66
Chet tili kompetensiyalarini o’qitishda xorijiy innovatsion texnologiyalarni
amaliyotga samarali joriy etishning ahamiyati
O’ZDJTU 1-bosqich talabasi
Karimova Mahliyo Salim qizi
O’qituvchi: NizomovaIroda
Annotatsiya.
Ushbu maqola xorijiy tillarni o’qitishning samaradorligini oshirishda
turli innovatsion texnologiyalar va metodlarning ahamiyatini ochib berishga
qaratilgan.
Hozirgi paytda innovatsion texnologiyalar yuqori cho’qqiga chiqqanligini butun
dunyo guvohi bo’lmoqda. Har bir sohada zamonaviy texnologiyalar keng joriy
qilingan. Shuni inobatga olgan holda pedagogika sohasiga ham axborot
kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy qilish orqali uning samaradorligini
oshirish dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. Ilgari o’qitish jarayonida yozma
topshiriqlar, tarqatma materiallar, insho, diktant yozish kabi metodlardan
foydalanilgan. Hozir esa bu usullar eskirib o’rnini zamonaviy texnologiyalardan
foydalanib tashkil etilgan metod egallamoqda. Masalan, prezentatsiyalar, elektron
kutubxonalar, onlayn tarjimonlar ta’lim tizimini tubdan o’zgartirib yubordi. Bu
texnologiyalarsiz o’quvchini fanga qiziqtirish qiyin masala bo’lib qoldi. Innovatsiya
yangilik degan ma’noni anglatgan holda, innovatsion texnologiyalar ma’lum bir
sohaga yangicha yondashish, muammolarga zamonaviy vositalardan foydalanib
yechim topishdir. Har bir sohani rivojlantirishda va uni jahon miqyosidagi o’rnini
mustahkamlashda chet tillarini mukammal o’zlashtirgan professional kadrlarga
bo’lgan ehtiyoj ortib bormoqda.
Chet tilini kompetensiyalarini o’qitishda texnologiyalarni o’rni beqiyos.
Kompetensiya bu - fan bo’yicha o’rgangan bilimlarni, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda uchraydigan masalalarni yechishda foydalanish hamda ularni
amaliyotda qo’llay bilishdir. Kompetentlik qobiliyatini shakllantirish va amaliyotda
qo’llay olishni bilish chet tili o’qituvchilari uchun muhim ko’nikma hisoblanadi.
O’qituvchilar xorijiy tillarni o’rgatishda multimedia vositalaridan foydalangan holda
mavzuni tushunish darajasini oshirishi hamda darsni samarali va qiziqarli ashkil
etishlari kerak. Multimediya (multi - ko’p, media - muhit) bir vaqtning o’zida bir
qancha ma’lumotlarni uzatish usullaridan foydalanishdir. Boshqa tildagi so’zlarni
o’qib o’rganishdan ko’ra, uni eshitish va amaliyotda so’zlab o’rganish ularni
tushunish jarayonini kuchaytirishga yordam beradi. Ayniqsa, bu usul orqali yangi
so’zlarni eslab qolish qobiliyati oshishiga samarali hissa qo’shadi. Turli
animatsiyalar, video qo’llanmalar, audio materiallardan foydalangan holda tashkil
etilgan o’quv dasturlar ham vaqtni tejashda, ham berilayotgan ma’lumotlarni
chuqurroq o’rganishda o’z ijobiy ta’sirlarini ko’rsatadi. Xorijiy tillarni o’rganishda
67
to’rtta ko’nikma muhim hisoblanadi. Bular o’qish, yozish, eshitish va gapirish
ko’nikmalaridir. Multimedia vositalarini amaliyotga keng joriy etish bu
ko’nikmalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari o’quv
jarayoniga o’quvchini diqqatini jamlash, darsni yanada qiziqarli va samarali qilish
uchun turli pedagogik texnologiyalarni joriy qilish mumkin.
"Karusel" texnologiyasi. Bunda ikkita halqa hosil qilinadi: ichki va tashqi. Halqalarga
o’quvchilar tartib bilan, o’zaro juft qilib joylashishadi. Har 30 soniyada tashqi
halqadagilar o’rin almashib harakatlanis hadi. Shunday qilib, ular bir necha daqiqa
gapirish uchun vaqtlari bo’ladi va suhbatdoshini o'zgartirish esa gapirish
ko’nikmasini oshiradi.
"Qurilishi tugallanmagan taklif" texnologiyasi. Bolalarga tugallanmagan matn
tarqatiladi va uni davom ettirish vazifasi beriladi. Ularga ko’p vaqt berilmaydi va
xayolga kelgan birinchi fikr aytilishi kerak bo’ladi. Bu fikrlashni tezlashtirishga, va
faollikni oshirishga yordam beradi.
"Siz bunga ishonasizmi ..." texnologiyasi. Til amaliyotining ushbu turi har qanday
mavzu bo'yicha ishlatilishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarga ma’lum bo’lmagan
biror bir fakt, yoki ma’lumotni aytib, ularning fikrlarini so’raydi. Faktni to’g’riligiga
ishonganlar bir tomonga, ishonmaganlar boshqa tomonga o’tib, fikrlarini izohlab
berishadi. Shunday pedogogik texnologiyalar o’quv jarayonini mazmunli tashkil
qilinishiga ko’maklashadi. G’olib o’quvchilarni rag’batlantirish yordamida ularni
faolligini oshirish mumkin.
Hozirgi kunda IT texnologiyalarini biladigan mutaxasislarga talab ortib bormoqda.
Dasturlash va kompyuter texnologiyalarini mukammal o’rganish uchun ham xorijiy
tillarni bilish muhim o’rin tutadi. IT ni va chet tillarini biladigan mutaxasislar onlayn
ishlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ular xorijiy ish beruvchilar bilan muloqot qilib,
o’zlariga qulay sharoit va vaqtda ishlay olishadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, xorijiy tillarni o’rganish bugungi davrning
dolzarb mavzusi ekan, o’quv dasturini innovatsion texnologiyalardan foydalangan
holda tuzish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishni ta’minlab beradi. Chet
tillarini puxta egallagan mutahasislarni tayyorlashda zamonaviy vositalardan
foydalanish orqali ularning ko’nikmalarini mustahkamlash muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
“
Xorijiy til kompetensiyalarini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni
amaliyotga samarali joriy etishning ahamiyati” (cyberleninka.ru)
Nodima Axmedova
2021
2.
“
Modern technologies in teaching a foreign language. Teaching English
(articlekz.com) BULLETIN Abay Kazakh National Pedagogical University
”
A.Sh.Ubniyazova Almaty 2015
68
3.
“Ingliz tilini o’rganishda innovatsion texnologiyalarning o’rni”. Q.M.G’aybulov
2021.
4.
Палуанова,
Халифа
Дарибаевна.
"Экологик
терминларнинг
деривационсемантик хусусиятлари (ўзбек, қорақалпоқ, инглиз ва рус тиллари
мисолида). Филол. фан. д-ри.(DS)... дисс. автореф." Тошкент.-2016 (2016).
5.
Палуанова, Х. Д. "Инглиз, ўзбек, рус ва қорақалпоқ тилларида экологик
терминларнинг деривацион-семантик принциплари. Филол. ф. док...... дис."
(2016).