https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
468
TIL VA NUTQ. GRAMMATIKADA METOD VA NAZARIY
YO'NALISHLARI.
Andijon Davlat Chet tillari instituti Roman-German va Slavyan tillari fakulteti
nemis tili yo’nalishi 401-guruh talabasi
Abdumalikova Gulchehra Rasuljon qizi
Ilmiy rahbar:Ismanova.O.U
E-mail: gulchehraabdumalikova07@gmail.com
Annotatsiya:Ushbu maqolada til va nutq munosabati, ularning farqlari
hamda grammatikani o‘qitishda qo‘llaniladigan metodik va nazariy yondashuvlar
tahlil qilinadi. Tilning tizimli tuzilmasi va nutqning real muloqotdagi ifoda
shakllari o‘rtasidagi farq asosida, grammatika darslarida kommunikativ va
funksional yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi.
Kalit so‘zlar: til, nutq, grammatika, metod, nazariya, kommunikativ
yondashuv.
Аннотация:В статье рассматриваются различия между понятием
«язык» и «речь», а также теоретические и методические подходы к
обучению грамматике. Особое внимание уделено системной структуре
языка и реализациям речи в живом общении, подчеркивается значимость
коммуникативного и функционального подходов в обучении грамматике.
Ключевые слова: язык, речь, грамматика, метод, теория,
коммуникативный подход.
Annotation:This article explores the relationship and distinction between
language and speech, as well as theoretical and methodological approaches in
grammar teaching. It emphasizes the difference between language as a system and
speech as actual communication, highlighting the role of communicative and
functional methods in grammar instruction.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
469
Keywords: language, speech, grammar, method, theory, communicative
approach.
Til va nutq
inson tafakkurining, madaniyatining, ijtimoiy hayotining
ajralmas tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Til – bu ijtimoiy hodisa bo‘lib, u kishilar
o‘rtasidagi aloqa, bilim almashinuvi, axborot uzatishning eng muhim vositasidir.
Nutq esa – bu til vositalari orqali inson fikrini ifodalash jarayoni, ya’ni tilning
amaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Til doimiy, barqaror tizim bo‘lsa, nutq esa
bu tizimning harakatdagi shakli, uni shaxsiy, ijtimoiy, psixologik va kommunikativ
jarayonlarda qo‘llash tarzidir. Shu sababli til va nutq bir-biriga bevosita bog‘liq
bo‘lgan, biroq mohiyat jihatidan farqlanuvchi tushunchalardir.
Zamonaviy tilshunoslikda til va nutq masalasi, ayniqsa ularning o‘zaro
bog‘liqligi, grammatik tuzilmalarda qanday ifodalanishi, tilni o‘qitishda qanday
metod va nazariy yo‘nalishlar asosida yondashilishini chuqur o‘rganish dolzarb
masalaga aylangan. Grammatika – tilning asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, unda
so‘zlarning shakllanishi, bog‘lanishi, gap qurilishi kabi jihatlar tizimli ravishda
ifodalanadi. Grammatika nafaqat nazariy bilim, balki amaliy qo‘llashda ham
muhim rol o‘ynaydi. Uni o‘rganishda esa til va nutq tushunchalarining o‘zaro
ta’siri, o‘ziga xos metod va yondashuvlarni talab qiladi.
O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri — grammatika ta’limini nafaqat
nazariy asosda, balki nutqiy faoliyat bilan bog‘liq holda samarali tashkil etishdir.
Buning uchun o‘qitish metodlari orasida kommunikativ, funksional, kognitiv,
induktiv va deduktiv yondashuvlar asosiy o‘rin egallaydi. Har bir metod o‘zining
yondashuv mezonlariga ega bo‘lib, ularni tanlash va qo‘llash o‘quvchilarning
yoshi, bilim darajasi, til o‘rganishdagi maqsadlariga bog‘liq holda farq qiladi.
