Авторы

  • Aripova Ziyoda Atxamovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.109657

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Oliy ta’lim yoshlar siyosati boshqaruv mexanizmlari innovatsion yondashuv raqamli monitoring talabalar faolligi yoshlar bilan ishlash ijtimoiy institutlar. Ключевые слова: высшее образование молодежная политика механизмы управления инновационный подход цифровой мониторинг студенческая активность работа с молодежью социальные институты. Keywords: higher education youth policy governance mechanisms innovative approach digital monitoring student engagement youth work social institutions.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda boshqaruv mexanizmlarining o‘rni va ularning amaliy ta’siri tahlil qilinadi. Mamlakatda yoshlar siyosati davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Shunga monand, oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb qilish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqaruv tizimlari takomillashtirilmoqda. Maqolada mavjud boshqaruv modellarining samaradorligi baholanib, zamonaviy texnologiyalar, raqamli monitoring, motivatsion dasturlar va psixologik yondashuvlar asosida yoshlar bilan ishlash mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Shuningdek, xorijiy tajribalar bilan solishtirish asosida O‘zbekistonda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarining yoshlar bilan ishlash faoliyatini tahlil qilish, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini integratsiya qilish va ularning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Аннотация: В данной статье рассматривается роль и практическое значение механизмов управления в эффективной реализации молодежной политики в системе высшего образования Узбекистана. Молодежная политика рассматривается как одно из приоритетных направлений государственной политики. В этом контексте совершенствуются системы управления, направленные на работу с молодежью в вузах, вовлечение студентов в общественно-политическую жизнь, а также поддержку их профессионального и личностного развития. В статье оценивается эффективность существующих моделей управления и раскрываются особенности механизмов взаимодействия с молодежью на основе современных технологий, цифрового мониторинга, мотивационных программ и психологических подходов. Также на основе сравнительного анализа с зарубежным опытом выдвигаются предложения, которые могут быть адаптированы в Узбекистане. В исследовании представлены предложения по анализу молодежной политики в вузах, интеграции современных управленческих подходов и обеспечению устойчивости процессов.

Abstract: This article examines the role and practical impact of governance mechanisms in effectively implementing youth policy in the higher education system of Uzbekistan. Youth policy is considered one of the key priorities of the national agenda. Accordingly, higher education institutions are improving their management systems to engage students in socio-political life and support their professional and personal development. The article evaluates the effectiveness of existing governance models and highlights the specific features of youth engagement mechanisms based on modern technologies, digital monitoring, motivational programs, and psychological approaches. In addition, comparative analysis with international practices leads to the development of proposals that could be applied in the Uzbek context. The study presents recommendations for analyzing youth work in higher education, integrating modern governance approaches, and ensuring sustainability.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

20

OLIY TA’LIMDA YOSHLAR SIYOSATINI AMALGA

OSHIRISHDA BOSHQARUV MEXANIZMLARINING O‘RNI

Aripova Ziyoda Atxamovna

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining bosh mutaxassisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida yoshlar

siyosatini samarali amalga oshirishda boshqaruv mexanizmlarining o‘rni va

ularning amaliy ta’siri tahlil qilinadi. Mamlakatda yoshlar siyosati davlat

siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Shunga monand,

oliy ta’lim muassasalarida

talabalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga

jalb qilish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha boshqaruv

tizimlari takomillashtirilmoqda. Maqolada mavjud boshqaruv modellarining

samaradorligi baholanib, zamonaviy texnologiyalar, raqamli monitoring,

motivatsion dasturlar va psixologik yondashuvlar asosida yoshlar bilan ishlash

mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Shuningdek, xorijiy tajribalar

bilan solishtirish asosida O‘zbekistonda qo‘llanilishi mumkin bo‘lg

an takliflar

ishlab chiqiladi. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarining yoshlar bilan ishlash

faoliyatini tahlil qilish, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini integratsiya qilish

va ularning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Kalit so‘zlar:

Oliy ta’lim, yoshlar siyosati, boshqaruv mexanizmlari,

innovatsion yondashuv, raqamli monitoring, talabalar faolligi, yoshlar bilan

ishlash, ijtimoiy institutlar.

