https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
153
TOG‘AY MUROD QISSALARIDA MAQOL JANRINING
QO‘LLANILISHI
Otaboyeva Dilnoza
Urganch Ranch texnologiya universiteti o‘qituvchisi
Quryozova Karomat Javlonbek qizi
Urganch Ranch texnologiya universiteti 2-kurs talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada, Tog‘ay Murod asarlaridagi folkor
an'analarining o‘ziga xos janr xususiyatlari tahlil qilindi. Maqollarning nasrdagi,
hayot haqiqatlari bilan mujassamlashganiga, tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo‘lganiga, ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida, yetakchi o‘rin sifatida
adabiyot va san'atda muhim o‘ringa ega ekanligiga, uning asarlarida maqollar
milliy urf-odat va xalq hayotini yanada jonlashtirishda muhim ahamiyat kasb
etgan.
Kalit so‘zlar: maqol, xalq og‘zaki ijodi, sav, otalar so‘zi, mehnat, shoir
ijodi.
Aннотатция. В данной статье подробно проанализированы
жанровые особенности фольклорных традиций в творчестве Тогая Мурада.
Также такие известные рассказы писателя, как «Песня земли Момо» и
«Звезды горят вечно», раскрывают художественно-эстетические и
духовно-воспитательные задачи использования национальных традиций,
общечеловеческих ценностей, особенно пословиц. Это помогает понять
гармонию национальных и современных элементов в узбекской прозе.
Ключевые слова: пословица, фольклор, сав, отцовское слово, труд,
труд поэта.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
154
Annotation. In this article, specific genre features of folkloric traditions in
the works of Togay Murad were extensively analyzed. Also, the writer's famous
stories such as "Momo Earth Song" and "Stars burn forever" revealed the artistic-
aesthetic and spiritual-educational tasks of using national traditions, human
values, especially proverbs. This serves to understand the harmony of national and
modern elements in Uzbek prose.
Key words: proverb, folklore, sav, word of fathers, work, poet's work.
Maqol-xalq og‘zaki janri hisoblanib, muayyan aniq shaklga ega bo‘lgan,
chuqur, mazmunli qisqa va lo‘nda , obrazli va obrazsiz, mantiqiy va grammatik
tugallangan ma'noli, hikmatli iboradir. Maqollar, xalq o‘zining hayotiy
tajribasidan olgan xulosalarini, mulohazalari orqali ifodalagan. O‘zbek maqollari
mavzusiga qarab xilma-xil va rang -barangdir. Maqollarda xalqning hayotiy
tajribalari, tarixi, hayoti, ijobiy va salbiy fazilatlarlari mujassamlashib, asrlar
mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda shaklda yetib kelgan
.Maqollar ham mavzusiga ko‘ra turli xil mavzularda yoritiladi. Masalan, Vatan,
mehnat , ilm-hunar, do‘stlik, ahillik, til, sevgi va muhabbat kabi mavzularda ham
xalqqa taqdim etilgan. Maqollarning asosiy xususiyati mazmun va shaklning teng
birligi, ko‘p hollarda qofiyadoshlik, ba'zan ko‘p ma'nolilik maqollarda
ifodalanayotgan fikr va mazmun keng qamrovli bo‘ladi. Buning yorqin misolini
Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asaridan keltirilgan namunalarga
murojaat qilamiz. Masalan "Besh qo‘l barobar emas"[1] Bundan kelib chiqadiki
hamma ham bir xil emas degan ma‘noni ilgari suradi. Bundan ming yil avval
ajdodlarimiz maqollarni "sav" deb ataganlar. Maqollarni yana "Otalar so‘zi -
aqlning ko‘zi" , "O‘zbekcha otalar so‘zi ", " O‘zbek xalq maqollari" ham
deyishgan . Maqollar ko‘p asrlik kuzatishlar, turmush tajribalari zamirida yuzaga
kelgan fikrlarni ixcham shaklda ifodalanib kelinmoqda. Deyarli barcha asarlarda
maqollarni uchratishimiz, o‘sha zamon turmush tarzi, obrazlarning ruhiyatini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
155
ochib berishga xalq og‘zaki ijodi namunalaridan bahramand bo‘lishimizda Tog‘ay
Murodning eng sara namunalarida uchratishimiz mumkin. Tog‘ay Murodning
"Momo yer" qissasida "Yo‘l azobi-go‘r azobi", "Qishning ğamini yozda ye",
"Otdan tushsa-da uzangidan tushmadi", "Yetti o‘lchab bir kes" kabi maqollarni
uchratishimiz mumkin.Masalan
Endi, ko‘nglingizga olmang-u, shu ota-bobongiz ismi sharifida gap
ko‘p.Ota bobolarimiz "yetti o‘lchab bir kes"ib, ismi sharif qo‘yadi. Hech bandani
ota-bobosi ismi sharifidan judo etmasin. [2.] deya aytib o‘tilgan.
Tog‘ay Murodning" Yulduzlar mangu yonadi" asarida ham shu kabi
maqollarni uchratishimiz mumkin. Masalan "Menga qara, zo‘r-zo‘rlarini bir yerga
yig‘ sho‘rchiliklar kepti... Tushundingmi? O‘zing bosh bo‘l. Qurga tartib bilan
chiqar. Shoshma, yetti o‘lchab bir kes. Sho‘rchiliklarga o‘ngi chapiga e'tibor qil.
