https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
56
XODIMLARNING MAQSADLI MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH – ZAMONAVIY MEHNAT BOZORIDA
RAQOBATBARDOSHLIKNI SAQLAB QOLISH
Saitova Xulkara Ahmadovna
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 2-kurs magistranti
Tel:+99888159-44-40
Annotatsiya. Mazkur maqolada tashkilotlarda xodimlarning maqsadli
malakasini oshirish tizimini takomillashtirish masalalari har tomonlama tahlil
qilinadi. Zamonaviy iqtisodiy va texnologik sharoitlarda hodimlarning kasbiy
bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz rivojlantirish ilgari suriladi. Shuningdek, ilg‘or
xalqaro tajribalar, innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalar asosida
malaka oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish usullari bayon etiladi.
Tadqiqot natijalari asosida tashkilotlarda hodimlarning kasbiy rivojlanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
Kalit so’zlar: malaka oshirish, xodimlar, tashkilot, kasbiy rivojlanish, uzluksiz
taʼlim, innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar, samaradorlik, xalqaro
tajriba.
Annotation. This article comprehensively analyzes the issues of improving the
system of targeted professional development of employees in organizations. It
substantiates the necessity of continuous enhancement of employees’ professional
knowledge and skills in modern economic and technological conditions.
Additionally, it describes methods for effectively organizing professional
development processes based on advanced international practices, innovative
approaches, and digital technologies. Based on the research findings,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
57
recommendations and proposals are put forward to positively influence
employees’ professional growth in organizations.
Keywords: professional development, employees, organization, career
growth, continuous learning, innovative approaches, digital technologies,
efficiency, international experience.
Kirish.
Globallashuv sharoitida dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, barcha
sohalarda raqobatning kuchayib borishi yanada barqaror taraqqiyotni
ta’minlashni taqazo etmoqda. Shu munosabat bilan Respublika iqtisodiyotida olib
borilayotgan innovatsion rivojlantirish jarayonlari bugungi kunda korxona va
tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy malakasi va bilim
salohiyatini rivojlantirshga bog‘liq hisoblanadi.
2019-yil 28-maydagi ilm-fan va oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha
belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoev inson kapitali to‘g‘risida: Bu ishlardan asosiy maqsad
mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish. Xom ashyo va uni qayta ishlash
bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Qolaversa, ishlab chiqarishda qo‘shimcha qiymat
olish uchun ham innovatsiyalar kerak. Shu bois ilm-fan taraqqiyotimizning
muhim yo‘nalishi, tayanchi bo‘ladi, – deb ta’kidlagan edi.
Inson kapitali ijtimoiy munosabatlarda insonning mehnat salohiyatini
rivojlantirishiga, sog‘lig‘iga, bilim va mahoratiga, o‘z qobiliyatini namoyon
qilishiga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya hisobiga shakllanadi. Inson
kapitalini rivojlantirishda boshqalardan farqli o‘laroq, kadrlar malakasini
oshirishga to‘g‘ri kiritilgan investitsiya juda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy
jamiyatda, inson kapitalini o‘stirishda kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish
tizimi ta’lim tizimining muhim elementi bo‘lib xizmat qiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
58
Tashkilotlarda xodimlarning malakasini oshirish tizimi har doim muhim
bo‘lib kelgan, ammo hozirgi zamonaviy raqobat muhitida u yanada dolzarb
masalaga aylanmoqda.
Har qanday tashkilotning samarali faoliyat yuritishi va
rivojlanishi bevosita uning xodimlarining malaka darajasiga bog‘liq.
Raqamli texnologiyalar, bozordagi tezkor o‘zgarishlar va innovatsion
taraqqiyot xodimlardan doimiy ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashni
talab qilmoqda. Shu sababli, tashkilotlarda maqsadli malaka oshirish tizimini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xodimlarning malakasini oshirish
faqat individual rivojlanish bilan cheklanmay, balki tashkilotning umumiy
samaradorligi, innovatsion salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat
qiladi.
Xodimlarning malakasini oshirish faqatgina ularning bilim va ko‘nikmalarini
yangilash bilan cheklanib qolmay, balki mehnat unumdorligini oshirish, mehnat
resurslaridan samarali foydalanish va tashkilotning strategik maqsadlariga
erishishiga xizmat qiladi. Shu boisdan ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda,
ayniqsa, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ushbu yo‘nalishda turli innovatsion
yondashuvlar qo‘llanilmoqda.
