Авторы

  • Maxmanazarov G‘afur Axnazarovich
  • Jumyazova Kamola
  • Ahmadjonova Nozima

Биографии авторов

  • Maxmanazarov G‘afur Axnazarovich

    Ilmiy rahbar:Alfraganus universiteti  Klinik fanlar kafedrasi assistenti

  • Jumyazova Kamola

    Alfraganus universiteti Tibbiyot   fakulteti Davolash ishi yo’nalishi  23-38-guruh talabasi

  • Ahmadjonova Nozima

     Alfraganus universiteti Tibbiyot   fakulteti Davolash ishi yo’nalishi 23-36-guruh  Talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88220

Ключевые слова:

Kalit so‘z:yod buqoq miksedema glandula fibroz Xasimoto buqog‘i.

Аннотация

Annotatsiya: Qalqonsimon bezning faoliyati buzilishidan ,ya’ni yod tanqisligidan kelib chiqadigan kasallik endemic buqoq organism faoliyatida katta o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.Gipoterioz kasalligi ham qalqonsimon bez faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik bo‘lib, bez faoliyatining susayishiga olib keladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

39

ENDEMIK BUQOQ VA GIPOTERIOZ

Ilmiy rahbar:Alfraganus universiteti Klinik fanlar kafedrasi assistenti

Maxmanazarov G‘afur Axnazarovich

Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo’nalishi 23-36-

guruh Talabasi

Ahmadjonova Nozima

Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo’nalishi 23-38-

guruh talabasi

Jumyazova Kamola

Annotatsiya: Qalqonsimon bezning faoliyati buzilishidan ,ya’ni yod

tanqisligidan kelib chiqadigan kasallik endemic buqoq organism faoliyatida katta

o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.Gipoterioz kasalligi ham qalqonsimon bez faoliyati

bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik bo‘lib, bez faoliyatining susayishiga olib keladi.

Kalit so‘z:yod,buqoq,miksedema,glandula,fibroz,Xasimoto buqog‘i.

Kirish:

Buqoq (Zob) - qalqonsimon bezning kattalashishidir. Bu kasallik

ko‘pincha yod yetishmasligi kuzatiladigan mamlakatlarda keng tarqalgan, biroq,

yod preparatlaridan ortiqcha foydalanish fonida yodning oshib ketishi natijasida

ham rivojlanishi mumkin. Ayollarda ushbu kasallik erkaklarga qaraganda 5 marta

koʻproq uchraydi. Paydo boʻlgan tugunlar qalqonsimon bez toʻqimalarida

shakllanadigan juda koʻp fibroz chandiqlardan iborat. Ushbu kasallikning dunyo

boʻylab eng keng tarqalgan shakli endemik buqoq hisoblanadi. Bunga yod


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

40

tanqisligi sabab boʻladi. Yodlangan tuz ishlatiladigan mamlakatlarda odatda

Xasimoto buqoqi shakllanadi, uning muqobil nomi autoimmun tireoidit.

Asosiy qism:

Yod tangis kasalliklar insonning eng ko'p tarqalgan noinfeksion

kasalligi hisoblanadi. Umuman olganda Zaminimizning atrof-muhitda yod

yetishmovchiligi mavjud regionlarida 2 mlrd (JSST) odamlar yashashadi, ulaming

600 millionida qalqonsimon bezning kattalashishi, 40 millionida yod

yetishmovchiligi natijasida yuzaga kelgan kuchli ifodalangan aqliy zaiflik bor. Yod

yetishmovchiligining eng ko'p oqibati bo'lib endemik buqoq hisoblanadi, u

qalqonsimon bezning ko'pgina kasalliklari, shuningdek tugunli hosilalari

rivojlanishi uchun moyillik omili deb sanaladi. Yodning kuchli ifodalangan

yetishmovchiligida tug'ma gipotireoz uchrash tezligi oshadi, yod yetishmovchiligi

esa eng keng tarqalgan aqliy zaiflikning sababi hisoblanadi. Aqliy zaiflikning

oldini olish imkoni bor. Yod yetishmovchiligi ancha kuchli bo'Igan regionlarda

aqliy rivojlanishning o'rtacha ko'rsatkichi yod yetishmovchiligi yo"q hududlarga

nisbatan 15-20% ga past.

