Авторы

  • Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi

Биография автора

  • Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi

    Andijon davlat texnika institute Bakalavr 3- bosqich talabasi, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100283

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Radiatsiyaviy avariya radioaktiv ifloslanish do‘za radioaktiv modda evakuatsiya tibbiy yordam nurlanish

Аннотация

Annotatsiya: Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda aholini va hududlarni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. Ogohlantirish tizimi orqali tezkor xabar berish, aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish yoki bino ichida qolish kabi chora-tadbirlar asosiy himoya usullaridir. Shaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanish, tibbiy yordam ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ham yuqoridagi ma’lumotlar kengroq yoritiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

433

RADIATSIYAVIY AVARIYA SODIR BO‘LGANDA AHOLINI VA

HUDUDLARNI MUHOFAZALASH CHORA-TADBIRLARINI KO‘RISH

Madaminova Shahloxon Sharifjon qizi

Andijon davlat texnika institute Bakalavr 3- bosqich talabasi, O‘zbekiston

Email:

shahlomadaminova84@gmail.com

Annotatsiya: Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda aholini va hududlarni

muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. Ogohlantirish tizimi orqali tezkor

xabar berish, aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish yoki bino ichida qolish

kabi chora-tadbirlar asosiy himoya usullaridir. Shaxsiy va jamoaviy himoya

vositalaridan foydalanish, tibbiy yordam ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega.

Ushbu maqolada ham yuqoridagi ma’lumotlar kengroq yoritiladi.

Kalit so‘zlar: Radiatsiyaviy avariya, radioaktiv ifloslanish, do‘za, radioaktiv

modda, evakuatsiya, tibbiy yordam, nurlanish,

Kirish:

Radiatsiyaviy avariya holatida va radioaktiv moddalar atmosfera

havosiga tarqalgan holatlarda aholi muhofazasi ishlab chiqarishdagilarga

nisbatan samaraliroq bo‘lishi kerak, chunki, aholi orasida homilador ayollar, yosh

bolalar, nogironlar va betoblar borligi shuni talab etadi. Ular organizmining

radioaktiv moddalarga sezgirligi ishlab chiqarishdagilarga nisbatan yuqoriroq

bo‘ladi. Ximoya tadbirlarining xarakteri radioaktiv ifloslanish darajasiga

bog‘liq. Qayerdaki aholi uchun samara do‘zasi 1 mZv/yil dan kam bo‘lsa u

hudud radioaktiv ifloslanish zonasiga kirmaydi. Undan yuqori ifloslanish

darajasida quyidagi muhofaza tadbirlari o‘tkaziladi:

- radiatsion nazorat zonasi -1 dan 5 mZv/yil gacha. Majburiy radiatsion

nazorat o‘tkaziladi. Bunda atrof-muhit ifloslanishi, qishloq xo‘jaligi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

434

mahsulotlari va aholini nurlanish dozasi tekshiruvda bo‘ladi. Radiatsiyaga

qarshi choralar optimallashtirish prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.

- aholini cheklangan ko‘chirish zonasi - 5 dan20 mZv/yil. Yuqorida

ko‘rsatilgan choraga qo‘shimcha aholini sog‘ligiga radiatsiya xavfi to‘g‘risida

tushuntiriladi.

- ixtiyoriy ko‘chiriluvchilar zonasi - 20 dan 50 mZv/yil. Tibbiy radiatsion

ximoya choralari o‘tkaziladi. Ixtiyoriy ko‘chirilganlarga yordam ko‘rsatiladi.

- ko‘chirish zonasi - 50 mZv/yil dan yuqori. Aholini doimiy yashashiga

yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa faoliyatlar maxsus dalolatnomalar asosida yuritilishi

mumkin. Bu joyda monitoring yuritiladi, shaxsiy dozimetrik nazorat olib

boriladi.

- Lokal radiatsion ifloslanish aniqlangan holatda 2 bosqichli, tadqiqot va

aralashuv bajariladi.

- Tadqiqot darajasi 1 dan 3 mZv/yil. Bunda 70 yilga kutiladigan yillik samara

dozasi tadqiq etiladi.

- Aralashuv darajasi - 0,3 mZv/yildan yuqori. Aholi nurlanishini

chegaralash maqsadida himoya tadbirlari talab etiladi.