Ayniqsa, xorijiy tilni o‘qitishda grammatika o‘rgatish bilan birga, uni real
muloqotdagi qo‘llanish holatlari orqali mustahkamlash zarurati tug‘iladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
470
Til va nutq — bu ikki tushuncha tilshunoslikda eng muhim, markaziy va
ko‘p qirrali masalalardan biridir. Ular har doim bir-biri bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, lekin mazmunan va funksional jihatdan farqlanadi.
Til
– bu ijtimoiy hodisa, odamlar orasidagi muloqotni ta’minlaydigan
belgilar tizimi bo‘lib, unda grammatik me’yorlar, leksik birliklar, tovush tizimi,
sintaktik tuzilma va boshqa lingvistik unsurlar mujassam bo‘ladi. Til kollektiv ong
mahsuli sifatida jamiyatda avloddan-avlodga o‘tadigan meros hisoblanadi.
Nutq
esa bu til vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan
individual faoliyatdir. U og‘zaki va yozma shakllarda namoyon bo‘lib, har bir inson
tomonidan ongli ravishda boshqariladi. Nutq shaxsiy fikrni ifodalash, o‘zaro
aloqani o‘rnatish, ma’lumot yetkazish, hissiyotni ifodalash kabi ko‘plab
kommunikativ vazifalarni bajaradi.
Ferdinand de Sossyurning til va nutq haqidagi klassik qarashlari
tilshunoslikning asosiy nazariy poydevorini tashkil qiladi. U tilni ijtimoiy hodisa,
nutqni esa individual hodisa deb ajratgan. Shu asosda “langue” (til) va “parole”
(nutq) qarama-qarshi, ammo o‘zaro bog‘liq tushunchalar sifatida ko‘riladi. Til —
bu umumiy qonunlar to‘plami, nutq esa shu qonunlar asosida real hayotda amalga
oshadigan amaliy faoliyatdir.
Shuningdek,
zamonaviy
tilshunoslikda
kognitiv,
pragmatik
va
psixolingvistik yondashuvlar orqali ham til va nutq o‘rtasidagi aloqalar, farqlar,
o‘zaro ta’sir mexanizmlari chuqur o‘rganilmoqda. Kognitiv lingvistika tilni
tafakkur bilan chambarchas bog‘liq deb qaraydi, nutq esa bu tafakkurning tashqi
ifodasidir. Pragmatik yondashuv esa til vositalarining maqsadga muvofiqligini,
nutqning kontekstga bog‘liqligini tahlil qiladi. Psixolingvistika esa til va nutqning
inson ongi, xotirasi, idroki bilan qanday bog‘liqligini aniqlashga harakat qiladi.
Nazariy grammatik
yo‘nalishlar tilshunoslikda tilda ifodalangan mazmun
va strukturalarning o‘zaro bog‘lanishini o‘rganish uchun turli yondashuvlarni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
471
ishlab chiqadi. Bu yo‘nalishlar tilni tushunish va o‘rganish jarayonida
foydalanuvchi vositalar sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy tilshunoslikda
funksional, kognitiv va kommunikativ grammatikalar kabi uch asosiy nazariy
yo‘nalish mavjud bo‘lib, har biri tilning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi.
Funksional grammatikaga ko‘ra, tilning asosiy vazifasi – fikr va hissiyotlarni
samarali tarzda ifodalash va boshqalar bilan muloqot qilishdir. Shu nuqtai
nazardan, tilning grammatik tuzilmalari ularning kommunikativ vazifalari bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Kognitiv grammatika esa, tilning mantiqiy va psixologik aspektlariga
asoslanadi. Ushbu yo‘nalish tilni inson tafakkurini aks ettiruvchi tizim sifatida
o‘rganadi. Kognitiv grammatika tilni o‘rganishda inson miya va uning tajribasi
bilan bog‘laydi, til esa insonning dunyoqarashi va idrokini aks ettiradi deb
hisoblaydi. Bu yondashuv tilni fikrlar, tasavvurlar va ongning shakllanishi bilan
bog‘laydi va tilni ifodaning kognitiv jarayonlarini o‘rganishga qaratadi. Kognitiv
grammatika til o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning tasavvurlari va
tushunchalarini ham hisobga oladi, shuningdek, ularni o‘rganish uchun tilni
ma’lum bir tushunchalar va obrazlar orqali tahlil qiladi.
