Авторы

  • Normamatova Shohista
  • Abdumurod Arslonov

Биографии авторов

  • Normamatova Shohista

    Muallif: Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi

  • Abdumurod Arslonov

    Ilmiy rahbar: Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti

    Adabiyotshunoslik kafedrasi o’qituvchisi, PhD,

    Dots

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88005

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: “Sirojul-muslimin” “Mubayyin” Navoiy Bobur shariat nazm diniy masalalar aqoid tafovut qiyos o’xshashlik.

Аннотация

Annotasiya: Ushbu maqolada ikki buyuk ijodkorning qalamiga mansub ilmiy-ma’rifiy asarlari o’zaro qiyoslangan. Ham g’oyaviy jihatdan, ham shakl jihatdan bir qancha tafovutlar ko’rib chiqilgan. Muhokamaga sabab bo’luvchi bir qancha masalalarni yoritishga harakat qilingan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

368

ALISHER NAVOIY VA BOBUR QALAMIGA MANSUB ILMIY-

MA’RIFIY ASARLAR MUQOYASASI

Muallif: Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich

talabasi

Normamatova Shohista

Ilmiy rahbar: Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti

Adabiyotshunoslik kafedrasi o’qituvchisi, PhD,

Dots, Abdumurod Arslonov

Annotasiya: Ushbu maqolada ikki buyuk ijodkorning qalamiga mansub

ilmiy-ma’rifiy asarlari o’zaro qiyoslangan. Ham g’oyaviy jihatdan, ham shakl

jihatdan bir qancha tafovutlar ko’rib chiqilgan. Muhokamaga sabab bo’luvchi

bir qancha masalalarni yoritishga harakat qilingan.

Kalit so’zlar: “Sirojul-muslimin”, “Mubayyin”, Navoiy, Bobur, shariat,

nazm, diniy masalalar, aqoid, shariat, tafovut, qiyos, o’xshashlik.

Diniy-tasavvufiy asarlar orasida eng mashhur va hammaga maʻlum asarlar

sirasiga biz Alisher Navoiyning “Sirojul muslimim” hamda Zahiriddin Muhammad

Boburning “Mubayyin” asarlarini olishimiz mumkin. Ushbu asarlar boshqa diniy

asarlardan shakli bilan farqlanadi. Negaki, ular nazmiy asarlardir, yaʻni dindagi

masalalarni barcha uchun oʻqishli boʻlishini taʻminlash uchun mualliflar sheʻriy

yoʻlni tanlaganlar. Har ikki asar ham mazmun jihatdan bir biriga juda yaqin. Lekin

shakl jihatdan hamda baʻzi diniy masalalarga yondashish jihatdan bir qancha

tafovutlar mavjud. Quyida ularni tahlil qilib chiqamiz.

Har ikkala asarning kirish qismi hamd va natʻ bilan boshlangan. Undan

keyin esa ikkala muallif ham “Kitob nazmining sababi” bobini keltirgan. Alisher

Navoiy “Sirojul-muslimin” kitobining yozilish sababini quyidagicha keltiradi:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

369

Eshittim bazmining bir nuktadoni,

Shohi sohibqiron jon darmiyoni.

Demish: ne sud gar bir uyni tuzmish

Ki, nazmi shaynidin koʻp uyni buzmish,

Oʻqugʻon el aning sheʻrini payvast,

Tilar boʻlgʻay hamisha oshiqu mast.

Solib islomu din uyiga oshub,

Binoyi xayr butkarmak ne mahsub

Tushub bu nuktadin jismim aro pech,

Chu bildim, chin emish dam urmadim hech.

Dedimkim, aylayin bir nusxa mastur

Ki, boʻlgʻay dinu islom uyi maʻmur.

Nekim, din ahligʻa boʻlgʻay zarurat,

Bari tutqay ani bilgancha surat.

1

Yaʻni bir majlisda shohning eng yaqin kishilaridan biri u hamisha oʻzining

ishq-muhabbat haqidagi sheʻrlari bilan insonlarni oshiq-u mast qilgan. Islom, din-

u diyonat uyini vayron qilib, hayriya binolarini barpo qilishi inobatga olinarmikan

deydi. Bilamizki, Navoiyning koʻpgina shʻrlarining mavzusi ishq-muhabbat, uning

tub mazmuni esa Alloh va uning Rosuliga boʻlgan muhabbat. Ammo oʻsha

davrning ayrim ilm davrasidan uzoq kishilari bir insonning ikkinchi insonga

boʻlgan muhabbati oʻlaroq qarashgan. Shu sababdan ham yuqoridagi kabi fikrlar

koʻp boʻlgan. Navoiy esa shu safar oʻsha kishining soʻzi qattiq taʻsir qilganligini,

bu soʻzlardan ichiga oʻt tushganini taʻkidlaydi. “Koʻnglimga dedimki: “Endi men

shunday bir narsa qoralayki, u sababli dini islom binosi taʻmir topsin-obod boʻlsin.”

