https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
157
SA`DIY SHEROZIY “GULISTON” ASARINING SHARQ
ADABIYOTIDA TUTGAN O`RNI.
Xoliqulova Zarnigor Azim qizi
Termiz davlar universiteti
Filologiya va tillarni o`qitishi fakulteti
2-bosqich talabasi
O6984404@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada
g‘azal
janrining kashshofi va ustodi sifatida
ulug‘langan adib, shoir va muta
fakkir Shayx Muslihiddin Sa`diy Sheroziyning fors
adabiyot
i tarixida muhim o`rin tutgan “Guliston” asarining Sharq adab
iyotida
tutgan mavqeyi bilan bir qatorda undagi hikoyat va baytlarning mazmun-mohiyati
tahlil qilinadi.
Kalit so`zlar:
Shayx, axloqiy-
didaktik asarlar, klassik adabiyot, “Guliston”,
“Bo`ston”, Sharq adabiyoti, fors
-tojik klassik poeziyasi.
Аннотация:
В
статье анализируется содержание и суть рассказов и
стихов произведения «Гулистан», занимающего важное место в истории
персидской литературы, а также его положение в восточной литературе,
писателя, поэта и мыслителя шейха Муслихиддина Саади Ширази, который
почитается как пионер и мастер жанра газели.
Ключевые слова:
Шейх, нравственно
-
дидактические произведения,
классическая литература, «Гулистон», «Бостон», восточная литература,
персидско
-
таджикская классическая поэзия.
Abstract:
This article analyzes the content and essence of the stories and
verses in the work "Gulistan", which occupies an important place in the history of
Persian literature, as well as its position in Eastern literature, by the writer, poet,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
158
and thinker Sheikh Muslihiddin Sa`di Shirazi, who is revered as the pioneer and
master of the ghazal genre.
Keywords:
Sheikh, moral-didactic works, classical literature, "Guliston",
"Boston", Eastern literature, Persian-Tajik classical poetry.
Yillar davomida insonlar ta`lim va tarbiyaning katta qismini ma`naviy
qadriyatlardan, jumladan, buyuk mutafakkirlarning pand-nasihat, o`gitlardan
iborat bo`lgan asarlari orqali olib kelgan. Xalqimiz tarixida ajdodlarimiz
tomonidan ta`lim-tarbiya, axloq va odob masalalariga bag`ishlangan axloqiy-
didaktik mavzudagi ko`plab asarlar yaratilgan. Bunga misol qilib Yusuf xos
Hojibning “Qutadg`u bilig”, Abdulla Avloniyning “Turkiy
guliston yoxud axloq”,
Alisher Navoiyning “Hayrat ul
-
abror”,
Kaykovusning “Qobusnoma” va shu bilan
bir qatorda Sa`diy Sheroziyning
“Guliston” va
“Bo`ston” asarlarini ham olishimiz
mumkin. Sharq klassik adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri bo`lgan Sa`diy
Sheroziy o`rta va yaqin Sharq o`lkalarida Shayx Sa`diy nomi bilan mashhur
bo`lgan. Uning g`azallardagi har bir misrada chuqur ma`no, go`zal ohang va shu
bilan birgalikda og`ir dard motivi yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham shoirni
Eronda qanchalar sevsalar, Turkistonda ham shuncha sevadilar. Eron-u Turkistonni
qo`ying, fransuz Volter, nemis Gyotelar ham o`z asarlarida uning she`rlariga
murojaat qilgan. O`z davrida uning ko`plab asarlari o`zbek maktablarida darslik
sifatida o`tilgan. Sa`diy Sheroziy umrining 20 yildan ko`prog`i sayohatda o`tgan.
Bu sayohatlari davomida ko`rgan- bilganlarini umumlashtir
ib, sayqallab “Bo`ston”
hamda “Guliston” asarlariga ixcham
hikoyalar qilib kiritgan. Fors-tojik adabiyoti
tarixida Sa`diy Sheroziyning
“Guliston” asari juda katta ahamiyatga ega. Ushbu
asar o`ziga xos didaktik hikoyalar va she`riy aforizmlar to`plamidir. Kitob 8
bobdan iborat. Asarda insoniyatning axloqiy fazilatlari, do`stlik, sabr-toqat, adolat
va xushmuomalalik kabi mavzular muhokama qilinadi. Bundan tashqari asarda
jahongashta shoir o`z hayotida ko`rgan, bilgan voqealarni bayon etib, ulardan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
159
axloqiy xulosalar chiqaradi. Undagi qisqa-qisqa hikoyalarda dunyo-dunyo ma`no
bo`lgani uchun ham bu kitob jahon adabiyotining oltin fondiga kiritilgan.
Adabiyotshunos olimlar nazdida fors-tojik klassik poeziyasining eng porloq asari
Firdavsiyning “Shohnoma”
asari bo`lsa, nasriy asarlarning eng yorqin na`munasi
esa Sa`diy Sheroziyning “Guliston” asari hisoblanadi.