Hozirgi vaqtda endemik buqoqdan tashqari yod yetishmovchiligi sababli

yuzaga keladigan bir qator kasalliklarni ajratish mumkin. Shuning uchun oxirgi o'n

yillikda "yod tanqislik kasalliklari" atamasi keng qo'llanilmoqda, ularning

diapazoni anchagina keng, klinik ko‘rinishlari esa hayot davriga bog'liq.

Qalqonsimon bezning kattalashishi (endemik bugoq) yod yetishmovchiligining

eng erta ko'rinishining biri hisoblanadi.

YTKga olib keluvchi omillar:

-buqoq bo’yicha og'irlashgan irsiylik;

-organizmga yodning kam miqdorda kirishi;

-tireoid gormonlar biosintezining genetik nuqsonlari;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

41

-suvda yod so'rilishini kamaytiruvchi uroxrom, nitrat, Ca2* miqdorining

ko'pligi, gumin moddalarining bo' lishi;

-oziq moddalarda mikroelementlarining tanqisligi (sink, marganes, selen,

molibden, kobalt, mis) va Ca2* miqdorining ko’pligi. Mikroelementlar disbalansi

tireoid gormonlar biosintezining buzilishiga olib keladi;

-qalqonsimon bezga yodidlar transportini to'xtatuvchi dori vositalarini

qo'llash (peryodat, perxlorat kaliy);

-qalqonsimon bezda yod organifikatsiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi dori

vositalarini qo'llash (tiomochevina, propilurasil unumlari, ayrim sulfanilamidlar,

aminosalitsilat kislota);

-mahsulotlarda strumogen omillarning bo'lishi. Strumogen omillardan

tiosionatlar ko'p uchraydi va karam, sholg'om, xren, makkajo'xori, shirin kartoshka,

loviya tarkibida ko'p miqdorda bo'ladi;

-surunkali infeksion yallig'lanish jarayonlari, bundan tashqari gijja

invaziyalari, sanitar gigiyenik va ijtimoiy maishiy sharoitning gonigarsizligi.

Gipotireoz

Gipotireoz - organizmda qalqonsimon bez gormonlarining turg'un va uzoq

vaqt yetishmovchiligi yoki ularning biologik samarasining to' gima darajasida

pasayishi sababli chaqirilgan klinik sindrom. Manifestli birlamchi gipotireozning

populyatsiyada uchrashi 0,2-1% holatlarda, subklinik birlamchi gipotireoz - 7-10%

hollarda ayollarda va 2-3% hollarda erkaklarda uchraydi. Bir yil ichida subklinik

gipotireozning 5% manifest shakliga o'tadi.

Gipotireoz sindromi

I. Shikastlanish joyiga ko'ra:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

42

A. Birlamchi gipotireoz:

-qalqonsimon bezning funksiyasi o' zgarmagan to’qimasi miqdorining

kamayishi bilan bog'liq gipotireoz;

-qalqonsimon bezning embrional rivojlanishi buzilishi bilan bog'liq gipotireoz

(Tug'ma gipotireoz);

-operatsiyadan keyingi gipotireoz;

-qalgonsimon bezning autoimmun shikastlanishi bilan bog'liq gipotireoz

(atrofik autoimmun tireoidit);

-postradiatsion gipotireoz;

-qalqonsimon bezning virusli shikastlanishi bilan bog'liq gipotireoz;

-qalqonsimon bezdagi o'smalar sababli yuzaga kelgan gipotireoz;

-tireoid gormonlar sintezi buzilishi bilan bog'liq gipotireoz;

-gipotireozli endemik buqoq;

-gipotireozli sporadik buqoq (turli biosintetik darajalarda gormonlar

biosintezi nuqsonlari);

-medikamentoz gipotireoz (tireostatik vositalar va boshqa preparatlar qabul

qilish);

-buqoqqa olib keluvchi moddalarni tutuvchi ovqat mahsulotlarini iste'mol

qilish natijasida rivojlangan buqoq va gipotireoz.

