https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
256
SMART QURILMALAR VA ULARNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI
Alimov Mirkamol Mengliboyevich –
Termiz davlat Pedagogika institute matematika-informatika kafedrasi katta
o‘qituvchisi. E-mail:
Hasanova Dildora Xolmurod qizi-
Termiz davlat Pedagogika instituti 4-kurs matematika va informatika yo’nalishi
talabasi
Annotatsiya:
Bugungi rivojlangan jamiyatda mobil telefon, kompyuter va Internet
tabiat va jamiyatdagi odamlar hayotiy fazosining tabiiy elementlaridan iborat bo‘lgan
yangi raqamli (tarmoqli) avlodining mavjudligini aytish mumkin.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida odatdagi va o‘zining
imkoniyatlari bilan ana’naviy va elektron ta’limni birlashtirishga yetarlicha imkoniyati
chegaralangan ta’limni asta-sekin SMART-ta’lim (smart-education) egallamoqda.
Shuning uchun, jamiyatimizda SMART - ta’limga o‘tish vaqti kelmoqda.
Kalit so‘zlar:
ta’lim texnologiyasi, smart ta’lim, pedagogika, aqilli jamiyat,
axborot, madaniyat, axborot tizimlari, sun’iy intellekt, zamonaviy ta’lim.
Kirish
.
Zamonaviy insonning kundalik hamrohiga aylanib borayotgan axborot
texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida smart ta’lim asta-sekin an’anaviy elek-
tron ta’lim bilan o‘rin almashmoqda. Smart ta’lim kontseptsiyasi hozirda bir qator
tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ko‘pchiligida bir xil talqin qilinmaydi.
SMART qurilmalar asosan ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalariga asoslangan, internetga ulanadigan va foydalanuvchilarga interaktiv
xizmatlarni taklif etadigan qurilmalardir. Bularga quyidagilar kiradi:
•
SMART doskalar
– interaktiv ta’lim uchun mo‘ljallangan elektron
doskalar, ular orqali o‘quvchilar va o‘qituvchilar birgalikda ishlashi mumkin.
•
SMART telefonlar va planshetlar
– mobil ta’lim vositalari sifatida dars
materiallarini ko‘rib chiqish, topshiriqlarni bajarish va masofaviy o‘qitishda
qo‘llaniladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
257
•
SMART televizorlar
– o‘quv materiallarini katta ekranda namoyish qilish
uchun qulay qurilmalar.
•
SMART soatlar
– o‘quvchilarning vaqtni boshqarishi va sog‘lig‘ini
nazorat qilishiga yordam beradi.
SMART ta’lim mutlaqo yangi ta’lim muhiti bo‘lib, unda ta’lim faoliyati Internetda
umumiy standartlar, texnologiyalar va ta’lim muassasalari tarmog‘i o‘rtasida tuzilgan
shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi
ta’limning o‘ziga xos xususiyati yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat’i nazar,
aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya’ni “hamma joyda” ta’lim olish
imkoniyatidir
O‘quvchilar uchun SMART-muhit har bir o‘quvchi uchun individual ta’lim muhiti,
amaliy yo‘nalish, bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishda mustaqillik - ijtimoiy
muhitga muvaffaqiyatli moslashishga imkon beruvchi barcha omillar; uzluksiz
ta’limning smart, fanlararo, talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim tizimlari (maktab, oliy
o‘quv yurti, korporativ o‘qitish); moslashtirilgan o‘quv dasturlari, portfolio;
hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari; ko‘p miqdordagi odatiy funktsiyalarni
avtomatlashtirish; amaliyotchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilish kabilar orqali
ifodalanishi mumkin.
«SMART-ta’lim» tushunchasi. Smart o‘rab turgan atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga
ob’yekt yoki jarayonni bir onda moslashtirishga imkoniyat beradigan xususiyat sifatida,
zamonaviy ijtimoiy rivojlanishda, ayniqsa, ta’limda eng talabli bo‘lmoqda. Smart-
ta’limning yangi konsepsiyasining shakllanishi, ta’lim tizmida yangi iqtisodiy va
ijtimoiy samaralarga erishish va yangi samaradorlik olishga imkoniyat beradigan
axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yutuqlariga asoslanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
258
1-rasm: SMART so’zining ma’nosi.
«SMART-ta’lim» tushunchasini ko‘rib chiqishdan oldin ta’limning ta’rifiga
to‘xtalamiz. «Ta’lim - ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va inson, oila, jamiyat va davlat
manfaatlarida amalga oshiriladigan yagona maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya va ta’lim
jarayonidir, shuningdek insonning intellektual, ma’naviy, axloqiy, ijodiy, jismoniy va
(yoki) kasbiy rivojlanishi uchun, uning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlariga javob
beradigan ma’lum bir miqdor va murakkablikning erishiladigan bilimlari, ko‘nikmalari,
qobiliyatlari, qadriyatlari, faoliyat tajribalari va kompetensiyalari yig‘indisidir».