Xususan, raqamli texnologiyalar va onlayn ta’lim platformalarining
rivojlanishi
xodimlarning
malakasini
oshirishda
yangi
imkoniyatlarni
yaratmoqda. Bugungi kunda tashkilotlarning aksariyati an’anaviy malaka oshirish
dasturlaridan foydalansa-da, ularning samaradorligi ba’zan kutilgan natijani
bermaydi. Sababi, malaka oshirish jarayoni ko‘pincha umumiy bilimlarni
berishga qaratilgan bo‘lib, muayyan tashkilot yoki tarmoqning real ehtiyojlariga
to‘liq mos kelmaydi.
Shu sababli, malaka oshirish tizimini takomillashtirishda quyidagi masalalar
muhim hisoblanadi:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
59
1. Maqsadli yondashuvni joriy etish – har bir tashkilot o‘z ehtiyojlari va
strategik yo‘nalishlarini hisobga olgan holda xodimlar uchun individual o‘quv
dasturlarini ishlab chiqishi lozim.
2. Raqamli texnologiyalarni joriy etish – zamonaviy ta’lim platformalari
orqali masofaviy va mustaqil o‘rganish imkoniyatini kengaytirish kerak.
3. Xodimlarning qiziqishini oshirish – o‘quv dasturlarini motivatsion tizimlar
bilan uyg‘unlashtirish va karyera o‘sishi bilan bog‘lash zarur.
4. Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim – nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy
mashg‘ulotlar va tajriba almashish tizimini rivojlantirish muhim.
5. Tizimli monitoring va baholash – xodimlarning malaka oshirish jarayonini
nazorat qilish va natijadorlikni baholash mexanizmlarini joriy etish lozim. Ushbu
tadqiqotda tashkilotlarda xodimlarning maqsadli malaka oshirish tizimini
takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Xususan, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining samaradorligi, xorijiy
tajribalar va amaliy misollar asosida takomillashgan model ishlab chiqish
bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari malaka oshirish
jarayonining tashkilotga bo‘lgan ta’sirini aniqlashga hamda uning
samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam
beradi.
Shunday qilib, tashkilotlarda xodimlarning malakasini oshirish tizimini
yanada takomillashtirish orqali ularga zamonaviy bozor talablariga mos keladigan
bilim va ko‘nikmalarni berish, tashkilotning umumiy natijalarini yaxshilash
hamda milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shish mumkin. Samarali va
maqsadli malaka oshirish tizimi tashkilotning uzoq muddatli muvaffaqiyatiga
asos yaratadi va mehnat bozorida yetakchi mavqega ega bo‘lishiga yordam beradi.
Tashkilotlarda xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha dunyoning bir
qancha rivojlangan davlatlari muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lib bu davlatlar
qatoriga Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
60
mamlakatlarni kiritish mumkin. Bu davlatlarning tajribasidan foydalanish
nafaqat O‘zbekistonda balki boshqa ko‘plab davlatlarda tashkilotlarning
raqobatbardoshligini oshirishga va ish unumdorligini yaxshilashga yordam
beradi. Bugungi globallashgan va raqamli iqtisodiyot sharoitida tashkilotlarning
malaka oshirish tizimini ilg‘or texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishi va
xodimlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishi muhimdir.
Mazkur tadqiqot ishida mamlakatimiz hamda xorijiy rivojlangan davlatlar
iqtisodchi olimlarining korxona va tashkilotlarda mehnat faoliyati olib borayotgan
xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari,
olimlarning qarashlari hamda fikr va mulohazalari tahlil etilgan. Maqolada
empirik, tasviriy statistika, guruhlashtirish, qiyosiy va dinamik tahlil tadqiqot
usullaridan foydalanilgan.
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirish
uchun malakali va bilimli xodimlar katta ahamiyat kasb etadi. Innovatsion
texnologiyalar va bozor talablari doimiy o‘zgarib borayotgani sababli,
tashkilotlarda xodimlarning kasbiy malakasini doimiy rivojlantirish zarurati ortib
bormoqda.
Bu jarayon tashkilotning uzoq muddatli strategik rivojlanishiga xizmat qiladi.
Xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish orqali tashkilot o‘z
oldiga qo‘ygan maqsadlariga tezroq va samaraliroq erishishi mumkin.
