Авторы

  • Aslonova Sabina Akmal qizi

Биография автора

  • Aslonova Sabina Akmal qizi

          Navoiy Davlat Universiteti

    Jismoniy madaniyat fakulteti

    Sport faoliyati(Kurash)yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88314

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Biatlonchilar sport takomillashuvi guruhi mashg‘ulot mashg‘ulot shakllari aerob aralash rejim umumlashtirish. Ключевые слова: Биатлонисты группа спортивного совершенствования тренировка формы тренировки аэробный смешанный режим обобщение. Keywords: Biathletes sports improvement group training training forms aerobic mixed mode generalization.

Аннотация

YUQORI MALAKALI BIATLONCHILARNI   YILLIK MASHG‘ULOTLARINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI SPORT NATIJALARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

    Annotatsiya:Ushbu maqolada sport takomillashtiruv guruhi biatlonchilarning mashg‘ulotlar yuklamalari va uning mazmunida ko‘rsatilgan komponentlar hajmi, bajarilish metodikasi va mashg‘ulot samaradorligi berib o‘tilgan. Shuningdek, yillik yuklamalar taqsimotining qiyosiy varianti berib o‘tilgan.

   Аннотация: В данной статье рассматриваются тренировочные нагрузки группы спортивного соревшенствования биатлонистов, объем компонентов, представленных в их содержании, методика выполнения и эффективность тренировок. Также приведен сравнительный вариант распределения годовых нагрузок.

   Annotation: This article discusses the training loads of the sports improvement group for biathletes, including the volume of components indicated in its content, the methodology of execution, and the effectiveness of training. Additionally, a comparative version of the annual load distribution is presented.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

269

YUQORI MALAKALI BIATLONCHILARNI YILLIK

MASHG‘ULOTLARINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI SPORT

NATIJALARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Aslonova Sabina Akmal qizi

Navoiy Davlat Universiteti

Jismoniy madaniyat fakulteti

Sport faoliyati(Kurash)yo‘nalishi talabasi

E-mail:aslonovasabina44@gmail.com

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ СПОРТИВНЫХ

РЕЗУЛЬТАТОВ ПУТЁМ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ГОДИЧНЫХ

ТРЕНИРОВОК ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ

БИАТЛОНИСТОВ

Аслонова Сабина Акмал кизи

Навоийский государственный Университет

Факультет физической культуры

Студент направлении Спортивная деятельность(Кураш)

Е-mail: aslonovasabina44@gmail.com

IMPROVING THE EFFEKTIVENESS OF SPORTS RESULTS

THROUGH THE IMPROVEMENT OF ANNUAL TRAINING SESSIONS

FOR HIGHLY QUALIFIED BIATHLETES

Aslonova Sabina Akmal qizi

Navoiy State University

Faculty of Physical Culture

Student of the specialization “Sports Activity (Kurash)”


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

270

E-mail: aslonovasabina44@gmail.com

Annotatsiya:Ushbu

maqolada

sport

takomillashtiruv

guruhi

biatlonchilarning mashg‘ulotlar yuklamalari va uning mazmunida ko‘rsatilgan

komponentlar hajmi, bajarilish metodikasi va mashg‘ulot samaradorligi berib

o‘tilgan. Shuningdek, yillik yuklamalar taqsimotining qiyosiy varianti berib

o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: Biatlonchilar, sport takomillashuvi guruhi, mashg‘ulot,

mashg‘ulot shakllari, aerob, aralash rejim, umumlashtirish.

Аннотация: В данной статье рассматриваются тренировочные

нагрузки группы спортивного соревшенствования биатлонистов, объем

компонентов, представленных в их содержании, методика выполнения и

эффективность тренировок. Также приведен сравнительный вариант

распределения годовых нагрузок.

Ключевые

слова:

Биатлонисты,

группа

спортивного

совершенствования, тренировка, формы тренировки, аэробный, смешанный

режим, обобщение.

Annotation: This article discusses the training loads of the sports

improvement group for biathletes, including the volume of components indicated

in its content, the methodology of execution, and the effectiveness of training.

Additionally, a comparative version of the annual load distribution is presented.

Keywords: Biathletes, sports improvement group, training, training forms,

aerobic, mixed mode, generalization.

Kirish

Mavzuning dolzarbligi

: Jahon sporti shiddat bilan rivojlanib borayotgan

bir davrda, biatlonchilar tayyorgarligining zamonaviy tizimi, sportchilarni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

271

musobaqalarga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik jarayonini,ular eng yuqori

sport ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlovchi mashg‘ulot vosita va usullari,

tashkiliy shakllari, moddiy-texnik sharoitlar va boshqa jihatlarni mayda detallariga

ham e’tibor qaratish joiz ekanini ijobatga olish zarur. Sport mashg‘ulotlari ko‘p

omili jarayonlarni o‘z ishiga olib, sport tayyorgarligi, sportchilar tayyorgarligini,

yosh sportchilar uchun ham istiqboli ravishda rejalashtirish zarur bo‘ladi. Bu holda

yosh sportchilar musobaqa yoki mashg‘ulot mobaynida o‘zlarining maksimal

imkoniyatlarini sarflashga intilishda pala-partish ish yuritadilar. Shu boisdan

ularning mashg‘ulotlarini tejamli boshqarishni barcha murabbiy va mutaxassislar

e’tiborga olishni talab etadi. [2].