SMART- ta’lim (education) - mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir; butun jahon
bilimlarni foydalanish va passiv kontentdan faol kontentga o‘tish uchun o‘qituv- chi,
mutaxassis va talabalarning kuchlarini, ya’ni ta’lim faoliyatini birlashtirishdir.
SMART - ta’lim - umumiy standart, texnologiyalar va o‘quv yurtining tarmog‘i va
professoro‘qituvchilar tarkibi orasidagi kelishuvlar negizida internetda ta’lim faoliyatini
tashkil etishdan iboratdir.
SMART qurilmalar internetga ulangan, aqlli tizimlar asosida ishlaydigan elektron
vositalardir. Ular o‘z ichiga smartfonlar, planshetlar, aqlli doskalar, e-kitob o‘quvchilar
(e-readers), virtual haqiqat ko‘zoynaklari va boshqa ko‘plab moslamalarni qamrab oladi.
Ushbu qurilmalar yordamida axborotga tezkor kirish, uni qayta ishlash va o‘zaro
almashish imkoniyati mavjud.
Aqlli qurilma – boshqa qurilmalar yoki tarmoqlarga turli simsiz protokollar
(masalan, Bluetooth, Zigbee, NFC, Wi-fi, NearLink, Li-Fi yoki 5G) orqali ulangan
S
Specific
Aniq
M
Measurable
O‘lchovli
A
Attainable
Erishiladigan
R
Relevant
Dolzarb
T
Timely
Muddatli
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
259
elektron qurilma hisoblanib, u interfaol va avtonom tarzda ishlashi mumkin.
Smartfonlar, aqlli kalonkalar, smart avtomobillar, smart eshik qoʻngʻiroqlari, aqlli
qulflar, Smart-muzlatgich, planshetlar, aqlli soatlar, fitnes bilakuzuklari, aqlli
koʻzoynaklar va boshqalar aqlli qurilma hisoblanadi. Ushbu atama keng tarqalgan
hisoblashlarning baʼzi xususiyatlari, jumladan mashina oʻrganuvida ham qoʻllanishi
mumkin.
SMART qurilmalar – internetga ulangan, aqlli dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan va
foydalanuvchining ehtiyojlariga mos ravishda ishlaydigan texnologik vositalardir.
Bularga quyidagilar kiradi:
•
smartfonlar
•
planshetlar
•
elektron kitoblar o‘quv moslamalari
•
aqlli doskalar (smartboards)
•
virtual haqiqat qurilmalari
•
aqlli soatlar va boshqa texnologik gadjetlar.
Smart qurilmalarning afzalliklari: ma'lumotlarga ega bo'lish tezkor aloqa qulaylik:
avtomatlashtirish.
Bu bizga o’z o’rnida foydalanuvchilarga vaqt va kuch tejash , kundalik vazifalarni
avtomatik bajarish , statistikani kuzatish va tahlil qilish va qurilmalar bir-biri bilan
tezkor aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini beradi. Albatta har bir narsaning kamchiligi
bo’lgani kabi smart qurilmalarining ham kamchiliklari bor bular:
Smart qurilmalar taʼlim jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘qitish va
o‘rganish jarayonlarini yanada samarali, interaktiv va qiziqarli qilish imkonini beradi.
Quyida ularning taʼlimdagi asosiy foydalari va qo‘llanilishi keltirilgan:
Interaktiv taʼlim vositalari
-Smart qurilmalar taʼlimni faqat kitob va daftar bilan
cheklamay, interaktiv usullar orqali boyitadi. Masalan:
Planshetlar va smartfonlar yordamida elektron kitoblarni o‘qish, video darslarni
tomosha qilish mumkin.
Smart doskalar darsni vizual tarzda tushuntirish uchun ishlatiladi.
Masofaviy taʼlim imkoniyatlari
-Smart qurilmalar orqali:Onlayn darslar va
vebinarlar tashkil qilish.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
260
Virtual sinflar yaratish
(Zoom, Microsoft Teams, Google Classroom kabi
platformalar). Taʼlim resurslariga global darajada kirish imkoniyati.
Smart qurilmalar yordamida O‘quvchining bilim darajasiga moslashuvchan taʼlim
dasturlarini ishlab chiqish.
Sunʼiy intellekt asosida har bir o‘quvchining qobiliyatlarini tahlil qilish va unga
mos topshiriqlarni tavsiya etish.
Tajriba va laboratoriyalarni simulyatsiya qilish-
Virtual va kengaytirilgan
reallik texnologiyalari (VR va AR) orqali murakkab tajribalarni xavfsiz va arzon usulda
o‘tkazish mumkin. Masalan, kimyo, fizika yoki biologiya laboratoriyalarini
simulyatsiya qilish.
O‘quv materiallaridan unumli foydalanish-
Elektron kitoblar va raqamli
materiallar qog‘ozga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.
Maʼlumotlarni bulutli saqlash texnologiyalari (Google Drive, OneDrive) orqali
istalgan joydan kirish imkoniyati.
Sog‘lom raqobat va motivatsiya-
Mobil ilovalar va o‘yinlar yordamida
o‘quvchilarning bilimini oshirish va raqobat muhitini yaratish mumkin.
