https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
453
OLIY TAʼLIM TIZIMINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA
ULARNING YECHIMLARI
Andijon davlat chet tillari instituti
pedgogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Asliddin Isomiddinov Baxridin o‘g‘li
Andijon davlat chet tillari inistituti
Xoriy til va adabiyoti
(ingiliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari
Botiraliyeva Shaxzoda Asilbek qizi
Anorboyeva O‘g‘iloy Azamjon q
izi
Annotatsiya:
m
aqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi dolzarb
muammolar, ularning asosiy sabablari va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi.
Jumladan, oliy ta’limga bo‘lgan talabning ortishi, o‘qituvchilar malakasining
yetarli emasligi, ilmiy-tadqiqot ishlarining sustligi, korrupsiya muammolari va
amaliyot yetishmovchiligi singari muammolar yoritilgan. Tahlil qilingan statistik
ma’lumotl
ar asosida maqola ilmiy-analitik yondashuvda yozilgan.
Kalit so‘zlar:
ilmiy-tadqiqot, innovatsiya, o
liy taʼlim, muammo, ta’lim
sifati, korrupsiya, universitet, yechim.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, oliy
ta’lim tizimini m
odernizatsiya qilish va jahon standartlariga moslashtirish muhim
vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli
isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak
ma’naviy
-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosq
ichga ko‘tarish, oliy ta’limni
modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy
soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida:
oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy
-texnik bazasini, shu
jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish
hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-
bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
454
o‘tkazish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash
[1] uchun s
o‘nggi yillarda ta’lim
sohasida sezilarli islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, tizimda hal etilishi
lozim bo‘lgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. O‘zbekiston oliy ta’lim
tizimidagi asosiy muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish
yo‘llarini
aniqlab quyidagi fikrlarni berib o‘tamiz
.
Asosiy muammolar va ularning tahlili
1. Ta’limga bo‘lgan talab va o‘rinlar o‘rtasidagi nomutanosiblik
Har yili abituriyentlar soni ortib bormoqda, ammo mavjud oliy o‘quv
yurtlarining soni cheklangan. Bu ta’lim olish uchun xorijga ketayotgan yoshlar
sonining ortishiga olib kelmoqda, bu esa mamlakatda bilimli yoshlarning sonini
ko‘payishiga to‘siq bo‘ladi. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, har yili oliy
ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlarning atigi 20
-25 foizi davlat
grantlari asosida o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda[1].
2. O‘qituvchilar salohiyati va dars sifatining pastligi
Ko‘plab o‘quv darsla
ri eski metodlarga asoslangan, XXI-asr
texnologiyalaridan foydalanishdagi xatoliklar, zamonaviy bilimlar va
texnologiyalarni yetarlicha o‘zlashtirmagan professor
-
o‘qituvchilar ta’lim sifatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari shuni ko‘rsatadiki,
talabalarning
40 foizi o‘qituvchilarning dars berish uslu
bidan qoniqish hosil
qilmaydi.
3. Ilmiy-tadqiqot ishlarining sustligi
O‘zbekistonda ilmiy
-
tadqiqot ishlariga ajratilayotgan mablag‘ YaIMning
atigi 0,16 foizini tashkil qiladi. Bu esa oliy ta’limni ilmiy asosdan uzoqlashtiradi,
xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar yetishishiga to‘sqinlik qiladi. Yevropa
Ittifoqi mamlakatla
rida bu ko‘rsatkich 2
-3 foizni tashkil etadi[3].
4. Korrupsiya va baholash tizimidagi adolatsizlik
Test natijalari yoki baholashdagi tanish-bilishchilik holatlari talabalar
orasida ishonchsizlikni kuchaytiradi, bilimli yoshlar esa e’tibordan chetda qoladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
455
So‘rovnomalar natijalari shuni ko‘rsatadiki, talabalarning 30 foizi baholash
tizimida adolatsizlik holatlariga duch kelgan[4].
5. Amaliy tajriba va kasbga yo‘naltirish yetishmovchiligi
Talabalar nazariy bilimni o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtira
olmaydilar. Ish beruvchilar esa mutaxassislarni amaliy tajribaga ega bo‘lishini
talab qilmoqda. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasalarini
bitirganlarning 50 foi
zdan kamrog‘i o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topa oladi
.
6. PISA natijalari va ta’lim sifatining pastligi
2022-
yilgi PISA xalqaro baholash natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston
o‘quvchilari matematika, o‘qish va tabiiy fanlardan o‘rtacha 66 davlat ichida oxirgi
o‘rinlardan birini egalladi. Bu maktab ta’limi bilan birga oliy ta’limga kirgan
yoshlarning bilim darajasi
ham sust ekanini ko‘rsatmoqda.
