Авторы

  • To’xtasheva Zuhra Alisherovna,
  • To’xtasheva Fotima Alisherovna
  • Daminov Akmal Oxunjonovich

Биографии авторов

  • To’xtasheva Zuhra Alisherovna,

    Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi

  • To’xtasheva Fotima Alisherovna

    Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi

  • Daminov Akmal Oxunjonovich

    Ilmiy rahbar: dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi

    Toshkent tibbiyot akademiyasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88186

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: echinokokkoz Echinococcus granulosus gidatik kista zoonotik parazit parazitar invaziya immunobiologik javob molekulyar va serologik diagnostika yakuniy va oraliq mezbonlar anthelmintik terapiya echinokokkoz profilaktikasi veterinariya nazorati sanitariya-gigiyena epidemiologik monitoring.

Аннотация

Annotatsiya: Ekinokokkoz — Echinococcus granulosus parazitining lichinka shakli bilan chaqiriladigan, surunkali kechuvchi, yuqori invazivlikka ega bo‘lgan zoonoz parazitozdir. Kasallik asosan jigar va o‘pka to‘qimalarida gidatik kistalar shakllanishi orqali rivojlanib, organizmda muhim fiziologik va immunobiologik buzilishlarni yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada ekinokokkning morfologik va biologik xususiyatlari, rivojlanish sikli, patogenezi, klinik ifodalanishi hamda differensial diagnostikasida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar tahlil qilingan. Ayniqsa, kasallikni erta aniqlash va oldini olishda kompleks epidemiologik yondashuvlar — yakuniy va oraliq mezbonlar ustidan doimiy nazorat, veterinariya-gigiyenik choralar, sanitariya-ma’rifiy targ‘ibot ishlari va atrof-muhitni dezinfeksiyalash kabi omillar o‘zaro integratsiyalashgan holda ko‘rib chiqilgan. Profilaktika strategiyalarining kuchaytirilishi va aholining xabardorligini oshirish kasallik tarqalishining oldini olishda muhim o‘rin tutadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

123

ECHINOCOCCUS GRANULOSUS PARAZITINING BIOLOGIK

XUSUSIYATLARI. ECHINOKOKKOZ: ETIOLOGIYASI , HAYOTIY

SIKLI VA KASALLIKNI OLDINI OLISHDAGI SAMARALI

PROFILAKTIK CHORA -TADBIRLAR.

To’xtasheva Zuhra Alisherovna,

To’xtasheva Fotima Alisherovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi

Daminov Akmal Oxunjonovich

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Annotatsiya: Ekinokokkoz — Echinococcus granulosus parazitining lichinka

shakli bilan chaqiriladigan, surunkali kechuvchi, yuqori invazivlikka ega bo‘lgan

zoonoz parazitozdir. Kasallik asosan jigar va o‘pka to‘qimalarida gidatik kistalar

shakllanishi orqali rivojlanib, organizmda muhim fiziologik va immunobiologik

buzilishlarni yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada ekinokokkning morfologik va

biologik xususiyatlari, rivojlanish sikli, patogenezi, klinik ifodalanishi hamda

differensial diagnostikasida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar tahlil qilingan.

Ayniqsa, kasallikni erta aniqlash va oldini olishda kompleks epidemiologik

yondashuvlar — yakuniy va oraliq mezbonlar ustidan doimiy nazorat,

veterinariya-gigiyenik choralar, sanitariya-ma’rifiy targ‘ibot ishlari va atrof-

muhitni dezinfeksiyalash kabi omillar o‘zaro integratsiyalashgan holda ko‘rib

chiqilgan.

Profilaktika

strategiyalarining

kuchaytirilishi

va

aholining

xabardorligini oshirish kasallik tarqalishining oldini olishda muhim o‘rin tutadi.

Kalit so’zlar: echinokokkoz, Echinococcus granulosus, gidatik kista, zoonotik

parazit, parazitar invaziya, immunobiologik javob, molekulyar va serologik

diagnostika, yakuniy va oraliq mezbonlar, anthelmintik terapiya, echinokokkoz


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

124

profilaktikasi,

veterinariya

nazorati,

sanitariya-gigiyena,

epidemiologik

monitoring.

Asosiy qism

. Echinococcus parazitining hayotiy sikli

.

Echinococcus paraziti

murakkab hayotiy siklga ega bo‘lib, asosan ikki xo‘jayinning ishtirokini talab

qiladi: asosiy (yakuniy) va oraliq xo‘jayinlar.

Asosiy xo‘jayinlar, odatda, yirtqich

hayvonlar, masalan, itlar, bo‘rilar yoki tulkilar bo‘lib, ularning ingichka

ichaklarida Echinococcus parazitining voyaga yetgan shakli (trematod) yashaydi.