Kommunikativ grammatika tilni muloqotda samarali foydalanish uchun
kerakli vosita sifatida ko‘radi. Ushbu yondashuv tilni faqat muloqotda ishlatish
uchun emas, balki uning konteksti va maqsadlarini ham inobatga oladi.
Kommunikativ grammatika tilning ijtimoiy funktsiyalariga, uning individual va
guruhlararo muloqotdagi o‘rni va ahamiyatiga e’tibor beradi. Bu yo‘nalish tilni
faqat grammatik qoidalar nuqtai nazaridan emas, balki ijtimoiy va madaniy nuqtai
nazardan o‘rganishni maqsad qiladi. Kommunikativ grammatika tilni real
hayotdagi muloqot sharoitlariga moslashish va tilni samarali ishlatish
imkoniyatlarini yaratishni ko‘zda tutadi.
Grammatika tilning ichki tuzilishini tashkil qiluvchi, fonetik, leksik va
sintaktik birliklar o‘rtasidagi munosabatlarni izohlovchi muhim sohadir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
472
Grammatika o‘qitishda nazariy yondashuvlar tilshunoslikda tarixan shakllangan
turli paradigmalarga asoslanadi. Ushbu yondashuvlar grammatik hodisalarni
qanday talqin qilish, qanday tartibda o‘rgatish va o‘quvchilar tomonidan qanday
qabul qilinishiga ta’sir etadi.
Nazariy yondashuvlar orasida eng qadimiylaridan biri — formalistik
yondashuv bo‘lib, u grammatikani qat’iy qoidalarga asoslangan tizim sifatida
ko‘radi. Bu yondashuvda tilshunoslar til birliklarini shakl jihatidan o‘rganadilar va
ushbu shakllarning tahlilini taqdim etadilar. Masalan, fe’llarning vaqt, mayl, nisbat,
shaxs, son shakllari yoki otlarning kelishik, son, egalik shakllari ketma-ketlik
asosida tahlil qilinadi. Bu usulda grammatik strukturani mexanik ravishda
o‘zlashtirishga urg‘u beriladi, lekin semantik jihatlar chetda qoladi.
Keyinchalik funksional yondashuv vujudga keldi. Bu yo‘nalish til
birliklarining matndagi, nutqdagi vazifasiga e’tibor beradi. Shunday qilib,
grammatika nafaqat shakllar yig‘indisi, balki ma’no yaratish vositasi sifatida ham
o‘rganiladi. O‘qitishda bu yondashuv har bir grammatik birlikni kommunikativ
kontekstda qo‘llashga urg‘u beradi. Masalan, “boradi” fe’lini nafaqat fe’lning
uchinchi shaxsdagi hozirgi zamon shakli deb, balki bu fe’lning ma’lumot berish,
niyat ifodalash, buyruq shaklida ishlatilishini ham o‘rgatadi.
Kognitiv yondashuv esa zamonaviy psixolingvistika bilan uzviy bog‘langan
bo‘lib, grammatik birliklarning inson tafakkuridagi modellashtirilishiga
asoslanadi. Ushbu yondashuv til o‘rganishni jarayon sifatida talqin qiladi va
grammatikani o‘rganishda o‘quvchining bilish jarayonlariga e’tibor qaratadi.
O‘quvchi grammatikani faol tarzda kashf etadi, o‘z tafakkuri asosida grammatik
qoidalarni quradi, bu esa chuqur tushunish va mustahkam eslab qolishga xizmat
qiladi.