Statistika: O‘zbekistonning matematika bo‘yicha o‘rtacha balli —
379
(OECD o‘rtacha ko‘rsatkichi –
472 ball), o‘qish bo‘yicha esa 352 ball bo‘lgan.
Yechimlar va takliflar
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi muammolarni hal etish kompleks
yondashuvni talab etadi.
Birinchidan, ta’lim infratuzilmasini kengaytirish va inklyuzivlikni
ta’minlash, yangi oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish va masofaviy ta’lim
platformalarini rivojlantirish lozim.
Ikkinchidan, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va motivatsiyani
kuchaytirish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish va zamonaviy o‘qitish
metodikalarini joriy etish muhim.
Uchinchidan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va innovatsiyalarni
rag‘batlantirish, ilmiy loyihalarni qo‘llab
-quvvatlash va ilmiy ishlanmalarni
tijoratlashtirish mexanizmlarini yaratish zarur.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
456
To‘rtinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlash,
qabul jarayonlarini shaffoflashtirish va elektron baholash tizimlarini joriy etish
muhim.
Beshinchidan, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ish beruvchilar bilan
hamkorlikni kuchaytirish, amaliyot soatlarini ko‘paytirish va ish beruvchilarning
talablarini hisobga olgan holda kasbiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish lozim.
Oltinchidan, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro integratsiyani kuchaytirish,
o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish va universitetlarning xalqaro
reytinglarda o‘rin olishi uchun sharoit yaratish zarur.
Tavsiyalar:
•
Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha davlat dasturlarini is
hlab
chiqish va amalga oshirishni kompleks nazoratini kuchaytirish.
• Ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish.
• Oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga zamonaviy axborot
-kommunikatsiya
tex
nologiyalarini keng joriy etish va o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kurslarini
sonini ko‘paytirish.
Xulosa
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining zamonaviy holatini kompleks
tahlil qilish asosida uning asosiy muammolarini aniqlashga va ularni hal etishning
istiqb
olli yo‘llarini ishlab chiqish uchun amaly ishlarni chuqurroq
olib borish va
natijalarni qiyosiy taxlil qilish muhim hisoblanadi. Olingan natijalar shuni
ko‘rsatadiki, tizim oldida turgan asosiy vazifalar –
ta’lim sifatini oshirish, ilmiy
-
tadqiqot salohiyatini kuchaytirish va xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuvni
jadallashtirishdan iborat. Ta’l
im infratuzilmasini modernizatsiya qilish, pedagog
kadrlar malakasini oshirish, innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish va
korrupsiyaga qarshi samarali kurashish orqali oliy ta’lim tizimining
raqobatbardoshligini ta’minlash mumkin. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim sohasidagi
siyosatni shakllantirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish va kelgusida ilmiy
izlanishlar olib borish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-1_
июнь
-2025
457
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Resp
ublikasi Prezidenti Sh,Mirziyoyevning 08.10.2019-
yildagi
“O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”
PF-5847-son farmoni.
2.
Axmedov
A.A.
Talabalarda
oilaviy
qadriyatlarga
ijobiy
munosabatlarni rivojlantirishning pedagogik shartlari.//Pedagogik mahorat -
Бухоро, 2023. №3. –
B.176-
179. (13 00 00 №23)
3.
I.Ismailov, (2021). "Oliy ta'lim tizimida mavjud muammolar va ularni
hal etish yo'llari." Oliy ta'lim va innovatsiyalar jurnali, 2(1), 45-52.
4.
Dilova N.G. Ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy yondashuvlarning
ahamiyati // Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy
etishda ta’lim sifatini boshqarish muammolari: Хalqaro anjuman materiallari. –
Qo‘qon, 2022. –
B. 38-41.
5.
Khujakulova N. R. Economic Efficiency of Using Innovative
Technologies In the Cultivation of Medicinal Plants //The Journal of Economics,
Finance and Innovation.
–
2023.
–
С
. 198-202.
6.
Xolmuratov Shaxriddin Baxriddinovich
“O‘quvchilar bilim darajasini
baholashning interaktiv metodlari ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar” /
ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
XALQARO
ILMIY-AMALIY
KONFERENSIYA
MATERIALLARI.
GULISTON-2023 B. - 198-200
7.
Rashidovna, Madaminova Khusnida. "DEVELOPMENT OF
INDEPENDENT THINKING SKILLS OF CHILDREN IN A PRESCHOOL
EDUCATIONAL ORGANIZATION." Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal 11.11 (2023): 44-47
8.
9.
10.