Radiatsion avariyadan so‘ngi vaziyatdan kelib chiqib quyidagi muhofaza

choralari o‘tkaziladi:

- aholini tezdan evakuatsiya qilish;

- nurlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish;

- ochiq joylarga kelishni cheklash, radiatsion himoya tartibini o‘rnatish;

- barcha bino va inshootlar kirish-chiqish (eshik, romlar, havo yo‘llari)

qismlarini germetiklash;

- dori vositalarini qo‘llash;

- shaxsiy va farmakologik vositalarni qo‘llash;

- radioaktiv moddalar bilan normadan yuqori ifloslangan tana qismlari,

kiyimlarni yuvish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

435

- ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilishni cheklash yoki

yo‘qotish;

- hududga kirish-chiqishni muvofiqlashtirish;

- ifloslangan joyni zararsizlantirish (dezaktivatsiya).

Aholini oldindan tayyorlangan xavfsiz joyga ko‘chiriladi. Bunda ishlab

chiqarish hududiy prinsipiga asoslaniladi. Aholi yashashi uchun me’yorlar asosida

sanitar gigienik, iqtisodiy sharoitlar tashkil qilinadi. Aholini ko‘chirishda vaqti,

usuli shunday hisoblanishi keakki bu vaqtda ko‘chiriluvchilar kritik dozadan

yuqori nurlanish olmasligi kerak. Shuning uchun

ko‘chirishga tayyorgarlik ishlari

bajariladi. Profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Evakuatsiya ishlariga

evakuatsiya komissiyasi rahbarlik qiladi va boshqaradi. Unga tegishli

organlarni jalb etiladi. Nurlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish Radiatsion

zararlanishning dastlabki belgilari Tibbiy yordam ko‘rsatish uchun klinik

belgilari aniqlanadi. Sabablari o‘rganiladi.

Nurlanishning odam organizmidagi belgilari quyidagilar:

1) dispeptik: anoreksiya, qusish, ich ketishi, ichaklardagi o‘zgarishlar;

2) neyromotor: tez toliqish, apatiya, umumiy bo‘shashish;

3) neyrososudistbimi: terlash, qon bosimini pasayishi, bosh og‘rig‘i,

arterialnaya gipotenziya;

4) alohida to‘qimalarda ta’sirni hosil bo‘lishi, slizistbix, so’lak bezi, terilar.

Nurlanishning dastlabki belgilari uning quvvatiga bog‘liq. Kuchli

nurlanishda dastlabki belgilar tez hosil bo‘ladi. Yuqori darajada nurlanish

o‘tkir nur kasalini keltirib chiqarishi mumkin. Nurlanishning yuqori darajadalik

belgisi ko‘ngil aynish va qayd qilishdir. Shularga bog‘liq holda davolash

choralarini belgilanadi. O‘tkir nurlanishda ich ketish bilan ham kuzatiladi.

Bunda ichak funksiyalari buziladi. Nurlanishning tanadagi ko‘rsatkichlari bo‘lib

og‘iz-burundan shilliq moddalarini ajralishi va terining o‘zgarishi hisoblanadi.

Uni kuzatilish muddati nurlanish dozasining quvvati va miqdoriga bog‘liq,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

436

masalan u nurlanishda 6-8 soatda, p nurlanishda 10-12 soatdan so‘ng

kuzatiladi. Bu ko‘rsatkich nurlanish quvvati va miqdoriga bog‘liq o‘zgarishi

mumkin. Nurlanganlik anatomik xususiyati bo‘yicha og‘iz-burun bo‘shlig‘ida

shilliq qismlarni o‘zgarishi bilan kuzatilishi mumkin, rangini o‘zgarishi,

shishlarni paydo bo‘lishi, quloq atroflaridagi o‘zgarishlar(shish) ham

nurlanishning belgilaridir. Yalpi zararlanishda e’tiborni avvalo davolashni

kechiktirib bo‘lmaydigan betoblarga qaratish kerak. Bular asosan radiatsion

avariyaning 1-minutlaridayoq zararlanish oqibati sezilgan, qayd qilishni

boshlagan, qon bosimi pasaygan, tana harorati o‘zgargan, yuzi qizargan, terida

shishlar paydo bo‘lgan kasallardir.

Radioaktiv zararlanishda o‘zaro yordam.

