Авторы

  • Ne’matov Rixsitilla Bahodirjon o‘g‘li

Биография автора

  • Ne’matov Rixsitilla Bahodirjon o‘g‘li

    Jamoat xavfsizligi Universiteti magistratura tinglovchisi Leytenant

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88448

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Axloqiy jamioyat konsepsiyasi axloq odob psixoterapiya axloq tamoyillari etakchilik vatanparvarlik jasorat.

Аннотация

Anotatsiya: Sharq mutafakkirlari qarashlarini harbiy ta’limga integratsiya qilish zarur. Ta’lim dasturlarini boyitish va yangi metodikalarni amalga oshirish orqali bu muammolarni hal etish mumkin. Muammolarni bartaraf etish uchun kompleks yondashuv zarur. Axloqiy-ruhiy tarbiya harbiy kadrlar bo‘yicha strategik bo‘g‘in hisoblanadi.

Anotation: It is necessary to integrate the views of Eastern thinkers into military education. These problems can be solved by enriching educational programs and implementing new methodologies. An integrated approach is needed to troubleshoot. Moral and psychological education is a strategic strand in the military

Аннотация: Необходимо интегрировать взгляды восточных мыслителей в военное образование. Эти проблемы могут быть решены путем обогащения образовательных программ и внедрения новых методологий. Для устранения неполадок необходим комплексный подход. Морально-психологическое воспитание – это стратегическое удушение для военнослужащих


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

13

HARBIY XIZMATCHILARNI AXLOQIY-RUHIY RIVOJLANTIRISH

MUAMMOSINI SHARQ MUTAFAKKIRLARI QARASHLARIDA

YORITILISHI

Jamoat xavfsizligi Universiteti magistratura tinglovchisi Leytenant

Ne’matov Rixsitilla Bahodirjon o‘g‘li

Anotatsiya: Sharq mutafakkirlari qarashlarini harbiy ta’limga integratsiya

qilish zarur. Ta’lim dasturlarini boyitish va yangi metodikalarni amalga oshirish

orqali bu muammolarni hal etish mumkin. Muammolarni bartaraf etish uchun

kompleks yondashuv zarur. Axloqiy-ruhiy tarbiya harbiy kadrlar bo‘yicha

strategik bo‘g‘in hisoblanadi.

Anotation: It is necessary to integrate the views of Eastern thinkers into

military education. These problems can be solved by enriching educational

programs and implementing new methodologies. An integrated approach is needed

to troubleshoot. Moral and psychological education is a strategic strand in the

military

Аннотация: Необходимо интегрировать

взгляды

восточных

мыслителей в военное образование. Эти проблемы могут быть решены

путем обогащения образовательных программ и внедрения новых

методологий. Для устранения неполадок необходим комплексный подход.

Морально-психологическое воспитание – это стратегическое удушение для

военнослужащих

Kalit so‘zlar:

Axloqiy

jamioyat

konsepsiyasi,

axloq, odob,

psixoterapiya, axloq tamoyillari, etakchilik, vatanparvarlik, jasorat.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

14

Kirish

Sharqda axloq va odob – asosiy hayot tamoyillari hisoblanadi. Bu tamoyillar

insonning jamiyatdagi o‘rni va rolini belgilaydi. Farobiy, Ibn Sino, Al-Beruniy kabi

olimlarning axloqiy qarashlari jamiyat rivojida muhim rol o‘ynaydi.

Farobiy va axloqiy jamiyat konsepsiyasi:

1.

Axloq tamoyillari

2.

Yetakchilik

3.

Vatanparvarlik

4.

Jasorat

Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida axloq tamoyillari harbiy

xizmatchilar hamda jamiyatning asosi sifatida ko‘rsatilgan. Yetakchilik,

vatanparvarlik va jasoratga oid fikrlar harbiy xizmatchilar uchun muhim

ahamiyatga ega. Al-Farobiy, boshqaruv va axloqiy bilimlar o‘rtasida kuchli

bog'liqlikni ta'kidladi va harbiy rahbarlarni adolat, sabr, sabr-toqat va dono qarorlar

qabul qilishda ruhiy etuklikka ega bo‘lishga chaqirdi. Harbiy xizmatda Farobiy

g‘oyalarini qo‘llash imkoniyatlari keng. Bu g‘oyalar yosh avlodni tarbiyalashda

muhim rol o‘ynaydi.