Shuningdek, bu xodimlarning ish unumdorligi va innovatsion salohiyatini
oshirishga yordam beradi. Har qanday tashkilotning muvaffaqiyati uning
xodimlarining bilim va tajribasining darajasiga bog‘liq.
Xodimlarning kasbiy rivojlanishini ta’minlash muhim hisoblanadi. Chunki,
yuqori malakaga ega xodimlar ish jarayonlarini tez va sifatli bajaradi, doimiy
o‘qish va o‘z ustida ishlash xodimlarning yangiliklarga moslashish qobiliyatini
oshiradi, ish jarayonida muvaffaqiyatga erishish uchun xodimlarning bilim va
ko‘nikmalarini doimiy yangilab turish lozim.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
61
Bundan tashqari xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishini oshirish ham muhim
bo‘lib, xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirishga e’tibor qaratmagan
tashkilotlar vaqt o‘tishi bilan samaradorligini yo‘qotishi mumkin. Xodimlarning
malakasini oshirishning turli usullari mavjud bo‘lib, har bir tashkilot o‘z maqsad
va strategiyalaridan kelib chiqqan holda uni takomillashtirishi mumkin.
Ichki trening va o‘quv dasturlari
. Ichki trening va o‘quv dasturlari –
tashkilot ichida xodimlarning malakasini oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan
dasturlar bo‘lib, ular odatda kompaniyaning o‘z rahbarlari yoki tajribali xodimlari
tomonidan o‘tkaziladi. Bunday treninglar xodimlarning mahoratini oshirish,
ularni yangi texnologiyalar va raqamli jarayonlarga moslashtirish uchun
muhimdir.
Ichki treninglarni samarali tashkil qilish uchun
mentorlik
va
couching
dasturlaridan foydalaniladi. Mentorlik – uzoq muddatli o‘quv jarayoni bo‘lib,
unda tajribali mentor (soha yetakchisi) o‘z shogirdlariga kasbiy va shaxsiy
rivojlanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Couching – aniq maqsadlarga erishish uchun qisqa muddatli trening bo‘lib,
bunda tajribali mutaxasislar har bir holatga individual yondashadi hamda
xodimning muammolarini hal qilishga yordam beradi va yangi bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi.
Bu usullarning afazalliklari shulardan iboratki: xodimlarning amaliy
tajribasini oshirishga yordam beradi, tashkilot ichida bilim almashish
madaniyatini rivojlantiradi va xodimlarning ish jarayonlariga mos ravishda
o‘sishiga yordam beradi.
Amaliy mahorat darslari.
Bu usulda aniq mavzular bo‘yicha mahorat
darslari tashkil etilib, xodimlar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Bu darslar – xodimlarga yangi bilim berish va ularni dolzarb soha yangiliklari
bilan tanishtirish uchun ishlatiladi. Mahorat darslari (master-klasslar) – o‘z
sohasida tajribali mutaxassislar tomonidan beriladigan amaliy treninglar bo‘lib,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
62
xodimlar o‘rganilgan bilimlarni real ish jarayonida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Bu esa xodimlarga qisqa vaqt ichida aniq ko‘nikmalarni o‘rgatish
imkonini berib, amaliyot bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli xodimlar tomonidan tez
o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, ish jarayonida yuzaga keladigan real
muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Elektron o‘quv kurslari (E-learning).
Zamonaviy texnologiyalar
rivojlanishi bilan onlayn ta’lim platformalari orqali ichki treninglarni tashkil etish
tobora ommalashmoqda. Tashkilotlar xodimlariga maxsus tayyorlangan onlayn
kurslar, internet platformalari orqali ta’lim bera oladi.
Internet saytlarida xodimlar mustaqil ravishda o‘qib-o‘rganishi mumkin
bo‘lgan darsliklar va qo‘llanmalar mavjud. Ilg‘or texnalogiyalar sababli,
mutaxassislar tomonidan jonli efirda darslar o‘tiladi. Xodimlar bevosita savol
berish va munozara qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Buning natijasida har bir
xodim o‘ziga qulay vaqtda ta’lim olishi va xodimlarning bilim darajasini doimiy
ravishda yangilab borish imkoni ham mavjud.
Ammo ichki trening va o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun quyidagi omillarga alohida e’tibor berish kerak boֲ‘ladi. Trening
dasturlarini ishlab chiqishdan oldin, xodimlarning ehtiyojlari, kasbiy bo‘shliqlari
va tashkilot strategiyasiga mos o‘quv yo‘nalishlari aniqlanishi lozim.