Kechiktirib bo‘lmaydigan yordamda quyidagi asosiy umumiy tadbirlarni

amalga oshiriladi:

- zararlanuvchini nurlanish ta’siri hududidan chiqarish;

- kiyimdagi nafas olishga xalaqit beruvchilarni bartaraf qilish;

- teriga va shilliq qobiqlarga sanitar ishlov berish.

Tibbiy yordam organizmning nurlanishga ta’sirini kamaytirish yoki

bartaraf qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak:

- yurak-qon tomir etishmovchiligi holatlarida organizmga kordiamin, kofein

va boshqa preparatlar yuborish bilan yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilash;

- teridagi reaksiyalar holatida zararlangan joyga oksikort, livian, lioksanol

kabi maz va aerozollar bilan ishlov beriladi;

- yaralarni radioaktiv moddalar bilan zararlanishida ularni tamponlash

yoki steriallash eritmalari bilan yuvish amali bajariladi. Ular yig‘uvchi va

kompleks hosil qiluvchi xususiyatlarga

- qo‘rquv va ruhiy bezovtalik holatlarida fenozepam kabi preparatlardan

foydalaniladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

437

Odam a-nurlantiruvchilar bilan nafas olgan holatda birinchi tez

yordamning vazifasi ifloslangan elementlarni nafas yo‘llaridan chiqarib

tashlashga qaratilgan bo‘lishi kerak:

- og‘iz bo‘shlig‘i va burun qismlarni yuvish bilan;

- suyuqlik (issiq ishqorli eritma, issiq sut);

- 5-10 % li pentatsin eritmasi aerozolidan ko‘p marta nafas oldirish.

Yuqoridagilar bilan birga buyrakni oshqozon ichak tizimidan radioaktiv

moddalarni qabul qilishini kamaytirish choralari ko‘riladi:

-4 soat davomida bo‘shashtiruvchi vositali suv bilan ko‘p marta yuvish,

qayd qildiradigan vositalar kiritish;

- yuqoridagi bilan birga ko‘p suyuqlik ichirish;

- 12 soat davomida 2-3 marta tozalov klizmasi qilish.

Nurdan zararlanganlarni gospitallashtiriladi. Bunda umumiy talab

etiladigan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha hujjatlashtiriladi, bunda

quyidagilar ko‘rsatiladi:

- taxmin qilinayotgan radiatsion ifloslanishning sanasi va vaqti;

- birinchi tibbiy yordam samarasi va hajmi;

- taxmin qilinayotgan nurlanish darajasi;

- o‘tkazilgan sanitar ishlovning xarakteri.

Radiatsion muhofaza tartibi deganda, belgilangan tartibda aholini harakati,

radioaktiv zararlangan zonada uning ta’sirini belgilangan miqdordan

oshirmaslik uchun muhofaza vositalari va usullarining qo‘llanishi tushuniladi.

Radiatsion rejim radiatsion zararlangan zonaga ishlab chiqarish faoliyatini

davom ettirish uchun odamlarning doimiy kelishi, aholini hayot faoliyati tarzini

ta’minlash, odamlarning ish qobiliyatini saqlash maqsadida tashkil etiladi.

Muhofaza rejimi joyning barcha xususiyatlarini, ya’ni kutilayotgan radiatsiya

darajasi, ish smenalarining davomiyligi, nurlanish darajasi va boshqalarni

hisobga olib belgilanadi. Tegishli tashkilotlar va xizmatlar tomonidan namunaviy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

438

radiatsion rejimlar ham ishlab chiqilgan. Bino va inshootlarning himoya

xususiyatini hisobga olib 7 ta namunaviy rejim ishlab chiqilgan.

Namunaviy rejimlar ( № 1-3) ishlamaydigan aholi uchun mo‘ljallangan:

1-rejim - muhofaza vositasi sifatida foydalanuvchi yog‘och uylarda

yashovchilar uchun;

2-rejim - zarba to‘lqinidan muhofaza vositasi sifatida foydalanuvchi tosh

uylarda yashovchilar uchun;

3-rejim - zarba to‘lqinidan muhofaza vositasi sifatida foydalanuvchi ko‘p

qavatli tosh uylarda yashovchilar uchun.