Alisher Navoiy va axloq - ruhiyat uyg‘unligi:

1.Axloq - insonning jamiyatdagi o‘zini tutish qoidalari.

2.Odob - muomala madaniyati va xulq-atvor me’yorlari.

3.Ruhiy kamolot - insonning ma’naviy yuksalishi.

Alisher Navoiy asarlarida yigitlarning ma‘naviy barkamolligi masalalari

keng yoritilgan. Uning asarlari axloq, odob va ruhiy kamolot uchun asosiy qoida

va hikmatlarni o‘z ichiga oladi. Harbiy xizmat va milliy g‘ururni shakllantirish

bo‘yicha Navoiyning tavsiyalari bugungi kunda ham o‘z isbotini topmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

15

Ibn Xaldun o‘zining mashhur “Muqaddima” asarida harbiy xizmatchilarning

axloqiy va ruhiy rivojlanishiga katta e’tibor qaratgan. Uning fikriga ko‘ra, harbiy

kuchning muvaffaqiyati faqat jangovar kuchga bog‘liq emas, balki davlatni

boshqarishda adolat, insoniyatga hurmat va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni

saqlash qobiliyatiga ham bog‘liq. Ibn Xaldun axloqiy me’yorlarni saqlash va

ijtimoiy adolatni ta’minlashning harbiy muvaffaqiyat uchun ahamiyatini yuksak

baholagan.

Nasir Xusravning qarashlari:

Nasir Xusravning asarlarida axloqiy qadriyatlar va ruhiy tarbiya juda katta

o‘rin tutadi. Uning fikricha, harbiy xizmatchilar nafaqat jang qilishda, balki axloqiy

jihatdan ham mas’uliyatli bo‘lishi kerak. Xusravning axloqiy o‘gitlari

harbiylarning boshqaruv va ma’naviy qadriyatlar bilan birgalikda harbiy

mas’uliyatlarini to‘liq bajarishlarini nazarda tutadi. Ularning harakatlari

insoniyatga foydali bo‘lishi, ezgulik va adolatni tarqatishi kerak deb hisoblaydi.

Buxoriy va Samarqandiy mutafakkirlarining qarashlari:

Sharqda, ayniqsa, Buxoro va Samarqandda yashagan mutafakkirlar ham harbiy

xizmatchilarning axloqiy-ruhiy rivojlanishini muhim deb bilishgan. Ularning

qarashlariga ko‘ra, axloqiy fazilatlar, adolat va vatanparvarlik harbiy

xizmatchilarning asosiy xususiyatlari bo‘lishi kerak. Ular, harbiy xizmatchilarning

ma'naviy va axloqiy shakllanishi, faqat jangovar tayyorgarlikni emas, balki

insonning yuksak axloqiy qadriyatlarini ham rivojlantirish zaruriyatini ko‘rsatib

o‘tishgan.

Shahristoniy qarashlari:

Shahristoniy ham harbiy xizmatchilarni axloqiy va ruhiy jihatdan

rivojlantirishni ta'kidlagan. Uning fikricha, harbiy xizmatchilar, jamiyatni himoya

qilishda muhim rol o‘ynab, o‘zlarini ruhiy jihatdan mukammal bo‘lishga va axloqiy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

16

jihatdan mas'uliyatli bo‘lishga intilishlari kerak. Bu o‘zgarishlar harbiylarning

nafaqat jangda, balki ijtimoiy hayotda ham mas'uliyatli bo‘lishlarini ta'minlashi

kerak deb hisoblagan. Sharq mutafakkirlari, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy

rivojlanishini nafaqat jangovar muvaffaqiyatlar bilan, balki jamiyatning umumiy

yaxshilanishi, adolat, sabr-toqat va insoniyatga xizmat qilish bilan bog'lashgan.

Ular axloqiy qadriyatlarning harbiy xizmatda amalga oshirilishini ta’minlash orqali

harbiylarning faqat jangovar mahoratini emas, balki insoniylik va ruhiy

mukammallikni ham rivojlantirishni maqsad qilganlar.

