakulov M.N. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va

fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash. Hayot nashri-2020. Andijon. 2021.

3. Xodjakulov M.N., Qobulova N.J. Qutqaruv ishlari. Darslik. Andijon-

2024.

4. Xodjakulov M.N. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Darslik. Andijon-

2024.