2

1

Navoiy Alisher. Sirojul-muslimin. Mukammal asarlar toʻplami. 20 jildlik. – T.: Fan, 1998. 14-jild. 233-b

2

Xasanxon Yaxyo Abdulmajid, Xusaynxon Yaxyo Abdulmajid. Navoiydan chu topkaylar navoye - T.:" Hilol-

Nashr", 2023,125-b


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

370

Bobur esa “Mubayyin” asarining yozilish sababi farzandlariga nasihat

ekanligi va bu asar ularga nasihatnioma, hayotlarida dasturulamal vazifasini

bajarishini, bu asar uzoq yillar oʻz avlodiga manfaat keltirishini, juda koʻplab

kitobxonlar qoʻliga yetib borishini istaydi.

Bilgasen ey xujasta-e farzand,

Jigarim birla jonima payvand.

Masʻalalar-ki, ul zarur erdi,

Bilmasang dininga qusur erdi.

…Din-u donishda har kun afzun boʻl,

Davlat-u baxt ila Humoyun boʻl.

Komron boʻl jahonda, davlat koʻr,

Yuz tuman obroʻ-yu izzat koʻr.

3

“Sirojul-muslimin” asarining keyingi bobida shariatdagi hukmlarning

sharhi hamda aqiyda qoidalarining bayoni keltirilgan va bu bobda aqida soʻzining

asl maʻnosi, shariat ahkomlariga toʻxtaladi. Keyin esa iymon qoidasining qisqacha

bayonini keltiradi. Yaʻni, iymon oqil insonning balogʻatga yetganda iymon

keltirishi haqida, iymonning til bilan iqror boʻlish va dil bilan ishonishdir deydi.

“Mubayyin” da esa “Kitob nazmining sababi” bobidan soʻng islom dinidagi

beshta farzning bayoni haqida maʻlumot keltiriladi. Iymon haqida maʻlumot

keltirib iymonning ham 6 ta farzi borligini taʻkidlaydi:

Avval iymon Xudogʼa kelturgil,

Shirk cherigin zamiridin surgil.

Dogʻi bilkim malak erur mavjud,

Barchasi abd-u, Tengridur maʼbud.

Bor uchunchi kitob-i iqrori,

Tengri tavfiq boʻlsa dey bori.

3

Bobur Z.M. Mubayyin. T.: Abdulla Kodiriy nomidagi Xalk merosi nashriyoti, 2000, 7-b


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

371

Yana bil anbiyosini barhaq,

Roʻz-i oxirini dogʻi bil mundoq.

Yana bilgil Xudodin, ey hamdam,

Yaxshiliq boʻlsa, gar yamonliq ham.

Ushbular-kim borin dedi Bobur,

Bilga sen kim, mufassal-i iymondur.

4

Bobur ushbu asarda iymonning oltita farzini keltiradi, Navoiy ham

“Sirojul-muslimin” asarida ham ushbu oltita farzni sanab oʻtadi. Ammo bugungi

kundagi faqihlarimiz va boshqa bir qancha diniy masalalar yoritilgan manbalarda

iymonning yettita farzini keltirib oʻtishgan. Bular:

1.

Alloh taologa iymon keltirish;

2.

Farishtalarga iymon keltirish;

3.

Allohning kitoblariga iymon keltirish;

4.

Paygʻambarlariga iymon keltirish;

5.

Qiyomat kuniga iymon keltirish;

6.

Yaxshilik va yomonlik ham Allohdan ekaniga iymon keltirish;

7.

Oʻlgandan soʻng qayta tirilishga iymon keltirish;

5

Demak ikkala muallif ham yettinchi farz yaʻni oʻlgandan soʻng qayta

tirilishga iymon keltirish bandini keltirishmagan degan xulosaga kelamiz.

Keying bobda esa Navoiy Alloh taoloning sakkizta sifatini keltirib oʻtadi,

Bobur esa yettita sifatning bayoni bilan cheklanadi.