Tadqiqotning maqsadi

: Demak, sport amaliyotida sportchilarning

musobaqa tayyorgarligi mashg‘ulot jarayonlarini rejalashtirish, ko‘p yillik va yil

bo‘yi davom etadigan mashg‘ulotlarni eng optimal rejalashtirish qonuniyatlarini

hisobga olgan holda olib borish kelgusida o‘z natijasini beradi. Bu esa, pirovard

natijasida sportchining jismoniy rivojlanishini mustahkamlash, texnik va taktik

mahoratini, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasiga erishishni

ta’minlaydigan masalalarni hal etadi. Ushbu jarayonlarni mukammalligi,

biatlonchilar tayyorlash jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa,

musobaqa mashqlarni yugurish va o‘q otishni mujassamlagan holda uzviyligini

ta’minlash murabbiy va mutaxassislarning oldiga qo‘ygan dolzarb masalalar

sifatida sanalmoqda. Biatlonchilarni jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish

borasida murabbiylar tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulot metodikasi, ayniqsa

biatlonchilarni tayyorlashda bevosita sport natijalarga ta’sir ko‘rsatuvchi

mashg‘ulotlar mazmuniga e’tibor qaratish lozim.Biatlon sport turida tayyorgarlik

davrlarining va unda bajariladigan mashg‘ulot yuklamalari hajmi va mazmuniga

ham bog‘liqdir.Shunga ko‘ra sport tayyorgarligida nisbatan mustaqil jihatlarini,

bir-biridan farqlovchi jiddiy belgilar: texnik, taktik, jismoniy, psixologik, nazariy

va integral tafovutlarga ega bo‘lgan mashg‘ulot tayyorgarlik turlarini alohida


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

272

ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu sport mahoratining tarkibiy qismlari haqidagi

tasavvurlarni tartibga soladi, ularni takomillashtirishning vosita va usullarini,

o‘quv-mashq jarayonini nazorat qilish va boshqarish yo‘llarini tizimlashtiradi.Shu

bilan birga hisobga olish kerakki, tayyorgarlik turlarining birortasi alohida holda

namoyon bo‘lmaydi, ular eng yuksak sport natijalariga erishishga yo‘naltirilgan

murakkab majmuani hosil qilib birlashadi.

Tadqiqot usullari va tashkil etilishi:

Tashkil etilgan tadqiqot davomida

biatlonchilarning berilgan yuklamalarning ta’siri jismoniy tayyorgarlik holatiga

quyidagicha o‘rganib chiqildi.Yillik yuklamalarning mazmuniga binoan sport

takomillashtirish guruhi sportchilarning mashg‘ulotlarida ko‘proq yondashgan

holda mashg‘ulotlar olib borildi. Bunga ko‘ra biatlonchilarning yugurish va

funksional tayyorgarligiga katta e’tibor qaratildi. Masalan: biatlonchilarning

masofani bosib o‘tish, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri taqsimlash va energiya

ta’minotini masofadagi harakatlarga mos ravishda tejamli ishlatish uchun yugurish

texnikasi takomillashtirib borildi.

Zamonaviy sport mashg‘ulotlarida mashg‘ulot yuklamalarini bajariladian

ish hajmini mazmuniga muvofiq asta-sekin oshirib borib, maksimal mashg‘ulot

yuklamalari kattaliklariga intilishdan iborat. Bu takomillashuvning har bir keyingi

bosqichida sportchining oldiga uning funksional imkoniyalari chegarasiga yaqin

talablar qo‘yish kerakligini bildiradi hamda moslashuv jarayonlarining jadal

kechishida bu hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mashg‘ulot yuklamalarining asta-sekin

oshirib borilishida ularni quyidagi o‘lchamlari farqlanadi: yillik yuklamalari

1400kmdan 1800kmgacha oshirish,hafta davomidagi mashg‘ulotlar miqdorini

12martadan 15martagacha va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

Umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalari nisbatini, sezdirmay, asta-sekin

o‘zgartirib, maxsus tayyorgarlik va texnik tayyorgarlik hissasini oshirib borish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

273

Maxsus sifatlarning rivojlanishiga yordam beruvchi “qattiq” rejimdagi ish

hissasining umumiy hajmini oshirish, sportchi organizmining tegishli funksional

imkoniyatlari chuqur safarbar etilishini ta’minlaydigan tanlab yo‘naltirilgan

mashg‘ulotlar miqdorini ko‘paytirish; musobaqalar miqdorini oshirish; Bir

tomondan, mashg‘ulot jarayoni shiddatini oshirishning yuqorida sanab o‘tilgan

imkoniyatlaridan oqilona foydalanish optimal yosh zonasida rejali taraqqiyotni

va yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi. Boshqa tomondan, o‘smir yoshdagi

sportchilarni tayyorlashda katta mashg‘ulot yuklamalari, maxsus tayyorgarlik

mashqlari, jarayonlarini jadallashtirish vositalariga keragidan ortiq berilish ular

organizmning jismoniy va ruhiy imkoniyatlari nisbatan tez tugashiga, sport

natijalarining o‘smay qolib ketishiga olib keladi.[5].