Ushbu parazit hayvonning ichaklarida jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi va tuxum ishlab

chiqaradi. Oxirgi proglotidalar bitta bittadan uziladi va hayvonning anal teshigidan

najas orqali tashqi muhitga chiqariladi va ularning har biri oraliq xo‘jayinga o‘tishi

uchun tayyor holda bo‘ladi.

Oraliq xo‘jayinlar. Oraliq xo‘jayinlar, odatda, o‘txo‘r hayvonlar (masalan,

qo‘y, echki, sigir) yoki kemiruvchilar bo‘lib, ular ifloslangan ozuqa yoki suv orqali

tuxumlarni yeb yuborshadi .Tuxum dastlab ichakda onkosfera (lichinka shakli)

hosil qiladi. Ushbu lichinkalar ichak devoridan o‘tib, qon orqali jigar, o‘pka va

boshqa organlarga tarqaladi. Bu organlarda ular gidatik kista (sistit) shaklida

rivojlanadi.

Insonlar tasodifiy oraliq xo‘jayindir. Ular ifloslangan oziq-ovqat yoki suv

orqali tuxumlarni yutib yuboradi.Kistalar yillar davomida o‘sib, sog‘liq uchun

jiddiy xavf tug‘diradi. Insonlar, odatda, parazitar siklni davom ettira olmaydi,

chunki ular yirtqichlar tomonidan iste'mol qilinmaydi. Hayotiy siklning

yakunlanishi asosiy xo‘jayinlar oraliq xo‘jayinning zararlangan organlarini

iste'mol qilganida amalga oshadi. Bunda protoskolekslar ichakka tushadi va

rivojlanib, yangi voyaga yetgan parazitlarga aylanishadi. Bu jarayon parazitar

siklni yana boshidan boshlaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

125

DIAGNOSTIKA USULLARI

Ekinokokkozning aniqlanishi uchun bir nechta klinik, laborator va tasviriy

tekshiruvlar majmuasi talab etiladi. Zamonaviy diagnostika usullari orasida

ultratovush, kompyuter tomografiyasi (KT), magnit-rezonans tomografiyasi

(MRT), serologik testlar, molekulyar tahlillar va gistologik tekshiruvlar alohida

o‘rin egallaydi.

Tasviriy diagnostika

Jigar ekinokokkozi uchun ultratovush tekshiruvi (UZI) birlamchi, xavfsiz va

arzon usul bo‘lib, kistalarning o‘lchami, tuzilmasi va joylashuvini baholashda

qo‘llaniladi. KT kistalarning kaltsifikatsiyasi, ko‘p kamerali tuzilmasi va atrof

to‘qimalarga tarqalishini aniq ko‘rsatadi. MRT esa kistalarning ichki tuzilmasi, qon


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

126

tomirlarga yaqinligi va infiltratsiyasini aniqlashda foydalidir. PET/KT yordamida

parazitlar faoliyati va davolashga bo‘lgan javob monitoring qilinadi.[6,12]

Serologik testlar

ELISA testi Echinococcus antigenlariga qarshi antikorlarni aniqlashda keng

qo‘llaniladi. Em2 va Em18 antigenlariga asoslangan testlar yuqori sezuvchanlikka

ega. Western blot va immunoblot usullari esa natijalarni tasdiqlash va aniqlikni

oshirish uchun xizmat qiladi.

Molekulyar biologik usullar

Polimeraza zanjir reaksiyasi (PCR) parazit DNK sini aniqlashda yordam

beradi, ayniqsa biopsiya yoki suyuqlik namunalarida. Metagenomik keyingi avlod

sekvensiyasi (mNGS) yordamida esa bemor plazmasida parazitga oid hujayrasiz

DNK (cfDNA) aniqlanadi.

Gistologik tekshiruv

Jarrohlik yo‘li bilan olingan kista yoki to‘qima namunalariga H&E, PAS va

GMS bo‘yoqlari yordamida gistologik baho beriladi. Immunogistokimyoviy

bo‘yoqlarda Em2G11 monoklonal antikori orqali parazit antigenlari aniqlanishi

mumkin.[1,2,7]

Bugungi kundagi davolash usullari.

Echinokokk kasalliklarining davolash usullari, asosan, kasallikning turi

(cystic echinococcosis - CE yoki alveolar echinococcosis - AE) va bemorning

sog‘liq holatiga qarab tanlanadi. Ushbu kasalliklarni davolashda quyidagi asosiy

yondashuvlar qo‘llaniladi: xirurgik davolash, dorivor vositalar, va minimal invaziv

usullar.

