Aruz va poetika asoslari
Qo‘llanma mumtoz qofiya ilmi tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda qofiya ilmining shakllanishi, qofiya birliklari: harf va harakatlari, qofiya ayblari, radif, hojib; qofiyaning turli jihatlariga ko‘ra turlari: qofiya harflarining ishtirokiga ko‘ra, raviyning ishtirokiga ko‘ra, qofiyaning tuzilishiga ko‘ra, qofiya qismlarining ishtirokiga ko‘ra turlari va qofiya asosiga qurilgan badiiy san’atlar tahlil qilinadi, bayt va misralar asosida tushuntiriladi.
O‘quv qo‘llanma 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti (o‘zbek tili) yo‘nalishi talabalari, tadqiqotchilar, qiyosiy adabiyotshunoslik, mumtoz poetika, mumtoz qofiya, adabiyotshunoslik ilmiga qiziquvchi olimlar, tadqiqotchilar va filolog mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.