“Sirojul-muslimin” ning keyinggi qismida Alisher Navoiy tahorat va uning

farzlari haqida soʻz yuritadi. Tahoratda toʻrtta farz borligini aytib ularning bayonini

birma bir keltirib oʻtadi. Namoz haqida uning oʻn ikki farzi haqida ham atroflicha

maʻlumotlarni juda goʻzal va oʻqishli qilib keltirib oʻtadi

4

Oʻsha asar,8-9-b

5

Madraximov A. Islomda eng muxim 40 farz, makola ahlisunna.uz sayti, 2019


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

372

Zahiriddin Muhammad Bobur esa “Mubayyin” da tahoratning farzlaridan

avval bir qancha masalalarga toʻxtalib ularni mufassal bayon qiladi. Dastlab

Paygʻambarimizning fazilatlari va afzalliklari haqida, meroj kechasining sifatiga

toʻxtaladi. Bundan tashqari ahli qibla vakillari, toʻrt sahoba, din peshvolari

sanalgan imomlar, mushriklar haqida va yana doʻzax va jannat tasviri, havz-i

kavsar suvi toʻrisida oʻzi bilganlarini yozib oʻtgan. Shu maʻlumotlar bilan birinchi

bob oʻz nihoyasiga yetadi va ikkinchi “Kitobu-s-salot” bobi bilan asar davom

ettiriladi. Ushbu bob namoz va uning farzlari haqida. Namozning oʻn ikki farzidan

tashqari boʻlgan oltita farz haqida nazm qiladi. Namoz oʻqiladigan joy, namoz

oʻqilganda kiyiladigan kiyim, poklik va ushbu poklik uchun sarflanadigan suv

masalalariga ham alohida urgʻu beradi. Bobur tahorat va uning farzlaridan avval

gʻusl bayonini, uning farzlarini toʻla sanab oʻtadi. Shundan keyingina tahorat va

uning farzlariga toʻxtaladi. Bobur Navoiydan farqli oʻlaroq tahoratda toʻrtta farz

bor ammo “multahiygʻa” yaʻni soqolli insonlar uchun bu farz beshtani tashkil

etishini aytib oʻtadi:

Kimgakim boʻlsa bu hidsi hodis,

Ul vazuv aylasin-ki bor muhaddis.

Bilga sen toʻrt boʻldi farz-i vazuv,

Multahiygʻa lek beshdir bu.

6

Tahoratdagi toʻrt farz quyidagilar:

1.

Yuzning soch chiqqan joyidan iyakning ostigacha va ikki quloq

yumshoqlarining oralarini bir marta yuvish;

2.

Ikki qoʻlning tirsaklarigacha yuvish;

3.

Boshning toʻrtdan bir qismiga masʻh totish;

4.

Ikki oyoqning toʻpiqlari bilan birga yuvish;

7

6

Bobur Z.M. Mubayyin. T.: Abdulla Kodiriy nomidagi Xalk merosi nashriyoti, 2000, 45-b

7

Madraximov A. Islomda eng muxim 40 farz, makola ahlisunna.uz sayti, 2019


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

373

Bobur bu farzlar sirasiga soqolli kishilar soqol ostidagi yuz qismiga ham

suv tekkizib yuvishni farz amallardan deb biladi, ammo bu farz bugungi kundagi

faqihlar, ilm ahillari tomonidan alohida olib qaralmagan. Birinchi farz yaʻni yuzni

yuvish fazining tarkibida aytib oʻtilgan. “Mubayyin” ning ushbu bobida “Sirojul-

muslimin” ga qaraganda namozga oid har bir masala mufassal bayon qilingan.

Tahorat jarayonida ogʻiz chayishda, burunga suv tortishda, oʻng va soʻl qoʻl

chayishda, bosh va quloq masʻhida, oyoq yuvganda va tahorat soʻngida oʻqiladigan

duolar keltirilgan. Oyoqqa mahʻs tortish tayammum va uning farzlari, namoz

vaqtlari, mustahab vaqtlar, makruh vaqtlar, qibla masalasi, namozga niyyat qilish

masalasi, tahorat va namozni buzadigan amallar, ruku va sajda masalasi, sajdayi

sahv tartibi, musofir namozi, juma namozi, hayit namozi, janoza va taroveh kabi

jamoat namozlarining oʻqilish tartibi bayoni, bundan tashqari tahajjud, istisqo,

istixora namozlari, sadaqa va fitr, qurbonlik bayoni atroflicha juda goʻzal va

tushunarli qilib berilgan.