Xirurgik davolash. Cystik Echinokokk (CE): Kista yirik va xavfli bo‘lgan

yoki yirtilish ehtimoli bo‘lgan hollarda jarrohlik aralashuvi tavsiya etiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

127

Jarrohlik yo’li ham 2 xil usulda olib boriladi. Radikal kistektomiya: Bu jarrohlik

amaliyoti kistaning to‘liq olib tashlanishini anglatadi. Bu usul ayniqsa, katta

kistalar uchun samarali, chunki kistaning to‘liq olib tashlanishi kasallikning

qaytalanishini oldini oladi. Perikistektomiya: Bu usulda kista atrofidagi to‘qima

(perikist) ham olib tashlanadi. Bu, asosan, o‘rtacha o‘lchamdagi kistalar uchun

qo‘llaniladi

.

[8,11]

Alveolyar Echinokokk (AE): Agar kista jigar yoki boshqa muhim organlarda

joylashgan bo‘lsa, jarrohlikni amalga oshirish mumkin. Biroq, kista ko‘p bo‘lsa

yoki jigarni to‘liq egallagan bo‘lsa, jarrohlik davolash qiyinlashadi.

Jarrohlik davolashda asosiy maqsad — kistalarni to‘liq olib tashlash, ammo

bunday kasalliklarning ko‘p o‘laroq qaytalanish ehtimoli yuqori.

Dori-darmon bilan davolash. Dori-darmonlar, asosan, o‘rta darajadagi yoki

jarrohlik aralashuvi mumkin bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi. Bu dorilar

parazitlarning ko‘payishini to‘xtatadi, lekin ularni to‘liq yo‘q qilishga qodir emas.

Bunday dorilardan biri albendazoldir. Funktsiyasi: Albendazol —

Echinococcus granulosus (cystic echinococcosis) va Echinococcus multilocularis

(alveolar echinococcosis) bilan kasallangan bemorlarda eng keng qo‘llaniladigan

dori hisoblanadi. Albendazol parazitlarning hujayralarini yo‘q qiladi, bu esa

ularning ko‘payishini to‘xtatadi

.

Dorining qo‘llanilishi CE va AE davolashda,

odatda 6 oygacha davom etadi. Albendazol, ayniqsa, operatsiya mumkin

bo‘lmagan yoki bemor operatsiyani xohlamagan holatlarda samarali. [1,4,8] Yon

ta'sirlari ham mavjud .Masalan, dori uzoq muddat qabul qilinsa, jigar faoliyatining

buzilishi, qondagi oq qon hujayralarining kamayishi (leukopeniya), va soch

to‘kilishi (alopecia) kabi holatlar bo‘lishi mumkin.Kasallikning bosqichiga qarab,

doza va davolash kursi o‘zgarishi mumkin.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

128

PAIR (Punksiya-Aspiratsiya-Inyeksiya-Reaspiratsiya)— bu minimal invaziv

davolash usuli bo‘lib, unda kista ichiga igna orqali kirib, suyuqlik olib tashlanadi,

so‘ngra skolicid eritma kiritiladi. Bu usul asosan

kichik exinokokk kistalar uchun samarali va xavfsiz usul hisoblanadi.

Minimal invaziv usul jarrohlikni amalga oshirishga imkoniyati bo‘lmagan

bemorlar uchun samarali usul bo’lib qo’llanilmoqda.[7,9,3]

Zamonaviy davolash yondashuvlari. So‘nggi yillarda yangi davolash usullari

rivojlanmoqda, masalan, termal ablatsiya (radiofrekansli ablatsiya) — bu jarrohlik

usuliga o‘xshash bo‘lib, lekin u kamroq invazivdir. [7,9] Bu usulda yuqori harorat

yordamida kistalar ichidagi zararlangan to‘qimalar yo‘q qilinadi. Bundan tashqari,

girot terapiya va gen terapiya kabi yangi yondashuvlar ham o‘rganilmoqda, ammo

ular hozirgi kunda keng qo‘llanilmaydi va qo‘shimcha tadqiqotlarni talab etadi.

Samarali profilaktik chora-tadbirlar.

Echinokokkoz kasalligini oldini

olish uchun kompleks yondashuv zarur bo‘lib, unda inson, hayvon va atrof-muhit

omillari hisobga olinadi. Parazitning murakkab hayotiy sikli sababli profilaktik

choralar bir necha yo‘nalishda olib borilishi lozim.

Birinchi navbatda, itlar — Echinococcus granulosus’ning asosiy yakuniy

(definitiv) mezbonlari bo‘lgani sababli, ularni muntazam ravishda anthelmintik

preparatlar bilan davolash muhim. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)

tavsiyalariga ko‘ra, har 6 haftada prazikvantel bilan davolash parazit siklini uzishda

muhim rol o‘ynaydi.[11,2]

Ikkinchi muhim yo‘nalish — chorva hayvonlarini emlash. Qo‘ylarga EG95

rekombinant vaksinasini qo‘llash orqali oraliq mezbonlardagi infektsiyani 90%

gacha kamaytirish mumkinligi klinik tajribalarda isbotlangan . Bu esa parazitning

insonlarga yuqish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

129

Bundan tashqari, gigiyenik chora-tadbirlar ham alohida ahamiyatga ega. Bu

choralarga qo‘llarni yuvish, meva-sabzavotlarni toza holda iste’mol qilish, it

najasining to‘g‘ri utilizatsiyasi va ayniqsa, chorva hayvonlarining ichki a’zolarini

itlarga bermaslik kiradi.

