Авторы

  • Alimov Mirkamol Mengliboyevich
  • Alimov Yo’lchi Abdimo’minovich
  • Shobiddinova Dilnavoz Toshtemirovna

Биографии авторов

  • Alimov Mirkamol Mengliboyevich

    Termiz davlat Pedagogika instituti katta o‘qituvchisi.

  • Alimov Yo’lchi Abdimo’minovich

    Termiz davlat Pedagogika instituti  Matematika va informatika yo'nalishi

     4- bosqich talabasi

  • Shobiddinova Dilnavoz Toshtemirovna

    Termiz davlat Pedagogika instituti  Matematika va informatika yo'nalishi

     4- bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99273

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: multemediya mediatexnologiya iSpring Suite interaktiv texnologiyalar virtual borliq videokonferensiya.

Аннотация

Anotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim tizimida multimedia vositalari va ulardan foydalanish haqida so’z boradi. Pedagogik vositalardan iSpring Suite dasturi haqida alohida e’tibor qaratilsa tizimda yutuqlarga erishilishi yuzasidan to’xtalib o’tilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

248

MULTIMEDIA VOSITALARI VA ULARDAN TA’LIM TIZIMIDA

FOYDALANISH

Alimov Mirkamol Mengliboyevich

Termiz davlat Pedagogika instituti katta o‘qituvchisi.

e-mail:

mirkamol197727@gmail.com

Alimov Yo’lchi Abdimo’minovich-

Termiz davlat Pedagogika instituti Matematika va informatika yo'nalishi

4- bosqich talabasi

Shobiddinova Dilnavoz Toshtemirovna

Termiz davlat Pedagogika instituti Matematika va informatika yo'nalishi

4- bosqich talabasi

Anotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim tizimida multimedia vositalari va ulardan

foydalanish haqida so’z boradi. Pedagogik vositalardan iSpring Suite dasturi haqida

alohida e’tibor qaratilsa tizimda yutuqlarga erishilishi yuzasidan to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar: multemediya, mediatexnologiya, iSpring Suite, interaktiv

texnologiyalar, virtual borliq, iSpring Suite, videokonferensiya.

Asosiy qism. Multimediya vositalari (multimedia – ko’p vositalilik) - bu insonga

o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan

foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy

vositalar majmuidir.

Multimedia - ta’lim tizimidagi gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar

texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: -axborotning

xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq,

musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir

dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

249

-bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli

qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, smart televizor, smart qurilmalar, videokamera,

elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;

-muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli

ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi.

Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun

markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish

qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira hajm va

kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar

oshirilishi talab etiladi.

Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va o’quvchilarga ta’lim

berish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.

Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy

vositalari asosida audio, video, matn, grafika va 3D animatsiya (ob'yektlarining fazodagi

xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning

mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir. Avvalombor, o’quv jarayonida zamonaviy

kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligining kaliti xisoblanadi.

Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o’quvchilarga ta'lim berish va qayta

tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali

mutaxassislarni kamol toptiradi.

Mamlakatimizdagi barcha o’quv yurtlarini masofaviy ta’lim uslubi asosida

birlashtirilganligi, o’qitish jarayonini yanada yuqori pog’onaga olib chiqadi.

Masofaviy ta’lim uslubi asosida o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi:

Interaktiv texnologiyalar:

- audiokonferensiyalar ;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

250

- videokonferensiyalar ;

- ish stolidagi videokonferensiyalar ;

- elektron konferensiyalar ;

- ovoz kommunikatsiyalari ;

- ikki tomonlama sputnik aloqa ;

- virtual borliq ;

Masalan, multimediali texnologiyalarining, konferensiya vositalarining va

multimedia kompyuterlarining mavjudligi Internet tarmog’i orqali video-

konferensiyalarni yo’lga qo’yishga imkoniyat berdi. Shunday qilib, bunday ulkan

axborotlashgan tarmoq o’quvchilarning masovafiy ta’lim asosida bilim olishlari uchun

vaqti yoki joylashuviga qaramasdan keng sharoit yaratib beradi.

Interfaol doskalar, proyektorlar, smart televizorlar, mobil aloqa vositalari haqidagi

ma’lumotlar ular tomonidan kitob ma’lumotlariga qaraganda ancha yaxshi qabul

qilinishi sir emas. Sifatli yangi darajada pedagogik muloqot masalasi hal qilinadi [4].