“Sirojul-muslimin” ning keying bobi islomning uchinchi rukni boʻlmish

zakot masalasi va uning sharhiga bagʻishlangan. “Mubayyin” da ham xuddi shu

tartib saqlangan. Har ikkala muallif asarlarida ham keying bob islomning toʻrtinchi

rukni- roʻza sharhiga bagʻishlangan. Xuddi avvalgi boblar singari ushbu bobda ham

Bobur bu masalaga keng nazar bilan qaragan. Navoiy oʻz asarida maʻlumot bergan

kafforat masalasidan boshqa makruh va mustahab roʻzalar, ramazon oyida uyda

oʻtirish kabi mavzularga imkon qadar maʻlumotlar keltirib oʻtgan.

Keying bob har ikkala shoirda ham islom dinining beshinchi rukni- haj va

uning bayoni haqida. Alisher Navoiy oʻz asarida hajning farz ekanligi, lekin

hamma uchun ham emas deb taʻkidlaydi, haj qachonki, sogʻligi uzoq yoʻlga yarasa,

hajga boruvchi yoʻllar bexatar boʻlsa, hajni niyat qilgan kishining qarzi boʻlmasa,

Parvardigori olam yoʻl yurishga moneʻ boʻladigan kasallik bermagan boʻlsa farz

sanaladi.

Bu mahzurot gar yoʻq tebra filhol,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

374

Oʻzungni Doʻst koʻyi tavfigʻa sol.

Nekim farz oʻldi boʻynungda, ado qil,

Etib maqsadqa komingni ravo qil.

8

deb bobni tugallaydi.

Bobur esa bu masalaga kengroq toʻxtaladi. Hajning farzlari, farzlarga tobe

yana bir qancha mustahab amallar, ehrom bogʻlamoq bayoni, umra bayoni, afrod

bayoni, qiron bayoni, ihsor bayoni haqida mufassal maʻlumot keltiradi. Boburning

ushbu “Mubayyin” asarini hajni niyat qilgan har bir inson oʻqib chiqsa, ushbu

bobda kerakli boʻlgan barcha bilimlar jamlangan va hattoki, har bir amal jarayonida

oʻqiladigan duolar ham batafsil berilib oʻtilgan. Har ikkala asar ham xotima bilan

yakun topgan. Xotima qismda mualliflar kitobga berilgan nom va uning maʻnosi,

asar yozib tugatilgan yillarni keltirgan. Navoiy:

…Toʻqiz yuz beshda bir farxunda farzand,

Adab birla tavozuʻdin barumand.

Chu Ravshan aylar Islom ahli zotin:

“Sirojul-muslimin” qoʻymishmen otin.

9

Bobur:

Chun bayon ettim anda sharʻiyyot,

Ne ajab gar dedim “Mubayyin” ot.

Yil toʻqqiz yuz yigirma sekkiz erdi,

Fiqhda Bobur ushbu nazm dedi.

10

Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, bunday tafovutlar ilm ahli orasida

turli xil muhokamalarga sabab bo’lishi mumkin. Shu sababdan ham tadqiqotchi

sifatida bularning sababi va asl mohiyatini ochib berish uchun tinimsiz izlanishlar

va har yoqlama qarashlarni bartaraf etish kerak deb o’ylayman. Asarlarning asl

8

Xasanxon Yaxyo Abdulmajid, Xusaynxon Yaxyo Abdulmajid. Navoiydan chu topkaylar navoye - T.:" Hilol-

Nashr", 2023, 171-b

9

Oʻsha asar, 172-173-b

10

Bobur Z.M. Mubayyin. T.: Abdulla Kodiriy nomidagi Xalk merosi nashriyoti, 2000,166-b


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

375

qo’lyozma nusxalariga tayangan holda nashrga tayyorlash va chop etish

kitobxonlar uchun ham anniq ma’lumotlarga ega bo’lish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Bobur Z.M. Mubayyin. T.: Abdulla Kodiriy nomidagi Xalk merosi

nashriyoti, 2000.

2.

Madraximov A. Islomda eng muxim 40 farz, makola ahlisunna.uz

sayti, 2019.

3.

Navoiy Alisher. Sirojul-muslimin. Mukammal asarlar toʻplami. 20

jildlik. – T.: Fan, 1998. 14-jild.

4.

Xasanxon Yaxyo Abdulmajid, Xusaynxon Yaxyo Abdulmajid.

Navoiydan chu topkaylar navoye - T.:" Hilol-Nashr", 2023

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)