https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
256
SPORTCHILARDA TO‘G‘RI OVQATLANISHNI TASHKIL ETISH
USULLARI VA OVQATLANISH GEGIYENASI
Aslonova Sabina Akmal qizi
Navoiy Davlat Universiteti
Jismoniy madaniyat fakulteti
Sport faoliyati (Kurash) yo‘nalishi talabasi
E-mail:aslonovasabina44@gmail.com
МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ ПРАВИЛНОГО ПИТАНИЯ У
СПОРТСМЕНОВ И ГИГИЕНА ПИТАНИЯ
.
Аслонова Сабина Акмал кизи
Навоийский Государственный Университет
Факультет физической культуры
Студент направлении «Спортивная деятельность (Кураш/борьба)»
Эл.почта: aslonovasabina44@gmail.com
METHODS OF ORGANIZING PROPER NUTRITION FOR
ATHLETES AND DIETARY HYGIENE
Aslonova Sabina Akmal qizi
Navoiy State University
Faculty of Physical Culture
Student of the specialisation “Sports activity (Kurash)”
E-mail: aslonovasabina44@gmail.com
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
257
Annotatsiya: Ushbu maqolada sportchilarning yuqori natijalarga
erishishlari uchun to‘g‘ri ovqatlanish tizimini tashkil etishning asosiy usullari va
qoidalari yoritilgan.Sportchilarning ovqatlanish ratsionida oqsil, yog‘, uglevodlar
va suv balansining muhimligi ta’kidlangan. Shuningdek, mashg‘ulotlar oldidan va
keyin ovqatlanishning xususiyatlari, sport turlari bo‘yicha ovqatlanish farqlari
ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada sportchilar uchun ovqatlanish gegiyenasining
ahamiyatini va unga rioya etish orqali salomatlik va natijalarni yaxshilash
imkoniyatlarini ochib beradi.
Kalit so‘zlar: Sportchilar ovqatlanishi, ovqatlanish gegiyenasi, sport
dietasi, oqsil, yog‘, uglevod muvozanati, mashg‘ulotdan oldin va keyin ovqatlanish,
suyuqlik iste’moli, sport turlari va ovqatlanish.
Аннотация: В данной статье рассматриваются основные методы и
правила организации правилного питания для достижения высоких
результатов спортсменами. Подчеркивается важность баланса белков,
жиров, углеводов и воды в рационе спортсменов. Также описаны
особенности питания до и после тренировок, а также различия в питании в
зависимости от видов спорта. В статье раскрывается значение гигиены
питания для спортсменов и объясяется, как соблюдение этих правил
способствует улучшению здоровья и результатов.
Ключевые
слова: Пттание спортсменов, гигиена питания,
спортивная диета, белки, жиры, углеводный баланс, питание до и после
тренировок, потребление жидкости, виды спорта и питание.
Annotation: This article discusses the main methods and rules of organizing
a proper nutrition system to help athletes achieve high results. The importance of
protein, fat, carbohydrates, and water balance in athletes’ diets is emphasized. It
also outlines the features of nutrition before and after training, as well as the
differences in nutrition depending on the type of sport. The article highlights the
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
258
importance of nutrition hygiene for athletes and explains how following it can
improve health and performance.
Keywords: Athlete nutrition, nutrition hygiene, sports diet, protein, fat,
carbohydrate balance, nutrition before and after training, fluid intake, types of
sports and nutrition.
Kirish
Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy sportning barcha turlari
rivojlanishi shiddat bilan o‘sib bormoqda. Chunki mamlakatimiz prezidenti
sportning barcha turlariga katta e’tibor qaratmoqda. Agarda biror bir yoshlarimiz u
qishloqsa bo‘ladimi yoki shahardami qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar hohish istagi
bo‘lsa albatta shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratib bermoqda. Hozirgi kunda
zamonaviy sport deyishimizdan maqsad sportning barcha turlari bilan o‘g‘il
bolalar bilan teng huquqda qizlarimiz ham bab-baravar mashg‘ulotlarda qatnashib
musobaqalarimizda mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib g‘olibliklarni qo‘lga
kiritib kelmoqdalar. Inson sport bilan shug‘ullanishida albatta katta kuch va
energiya sarflaydi. Shunday ekan albatta sportchilarning ovqatlanish darajalari ham
yuqori saviyada bo‘lishi zarurdir. Yurtboshimiz bejizga aytmadiki, bugungi kun
yoshlari, farzandlarimiz bizdan ko‘ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo‘lishlari
shart.
Mavzuning dolzarbligi
: Bugungi kunda sportga bo‘lgan qiziqish yoshlarimiz
orasida keskin o‘sib bormoqda. Sportchilarni musobaqalarda yuqori natijalarga
erishish uchun mashg‘ulot va qo‘shimcha mashq turlarini oshirib borishlari zarur.
Buning uchun ularni ovqatlanish tartibiga e’tibor qaratilishi zarurdir. Qachonki
sportchilar yuqori darajada va sifatli ovqatlanar ekan ular albatta mashg‘ulotlar
davomida holsizlik yoki mashg‘ulotdan voz kechish holatlari kuzatilmaydi.
Sportning qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar albatta sportchilar vitaminlarga boy
bo‘lgan yuqori kaloriyali mahsulotlar iste’mol qilishlari talab etiladi. Mavzuning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
259
dolzarbligi shundan iboratki, sportchilarning ovqatlanishi ularning yoshiga,
vazniga qarab ovqatlanish menyusi tuziladi.Qachonki uzoq masofaga yugurish
bilan og‘ir atletikaning ovqatlanish menyusi va ratsioni bir-biridan farq qilishi
nazarda tutiladi va amal qilinadi. Uzoq masofaga velo poygalarda o‘tkaziladigan
musobaqalarda ko‘chma oshxonalar tashkillashtirish ko‘zda tutiladi. Sportchilarni
ovqatlanish jarayonlari albatta ovqatlanishning gegiyenik talablariga ham e’tibor
qaratish lozim.
Tadqiqot maqsadi
: Sportchilarning qaysi yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar
albatta ularning sport turlari bilan shug‘ullanishda, musobaqalarda tetik, bardam-
baquvvat bo‘lishlari uchun ovqatlanish rejimini tuzib berish, hamda shu rejimga
doimiy ravishda amal qilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish.
Ularni kun davomida holsizlik, toliqish alomatlaridan saqlash uchun shart-
sharoit
yaratish.
Buning
uchun
oziq-ovqat
mahsulotlari
tarkibidagi
mikroelementlar tarkibini norma jihatdan taqsimlanishni amalga oshirish.
Sportchilarni ovqatlanish sharoitlari va ovqat tarkibini tibbiy jihatdan
asoslanishini ovqat yaroqliligini nazorat qilib borishni nafaqat tibbiyot xodimlari
balki sport ustalari va trenerlar bilan hamkorlikda olib borishni amalga oshirish.
Sportchilarni sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishda albatta
ularning vaznini saqlash hamda ovqatning kaloriyasi, to‘yimlilik darajalariga
muayyan bog‘likligini amalga oshirish.
Tadqiqot natija va muhokamalari
: Vitaminlarning organizmdagi roli.
Sportchilar uchun eng kerakli vitaminlar B1 va C dir, ularga bo‘lgan ehtiyoj
normalari ortib bormoqda. Ular jismoniy va nerv-psixik faoliyatda almashinuv
protsesini mormallashtrishda muhim rol o‘ynaydi, organizmga umumiy yaxshi
ta’sir ko‘rsatib, qimmatli biogen stimulyator bo‘lish bilan birga ish qobiliyatiga
aktiv ta’sir ko‘rsatadi.Vitamin C ning miqdori sportchilar ovqatida sutkada 100mg,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
260
trenirofkaning musobaqa va sport sohalarida 150mg bo‘lishi kerak. Musobaqadan
50-60 minut oldin ish qobiliyatini oshirish uchun qo‘shimcha 100-200mg askorbin
kislotasini qabul qilish foydalidir; undan tashqari, qayta tiklanish protsesini
tezlatish maqsadida 2-3kun ichida 200-250mg gacha uni ko‘paytirish tavsiya
etiladi. Sportchilar musobaqaga qatnashishdan oldin ko‘p miqdorda (0,5-2gr)
askorbinat kislotasini qabul qilish maqsadga muvofiqdir, u miya va muskullarning
qand moddasi bilan ta’minlanishini yaxshilab, uzoq muddat ish qobiliyatini
oshiradi. Vitamin B1 ham ish qobiliyatini oshiradi va katta jismoniy hamda aqliy
zo‘riqishda toliqishni kamaytiradi. Bu vitaminni trenirofka sborlarda va musobaqa
paytlarida sutkada 5-10mg iste’mol qilish kerak.