Biatlonchilarning yillik yuklamalarini tahlilga ko‘ra sportchilar funksional

tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha jamoaviy tarzda mashg‘ulotlar olib

borilgan.Shuningdek, o‘q otish texnikasini takomillashtirish yuzasidan esa

yondashilgan holda mashg‘ulotlar olib borilgan.

Tadqiqot natijalari va ularni muhokamasi:

Olib borilgan tadqiqot

davomida sport takomillashuv guruhi sportchilari bilan yondashilgan

mashg‘ulotlarni olib bordik. Unga ko‘ra sportchilarning funksional tayyorgarligi

va musobaqa mashqlari texnikasi takomillashtirish natijasida sportchilarning sport

natijalari o‘rtacha 2,9% yaxshilandi.

Tadqiqot yakunlari va sport natijalari tahlil qilganimizda quyidagicha

xulosa keltirib chiqaradi. Sport takomillashtiruv guruhida biatlonchilar

mashg‘ulotlarini imkon darajasida va funksional tayyorgarlikda turli xildagi

krosslar (bir xil tezlikda kross, uzoq muddatli kross, fartlek kross) tavsiya etiladi.

Bu kross yugurishlari o‘q otish tayyorgarligiga ham yordam berish kuzatildi.

Umumiy yuklamalar hamda turli xildagi mashg‘ulotlar yuqorida berilgan

mashg‘ulot taqsimotiga mos bo‘ldi. Bu esa amaldagi yuklamalar hajmi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

274

o‘zgartirilmagan holda uning komponentlari hisobiga mashg‘ulot samaradorligi

oshirilganligi kuzatildi

Xulosa

Mashg‘ulot jarayonida zamonaviy texnologiyalar, masalan, video tahlil,

yurak urish tezligini monitoring qilish va boshqa elektron qurilmalar qo‘llaniladi.

Bu usullar sportchilarning mashg‘ulotlarini yanada samarali va maqsadli tashkil

etishga yordam beradi. Og‘ir mashg‘ulotlardan so‘ng sportchilarning tiklanishini

ta’minlash uchun maxsus reabilitatsiya dasturlari ishlab chiqilgan. Bu jarayonlar

jarohatlanish xavfini kamaytiradi va sportchilarning umumiy salomatligini

yaxshilaydi. Biatlonchilar mashg‘ulot samaradorligini oshirishda ushbu

yo‘nalishlarga e’tibor qaratish global tajriba asosida samarali natijalarga erishishga

yordam beradi. Har bir sportchining yondashuvchanlik xususiyatlarini inobatga

olgan holda, ushbu usullarni qo‘llash mashg‘ulotlarning samaradorligini yanada

oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.I.A.Karimov. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy

yo‘nalishlari. Tashkent: O‘zbekiston nashriyoti.1992yil.

2.Sh.M.Mirziyoyev. Sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib

qilish. Tashkent:O‘zbekiston nashriyoti. 2017yil.

3.Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbekistonda sportni rivojlantirish: ijtimoiy va

iqtisodiy ahamiyati.Tashkent: O‘zbekiston nashriyoti. 2017yil.

4.M.Sodiqov. Sportni rivojlantirishda davlat siyosati va ta’lim

tizimi.Tashkent:Akademnashr.2018yil.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

275

5.J.Umarov. Jismoniy tarbiya va sportning o‘zbek jamiyatida o‘rni.Tashkent:

Sport nashriyoti. 2019yil.

6.A.Islomov. Sport va jismoniy tarbiya: O‘zbekistonning milliy sport turlari.

Tashkent: O‘zbekiston nashriyoti.1997yil.

7.I.R.Soliyev. Yuqori malakali uzoq masofaga yuguruvchi sportchilarni

tayyorgarlik mashg‘ulotlari va musobaqa jarayoning qiyosiy tahlili. Toshkent.

2018-yil. 171-174-betlar.

8.I.Mirzatillayev. “O‘quv mashg‘ulot guruhlarida umumiy va maxsus

jismoniy tayyorgarlik davrida jismoniy yuklamalarni me’yorlashtirish”.2021-yil.

298-303.

9.V.Z. Saidqulov. “Nayza uloqtiruvchilarni kuch qobiliyatini rivojlantirish”.

2021-yil. 363-368-betlar.

10.I.X.Turdiboyev. “O‘zgaruvchan vaziyatli mashqlar yordamida zarba

berish harakatlarini shakllantirish samaradorligi”. 2022-yil. 434-440-betlar.