Misol uchun, Duolingo kabi ilovalar orqali chet tillarini o‘rganishda o‘quvchilar
reyting tizimida ishtirok etadi.
Nogironligi bor bolalar uchun imkoniyatlar-
Smart qurilmalar maxsus ehtiyojli
o‘quvchilar uchun ham katta yordam beradi: matnni ovozga aylantirish, ovozni matnga
aylantirish texnologiyalari. Ko‘zi ojizlar uchun braille displeyli qurilmalar.
eshitish qobiliyati past bolalar uchun subtitrli materiallar.
Taʼlim sohasida smart qurilmalardan samarali foydalanish uchun ularni to‘g‘ri
boshqarish va pedagogik maqsadlarda qo‘llash juda muhim.
Hozirgi zamonaviy ta’lim tizimi texnologiyalarga asoslangan holda rivojlanmoqda.
Smart qurilmalar bu jarayonda o‘ziga xos inqilobiy o‘zgarishlar olib kirdi. Ushbu
maqolada smart qurilmalar nima ekanligi, ularning afzalliklari va ta’lim sohasidagi o‘rni
haqida batafsil so‘z yuritdik.
SMART qurilmalardan foydalanishning xam ayrim qiyinchiliklari mavjud.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
261
Qurilmalar va dasturiy ta’minotni sotib olish xarajatlari yuqoriligi, internetga
ulanmaslik yoki past tezlikli internet mavjudligi, o‘qituvchilarning texnologik
savodxonligi darajasining yetarli bo‘lmasligi, o‘quvchilarning SMART qurilmalarga
haddan ziyod bog‘lanib qolish ehtimoli bilan ajralib turadi.
Xulosa
qilib shuni aytishimiz mumkinki SMART qurilmalar ta’lim tizimining
zamonaviy bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qilmoqda. Ular ta’lim jarayonlarini yanada
samarali, interaktiv va qiziqarli qiladi. Shunga qaramay, bu texnologiyalardan oqilona
foydalanish va mavjud qiyinchiliklarni bartaraf etish lozim. Faqat shu yo‘l bilan
SMART qurilmalar orqali ta’lim sifatini yanada oshirishga erishish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. «Informatika va Hisoblash texnikasi asoslari» A.A.Abduqodirov: Toshkent
«O’qituvchi» 2018 yil
2. «Informatika va Hisoblash texnikasi asoslari» B.Boltaev, M. Maxkamov,
A.Azamatov: Toshkent «O’qituvchi» 2019 yil
3.
Alimov,
MM
Informatika
va
axborot
texnologiyalari
faniga
integratsiyalashgan mediata'limni tashkil etish. Uchenyy XXI veka. Moskva
mejdunarodnyy nauchnyy jurnal ISSN , 2410-3586.
4. Alimov, M. M. (2023). Mediata’lim sohasida interaktiv multimedia
xizmatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. Educational research in
universal sciences, 2(12 special), 160-166.
5. Mengliboyevich, A. M., & Abdug‘aniyevich, A. Y. (2024). Web dizayn, web
saytlar interaktiv ilovalar yoki mobil interfeyslar tashkil etish bosqichlari. Лучшие
интеллектуальные исследования, 20(2), 136-141.
6. Alimov, M. M. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish
bo’yicha ta’lim samaradorligini oshirishda fan to‘garaklarining axamiyati. Журнал
номи международный научно-образовательный электорнный журнал
«Образование и наука в XXI века, 2.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
262
7. Mengliboyevich, A. M. (2024). Development of media literacy of students in
the process of studying informatics and information technologies in our
country. Web of teachers: inderscience research, 2(6), 113-118.
8. Alimov, M. M. Информатика ва ахборот технологиялари фанига
интеграциялашган медиатаълимни ташкил этиш. Ученый XXI века. Москва
международный научный журнал issn, 2410-3586.
9. Alimov, M. Информатика ва ахборот технологиялари фанини ўқитишда
медиатаълимга асосланган “Ўқитишнинг беш поғонали метод”идан
фойдаланиш орқали ўқувчилар фаоллигини ошириш Elektron ta’lim”–
“Электронное обучение”–“E-learning” september, 2022.
10. Mengliboyevich, A. M. (2025). INFORMATIKA VA AXBOROT
TEXNOLGIYALARI
FANIDAN
DARSDAN
TASHQARI
MASHG'ULOTLARDA O'QUV VA IJTIMOIY KONTENTLAR YARATISH
METODIKASI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ, 61(1), 86-93.
11. Mengliboyevich, A. M., & Iroda, X. (2025). TA’LIM JARAYONIDA 3D
MODELLASHTIRISH
VA
DIZAYN
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ, 61(1), 94-100.
12. Mengliboyevich, A. M. (2025). TA’LIM JARAYONIDA VIDEO-
USULDAN
FOYDALANISH
USULI. DUNYODA
TA'LIM,
FAN
VA
INNOVATSIYA G'OYALARI , 61 (1), 80-85.
10. Alimov, M. M. (2022). Kompyuter fani va axborot texnologiyalari bilan
integratsiya oav ta’limni tashkilot. 21-asr olimi , (5-2(86)), 43-48.