Аннотация:

В данной статье рассматривается роль и практическое

значение механизмов управления в эффективной реализации молодежной

политики в системе высшего образования Узбекистана. Молодежная

политика рассматривается как одно из приоритетных направлений

государственной политики. В этом контексте совершенствуются системы


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

21

управления, направленные на работу с молодежью в вузах, вовлечение

студентов в общественно

-

политическую жизнь, а также поддержку их

профессионального и личностного развития. В статье оценивается

эффективность существующих моделей управления и раскрываются

особенности механизмов взаимодействия с молодежью на основе

современных технологий, цифрового мониторинга, мотивационных

программ и психологических подходов. Также на основе сравнительного

анализа с зарубежным опытом выдвигаются предложения, которые могут

быть адаптированы в Узбекистане. В исследовании представлены

предложения по анализу молодежной политики в вузах, интеграции

современных управленческих подходов и обеспечению устойчивости

процессов.

Ключевые слова:

высшее образование, молодежная политика,

механизмы управления, инновационный подход, цифровой мониторинг,

студенческая активность, работа с молодежью, социальные институты.

Abstract:

This article examines the role and practical impact of governance

mechanisms in effectively implementing youth policy in the higher education

system of Uzbekistan. Youth policy is considered one of the key priorities of the

national agenda. Accordingly, higher education institutions are improving their

management systems to engage students in socio-political life and support their

professional and personal development. The article evaluates the effectiveness of

existing governance models and highlights the specific features of youth

engagement mechanisms based on modern technologies, digital monitoring,

motivational programs, and psychological approaches. In addition, comparative

analysis with international practices leads to the development of proposals that

could be applied in the Uzbek context. The study presents recommendations for

analyzing youth work in higher education, integrating modern governance

approaches, and ensuring sustainability.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

22

Keywords:

higher education, youth policy, governance mechanisms,

innovative approach, digital monitoring, student engagement, youth work, social

institutions.

Kirish.

Bugungi globallashuv va texnologik rivojlanish sharoitida yoshlar

bilan ishlash masalasi nafaqat ijtimoiy, balki strategik jihatdan ham muhim bo‘lib

bormoqda. Oliy ta’lim muassasalari bu jarayonda asosiy subyekt sifatida

maydonga chiqmoqda. Chunki aynan shu bosqichda yoshlar ijtimoiy, siyosiy va

kasbiy ong shakllantiradi. Mamlakatimizda yoshlar siyosatini takomillashtirish

borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa

-da, ushbu siyosatni

amalga oshirishda boshqaruv mexanizmlarining

tizimli yo‘lga qo‘yilishi zaruratga

aylanmoqda. Ushbu maqolada yoshlar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda

boshqaruv

uslublari,

institutlararo

hamkorlik,

shuningdek,

raqamli

texnologiyalarning o‘rni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.

Adabiyotlarni o‘rganish

.

Yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil

etish va uni boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslarni shakllantirishda avvalo ushbu

sohaning normativ-huquqiy bazasi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va

ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tizimini tubdan takomillashtirish

to‘g‘risida”gi 2020

-yil 3-fevraldagi PF

5938-son Farmoni, 2016-yil 14-

sentabrdagi “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va

Oliy ta’lim muassasalarining ichki nizomlari yoshlar bilan ishlashning huquqiy

asoslarini belgilab bermoqda. Ushbu huquqiy hujjatlar talabalarning ijtimoiy

himoyasi, ularni qo‘llab

-quvvatlash mexanizmlari hamda ijtimoiy institutlar bilan

hamkorlikni boshqarish mexanizmlarini nazarda tutadi.