Xodimlarning treninglarda faol ishtirok etishini ta’minlash uchun ularni
rag‘batlantirish lozim. Ichki trening va o‘quv dasturlari tashkilotning
muvaffaqiyatli rivojlanishida asosiy ro‘l o‘ynaydi. Ularni to‘g‘ri tashkil etish
xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan birga, kompaniyaning
umumiy samaradorligini ham oshiradi. Samarali ichki trening tizimi
xodimlarning motivatsiyasini kuchaytiradi, ularning innovatsion fikrlash
qobiliyatini oshiradi va mehnat unumdorligini yuksaltiradi.
Tashqi trening dasturlari.
Tashqi treninglar – bu tashkilot xodimlarini
tashqaridan jalb qilingan mutaxassislar, trening markazlari yoki oliy o‘quv
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
63
yurtlari orqali o‘qitish tizimi bo‘lib, ularning malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Bunday treninglar xodimlarga xalqaro tajriba, ilg‘or bilim va zamonaviy
ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkonini beradi.
Odatda ko‘plab tashkilotlar o‘z xodimlarini maxsus o‘quv markazlari,
universitetlar yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan taklif etiladigan kurslarga
yuboradi. Bu kurslar - ma’lum bir sohadagi eng yangi bilimlarni egallash uchun
maxsus tashkil etilgan qisqa yoki uzoq muddatli kurslar hisoblanadi. Xodimlar
xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishlari, Kasbiy bilimlarning eng
so‘nggi tajribalariga ega bo‘lishlari va raqobatbardosh kadrlar bo`lib yetishishi
mumkin.
Bundan tashqari, xodimlarni chet elga o‘z sohasi bo‘yicha xalqaro yoki
mahalliy konferensiya va seminarlar, biznes forumlar yoki ilmiy-amaliy
anjumanlarga yuborish ham malaka oshirishning samarali usullaridan biridir. Bu
bilan xodimlar ilg‘or tajriba almashish va o‘z sohalaridagi so‘nggi yangiliklardan
xabardor bo‘lish imkoniga ega bo‘ladilar.
Xodimlar o‘z sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar bilan tanishib, o‘zaro
fikr almashish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar va ilmiy va amaliy bilimlarni real
ish sharoitida qo‘llash imkoniyati yaratiladi.
Hozirgi kunda ko‘plab tashkilotlar o‘z xodimlarini malaka oshirish uchun
yetakchi kompaniyalarga yoki maxsus korporativ o‘quv markazlariga
yuborishadi. Xodimlar boshqa yirik kompaniyalarda tajriba orttirib, yangi ish
usullarini o‘rganishadi. Tashqi treninglar muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun eng
iqtidorli xodimlarni ilg‘or kurslarga yuborish uchun maxsus moliyaviy dasturlar
ishlab chiqish lozim.
Malaka oshirish davomida sertifikat yoki diplom olgan xodimlarga
rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish. Tashqi treningdan qaytgan
xodimlar o‘z kasbdoshlariga o‘zi o‘rgangan bilimlarni yetkazishi lozim. Tashqi
treninglar tashkilot xodimlarining kasbiy rivojlanishi va kompaniyaning global
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
64
raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim vositadir. Samarali tashqi trening
dasturlarini joriy qilish orqali tashkilotlar innovatsion bilimlarni o‘zlashtirgan,
zamonaviy mehnat bozoriga moslashgan va yuqori malakali kadrlarni yetishtirish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining bu sohadagi tajriba va bilimlaridan
foydalanish.
Amerika Qo‘shma Shtatlari dunyodagi eng ilg‘or va rivojlangan
iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, bu mamlakatda kadrlar malakasini oshirish va
o‘qitish tizimi mukammal ishlab chiqilgan. AQSh kompaniyalari, universitetlari
va davlat tashkilotlari bu jarayonga katta ahamiyat berib, zamonaviy trening
metodlarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi.
AQShning yirik kompaniyalari o‘z xodimlari uchun maxsus korporativ o‘quv
markazlari va ichki trening dasturlarini tashkil etadi. Masalan,
Google Career
Certificates
dasturi kompaniyaning xodimlari va tashqi mutaxassislar uchun
texnologiya sohasida malaka oshirish imkonini beradi.