Radiatsion muhofaza rejimining har biri vaqtni belgilaydi. Bunda muhofaza

inshotlarida bo‘lish vaqti belgilanadi. Bu vaqt 3 bosqichga bo‘linadi. 3 -bosqichda

qoldirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish uchun ko‘chaga qisqa vaqtga chiqish

ko‘zda tutiladi. Himoya rejimining davomiyligi va bosqichlari radiatsiya darajasiga

bog‘liq. 4-7 namunaviy himoya rejimi xalq xo‘jaligida ishlovchi ishchi-

xizmatchilar uchun mo‘ljallangan. Bu 1-2 smena yoki 10-12 soatga mo‘njallangan

bo‘ladi:

4- rejim - radiatsion zarbaga qarshi yog‘och uylarda;

5- rejim - tosh uylarda va radiatsiya zarbaga qarshi;

6- rejim - radiatsiyani 100-200 marta kamaytiruvchi ko‘p qavatli tosh uylarda

va radiatsiya zarbasiga (PRU);

7- rejim tosh uylar va saqlanish inshootlari.

Namunaviy rejimlar favqulodda vaziyat bo‘yicha komissiya rayisining

farmoyishiga asosan amalga kiritiladi. Radiatsiyaviy avariya natijasida radioaktiv

ifloslanish sodir bo‘lgan hududlarda radiatsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishning

talablari. Radiatsiya halokati sodir bo’lgan hollarda nurlanish manbai ustidan

nazorat o’rnatish va nurlanish darajasini, nurlangan shaxslar sonini, atrof-

muhitning radioaktiv zararlanganligini, radiofaol zararlanganlik tufayli keltirilgan

iqtisodiy va ijtimoiy talofatlarni minimallashtirish uchun amaliy chora-tadbirlar


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

439

qabul qilinishi taqozo etiladi. Radiatsiya halokati ro’y berganda yoki radiofaol

zararlanish xavfi aniqlanganda nurlanishning oldini olish maqsadida atrof-

muhitni radiatsiyadan himoyalash va odamlarni nurlanishdan muhofaza qilish

tadbirlari o’tkaziladi. Bu tadbirlar aholining odatdagi hayotiy-faoliyati,

hududning bir maromdagi xo’jalik va ijtimoiy funktsiallashuvining buzilishiga

olib kelishi mumkin, bu esa o’z navbatida nafaqat iqtisodiy talofatni, balki aholi

salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatishini, odamlarga psixologik ta'sir etishini va

ekotizim holatining o’zgarishini keltirib chiqaradi. Shu sababli himoyalanish

chora-tadbirlarini qabul qilishda quyidagi printsiplarga tayanish taqozo etiladi:

-Tavsiya etilayotgan chora-tadbir jamiyatga, avvalambor nurlangan

shaxslarga zarar ko’rishga nisbatan ko’proq foydaliroq bo’lmog’i lozim, ya'ni,

nurlanganlik ulushini kamaytirish natijasida talofatni kamaytirishga erishish

salmog’i zararni va chora-tadbir xarajatini oqlash uchun uning ijtimoiy qiymatini

inobatga olgan holda yetarli bo’lmog’i lozim.

Xulosa

Xulosa. Chora-tadbirlarning shakli, ko’lami va davomiyligi shunday tarzda

maqbullashtirilishi kerakki, bunda zararlanish ulushini kamaytirishdan olingan

sof foyda maksimal bo‘lsin, ya'ni, boshqacha qilib aytganda, chora-tadbirlar

bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni hisobga olgan holda radiatsion talofatni

pasaytirish orqali maksimal foydaga erishilsin Agar nurlanganlikning qisqa vaqt

ichidagi ulushi keyingi sutkalarda yana oshishida klinik aniqlaniladigan

determinallashgan effektlar yuzaga kelishi mumkin bo’lsa, u holda zudlik bilan

himoyalanish chora-tadbirlarini qo’llash zarur bo’ladi. Bunday qabul qilingan

ushbu chora-tadbirlar tufayli inson salomatligiga yetkaziladigan zarar

nurlanishning zararli oqibatlaridan oshib ketmasligi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

2. Xodjakulov M.N. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

440

fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash. Hayot nashri-2020. Andijon. 2021.

4. Xodjakulov M.N. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Darslik. Andijon-

2024.

5.Hayot faoliyati xavfsizligi. M.X.Tojiyev. I.Nigmatov, Toshkent 2012-yil.

6. “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi” – O‘quv qo‘llanma.

Mualliflar: A.X. Sodiqov, B.B. Ergashev. – Toshkent: “Fan va texnologiya”,

2022.