B. Markaziy genezga ega gipotireoz:

-gipofizar genezli gipotireoz;

-gipotalamik genezli gipotireoz.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

43

II. Patogenezi hisobga olingan holda gipotireoz tasnifi.

1. Birlamchi (tireogen):

-rivojlanish anomaliyasi;

-autoimmun tireoidit;

-qalqonsimon bez rezeksiyasi va tireoidektomiya;

-o'tkir osti tireoidit;

-tireostatik terapiya (radioaktiv va barqaror yod preparatlari, tireostatiklar);

- tireoid gormonlar biosintezi buzilishi bilan kechgan tug'ma enzimopatiyalar.

2. Ikkilamchi (gipofizar):

-gipofizar yetishmovchilik (Shien-Simmonds sindromi, gipofizning yirik

o'smalari, adenomektomiya, gipofizning nurlanishi);

-TTG ning alohidalangan yetishmasligi;

-Tug'ma pangipopituitarizm sindromi.

3. Uchlamchi (gipotalamik):

-tiroliberinning sintezi va sekretsiyasi buzilishlari;

-to’qimali (transportli, periferik).

4. Tireoid rezistentlik sindromi.

III. Og'irlik darajasiga ko'ra birlamchi gipotireoz tasnifi:

-latent (subklinik): T, ning me'yoriy miqdorida TTG ning yuqori darajasi;

-manifestli: T, ning kamaygan darajasida TTG gipersekretsiyasi, klinik

ko'rinishlari: kompensirlangan, dekompensirlangan;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

44

- og'ir kechadigan (asoratlangan): kretinizm, yurak yetishmovchiligi, seroz

bo'shliqlarga suyuqlik ajralishi, gipofizning ikkilamchi adenomasi kabi og'ir

asoratlar.

Xulosa:

Qalqonsimon bezning (sheroid bez) faoliyati buzilmasligi uchun bir

nechta muhim choralar mavjud:

1. To’g’ri ovqatlanish: Yod tanaga zarur bo’lgan elementdir, chunki

qalqonsimon bez bu moddaning yordamida gormonlar ishlab chiqaradi. Yodga boy

mahsulotlar (masalan, dengiz mahsulotlari, tuzlar)ni iste’mol qilish muhim.

2. Stressni kamaytirish: Ortacha darajada stress qalqonsimon bezning

faoliyatini buzishi mumkin. Meditatsiya, yoga yoki muntazam sport bilan

shug’ullanish bu borada yordam berishi mumkin.

3. Sog’lom turmush tarzini yuritish: Uyquni to’g’ri tartibga solish, jismoniy

faollikni oshirish va doimiy ravishda sog’lom ovqatlanish qalqonsimon bezning

faoliyatini qo’llab-quvvatlashda muhim omillar.

4. Regulyar tibbiy tekshiruvlar: Agar qalqonsimon bez bilan bog’liq

muammolar bo’lsa, tibbiy tekshiruvlar orqali vaqtida aniqlash va kerakli

davolanishni boshlash zarur.

5. Gormonlar darajasini nazorat qilish: Qalqonsimon bez gormonlarini

doimiy ravishda tekshirib turish va shifokor maslahatiga amal qilish muhimdir,

ayniqsa, agar oilada qalqonsimon bez bilan bog’liq kasalliklar bo’lsa.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.B.X.Shagazatova Endokrinologiya

2.D.Kattayeva Ichki bezlar(buqoq va davo choralari

3. O.T. ALYAVIYA, SH.Q. QODIROV, A.N. QODIROV SH.H.

HAMROQULOV, E.H. HALILOV Normal fiziologiya

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)