Amazon Technical
Academy
dasturi kompaniya xodimlariga texnik bilimlarni chuqurlashtirish
imkoniyatini yaratadi. O‘zbekistonda ham katta kompaniyalar va yirik davlat
tashkilotlari o‘z ichki akademiyalarini yaratishi va xodimlarni muntazam ravishda
o‘qitishi lozim. IT, texnologiya, biznes va davlat xizmatlarida ilg‘or korporativ
treninglar tashkil etish muhim.
AQShda masofaviy ta’lim va onlayn treninglar keng ommalashgan. Harvard,
MIT, Stanford kabi universitetlar ochiq onlayn kurslar orqali barcha
mutaxassislarga bilim olish imkoniyatini beradi.
Big Data
va
Sun’iy Intellekt
sohalarida maxsus onlayn treninglar mavjud bo‘lib, bu texnologiyalar tezkor
rivojlanayotgan sohalar uchun muhim. O‘zbekistonda ham mahalliy
kompaniyalar xodimlarini xalqaro onlayn kurslarga yo‘naltirishi va bu jarayonni
tizimli ravishda nazorat qilishi kerak. Onlayn o‘quv platformalaridan foydalangan
holda, ichki trening dasturlarini yaratish va mahalliy mutaxassislarni jalb qilish
muhim.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
65
AQSh kompaniyalari tajribali rahbarlar va mutaxassislarni yangi xodimlarga
murabbiylik qilishga jalb qiladi.
Silicon Valley
startaplari o‘zining mentorlik
tizimi bilan mashhur bo‘lib, yosh mutaxassislar tajribali tadbirkorlardan bevosita
o‘rganish imkoniyatiga ega.
va
kompaniyalari o‘z xodimlariga
malaka oshirish va ichki rivojlanish dasturlarini taklif etadi.
Mahalliy kompaniyalar va davlat tashkilotlari ham bu tizimni joriy qilishi va
yetakchi mutaxassislarni yosh xodimlarga yo‘naltirishi kerak. Startaplar uchun
maxsus mentorlik va kouching dasturlari yaratish foydali bo‘lishi mumkin. Davlat
va xususiy sektor hamkorligini kengaytirish lozim. Kompaniyalar va
universitetlar birgalikda malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqishi kerak.
AQShning kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribasi O‘zbekiston
sharoitida samarali qo‘llanilishi mumkin.
Ayniqsa, korporativ akademiyalar, onlayn ta’lim platformalari, murabbiylik
tizimi va xalqaro sertifikatlash dasturlarini joriy qilish katta natijalarga olib kelishi
mumkin. Samarali trening tizimi tashkilotlarga raqobatbardosh bo‘lish va
xodimlarning malakasini doimiy ravishda oshirish imkoniyatini yaratadi.
Yaponiya davlatining bu sohadagi tajriba va bilimlaridan foydalanish.
Yaponiya dunyodagi eng samarali ish tizimlaridan biriga ega davlat bo‘lib, bu
mamlakatda xodimlarning uzluksiz rivojlanishi va malakasini oshirish ustuvor
yo‘nalishlaridan biridir. Yaponiya kompaniyalari xodimlarini o‘z kasbiy sohasida
muntazam ravishda rivojlantirishga katta ahamiyat beradi.
Yaponiyaning ko‘plab kompaniyalari xodimlarini umr bo‘yi ish bilan
ta’minlashga intiladi. Xodimlar kompaniyada uzoq muddat ishlashi uchun ularga
maxsus treninglar va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari taqdim etiladi. Ishchilar
kompaniya madaniyatini to‘liq o‘zlashtirib, ichki o‘quv dasturlarida qatnashadi.
Boshqaruv pozitsiyalariga faqat kompaniya ichidagi tajribali xodimlar
tayinlanadi. O‘zbekistonda ham tashkilotlar xodimlarni uzoq muddatli rivojlanish
yo‘lida o‘qitish tizimini joriy qilishi mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
66
Xodimlar kompaniyada uzoq muddat ishlashi uchun rag‘batlantirish tizimini
takomillashtirish lozim. Yaponiyada
Kaizen
tamoyili asosiy prinsiplardan biridir.
Unga koʻra har bir xodim muntazam ravishda o‘z malakasini oshirib borishi shart.
