Chet tillarini o’qitishda onlayn ta’limning xorijdagi yutuq va muammolari | Перспективы внедрения зарубежных инновационных идей и технологий в преподавании иностранных языков в новом Узбекистане

Chet tillarini o’qitishda onlayn ta’limning xorijdagi yutuq va muammolari

CC BY f
90-92
3
Поделиться
Алиева, И., & Муратов, К. (2022). Chet tillarini o’qitishda onlayn ta’limning xorijdagi yutuq va muammolari. Перспективы внедрения зарубежных инновационных идей и технологий в преподавании иностранных языков в новом Узбекистане, 1(1), 90–92. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/technologies-language-teaching/article/view/30462
Ирода Алиева, Узбекский государственный университет мировых языков
Научный консультант
Карим Муратов, Узбекский государственный университет мировых языков
3 факультет 1 курс
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Biz bilamizki bugungi davrda online darslarga e’tibor oshib bormoqda va bu sohaga barcha yerda talab oshib bormoqda. Bu borada turli zamonaviy qurulmalar va metodikalar yaratilmoqda. Bu usul bazi fuqarolarga ma’qul va boshqalarga ma’qul kelmaydi.


background image

90

CHET TILLARINI O’QITISHDA ONLAYN TA’LIMNING XORIJDAGI

YUTUQ VA MUAMMOLARI

Ilmiy rahbar: Aliyeva Iroda Abdusattarovna

Muallif: Muratov Karim Ismatilla o’g’li

O’zDJTU 3-fakultet 1-kurs

Annotatsiya

:Biz bilamizki bugungi davrda online darslarga e’tibor oshib bormoqda

va bu sohaga barcha yerda talab oshib bormoqda. Bu borada turli zamonaviy
qurulmalar va metodikalar yaratilmoqda. Bu usul bazi fuqarolarga ma’qul va
boshqalarga ma’qul kelmaydi.

Uzoq masofada ta’lim tizimi, fanlarni har qanday yerda o’zlashtira olish ko’nikmasi,
bir vaqtda ko’plab insonlarga yagona malakali ustozlarning dars o’ta olishi, dars
vaqtlarining o’quvchiga moslashishi kabi foydali tomonlari bor. Internet yomon
bo’lsa, fanni o’zlashtirish- dagi qiyinchiliklar, o’z vaqtida savolga javob topa
olmaslik, darsga mas’uliyat bilan qaray olmaslik, keraksiz narsalarga chalg’ib ketish
kabi zararli tomonlari bor. Hayot go’yo o’qish, izlanishdan iboratdek, insonlar ham
tinimsiz o’z ustilarida ishlashlari kerak. Agar bu izlanishlardan biroz toxtashsa ular
boshqalardan orqada qola boshlashadi. Ularda turli tushunmovchiliklar boshlanadi.
Shuning uchun insonlar izlanishdan va o’rganishdan to’xtay olishmaydi. Va bu
izlanishlarning ortida manfaat ham yotadi. Toki yaxshi bilimga, malakaga va ish
saloxiyatiga ega odamlar yaxshi kasblarni egallay olishadi. Balkim, shuning uchun
ham odamlar izlanishdan, bir-birlari bilan baxslashishdan toxtay olishmas. Hayotda
izlangan inson imkon topa olgani kabi har kim izlansa o’z hayotini o’zgartirishga
imkon topa oladi. Buning uchun o’sha insonda bu ishni qilish uchun istak bolsa
kifoya. To’g’ri, barcha muvaffaqiyatning zamirida ulkan mehnat mavjud bo’ladi,
ammo o’sha ishni qila olishimiz uchun avvalo istak yoki ehtiyoj bolishi va o’sha
insonda bu ishni qila olishga ishonch ham bo’lishi kerak. Bugungi kunda o’z ustida
izlanishi va o’zlaridagi savollarga malakali ustozlardan har qanday yerda javob topish
imkoniyati mavjud. Bu onlayn ta’limdir.

Bugungi kunda bu sohaga talab juda yuqori bo’lib bormoqda. Ayniqsa katta va
rivojlangan davlatlar bu sohaga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning asosiy sababi
fuqarolar uchun joy muammosi borligi yoki o’sha fuqaroning boshqa ta’lim maskani
yo’q bo’lagan yerga (orollar, chollar, kimsasiz yerlarga) ko’chib o’tishgani bo’lishi
mumkin. U davlarlar bunday vaziyatlar uchun internet tarmog’i muammosiga ham
chora topishgan. Ular xohlagan yerlaridan inernet orqali onlayn shaklda dars olishlari
mumkin. Ya’ni, bu sohadagi eng katta muammo o’z yechimini top gan. Demak, bu
yo’nalishda odamlarga katta imkoniyatlar ochilgan deb aytish mumkin. Ayniqsa, chet
tillarini o’rganayotgan insonlar, bu imkoniyat orqali o’zlarining til bilish
salohiyatlarini o’sha davlat insonlari bilan suxbat qilish orqali mustahkamlashlari va
hatto o’sha davlat insonlari ya’ni o’qituvchilaridan dars olishlari orqali osonroq
o’zlashtirishlari mumkin. Bundan barcha faqatgina foyda topa oladi. Va eng muhim


background image

91

holatlardan biri juda malakali ustozlarning bir vaqtda ko’plab o’quvchilarga ta’lim
berishi mumkinligi va bu darslarning sifatli bo’lishi va yaxshi bilim olishlari uchun
bir imkoniyat yarata oladi.