Yovvoyi hayvonlar, xususan tulkilar va bo‘rilar, parazitning tabiiy

rezervuarlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini

nazorat qilish, ekologik balansni buzmasdan, epidemiologik xavfni kamaytirishga

xizmat qiladi.

Shuningdek, aholiga ma’rifiy-tarbiyaviy kampaniyalar orqali echinokokkoz

haqida ma’lumot berish, kasallikning tarqalish zanjirini uzishda muhim vosita

bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, veterinariya va tibbiyot sohalari hamkorligiga

asoslangan "One Health" yondashuvi echinokokkozga qarshi samarali profilaktik

strategiyalarni ishlab chiqishga asos bo‘la oladi.[2,5]

Profilaktik choralarni tizimli tarzda amalga oshirish, ayniqsa endemik

hududlarda, kasallikni kamaytirish va eradikatsiya qilishda asosiy vosita

hisoblanadi.

XULOSA.

Ekinokokkoz inson organizmi uchun jiddiy klinik oqibatlarga olib keluvchi

parazitar invaziya bo‘lib, uni erta tashxislash va samarali davolash muhim

epidemiologik va tibbiy-biologik masala hisoblanadi. Maqolada tahlil qilingan

ilmiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, kasallikning keng tarqalishida gigiyena

talablariga amal qilinmaslik, uy hayvonlarining nazoratsiz boqilishi va veterinariya

profilaktikasining yetarli darajada olib borilmasligi asosiy omillar hisoblanadi. Shu

boisdan, ekinokokkozga qarshi kurashda yakuniy mezbonlarda (masalan, itlarda)

muntazam degelmintizatsiya o‘tkazish, chorvachilikda sanitariya-gigiyena

standartlariga qat’iy rioya etish, aholi o‘rtasida parazitar kasalliklar bo‘yicha


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

130

doimiy profilaktik targ‘ibot va monitoring ishlarini tashkil qilish zarur.

Parazitologik, molekulyar va vizual tashxis usullarining kompleks qo‘llanilishi,

profilaktika choralarining tizimli amalga oshirilishi ekinokokkozning endemik

hududlardagi tarqalishini kamaytirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Torgerson, P. R., & Macpherson, C. N. L. (2011). The socioeconomic

burden of parasitic zoonoses: global trends. Veterinary Parasitology, 182(1), 79–

95.

2. Eckert, J., & Deplazes, P. (2004). Biological, epidemiological, and clinical

aspects of echinococcosis, a zoonosis of increasing concern. Clinical Microbiology

Reviews, 17(1), 107–135.

3. World Health Organization (WHO). (2020). Echinococcosis: Fact Sheet.

Retrieved from: https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/echinococcosis

4.Moro, P., & Schantz, P. M. (2009). Echinococcosis: a review. International

Journal of Infectious Diseases, 13(2), 125–133.

5. Craig, P. S., McManus, D. P., Lightowlers, M. W., Chabalgoity, J. A.,

Garcia, H. H., Gavidia, C. M., ... & Ito, A. (2007). Prevention and control of cystic

echinococcosis. The Lancet Infectious Diseases, 7(6), 385–394.

6. Зинченко, В. А., & Савченко, Н. И. (2017). Эхинококкоз: клинико-

диагностические аспекты. Инфекционные болезни, 15(3), 45–50.

7. Абдурахманов, Д. Т. (2019). Эхинококкоз ўткир ва сурункали

формаларида иммунологик ўзгаришлар. Тошкент тиббиёт академияси

Журнали, №3, 53–58.

8. Jenkins, D. J., & Romig, T. (2020). Echinococcus granulosus sensu lato:

ecology, epidemiology and human clinical disease. Parasitology, 147(3), 271–285.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

131

9. Torgerson, P. R. (2013). Global burden of alveolar echinococcosis.

Emerging Infectious Diseases, 19(12), 1930–1932.

10. McManus, D. P., Zhang, W., Li, J., & Bartley, P. B. (2003).

Echinococcosis. The Lancet, 362(9392), 1295–1304.

11. Ерматова, Г. С., & Абдуллаева, М. М. (2021). Эхинококкоз:

патогенез, диагностика ва профилактика. Тиббиётда инновациялар, №2, 112–

118.

12. Schantz, P. M. (1991). Parasitic zoonoses in perspective. International

Journal for Parasitology, 21(2), 165–166.