Bu ta`limiy asarda yozuvchi
o`z davridagi eng muhim va katta-katta siyosiy, iqtisodiy voqealarni aks ettirar,
axloqiy talqin etar ekan, o`sha davr kishilarining xilma-xil obrazlarini yaratadiki,
bu obrazlarning umumlashtiruvchi kuchi ham, tasir doirasi ham shoirning o`z yurti
va davri chegarasidan chiqib ketadi. Asardagi davr orzulari umumbashariyat
orzulari bilan hamohang.
Asarda keltirib o`tilgan fiklarga isbot va dalil sifatida shu mavzuga bog`liq
bo`lgan hikoyatlar ham berilgan. Asardagi “Baliq va tovuq” hikoyasida o`z
hayotini saqlash uchun tovuqqa qarshi kurashgan baliq obrazi uchraydi. Hikoya
insonning hayotdagi qiyinchiliklarga qarshi turishi va o`z maqsadlari uchun
kurashish zarurligini ta`kidlaydi. “Hikmatli it” hikoyasida esa bir it
o`zining
sadoqatini va do`stligini ko`rsatadi. U egasiga sidqi dildan xizmat qiladi va uni
qiyinchiliklardan qutqaradi. Hikoya sadoqat, do`stlik va fidoiylikning ahamiyatini
o`rgatadi. Asarda o`z qobiliyatlari va imkoniyatlari haqida ko`plab qo`rquv va
shubhalar bilan yashab, xavfsiz bo`lsa ham talvasaga tushib behudaga shov-shuv
solib boshqalarning ham
tinchligini buzgan inson obrazi “Daryo ko`rmagan qul”
hikoyatida yoritib berilgan. Ushbu hikoyada qul daryoni ko`rmagani uchun uning
haqiqiy kuchi va imkoniyatlarini anglay olmaydi, bu esa qulning bilim va
tajribasining cheklanganligini anglatadi. Sa`diy bu hikoya orqali o`quvchilarni o`z
qo`rquvlarini yengib, hayotni to`liq kashf etishga chaqiradi. Bundan tashqari asarda
yovuzlikka qarshi turish va o`z axloqiy qadriyatlarini himoya qilish mavzulari
yoritilgan hikoya ham mavjud.
“Yovuz bahor va toza kishi” hikoyasi aynan shu
mavzuda bo`lib, unda yovuz bahor inson ustiga qanchadan qancha yomonliklar va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
160
yovuzliklar qilsa ham toza kishi o`z ahdida sodiq turib, yozuvlikka qarshi
kurashadi.
Asarda hikoyatlardan tashqari 595 taga yaqin fors tilidagi qisqa she`rlar
mavjud bo`lib, ularning har biri ikki baytdan ozroq, ruboiy shaklida ham uchraydi.
Sa`diy asarning ba`zi joylarida hayotda yo`l topolmay qolgan kishilarni
sargardonlikdan qutqarish, ularga to`g`ri yo`lni ko`rsatib berishni o`zining burchi
hisoblaydi. U bir she`rida:
Chu ko`rding ko`r kishi yo`linda chohdir,
Indamay o`tirsang katta gunohdir,-
der ekan boshqalarga ham shu burchni uqtiradi. Ijodkor insoniy qadr-
qimmatni u birinchi galda mehnatda, o`z mehnatiga, bilim va hunariga
tayanishida, birovga xor bo`lmaslikda, deb tushunadi va shunday ta`lim
beradi:
O`z mehnatida non yegan kishi
Hotam minnatidan ozod er-kishi.
Hamma narsa faqat harakat va jasorat bilan qo`lga kirishi mumkinligi
„Guliston“ning ko`p hikoyatlarida lo`nda qilib ko`rsatib berilgan.
“Guliston” asari
ko`plab boshqa sharq adabiy asarlariga ilhom manbayi bo`lib xizmat qilgan.
Masalan, Abdurahmon Jomiyning “Salomon va
Abdurahmon”, Nizomiy
Ganjaviyning qissalari, Kaykovusning
“Qobusnoma” va she`riyat sultoni bo`lga
n
Alisher Navoiyning “Mahbub ul
-
qulb” asarlari ham aynan “Guliston’ asarining
ta`sirida yozilgan bo`lib, ularda asar mazmuniga yaqin bo`lgan hikoyalar mavjud.
Shundan ham bilishimiz mumkinki, ushbu asar sharq adabiyotining eng nodir asari
bo`lishi bilan bir qatorda, yana ko`plab shunga o`xshash noyob va mashhur
asarlarning yozilishiga turtki bo`lgan desak mubolag`a bo`lmaydi. Ushbu asarning
ahamiyati bugungi kunda ham saqlanib qolmoqda, chunki uning g`oyalari va
mazmuni zamonaviy hayotda ham dolzarbdir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
161
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sa`diy Sheroziy “Guliston”.
2.
Xayrullaev M.M. Uyg‘onish davri va Sharq mutafakkirlari. Toshkent:
O‘zbekiston, 1971.
3.
Bobur Udayev. Sa’diy Sheroziy “Guliston” asari
tarjimalarida
adaptatsiya masalalari// Magistrlik dissertatsiyasi.,
–
Toshkent: 2018.