Grammatikani o‘qitishda yondashuvlar turlicha bo‘lishi mumkin, ammo
ularning har biri muayyan o‘quv vazifalari va metodik maqsadlarga xizmat qiladi.
Amaliyotda ko‘p hollarda ushbu nazariy yondashuvlar bir-birini to‘ldiradi,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
473
kombinatsiyalashgan uslubiy yondashuvlar qo‘llaniladi. O‘quv dasturlarini ishlab
chiqishda va dars rejalarini tuzishda aynan ushbu nazariy asoslar tayanch bo‘lib
xizmat qiladi.
O‘zbek va xorijiy til
grammatikasini solishtirishga oid yondashuvlar
Til o‘rgatish metodikasida qiyosiy yondashuv muhim o‘rin egallaydi. Bu
yondashuv o‘rgatilayotgan til (masalan, nemis tili) bilan ona til (masalan, o‘zbek
tili) grammatik tizimlarini solishtirish orqali til hodisalarini chuqurroq tushunishga
xizmat qiladi. Ayniqsa, grammatikani o‘qitishda bu yondashuv juda samaralidir,
chunki u o‘quvchiga til hodisalarining farqli va o‘xshash jihatlarini tahlil qilish,
ularni ongli ravishda idrok etish imkonini beradi.
Masalan, o‘zbek tilidagi egalik affikslarini olaylik: "kitobim", "uyimiz",
"o‘g‘lingiz" kabi shakllar egalikni ko‘rsatadi. Germaniya yoki ingliz tilida esa bu
ma’no artikl va pronomlar orqali ifodalanadi: my book, our house, your son.
Demak, grammatik mazmun ifodalanish usuli har xil, bu esa o‘quvchida grammatik
tafakkurni shakllantiradi.
Grammatik kompetensiya
– bu o‘quvchining grammatik qoidalarni
nafaqat bilishi, balki ularni to‘g‘ri va mazmunli nutqda qo‘llay olish qobiliyatidir.
Til o‘rgatishda ushbu kompetensiyani rivojlantirish uchun zamonaviy metodikalar
integrativ yondashuvga asoslanadi. Integrativ yondashuv – bu grammatikani
boshqa til komponentlari bilan birgalikda (fonetika, leksika, nutq amaliyoti, yozma
va og‘zaki nutq) uyg‘unlashtirib o‘rganishdir.
An’anaviy o‘qitishda grammatikani alohida, mustaqil darslarda o‘rgatishga
e’tibor qaratilgan. Ammo integrativ yondashuvda grammatika boshqa tillar
komponentlari bilan birga, kompleks tarzda o‘zlashtiriladi. Bu yondashuv
kommunikativ til o‘rgatish tamoyillari asosida shakllangan bo‘lib, o‘quvchining
faqat bilim emas, balki ko‘nikma va malakasini ham rivojlantirishga qaratilgan.
Masalan, zamonlar mavzusini o‘rganishda nafaqat qoidalar yodlatiladi, balki
shu mavzuga mos muloqot matnlari, rolli o‘yinlar, suhbatlar, yozma topshiriqlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
474
orqali ularning amaliy qo‘llanilishi ta’minlanadi. O‘quvchi qoidani yodlash bilan
birga, uni real vaziyatda qo‘llashni o‘rganadi. Shu tariqa grammatik kompetensiya
shakllanadi.
Til va nutq masalasi tilshunoslikda eng dolzarb va ko‘p qirrali tadqiqot
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada tildagi grammatik va nazariy
yondashuvlar, til va nutqning farqli xususiyatlari, shuningdek, ularning o‘zaro
aloqasi chuqur tahlil qilindi. Tiling ijtimoiy tizim sifatida mavjudligi, uning
tarkibiy qismlari va qoidalari, jamiyat a’zolari tomonidan tan olinishi va
boshqarilishi bu tizimni universal va nisbatan barqaror vosita sifatida namoyon
etadi. Nutq esa bu tizimdan foydalanish, uni konkret muloqot jarayonida individual
tarzda qo‘llash demakdir. Shu sababli, til va nutq bir-birini to‘ldiruvchi, ammo
o‘zaro farqli hodisalardir.