Bu imkoniyat shundan iboratki, o’quvchi o’ziga qulay yerni tanlab darsda ishtirok
etishi mimkinligi va bu borada majburiyat yo’qligidadir. Agar dars yozib olingan
shaklda berilsa va savollar mal’um bir maxsus yerga yoki o’qituvchiga e -mail yoki
boshqa aloqa vositasi yordamida so’raladigan bo’lsa, biz bu darsni xohlagan
vaqtimizda ko’rishimiz mumkin. Agar ular bu mavzuni yoddan chiqarishsa, ular bu
mavzuni yana takroran o’tisha olishadi. Bu orqali darsni qayta-qayta o’tish orqali
o’zlarining bilimlarini mustahkamlab olishlari mumkin. Bularning barchasi foyda
keltiradi, qachonki o’quvchi masuliyatli bo’lsa. Mas’uliyat hayotda juda muhim
narsa hisoblanadi. Inson mas’uliyatni his qilmaguncha, biror soha, hatto oilada ham
o’z o’rniga ega bo’la olmaydi. Bu hissiyot odamlarni oldinga harakat qilishga o’z
ishlariga jiddiy qarashga undaydi. Yozib olingan video darsar orqali dars o’tishning
yana bir murakkabchiligi bu o’z vaqtida savollarga javob topish qiyinligida bo’lishi
mumkin. Chunki video yozib olingan bo’ladi va ko’pincha bolalar biror ma’lumotni
tushunishmasa usha ma’lumotni qidirishni xohlamaydilar, yoki esdan chiqaradilar.
Bu yerdagi holatda ham gap mas’uliyatga bormoqda. Va hayotda elektron qurulmalar
bilan yana shunday muammo borki, bu muammoga yoshlarning barchasi, hatto siz
ham duch kelgansiz. Bu GAMERLIKdir.

Bizning vaqtimizni o’ g’ irlovchi eng katta xavf ham elektron o’yinlardir. Bu
muammoga nafaqat yoshlar, balkim katta yoshlilar ham duch kelmoqda va bu
muammoni shunchaki bartaraf etish qiyin. Chunki bu narsalar shu qadar bizni o’ziga
bog’lab olganki, bu zanjirni uzib chiqib ketish imkonsizdek tuyuladi go’yo. Men bu
borada biroz izlanib ko’rdim va shuni aniqladim, va o’zimda ham sinab ko’rdim.
Menimcha ish berdi. Bu muammoni bartaraf eta olgan insonlar shunday deyishdi,
GAMERLIKni tark etish uchun men usha o’yinni ko’p o’ynadim va o’sha o’yinga
bo’lgan mendagi qiziqish so’ndi deb javob berishdi. Menda ham ish berdi. Men
futbol(PES Mobile) o’yiniga qizig’ar edim va men ham o’sha o’yinni ko’p o’ynadim
va natijada menga o’yin yoqmay qoldi. Hozir deyarli o’ynamayman. Odamlar
nimanidir keragidan ortiq qilishsa va bu narsa zarar ekanligini bilgan holda qilishsa,
bu narsa o’z ahamiyatini yoqatadi. Yo’ki bu muammodan ham foyda uchun
foydalanib ketish mumkin. Va, bu borada ham Yevropa davlatlarida intilishlar,
o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Yani ilmiy va ta’limiy o’yinlar va dasturlar yaratilmoqda. Ular ham qiziq va o’ziga
jalb qila oladigan shaklda chiqarilmoqda. Misol uchun: fun math, drawing games,
dualingo, sudoki va boshqalar. Natijada o’ynash orqali ta’lim olish imkoni paydo
bo’lmoqda. Har qanday narsaning bir foydali va bir zararli tomonlari bo’ladi. Bu
jihatlarini o’ylab topish biroz qiyin bo’lishi mumkin. Ammo topishga majburmiz.


background image

92

Foydalanilgan adabiyotlar:

1

Bolalar Psixalogiyasi SodiqovaO, Toshboyeva;

2

m-eng.ru sayt OpenEducationEurope tadqiqotlari;

3

Sciencedirect.com online education;

4

Paluanova, X. D. "Derivation-semantic principles of ecological terms in

English, Uzbek, Russian and Karakalpak languages: Dr. phil. sci. diss." (2016).

Библиографические ссылки

Bolalar Psixalogiyasi SodiqovaO, Toshboyeva;

m-eng.ru sayt OpenEducationEurope tadqiqotlari;

Sciencedirect.com online education;

Paluanova, X. D. "Derivation-semantic principles of ecological terms in English, Uzbek, Russian and Karakalpak languages: Dr. phil. sci. diss." (2016).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов