https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
260
MAVZU: ESHITISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARGA
TA'LIM-TARBIYA BERISH QONUNIYATLARINI O'RGANISH,
ESHITISH IDROKINI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH
J.M.Atamuratova
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha tarbiya
va defektologiya talim kafedrasi stajyor oqtuvchisi
Annotatsiya: Eshitishida nuqsoni bor bolalarda reablitatsiyaning ilk
bosqichlarida korreksion pedagogik ishlari haqida yoritilgan. Xususan ta’lim
tarbiya jarayoni va bosqichlari haqida va uni korreksiyalash masalalari ochib
berilgan.
Kalit so‘zlar: reabilitatsiya, kompensatsion, adaptatsion,tarbiya.
Аннотация: на ранних этапах реабилитации у детей с нарушениями
слуха освещена коррекционная педагогическая работа. В частности,
раскрывается вопрос о процессе и этапах воспитания и вопросах его
коррекции.
Ключевые
слова:
реабилитационный,
компенсационный,
адаптивный,воспитание.
Abstract: correctional pedagogical work is highlighted in the early stages of
rehabilitation in children with hearing impairments In particular, the question of
the process and stages of education and issues of its correction is revealed.
Keywords: rehabilitation, compensatory, adaptive,educational.
O’zbekiston Respublikasida eshitishida nuqsoni bor bolalar ta’lim-
tarbiyasiga, oilasiga e’tibor pedagogik yondashuvlar mutloq o’zgarib bormoqda.
Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi kar va eshituvchi o’quvchilarning
hamkorlikdagi ta’limi birinchi o’ringa chiqib ular uchun imkoniyatlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
261
kuchaymoqda. Yurtimiz qudrati, jamiyat ravnaqi kelajagimiz egalari bo'lgan
bolalarning jismoniy hamda ma'naviy jihatdan sog'lomligiga bog'liqdir.
Mamlakatimizda har tomonlama sog'lom avlodni voyaga etkazish borasidagi
ishlarni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko'tarish maqsadida qator
islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy
faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni
imzoladi.
Shu sababli eshitishida nuqsoni bor bolalar eshitishini tiklash orqali nutqini
erta korrektsiyalash ularni ijtimoiy hayotga erta moslashtirish omili sanaladi ularni
jamiyatga qo’shilishi atrofdagilarda iymanish hissini yuqotish . Respublikamizda
hozirgacha eshitishida muammosi bo'lgan bolalar haqida to'liq ma'lumotlar zaxirasi
yaratilmagan bu muommo ota onalarning bolalarini uy ta’limiga qo’yib qo’yishlari
sabab . Ushbu yo'nalishda ilk va erta tashxis qilishning etarli darajada yo'lga
qo'yilmaganligi, koxlear implantasiya qilingan bolalarning ta'lim muassasalarida
muvaffaqiyatli uyg'unlashib ketishlariga xizmat qiluvchi korrektsion-pedagogik
ishlarning respublikamiz shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda ilmiy-nazariy
jihatdan asoslab berilmaganligi, metodik yo'l-yo'riqlarning ishlab chiqilmaganligi,
bunday ish tizimi bilan tanish bo'lgan surdopedagoglarning etishmasligi olib
borilayotgan ishlarda biroz qiyinchiliklar yuzaga keltirayapganini ta'kidlash lozim.
Tariuxga nazar soladigan bo’lsak olimlar juda kop izlanishla qilishgan va koiplab
muommolar yechimini topishgan. Zamonaviy maxsus ta'lim tizimining nazariy
asoschisi L.S.Vigotskiy eshitishning buzilishi oqibatida yuzaga kelgan soqovlik –
insoniy nutqning mavjud bo'lmasligini keltirib chiqarsa, o'z navbatida, nutqni
egallay olmaslik umumiy madaniy rivojlanishga katta salbiy ta'sir ko'rsatishini
alohida qayd etadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
262
Eshitishida muammosi bo'lgan bolalarni atroflicha o'rgangan R.M.Boskis
eshitish analizatori funktsiyasining nisbatan oz buzilishi – shivirlashni idrok etish
imkoniyatining chegaralanishi ham bola nutqining me'yorda rivojlanishiga, buning
oqibatida mantiqiy tafakkurining shakllanishiga to'sqinlik qilishini ko'rsatib o'tadi.
Zamonaviy surdopedagogika sohasidagi qator yutuqlar so'nggi yillarda
E.I.Leongard, E.G.Samsonova (1991), N.D.Shmatko, T.V.Pelimskaya (2003),
I.V.Koroleva, V.I.Pudov, O.V.Zontova (2001), A.D.Salaxova, N.V.Kochegarova
(2001), V.N.Svodina (1998) kabi etuk olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot
ishlari bilan bog'liq Ularning tibbiyot hamda pedagogika sohasidagi yutuqlardan
keng foydalangan holda olib borildi . Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar
alohida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning
umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‘zlashtirishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Karlik – eshitishning mutlaqo yo‘qligi (mutlaqo eshitmaslik) yoki
pasayishining shunday shakliki, unda og‘zaki nutq faqat qisman, eshitish
apparatlari (moslamalari) yordamida idrok etiladi.
Zaif eshitish – har ikkala quloq bilan eshitishning pasayishi, unda nutqni idrok
etishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, biroq ovoz kuchaytirilganda uni idrok etish
mumkin bo‘ladi.
Kech kar bo‘lganlar - nutqni egallaganidan keyin, ya’ni 2-3 yoshda qandaydir
kasallik yoki jarohat oqibatida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar. Bunday
bolalarda eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi turlicha: total, yoki karlikka yaqin,
yoki zaif eshitadigan bolalarda kuzatiladiganiga yaqin bo‘ladi. Bolalarda ko‘plab
tovushlarni eshitmagani yoki buzuq holda eshitgani, ularga nima deyishganini
tushunmaganligiga og‘ir psixik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zan bu
bolaning har qanday muloqotdan to‘liq bosh tortishiga, hatto psixik (ruhiy)
kasallikka olib keladi. Muammo bolani og‘zaki nutqni qabul qilish va tushunishga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
263
o‘rgatishdan iborat. Agar bolada yetarli qoldiqli eshitish bo‘lsa, bunga eshitish
apparati (qurilmasi) yordamida erishiladi. Qoldiqli eshitish kam bo‘lsa, nutqni
eshitish apparati va so‘zlovchining «labidan» o‘qish yordamida qabul qilish
majburiy bo‘ladi. Total (butunlay) kar bolalarda daktilologiya, yozma nutq, va
ehtimol karlarning imo-ishora nutqidan foydalanish lozim bo‘ladi. Keyin kar
bo‘lgan bolani o‘qitish va tarbiyalash uchun qulay sharoitlar jamlanganda, uning
nutqi, bilish va irodaviy jarayonlari rivojlanishi normal bolanikiga yaqinlashadi.
Biroq emotsional soha, shaxsiy sifatlar va shaxslararo munosabatlar
shakllanishidagi o‘ziga xoslik juda kam hollarda bartaraf qilinadi.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytish, mumkinki, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni
eshitishini tiklash orqali nutqini erta korrektsiyalash ularni ijtimoiy hayotga erta
moslashtirish omili sanaladi ularni jamiyatga qo’shilishi atrofdagilarda iymanish
hissini yuqotish va ularni tarbiyasi bilan shugillanish pedagogik togri yondashish
Shu sababli eshitishida nuqsoni bor bolalar eshitishini tiklash orqali nutqini erta
korrektsiyalash ularni ijtimoiy hayotga erta moslashtirish omili sanaladi ularni
jamiyatga qo’shilishi atrofdagilarda iymanish hissini yuqotish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Таълим тўғрисидаги Қонун. ЎРҚ-637-сон. 2020-йил 23-
сентябрь. https://lex.uz/
2.
O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrda qabul qilingan
―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to’g’risida Qonuni, O’RQ-595-son https://lex.uz/
3.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7
февралдаги ―Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида‖ги ПФ-4947-сон Фармони //Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
264
4.
Bazoev V. Z., kuygan V. A. sukunat dunyosidan kelgan odam.- M.:
Akademkitobi, 2002 Yil. 815 s.
5.
Bayborodova L. V., Rojkov M. I. zamonaviy maktabdagi o'quv
jarayoni. [Matn] Yaroslavl, 1997 380S.
6.
Bogdanova T. G. " Surdopsixologiya: Darslik.nafaqa. M.:
Akademiya, 2002.