Ushbu maqolda kurashda yoinki har qanday ishda shoshqaloqlik yaramasligi yetti
o‘lchab bir kesish kerakligi ko‘pni ko‘rgan Bo‘ri polvon tilidan berilmoqda.[3]
Tog‘ay Murodning ikkala asarida ham bir xil maqol qo‘llangan lekin ikki xil
vaziyat, ikki xil muammo, lekin ikkalasida ham bir xil ma'no kasb etgan. Odam
qiliyotgan ishini yaxshilab o‘ylab, rejalashtirib, keyin qaror qabul qilish kerak
degan fikrlar ilgari surilgan. Bu maqollarning tubida "mehnat " so‘zi yashirin
ma'noda qo‘llangan.
Tog‘ay Murodning "Momo yer" qissasida "Mayli, hali hozir askarlik havosi
bor. Keyin -keyin o‘ziga keladi, deya o‘yladi. Ammo askar o‘ziga kelmadi.
Mo‘ysafid otasi toqati toq bo‘ldi, otasi yorildi: Ulim, erta birov aytgan akan,
otangni ko‘rdim - ahmadi forig‘, enangni ko‘rdim- tovoni yoriq, deb. Otang shul,
enang shul, qo‘y endi, o‘z tilingda gapir.[2.3]
Mazkur asarda ushbu maqolning tahlilini berib o‘tadigan bo‘lsak, Xumor
momo choli va uning askarlikdan qaytgan o‘g‘li haqida, to‘g‘ri u paytlari
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
156
askarlikdan sog‘ omon qaytish qanchalar quvonchli bo‘lgan.Lekin tilini sotib
kelsin degani emas-ku, bu yerda Bahrom ismli qahramonimiz haqida gap ketyapti,
u uyiga qaytganiga bir necha kun o‘tganiga qaramay hamon rus tilida gapirishda
davom etaverdi. Otasi ha mayli hali askarlik havasi bilan yuribdi deya indamadi,
keyinchalik o‘g‘lim yetar endi, o‘z tilingda gapir otangning enangning ahvoli shu
biz mana seni katta qildik askarlikka yubordik sen uchun qancha mehnat qildik ,
qo‘y endi o‘z tilingda gapir, tiling bilan emas, mehnating samarasi bilan elga
tanil. O‘z harakating, aqling mehnating bilan o‘zingni ko‘rsat degan ma'noda
yuqoridagi maqol qo‘llangan.
Tog‘ay Murodning har bir asarida o‘ziga xos chuqur ma'no yashiringan,
uning har bir asarida maqollarni qo‘llashi, insonning eslab qolish qobiliyati,
asarning mohiyati esa maqolning o‘zida mujassam bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Uning asarlarini o‘qir ekanmiz xalq o‘g‘zaki ijodimiz qanchalar boy ekanligiga
guvoh bo‘lamiz. Chunki uning har bir asarida maqol namunalarini uchratishimiz
mumkin.
Maqol janrini yanayam chuqurroq o‘rganar ekanmiz, maqollarda yengil
yumor, o‘rinli kesatiq, kuchli tasdiq, xalqimiz tarixini mukammal ochib bera
oladigan mukammal haqiqatlar, biror bir ishni amalga oshirishdagi tasdiq va inkor
ma'nolarida ham ishlatiladi. Bu jihatlar esa maqollarning asrlar davomida
og‘izdan-og‘izga o‘tib yashashini va halihanuz insonlar tilidan tushmay
kelayotgani buning yorqin dalilidir. Tog‘ay Murod o‘z asarlarida xalq tafakkurini,
urf-odatlarini va o‘zbek mentalitetiga xos qarashlarni yetkazishda maqollardan
unumli foydalangan. Bu uslub asarlarni milliy ruh bilan boyitgan va o‘quvchiga
yanada yaqin kelgan. Tog‘ay Murod maqollarni quruq takrorlamay, ularni ma'no
jihatidan asar ruhiga mos tarzda ishlatgan. Natijada, qissalar yanada tabiiy,
ta'sirchan va hayotiy ruhda yozilgan. Uning maqollardan foydalanish uslubi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
157
adabiyotimizda xalqona til va falsafiy chuqurlikni uyg‘unlashtirishning yorqin
namunalaridan biridir.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz kerakki, maqollar hayotiy tajribalar
mahsuli hisoblanishi, insonlarning kundalik hayotida uchraydigan holatlar, xatolar
va yutuqlarga asoslangan. Maqollar insonlarni fikrlashga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga
va hayotiy tajribalardan saboq olishga chorlaydi. Shu sababdan xalq o‘g‘zaki
ijodimiz halihanuz xalq orasida sevib qo‘llanib kelinmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O.Madayev, T.Sobitova. Xalq og‘zaki poetik ijodi. Sharq nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent: 2010.(33-34) bet
2. Tog‘ay Murod "Momoyer qo‘shig‘i" qissasi 3- bet.
3. Tog‘ay Murod."Yulduzlar mangu yonadi" -Toshkent .:"Sharq", 2009.
4. To‘ra Mirzayevning "O‘zbek xalq maqollari" -Toshkent.:"Sharq", 2016.