https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
24
HARBIY XIZMATCHILARNI AXLOQIY-RUHIY RIVOJLANTIRISH
OMILLARINING PSIXOLOGIK TAHLILI
Jamoat xavfsizligi Universiteti magistratura tinglovchisi Leytenant
Ne’matov Rixsitilla Bahodirjon o‘g‘li
Anotatsiya: Urushda g‘alabaga erishish harbiy, iqtisodiy va ma’naviy-siyosiy
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Urushni muvaffaqiyatli olib borish uchun uni jangovar
texnika va qurollar, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan qo‘shin, yuksak malakali
ofitserlar va boshqa narsalar bilan ta’minlash zarur
Anotation: Victory in war depends on military, economic, and spiritual-
political factors. To wage war successfully, it is necessary to provide it with combat
equipment and weapons, a well-trained army, highly qualified officers, and other
things.
Аннотация: Победа в войне зависит от военных, экономических и
духовно-политических факторов. Для успешного ведения войны необходимо
обеспечить ее боевой техникой и оружием, хорошо обученной армией,
высококвалифицированными офицерами и т. д.
Kalit so‘zlar: ruhiy zo‘riqish, ruhiy holatning izdan chiqishi, hatti-
harakatlarni boshqara olmaslik, vaziyatlarni baholashda xatoliklarga yo‘l
qo‘yish; vaqtini va joyini aniqlashdagi xatoliklar, reaksiyalar tezligi va
aniqligining pasayishi, xotira va tafakkurning zaiflashuvi.
Kirish
Quroli Kuchlar ma’naviy ruhining eng muhim tashkil qiluvchisi g‘oyaviy-
siyosiy jihat hisoblanadi. U narsa shaxsiy tarkibning g‘oyaviy va siyosiy jihatdan
qanchalik etukligida o‘z ifodasini topadi. Bular g‘oyaviy e’tiqodlilik,
vatanparvarlik, dushmanlardan nafratlanish, baynalminallik, o‘z burchi va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
25
majburiyatini yuksak darajada anglash, shuningdek, galabaga erishish yo‘lida har
qanday yo‘qotish va qiyits. chiliklarga chidab berishdir. Qurolli Kuchlar ruhining
ahloqiy-jangovar tomoni esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
•
mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish;
•
jangovar mahorat;
•
o‘z harbiy texnikasi va quroliga ishonch hissi;
•
o‘z komandirlariga, o‘z-o‘ziga va g‘alabaga bo‘lgan ishonch;
Harbiy jamoa psixologiyasidagi axloqiy-jangovar komponent yuksak
jangovar tayyorgarlik va jangovar qobiliyatni his qilishda va shuningdek, jangovar
jipslikka erishishda, hujumkorlik va shijoatkorlik ruhida namoyon bo‘ladi. Qurolli
Kuchlar ahloqiy ruhining psixologik tomoni shaxsiy tarkibdagi ahloqiy-siyosiy va
jangovar sifatlarning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari harbiy
xizmatchilardagi psixologik xususiyatlar, psixik jarayonlar, holatlar, munosabatlar,
shuningdek, harbiy jamoaga xos xususiyatlar ham psixologik tomonini tashkil
qiladi. Masalan: hozirgi paytda harbiy uchuvchi taxminan 30 ta psixologik va
psixofiziologik sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Ulardan qaror qabul qilishdagi
mustaqillik va tezkorlik, idrok va diqqat qobiliyatining yorqin namoyon bo‘lishi,
yaxshi fazoviy tasavvur va operativ xotira, sensomotor va aqliy ko‘nikmalarni
tezda egallash qobiliyati, yuksak emotsional irodaviy barqarorlik va hokazo.
Uchuvchining bunday sifatlarni egallashi harbiy texnikani boshqarish va urush
talablari bilan bog‘liq. Keyingi 30 yil ichida samolyotlardagi priborlar soni 10
martaga, samolyotni boshqarish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish
uchun ketadigan vaqt esa 6-7 martaga qisqardi.
Harbiy telegrafchi ham quyidagi psixologik sifatlarga ega bo‘lishi lozim
morze belgilari asosida tovushlarni idrok qila olish qobiliyati;
eshitish analizatorlarining tanlovchanlik qobiliyati;
kuch va imkoniyatlarni vaqt hamda joylar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlay olish
malakasi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
26
harakat reaksiyasining tezligi;
umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi.