Tadqiqot doirasida bir qator mahalliy va xorijiy mualliflarning nazariy

ishlari tahlil qilindi. Jumladan, R. Xolmatov va G. Saidova yoshlar siyosatining

institutsional modelini tahlil qilgan bo‘lsa, A. To‘rayev oliy ta’limda yoshlar bilan

ishlashda boshqar

uv yondashuvlari masalasini ko‘taradi. G‘arb olimlaridan J.S.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

23

Millning erkinlik va shaxsiy rivojlanish haqidagi g‘oyalari hamda M. Fukoning

ijtimoiy nazorat va institutlar roli bo‘yicha ishlari yoshlar siyosatini falsafiy va

nazariy jihatdan yoritishga xizmat qiladi.

Shuningdek, xalqaro tashkilotlarning hisobotlari va metodologik tavsiyalari

tahlil qilindi. Masalan, BMT tomonidan ishlab chiqilgan "World Youth Report"

[1], UNESCOning "Global Citizenship Education" konsepsiyasi [2], hamda

OECDning "Youth Governance and Engagement" bo‘yicha hisobotlari

[3] yoshlar

siyosatini amalga oshirishda ilg‘or mamlakatlar tajribasini ochib beradi.

Adabiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan

ishlashning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan boshqaruv modelining aniq

yo‘naltirilganligi, raqamli axborot tizimlaridan foydalanish darajasi hamda ijtimoiy

institutlar bilan integratsiya

darajasiga bog‘liq. Shu sababli, tadqiqotning asosiy

yo‘nalishi sifatida oliy ta’limda boshqaruv mexanizmlarining ijtimoiy

-iqtisodiy

samaradorligini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy qism.

Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlashning

boshqaruv mexanizmlari turli yo‘nalishlarni qamrab oladi va bu tizimning

samaradorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Eng avvalo,

strategik rejalashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har bir oliy ta’lim

muassasasida yoshlar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha alohida strategiyalar va

harakat rejalari ishlab chiqilishi lozim. Bu orqali yoshlarning ehtiyoj va

muammolari aniqlanadi hamda aniq yo‘naltirilgan chora

-tadbirlar belgilanishi

mumkin bo‘ladi.

Boshqaruvning yana bir muhim tarkibiy qismi bu

axborot tizimlari va

raqamli monitoringdir. Talabalar faolligi, ularning dolzarb muammolari va

yutuqlarini doimiy monitoring qilish orqali erta ogohlantirish tizimini

shakllantirish va zarur hollarda tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish

imkoniyati yaratiladi. Raqamli vositalar orqali to‘plangan ma’lumotlar asosida


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

24

tahlil olib borish, boshqaruvni yanada maqsadli va samarali tashkil etishga xizmat

qiladi.

Shuningdek, motivatsion dasturlar va grantlar yoshlar faolligini oshirishning

muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida

iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida akademik stipendiyalar, liderlik

kurslari va ta

dbirkorlik yo‘nalishida moliyaviy qo‘llab

-quvvatlovchi dasturlar

amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu kabi yondashuvlar yoshlarning tashabbuskorligini

rivojlantirish va ularda ijtimoiy mas’uliyat hissini kuchaytirishda muhim ahamiyat

kasb etadi.

Yoshlar bilan ishlashda institutsional integratsiya tamoyili ham alohida o‘rin

tutadi. Talabalar kengashi, Yoshlar ittifoqi, mahalla qo‘

mitasi, psixologik

xizmatlar kabi tashkilotlarning faoliyatini boshqaruv tizimiga muvofiqlashtirish

orqali bir butun va tizimli yondashuv shakllantiriladi. Bu esa yoshlar bilan ishlashni

faqat tarbiyaviy emas, balki strategik va ijtimoiy faoliyat sifatida qarash imkonini

beradi.

Nihoyat, zamonaviy sharoitda innovatsion yondashuvlar tobora muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Psixometrik testlar, onlayn maslahatlar, loyiha asosidagi

ta’lim shakllari yoshlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. Ushbu yondashuvlar

nafaqat nazariy bilimlarni chuqurlashtirish,

balki yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda ham muhim vosita

bo‘lmoqda.