Kompaniya xodimlarga yangiliklarni o‘rganish va takomillashish uchun imkon
yaratib beradi. Har bir kichik yaxshilanish uzoq muddatda kompaniyaning
umumiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda ham tashkilotlar xodimlarining doimiy rivojlanishiga e’tibor
qaratib,
Kaizen
tamoyillarini o‘zlashtirishi xodimlarning ish yo‘qotish xavfini
kamaytiradi. Ish jarayonlarini doimiy tahlil qilish va ularni optimallashtirish
tizimi ishlab chiqilishi lozim. Yapon kompaniyalari xodimlari muntazam ravishda
treninglarda ishtirok etadi va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Shuningdek,
Yaponiyada Toyota Training Center, Sony Learning Academy, Mitsubishi
Development Program kabi ichki o‘quv markazlari mavjud. Har yili har bir xodim
ma’lum soat o‘quv kurslarida qatnashishi shart. Yangi xodimlar bir yil davomida
maxsus ishga moslashish va o‘quv jarayonidan o‘tadi.
O‘zbekistonda ham kompaniyalar ichida maxsus o‘quv markazlarini tashkil
qilish va xodimlarning doimiy o‘qitilishini nazorat qilish lozim. Mahalliy
kompaniyalar xalqaro yondashuvlarni o‘rganib, o‘z tizimlariga moslashtirishi
kerak. Yapon kompaniyalarida Ustoz - shogird (Senpai - kohai) tizimi keng
tarqalgan bo‘lib, bu tajribali xodimlarning yosh xodimlarni o‘qitish jarayonidir.
Har bir yangi ishchi (kohai) tajribali xodim (senpai) tomonidan tarbiyalanadi.
Yosh mutaxassis kompaniya madaniyati va ish jarayonlarini ustoz nazorati ostida
o‘rganadi. Tajribali xodim o‘z yangi ishchisining rivojlanishi uchun mas’ul
bo‘ladi. O‘zbekistonda ham kompaniyalarda ustoz-shogird tizimini joriy qilish va
har bir yangi xodimga mentor tayinlash kerak. Yaponiyaning ustoz - shogird
tizimi O‘zbekistonda milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilishi mumkin.
Yaponiya kompaniyalari xodimlarning malakasini oshirishda uzluksiz ta’lim,
jamoaviy qaror qabul qilish va doimiy takomillashtirish tamoyillariga asoslanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
67
O‘zbekiston tashkilotlari ushbu ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga moslashtirsa, ish
unumdorligi va samaradorligi sezilarli darajada oshishi mumkin.
Germaniya davlatining bu sohadagi tajriba va bilimlaridan foydalanish.
Germaniya dunyodagi eng yuqori darajadagi kasbiy ta’lim va malaka oshirish
tizimiga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda ishchi kuchining
malakasini oshirishga katta e’tibor qaratiladi, chunki Germaniya iqtisodiyoti
yuqori texnologiyalar, sanoat va innovatsiyalar asosida rivojlangan.
Germaniya dunyoda noyob
dual
ta’lim tizimini rivojlantirgan bo‘lib, bu tizim
orqali xodimlar nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni birgalikda o‘zlashtiradi.
Talabalar o‘quv yili davomida vaqti-vaqti bilan ishlab, nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llaydi. Kasb-hunar maktablari (Berufsschulen) va kompaniyalar
hamkorlikda o‘qitish jarayonini olib boradi. Bitiruvchilar darhol ishga tayyor
bo‘lib, Germaniya mehnat bozoriga moslashadi.
O‘zbekistonda ham Dual ta’lim tizimini joriy qilish uchun mahalliy
universitetlar va korxonalar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish kerak.
Amaliyotga asoslangan o‘quv dasturlarini yaratish zarur. Uzluksiz ta’lim va
"Berufliche Weiterbildung" tizimi orqali Germaniyada xodimlar butun umri
davomida o‘z malakasini oshirish imkoniyatiga ega. Ish beruvchilar xodimlarini
malaka oshirish kurslariga yo‘naltirish majburiyatiga ega. Maxsus fondlar va
hukumat dasturlari orqali xodimlarning kasbiy rivojlanishi moliyalashtiriladi.
Xodimlar yangi texnologiyalarni o‘rganish va mutaxassisligini kengaytirish
imkoniyatiga ega. Oʻzbekistonda ham davlat va xususiy sektor uzluksiz ta’lim
dasturlarini rivojlantirishga investitsiya kiritishi lozim. Har bir tashkilot o‘z
xodimlarining malaka oshirishini ta’minlash uchun maxsus reja ishlab chiqishi
kerak. Germaniyada “Meister” tizimi mutaxassislarning uzluksiz o‘qitilishi va
kasbiy malakasini oshirish uchun keng qo‘llaniladi.