1. Imom G‘azzoliy: Harbiy Xizmatda Ruhiy Tayyorlik va Axloqiy Fazilatlar

Imom G‘azzoliy, o‘zining axloqiy-ruhiy tarbiya haqidagi g‘oyalarida harbiy

xizmatchilarning tarbiyasiga katta e’tibor bergan. U, harbiylarning faqat jangda

muvaffaqiyatga erishishlari uchun emas, balki axloqiy fazilatlarni rivojlantirishlari

kerakligini ta’kidladi. G‘azaliyning fikriga ko‘ra, harbiylar axloqiy tarbiyani

olganlarida ular jamiyatda adolatni ta’minlashda, rahbarlikda va janglarda ham

samarali bo‘ladi. G‘azaliy o‘z asarlarida, harbiy xizmatchilarning sabr, iymon,

ehtiroslarni boshqarish, va rahm-shafqat kabi axloqiy fazilatlarini shakllantirish

zarurligini ko‘rsatadi. G‘azaliy, harbiy xizmatchilarga ijtimoiy adolatni

ta’minlashda nafaqat jismoniy kuch, balki ruhiy kuch va ma’naviy yetuklik ham

muhimligini tushungan. Ular axloqiy me’yorlarga rioya qilgan holda, jamiyatda

barqarorlik va tinchlikni saqlashga hissa qo‘shadilar.

Shayx Sa’diy: Ma’naviyat va Insoniylik

Shayx Sa’diy, “Guliston” va “Bustan” asarlarida insoniylik va ma’naviyatga

katta e’tibor qaratgan. U harbiylarning nafaqat jangda, balki shaxsiy hayotda ham

axloqiy me’yorlarga amal qilishlarini ta’kidladi. Sa’diy, harbiylarning ma’naviy

rivojlanishining jamiyatga bo‘lgan ta’sirini chuqur tushungan. U harbiylarni

nafaqat jangchilarga, balki jamiyatning axloqiy yetakchilariga aylanishini istagan.

Sa’diy, axloqiy fazilatlarni shakllantirish orqali, harbiylarning o’z hayotlarida


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

17

ijtimoiy barqarorlikni saqlashga yordam beradi deb hisoblagan. Sa’diy o‘z

asarlarida, harbiylarning nafaqat jangdagi, balki ijtimoiy va ma’naviy tarbiyadagi

rollarini ham ta’kidlagan. Ularning ma’naviy yetukligi va axloqiy fazilatlari

jamiyatda ijtimoiy tinchlikni saqlashda muhim omil bo‘lishi kerak deb ta’kidlagan.

Axloqiy-ruhiy tarbiya bo‘yicha tizimlashtirilmagan yondashuv mavjud.

Sharq mutafakkirlari qarashlarini harbiy ta’limga integratsiya qilish zarur. Ta’lim

dasturlarini boyitish va yangi metodikalarni amalga oshirish orqali bu

muammolarni hal etish mumkin. Muammolarni bartaraf etish uchun kompleks

yondashuv zarur. Axloqiy-ruhiy tarbiya harbiy kadrlar bo‘yicha strategik bo‘g‘in

hisoblanadi. Sharq mutafakkirlari g‘oyalari orqali universal yondashuvga erishish

mumkin. Ruhiyatni rivojlantirish milliy va xalqaro tinchlik uchun zamin yaratadi.

Kelajak avlodning ma’naviy barkamolligi - yurtimizning tinchligi va

farovonligining garovidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Karimov I.A.

Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.

– T.: Ma’naviyat,

2008.

2.

Бочкарева, В.В.

Психологическая устойчивость военнослужащих в

экстремальных условиях службы.

— Москва: Воениздат, 2016.

3.

Department of the Army.

Comprehensive Soldier and Family Fitness

(CSF2) Program Overview.

— Washington, D.C., 2019.

4.

Bundeswehr.

Psychologische Betreuung in der Bundeswehr.

— Berlin:

Bundesministerium der Verteidigung, 2021.

5.

Kim, H.S. & Lee, J.Y.

Emotional Resilience Training in the South Korean

Military.

//

Asian Journal of Military Psychology

, 2022, Vol. 5(1), pp. 45–

58.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

18

6.

Ҳусанов, А.Б.

Олий ҳарбий таълим муассасаларида курсантларда

психологик барқарорликни шакллантириш масалалари.

//

Тошкент

ҳарбий академияси илмий журнал

, 2021, №3, б. 22–29.

7.

NATO.

Mental Resilience in Modern Armed Forces: Challenges and

Solutions.

— Brussels: NATO Research Division, 2020.

8.

Бобоев, С.Р.

Ҳарбий хизматчиларда стрессни бошқариш ва руҳий

барқарорликни ошириш йўллари.

– Т.: “Ҳарбий нашр”, 2022.

9.

World Health Organization (WHO).

Mental health promotion and

resilience in military settings.

— Geneva: WHO Publications, 2019.