Grammatikada esa bu ikki tushunchaning tahlili yanada dolzarb ahamiyat
kasb etadi. Grammatik tizimlar – strukturalizm, generativ grammatika, funksional,
kognitiv va kommunikativ yondashuvlar – tildagi birliklar va ularning vazifalarini
turli nuqtai nazarlardan o‘rganadi. Har bir yo‘nalish tilni o‘rganishda o‘ziga xos
metodikani taklif qiladi: biri tilni qat’iy tizim deb bilsa, boshqasi uni inson
tafakkuri va tajribasi asosida shakllangan murakkab ijtimoiy-hissiy fenomen
sifatida tushuntiradi. Aynan shu yondashuvlar orqali tilshunoslikda yangi nazariy
qarashlar, amaliy tavsiyalar va ta’limiy usullar shakllanmoqda.
Shuningdek
, til va nutqning farqlarini chuqur o‘rganish orqali til o‘qitish
metodikasida sifatli yondashuvlarni ishlab chiqish, til o‘rganuvchilarda til tizimini
to‘g‘ri anglash va uni amaliyotda samarali qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish
mumkin. Bu boradagi tadqiqotlar grammatikani o‘rgatish metodikasini
takomillashtirishda, yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda muhim nazariy asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Umuman olganda, til va nutqni o‘zaro aloqador va lekin mustaqil hodisalar
sifatida chuqur tahlil qilish, grammatikada zamonaviy nazariy yo‘nalishlar va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
475
metodlarni qo‘llab, tilni o‘rgatish jarayonini samarali tashkil etish zamonaviy
tilshunoslikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu esa nafaqat lingvistik
tadqiqotlar, balki tilni o‘qitish, tarjima, muloqot va boshqa amaliy sohalarda ham
beqiyos ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar
Urunbayevna, I. O. (2024). ILM-FANDA TERMINLAR OLAMI. XALQARO
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI , 1 (1), 187-189.
1. Burxonovich, A. O. (2024). ZOOFRAZEMALARNI TADQIQ QILISHDA DA
TISHKINA TAHLIL METODI (RUS VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA).
PEDAGOG, 7(9), 131-134.
2. Azamov, O. (2023). ZOOFRAZEMALARNI NEMIS TILIDAN OʽZBEK
TILIGA TARJIMA QILISH TAMOYILLARI. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 3(23), 100-106.
Urunbayevna, I. O. (2025, March). TA’LIM JARAYONLARIDA TADQIQOT
VA INNOVATSIYALARNI INTEGRATSIYA QILISHNI MATEMATIKA VA
TERMINOLOGIYAGA CHAMBARCHAS BOGLIQLIGI. In Uz Conferences
(Vol. 1, No. 2).
Dadajonova, S., & Bozorova, G. (2025). CORRECT PRONUNCIATION
FORMATION IN FOREIGN LANGUAGE LESSONS (USING GERMAN AS
AN EXAMPLE). International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 250-253.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
476
Muxtarovna, Q. N. (2025, March). NEMIS VA O ‘ZBEK TILLARI MISOLIDA
KOMPLIMENTNING TILSHUNOSLIK VA MADANIYATSHUNOSLIKDAGI
O ‘RNI. In Uz Conferences (Vol. 1, No. 2).
ҚОДИРОВА, Н. М. ИНОСТРАННЫЕ ЯЗЫКИ В УЗБЕКИСТАНЕ.
ИНОСТРАННЫЕ ЯЗЫКИ В УЗБЕКИСТАНЕ Учредители: Министерство
высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан, (2),
85-99.
Akbaralievna, N.G. (2024). TARJIMADAGI TIL VA MADANIYAT
MUVOFIQLIKLARI. PEDAGOG , 7 (9), 135-137.