Radiolakatsiya tizimi operatori esa quyidagi psixologik sifatlarga ega bo‘lishi
lozim:
mas’uliyatni yuksak darajada his eta olish; batartiblik;
stressga nisbatan barqaror munosabat;
yaxshi kuzatuvchanlik qobiliyati;
diqqatni uzoq vaqt bir joyga jamlay olish qobiliyati;
yuksak operativ xotira;
induktiv va deduktiv tafakkur qobiliyati
ko‘rish analizatorlarining yaxshi moslashuvchanligi.
Shuningdek, harbiy jamoani quyidagi ijtimoiy-psixologik sifatlarsiz ham tasavvur
qilib bo‘lmaydi:
harakatlarning yuksak darajadagi uygunligi va ijtimoiy-psixologik jipslik;
jangovar birodarlik va o‘rtoqliq hissi;
g‘alabaga erishish yulida fikrlar va intilishlarni birlashtira olish;
hujumga shiddat bilan kirishish va mudofaada sabot bilan tura olish;
jamoada ko‘pchilikning ozchilikning fikrlariga nisbatan bag‘rikengligi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa ko‘rinib turibdiki, harbiy jamoa
psixologiyasi individual-psixologik va ijtimoiy-psixologik hodisalar yig‘indisidan
iborat. Qurolli Kuchlarda olib boriladigan ahloqiy-siyosiy, jangovar va psixologik
tayyorgarliklar bir-biridan ajralmas jarayonlardir. Ushbu jarayonda axloqiy-siyosiy
va jangovar tayyorgarlik etakchi hisoblanadi. Psixologik tayyorgarlik esa ikkala
jarayonda shaklantiriladi. ya’ni, alohida psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlari
o‘tkazilmaydi.Malumki, hozirgi vaqtda dunyoning bir qancha davlatlari ommaviy
qirg‘in qurollariga ega, jumladan, bizning hududimizga yaqin joylashgan Rossiya,
Hindiston va Pokiston davlatlari ham yadroviy qurollarga ega, Ommaviy qirgin
qurollarining mavjudligi, ularni ishlatish ehtimoli yoki bevosita harakatga solish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
27
harbiy xizmatchilarda (aholida ham) bir qator psixologik holatlarning paydo
bo‘lishiga olib keladi:
•
ruhiy zo‘riqish;
•
ruhiy holatning izdan chiqishi;
•
hatti-harakatlarni boshqara olmaslik;
•
vaziyatlarni baholashda xatoliklarga yo‘l qo‘yish;
•
vaqtini va joyini aniqlashdagi xatoliklar;
•
reaksiyalar tezligi va aniqligining pasayishi;
•
xotira va tafakkurning zaiflashuvi.
Bu holatlarning hammasi urush vaqtida odamlarni va harbiy texnikani
boshqarayotgan harbiy xizmatchining kasbiy imkoniyatlarini xavf ostiga qoldirishi
mumkin. Agar zamonaviy harbiy qurollar va texnikaning jangdagi ishtiroki inson
imkoniyatlarini bir necha marotaba oshirishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, u yo‘l
qo‘yadigan xatoliklarning ham ko‘lami shunga mos ravishda kattalashadi. Shunday
qilib, zamonaviy urush talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, psixologik
tayyorgarlikning vazifalaridan biri, harbiy xizmatchi psixikasining funksional
ishonchliligini oshirishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Karimov I.A.
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.
– T.: Ma’naviyat,
2008.
2.
Бочкарева,
В.В.
Психологическая
устойчивость
военнослужащих в экстремальных условиях службы.
— Москва: Воениздат,
2016.
3.
Department of the Army.
Comprehensive Soldier and Family Fitness
(CSF2) Program Overview.
— Washington, D.C., 2019.
4.
Bundeswehr.
Psychologische Betreuung in der Bundeswehr.
—
Berlin: Bundesministerium der Verteidigung, 2021.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
28
5.
Kim, H.S. & Lee, J.Y.
Emotional Resilience Training in the South
Korean Military.
//
Asian Journal of Military Psychology
, 2022, Vol. 5(1), pp.
45–58.
6.
Ҳусанов,
А.Б.
Олий
ҳарбий
таълим
муассасаларида
курсантларда психологик барқарорликни шакллантириш масалалари.
//
Тошкент ҳарбий академияси илмий журнал
, 2021, №3, б. 22–29.
7.
NATO.
Mental Resilience in Modern Armed Forces: Challenges and
Solutions.
— Brussels: NATO Research Division, 2020.
8.
Бобоев, С.Р.
Ҳарбий хизматчиларда стрессни бошқариш ва руҳий
барқарорликни ошириш йўллари.
– Т.: “Ҳарбий нашр”, 2022.
9.
World Health Organization (WHO).
Mental health promotion and
resilience in military settings.
— Geneva: WHO Publications, 2019.