Bugungi multimediyali tizimlarni ko’rish uchun foydalanilayotgan kompyuterning

hisoblash quvvatini oshirishigina yetarli emas, buning uchun qo’shimcha apparatli

qo’llab-quvvatlash analogli audio va videosignallarni raqamli ekvivalentga qo’shish va

uning teskarisi uchun zarur bo’lgan analogli-raqamli va raqamli-analogli o’zgartirgich

videoprotsessorlar, dekoderlar maxsus integral chizmalar va boshqalar ham zarur.

Ushbu maqolada multimediali elektron testlarni yaratish uchun iSpring Suite

dasturidan foydalanamiz. Bunda qo’llanadigan texnologiyalar dasturida quyidagi

ketma-ketlikni amalga oshiramiz:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

251

1-qadam Ispring dasturiga kiramiz quyidagi 1-rasm paydo bo’ladi. iSpring Suite

2-rasm Ispring dasturini ustiga bosib kirilganda quyidagi oyna ochiladi.

2-qadam Test bo’limiga kirib "Новый тест” bo’limiga tashrif buyuramiz

3-rasm "Новый тест” bo’limiga kirsak quyidagi oyna ochiladi.

3-qadam "Новый тест” bo’limiga kirsak 4-rasm ochiladi bunda yuqori qismiga

“sarlavha” pastki qismiga “Testni boshlash uchun bosing deb yoziladi”.

4-rasm Sarlavha qismi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

252

4-qadam Одиночный выбор tanlanadi undan va test kiritiladi.

6-rasm Test kiritish bo’limi

5-qadam yuqori qismiga testning savolini yozamiz pastki qismiga testning

variantlarini birin ketin yozamiz.

Test yaratib bo’lgandan keyin “Публикация” bo’limiga kirsak quyidagi holat

paydo bo’ladi. Bunda «WEB», «iSpring cloud», «iSpring Online», «CDO», «Word»,

bo’limlari ochiladi. Bunda biz o’zimizga kerak bo’lgan bo’limni tanlaymiz. Testga

hattoki rasmlar, video va audio lavxalar qo’shish bilan testning mazmunini boyitish

mumkin.

Testni boshlagdan so’ng yaratgan testlarni ketma-ketligi ko’rishimiz mumkin.

To’g’ri javob belgilaganizdan keyin sizga to’g’ri yoki xato degan javoblarni ko’rsatadi.

Keyingi testga belgilamasdan o’tib bo’lmaydi. Orqa fonga o’zingiz istagan fon

tanlashingiz mumkin. Har bir savolga interaktiv yondashishingiz mumkin bu bilan

o’quvchi ongiga sezilarli darajada ta’sir etgan bo’lasiz. Bundan ko’rinib turibdiki siz

o’ylagan natijaga erishasz.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

253

7-rasm. Interaktiv test yaratish jarayoni

Elektron test tizimlari ta’lim tizimida o‘quvchilarning natijalarini avtomatik tarzda

qayd etib, ularni tahlil qilish uchun qulay vositalar taqdim etadi. O‘qituvchilar testlarni

o‘tkazganidan so‘ng natijalar yuzasidan tezkor tahlil olib, qaysi mavzularni yaxshilash

kerakligini aniqlashlari mumkin. Testlarning savollarini qiyinlik darajasiga qarab

taqsimlash zarur. Yengil savollardan boshlab, keyin o‘rta daraja va keyin murakkab

savollarni kiritish tavsiya etiladi. Bu o‘quvchilarga o‘z bilim darajasini yanada oshirish

imkonini beradi. Ko’rib turganimizdek bu test dasturi ochiladi testni yakunlasak bizga

natija ko’rsatadi.

Xulosa

. Mutimediali taqdimot – bugungi kunda ta’lim tizimida axborot taqdim

etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar,

slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch

o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot

taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va

interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi

faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Ta’lim tizimida iSpring Suite orqali bir necha

imkoniyatga ega bo’lgan interfaol testlar, video kontentlar, ekranni yozib olish, elektron

darsliklar yaratish mumkin ekanligi haqida to’xtalib o’tildi.

Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

254

taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha

soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni

o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash

muddatining o’zoqligini ta'minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. «Informatika va Hisoblash texnikasi asoslari» A.A.Abduqodirov: Toshkent

«O’qituvchi» 2018 yil

2. «Informatika va Hisoblash texnikasi asoslari» B.Boltaev, M. Maxkamov,

A.Azamatov: Toshkent «O’qituvchi» 2019 yil

3. Alimov, MM Informatika va axborot texnologiyalari faniga integratsiyalashgan

mediata'limni tashkil etish. Uchenyy XXI veka. Moskva mejdunarodnyy nauchnyy

jurnal ISSN , 2410-3586.