Har bir mutaxassis bosqichma-bosqich yuqori darajaga ko‘tariladi. Ishchilar
maxsus imtihon topshirib, Meister darajasiga ega bo‘lishadi. “Meister” sertifikati
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
68
egalariga o‘z biznesini ochish yoki boshqa mutaxassislarni o‘qitish huquqi
beriladi. O‘zbekiston kasb-hunar markazlarida “Meister” tizimiga o‘xshash
darajalash tizimini joriy qilish mumkin. Ishchilarni malaka oshirishga
rag‘batlantirish uchun maxsus imtihonlar va sertifikatlash tizimini yo‘lga qo‘yish
kerak. Germaniya dual ta’lim, uzluksiz malaka oshirish, texnologik innovatsiyalar
tizimiga asoslangan yondashuvlari bilan butun dunyoga namuna bo‘lmoqda.
O‘zbekiston ushbu ilg‘or tajribalarni o‘z tizimiga moslashtirsa, mehnat bozorida
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirish mumkin.
Janubiy Koreya davlatining bu sohadagi tajriba va bilimlaridan
foydalanish.
Janubiy Koreya qisqa vaqt ichida sanoatlashgan va texnologik
rivojlangan davlatga aylangan mamlakatlardan biri bo‘lib, bu jarayonda
xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan strategik tizim muhim rol
o‘ynagan. Koreyaning yirik kompaniyalari xodimlarni doimiy ravishda
rivojlantirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha maxsus
dasturlar ishlab chiqqan.
Janubiy Koreyaning iqtisodiy o‘sishi asosan “Chaebol” tizimiga asoslangan.
Bunday yirik korporatsiyalar o‘z xodimlarini o‘qitish va rivojlantirishga katta
mablag‘ ajratadi. Samsung HR Development Center – har bir xodim uchun yiliga
100 soatdan ortiq o‘qitish dasturlarida ishtirok etish majburiy. Hyundai Learning
Center – yangi xodimlar maxsus 6 oylik tayyorlov kurslaridan o‘tadi. LG
Academy – menejerlar uchun maxsus liderlik va innovatsiya kurslari mavjud.
O‘zbek kompaniyalari ham ichki o‘quv markazlarini yaratishi va
xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha majburiy kurslarni tashkil qilishi
kerak. Yirik korxonalar xodimlarining kasbiy rivojlanishiga mablag‘ ajratishi
lozim. Koreya kompaniyalari ishchilar orasidagi hamjihatlik va jamoaviy ishlash
madaniyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Xodimlar jamoaviy ishni
ustuvor qo‘yishlari va tashkilot manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yishlari
kerak.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
69
Ish jarayonida hamkorlik asosida ishlash tamoyili qo‘llaniladi. Barcha muhim
qarorlar jamoa a’zolari bilan maslahatlashgan holda qabul qilinadi. O‘zbekistonda
ham tashkilotlarda jamoaviy ishlash madaniyatini rivojlantirish va ishchilarni
hamkorlikka o‘rgatish kerak. Xodimlarning fikrini eshitish va ular orasida
muloqotni yaxshilash lozim. Janubiy Koreya kompaniyalari xodimlar uchun
shaxsiy rivojlanish rejalarini (Personal progress management) ishlab chiqadi.
Har bir xodim o‘zining 1-3 yillik rivojlanish strategiyasini ishlab chiqadi.
Menejerlar xodimlarning rivojlanish jarayonini kuzatib boradi va maslahatlar
beradi. Xodimlar har yili kasbiy ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha majburiy
kurslardan o‘tadi. O‘zbekistonda ham tashkilotlar har bir xodim uchun shaxsiy
rivojlanish rejalarini ishlab chiqish tizimini joriy qilishi kerak.
Xodimlarning rivojlanishini kuzatib borish va ularga maslahat berish tizimini
yaratish zarur. Janubiy Koreya ta’lim tizimida “
Hagwon
” (xususiy o‘quv
markazlari) keng tarqalgan bo‘lib, ular xodimlarning malakasini oshirishda
muhim rol o‘ynaydi. Xodimlar maxsus kasbiy rivojlanish kurslariga qatnashadi.
Tashkilotlar o‘z xodimlari uchun xorijiy tillar, IT, menejment va muhandislik
bo‘yicha maxsus kurslar tashkil qiladi. Ba’zi tashkilotlar xodimlarga qo‘shimcha
o‘qish xarajatlarini qoplaydi.