Og‘ir jismoniy mashqlar paytida vitamin A ga bo‘lgan ehtiyoj ortishi
kuchayadi. Ovqatdagi sutkalik normadan (1,5) 1-2mg ko‘proq retinol qabul qilish
vitaminning qonda yuqori darajada saqlanishini ta’minlaydi, intensive trenirofka
paytlarida esa qonda va to‘qimalarda uning miqdorini pasayishidan
saqlaydi.Suningdek, vitamin P qabul qilishning maqsadga muvofiqligi aniqlandi.
Vitamin preparatlarning ingalyatsiyasi usuli bilan aerosol ballonchalar yordamida
joriy qilish yo‘llari ishlab chiqilgan. Gipoksiya hollarida vitamin B15 ning yaxshi
ta’sir ko‘rsatishi ma’lum. Sport sohalarida ilmiy tekshirish instituti ishlab chiqilgan
draji shaklidagi vitaminlar sportchilarga sport musobaqalari oldi sportchilarga
ushbu drajilarni berib ko‘rdilar, bu esa sportchilarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi va
ularning jismoniy qobiliyatlarini yanada oshiradi. Bu kompleks vitaminlar har bir
donasi 125mgni tashkil etadi. Vitamin C-125mg, B1-5mg, B2-2,5mg, vitamin PP-
7,5 mg, vitamin A-0,25mglar kompleksni tashkil etadi. Bularning hammasi birinchi
variant vitaminlar guruhini tashkil etadi.
Xulosa
Sportchilarning
yuqori
natijalarga
erishishi
ularning
jismoniy
mashg‘ulotlari bilan bir qatorda, to‘g‘ri ovqatlanish va ovqatlanish gegiyenasiga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
261
qat’iy rioya qilishlariga ham bog‘liqdir. Balanslangan va individual ehtiyojlarga
moslashtirilgan ovqatlanish sportchinin organizmini zarur energiya, oqsil, vitamin
va minerallar bilan ta’minlaydi, tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi va
jarohatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, ovqatlanish gegiyenasiga
amal qilish infeksion kasallliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning
uchun sportchilar to‘g‘ri ovqatlanish va gegiyenik qoidalarini doimiy ravishda
nazorat qilish sog‘lom hayot tarzining ajralmas qismi bo‘lishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “ Sog‘ lom
turmush tarzini keng jalb qilish va jismoniy faollikni oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘rida”gi PF-6099-son Farmoni.
2.O‘zbekiston Resublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya
va sport sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3379-
son Qarori.
3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-iyundagi
“Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 357-sonli Qarori.
4.Shodmonov .A.A, Egamberdiyev A.S. Gegiyena va atrof-muhit muhofazasi
asoslari, Toshkent: “Tafakkur”, 2020.
5.Xolmurodov N.X. Sport tibbiyoti va gegiyenasi, Toshkent: “O‘zbekiston milliy
Ensiklopediyasi”, 2019.
6. Isroilov I, Raximov A. Sportchilar uchun ovqatlanish fiziologiyasi, Samarqand,
2018.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
262
7. Daminov A.X. Sog‘lom turmush tarzi va ratsional ovqatlanish asoslari,
Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2021
8.Butrova S.N, Sazanova T.G. Gegiyena sporta, Moskva: “GEOTAR-
Media”,2018.
9. World Health Organization (WHO)- Nutrition for Health and Development,
Geneva, 2020.
10. IOC Consensus Statement- Nutrition and Athletic Performance, International
Olympic Committee, 2019.