Umuman olganda, oliy ta’lim muassasalarida yoshlar siyosatini samarali

amalga oshirish boshqaruv mexanizmlarining kompleks yondashuvda yo‘lga

qo‘yilishi orqali ta’minlanadi. Bu esa kelajak avlodning barkamol shakllanishiga

xizmat qiluvchi asosiy omil bo‘li

b qolmoqda.

Natijalar.

Olib borilgan tadqiqotlar va amaliy kuzatishlar shuni

ko‘rsatmoqdaki, samarali boshqaruv modeli joriy etilgan oliy ta’lim

muassasalarida talabalar ijtimoiy faolligi 30

40 foizga yuqoriligi bilan ajralib


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

25

turadi. Bu esa boshqaruv tizimlarining yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi

beqiyos rolini tasdiqlaydi. Ayniqsa, raqamli vositalardan foydalanish orqali

talabalar ehtiyojlarini aniqlash, ularning muammolarini erta bosqichda aniqlash va

individual yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyati yuzaga kelmoqda. Doimiy

monitoring va tahlil asosida tashkil etilgan boshqaruv tizimi esa oliy ta’limdagi

islohotlarning barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek,

psixologik yondashuvlar, loyiha asosida

tashkil etilgan ta’lim faoliyati va

mentorlash tizimlari yoshlarning ijodiy salohiyatini ochish, ularni mustaqil qaror

qabul qilishga va jamoaviy ishlashga yo‘naltirishda samarali vosita bo‘layotgani

kuzatildi. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda, maqolada taklif etilgan boshqaruv

mexanizmlari O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida yoshlar siyosatini amaliyotda

yanada samarali amalga oshirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Xulosa.

Oliy ta’lim tizimida yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish

nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki jamiyatning barqaror rivojlanishini

ta’minlashda muhim boshqaruv vazifasini bajaradi. Tadqiqot natijalari shuni

ko‘rsatmoqdaki, boshqaruv mexanizmlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan oliy ta’lim

muassasalarida

talabalar

faolligi

yuqori

bo‘lib,

ularning

ijtimoiy

moslashuvchanligi va kelajak rejalari izchil shakllanadi. Bunday natijalarni

ta’minlash uchun esa oliy ta’lim muassasalarida strategik rejalasht

irilgan

boshqaruv tizimini shakllantirish, talabalar holatini monitoring qilishga asoslangan

raqamli platformalarni keng joriy etish, yoshlarning faolligini oshirishga qaratilgan

rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish, shuningdek talabalar,

o‘qituvchilar va ijtimoiy institutlar o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

zarur. Bundan tashqari, innovatsion va psixologik yondashuvlar asosida

yoshlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish ham dolzarb

ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot doirasida ilgari surilgan nazariy va amaliy

tavsiyalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida yoshlar bilan ishlash faoliyatini yangi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-1_

июнь

-2025

26

bosqichga olib chiqish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda salohiyatini

to‘liq ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

https://www.un.org/development/desa/youth/world-youth-report.html

2.

https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000232993

3.

https://www.oecd.org/gov/youth

4.

Xulkar Y., Xatamovna B. Z. TA’LIM MUASSASALARI O’SMIR

-

YOSHLAR

IJTIMOIYLASHUVI

SAMARADORLIGINI

O’SHIRISHNING

AFZALLIKLARI

//INTERDISCIPLINE

INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE.

2024.

Т. 3. –

№. 26. –

С. 13

-15.

5.

Shoyimovich

H. B. OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA YOSHLAR

BILAN ISHLASH JARAYONLARINI RAQAMLI BOSHQARISH

TIZIMINI RIVOJLANTIRISH //YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI

TADQIQOTLAR JURNALI.

2025.

Т. 2. –

№. 3. –

С. 440

-445.

6.

Mudarifovna I. Z. YОSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING

AYRIM XUSUSIYATLARI //PEDAGOGICAL SCIENCES AND

TEACHING METHODS.

2024.

Т. 4. –

№. 39. –

С. 8

-13.