O‘zbekistonda ham xodimlar uchun kasbiy rivojlanish kurslarini tashkil
qilish va ularga ushbu kurslarda qatnashish imkoniyatini yaratish kerak. Xususiy
sektor tomonidan ta’lim markazlari bilan hamkorlik qilish va malaka oshirish
dasturlarini rivojlantirish lozim. Janubiy Koreya kompaniyalari yuqori darajadagi
rahbarlar va menejerlar uchun liderlik va strategik boshqaruv bo‘yicha maxsus
kurslar o‘tkazadi. Samsung, LG va Hyundai kompaniyalari har yili yangi
liderlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus treninglar tashkil qiladi. Menejerlar xorijiy
universitetlarda qo‘shimcha o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kompaniyalar innovatsion fikrlash va global strategiyalar bo‘yicha maxsus
treninglar o‘tkazadi. O‘zbekistonda ham yirik tashkilotlarda liderlik dasturlarini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
70
ishlab chiqish va menejerlarni doimiy o‘qitish tizimini joriy qilish kerak. Rahbar
xodimlar uchun xalqaro trening va tajriba almashish dasturlarini tashkil qilish
lozim. Janubiy Koreya kompaniyalari doimiy o‘qitish, jamoaviy ishlash, shaxsiy
rivojlanish va zamonaviy menejment tizimlari orqali global muvaffaqiyatga
erishdi.
Agar O‘zbekiston tashkilotlari ushbu ilg‘or tajribalarni o‘z tizimlariga
moslashtirsa, ish samaradorligi oshadi va global mehnat bozorida raqobatbardosh
kadrlar yetishtiriladi. O‘zbekiston ko‘plab sohalarda nafaqat o‘z bilim va
tajribalarini kuchaytirmog‘i balki bu borada rivojalngan mamlakatlarning ham
bilim va ko‘nikmalaridan samarali foydalanmog‘i lozim. Dunyo jadal sur’atlarda
rivojlanib bormoqda yangi innovatsion texnalogiyalar yaratilmoqda shuning
uchun bu davrda yangilik yaratilishini kutish emas balki o‘sha yangilikni o‘zingiz
yaratishingiz lozim.
Xulosa va takliflar
Tashkilotlarda xodimlarning maqsadli malakasini oshirish tizimini
takomillashtirish – bu zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoshlikni saqlab
qolish va tashkilotlarning samaradorligini oshirish uchun zarur jarayondir. Dunyo
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xodimlarning doimiy o‘qitilishi va malaka oshirish
tizimining rivojlanishi nafaqat korxonalarning o‘sishiga, balki mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, malaka oshirish tizimi rivojlangan davlatlarda iqtisodiy o‘sish
va samaradorlikni oshirishda asosiy omillardan biri bo‘lib kelmoqda. Dunyoning
rivojlangan davlatlari, jumladan, AQSh, Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya
xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga katta e’tibor qaratib, uzluksiz
ta’lim va korporativ treninglar tizimini joriy qilgan.
Bugungi kunda global ish bozori tez o‘zgarib borayotgan sharoitda
xodimlarning doimiy ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi zaruriyatga
aylangan. Tashkilotlarda malaka oshirish tizimini joriy etish natijasida xodimlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
71
o‘z kasbiy mahoratini oshiradi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
jarayonlarining samaradorligi ortadi. O‘zbekiston tashkilotlari ham xalqaro
tajribadan foydalanib, xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda
rivojlantirishga e’tibor qaratishi lozim. Bu esa tashkilotlarda ish sifatining jadal
oʻsishi uchun mustahkam asos yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (2023). Iqtisodiy sohalarda
malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat Munosabatlari Vazirligi (2023).
Ishchi kuchining malakasini oshirish bo‘yicha davlat dasturi.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (2024).
Kasbiy ta’lim va uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish strategiyasi.
4.
M.Armstrong. (2014). “Handbook of Human Resource Management Practice”.
5.
G.Dessler. (2020). “Human Resource Management”.
6.
R.A.Noe. (2019). “Employee Training and Development”. McGraw-Hill
Education.
7.
OECD (2021). Skills Strategy for the Future Workforce: Developing Human
Capital in the Digital Age. OECD Publishing.
8.
World Economic Forum (2020). The Future of Jobs Report.
9.
Janubiy Koreya Ta’lim Vazirligi (2022). Corporate Training and Employee
Development in Korea.