4. Alimov, M. M. (2023). Mediata’lim sohasida interaktiv multimedia

xizmatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. Educational research in universal

sciences, 2(12 special), 160-166.

5. Mengliboyevich, A. M., & Abdug‘aniyevich, A. Y. (2024). Web dizayn, web

saytlar interaktiv ilovalar yoki mobil interfeyslar tashkil etish bosqichlari. Лучшие

интеллектуальные исследования, 20(2), 136-141.

6. Alimov, M. M. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish bo’yicha

ta’lim samaradorligini oshirishda fan to‘garaklarining axamiyati. Журнал номи

международный научно-образовательный электорнный журнал «Образование и

наука в XXI века, 2.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

255

7. Mengliboyevich, A. M. (2024). Development of media literacy of students in the

process of studying informatics and information technologies in our country. Web of

teachers: inderscience research, 2(6), 113-118.

8. Alimov, M. M. Информатика ва ахборот технологиялари фанига

интеграциялашган медиатаълимни ташкил этиш. Ученый XXI века. Москва

международный научный журнал issn, 2410-3586.

9. Alimov, M. Информатика ва ахборот технологиялари фанини ўқитишда

медиатаълимга асосланган “Ўқитишнинг беш поғонали метод”идан фойдаланиш

орқали ўқувчилар фаоллигини ошириш Elektron ta’lim”–“Электронное

обучение”–“E-learning” september, 2022.

10. Mengliboyevich, A. M. (2025). INFORMATIKA VA AXBOROT

TEXNOLGIYALARI FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG'ULOTLARDA

O'QUV

VA

IJTIMOIY

KONTENTLAR

YARATISH

METODIKASI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 61(1), 86-93.

11. Mengliboyevich, A. M., & Iroda, X. (2025). TA’LIM JARAYONIDA 3D

MODELLASHTIRISH VA DIZAYN TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 61(1), 94-100.

12. Mengliboyevich, A. M. (2025). TA’LIM JARAYONIDA VIDEO-USULDAN

FOYDALANISH USULI. DUNYODA TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYA

G'OYALARI , 61 (1), 80-85.

10. Alimov, M. M. (2022). Kompyuter fani va axborot texnologiyalari bilan

integratsiya oav ta’limni tashkilot. 21-asr olimi , (5-2(86)), 43-48.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Alimov Mirkamol Mengliboyevich, Hasanova Dildora Xolmurod qizi, SMART QURILMALAR VA ULARNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 37 № 2 (2025)

Alimov Mirkamol Mengliboyevich, Alimov Yo’lchi Abdimo’minovich, Shobiddinova Dilnavoz Toshtemirovna, MULTIMEDIA VOSITALARI VA ULARDAN TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANISH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 37 № 2 (2025)

Alimov Mirkamol Mengliboyevich, Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizi, 3D STUDIO MAX DASTURI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 37 № 2 (2025)

Alimov Mirkamol Mengliboyevich, Alimov Yo’lchi Abdimo’minovich, Shobiddinova Dilnavoz Toshtemirovna, MULTIMEDIA VOSITALARI VA ULARDAN TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANISH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 37 № 2 (2025)

Alimov Mirkamol Mengliboyevich, Alimov Yo’lchi Abdimo’minovich, Shobiddinova Dilnavoz Toshtemirovna, MULTIMEDIA VOSITALARI VA ULARDAN TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANISH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 37 № 2 (2025)

Alimov Mirkamol Mengliboyevich, Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizi, 3D STUDIO MAX DASTURI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 37 № 2 (2025)

Alimov Mirkamol Mengliboyevich, Hasanova Dildora Xolmurod qizi, SMART QURILMALAR VA ULARNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 37 № 2 (2025)

Alimov Mirkamol Mengliboyevich, Hasanova Dildora Xolmurod qizi, SMART QURILMALAR VA ULARNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 37 № 2 (2025)

Alimov Mirkamol Mengliboyevich, Yariyeva Shahnoza Baxtiyor qizi, 3D STUDIO MAX DASTURI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 37 № 2 (2025)

Alimov Mirkamol Mengliboyevich, Hasanova Dildora Xolmurod qizi, SMART QURILMALAR VA ULARNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 37 № 2 (2025)

1 2 > >>