Mualliflar

  • ASRAFOVA SARVINOZ TO’LQIN QIZI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.102864

Kalit so‘zlar:

KALIT SO’ZLAR: Fonetik tahlil zamonaviy yondashuvlar amaliy mashqlar amaliyotda qo’llangan natijalar.

Annotasiya

ANNOTATSIYA. 
Ushbu  maqolada  arab  tili  harflarining  to’g’ri  talaffuzini  o’rganish  bo’yicha 
samarali metodikalar tahlil qilinadi.Etibor ko’proq fonetik yondashuv,amaliy mashqlar 
va zamonaviy texnologik vositalardan foydalanishga qaratilgan.Metodik yondashuvlar 
orqali o’quvchilarda to’g’ri talaffuz qilish madaniyatini shakillantirish yo’llari ko’rib 
chiqiladi.Ilmiy yondashuvlarga asoslangan takliflar bilan yakunlanadi.     


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_1-to’plam_Iyun -2025

228

ISSN:3030-3621

ARAB TILI HARFLARINING TALAFFUZINI SAMARALI O’QITISH

METODIKASI

Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Sharq tillar fakulteti Filalogiya va

tillarni o’qitish yo’nalishi (Yapo’n tili ) 2-kurs talabasi

ASRAFOVA SARVINOZ TO’LQIN QIZI

ANNOTATSIYA.

Ushbu maqolada arab tili harflarining to’g’ri talaffuzini o’rganish bo’yicha

samarali metodikalar tahlil qilinadi.Etibor ko’proq fonetik yondashuv,amaliy mashqlar
va zamonaviy texnologik vositalardan foydalanishga qaratilgan.Metodik yondashuvlar
orqali o’quvchilarda to’g’ri talaffuz qilish madaniyatini shakillantirish yo’llari ko’rib
chiqiladi.Ilmiy yondashuvlarga asoslangan takliflar bilan yakunlanadi.

KALIT

SO’ZLAR:

Fonetik

tahlil,zamonaviy

yondashuvlar,amaliy

mashqlar,amaliyotda qo’llangan natijalar.

ASOSIY QISM

Fonetikasi o’ziga xos va murakkab tizimga ega bo’lib, talaffuzdagi eng kichik
tafovutlar so’z ma’nosini o’zgartirishi mumkin.Shu sababli arab tilidagi harflarning
to’g’ri talaffuzini o’rganish, ayniqsa, arab tili o’z ona tili bo’lmaganlar uchun, muhim
va dolzarb masala hisob lanadi.Arab tilida jami 28ta harf mavjud bo’lib , ular og’iz
bo’shlig’ining turli nuqtalaridan (makhorij) hosil qilinadi. Bu esa ko’pchilikda
qiyinchilik tug’diradi.Hozirgi kunda shunga doir juda ko’plab ilmiy ishlar olib
borilmoqda ilmiy maqolalar yozilmoqda. Shu jumladan juda ko’plab o’qigan
maqolalarimda arab tili talaffuzini o’rganishga doir turli xil metodlar keltirib o’tilgan
va bular samarali ekanligi asoslangan. Ulardan men quyidagilarni keltirib o’taman.

1.Innovatsion metodlar:Kommunikativ yondashuv;Talabalarni arab tilida erkin

fikr bildirishi,og’zaki muloqotga jalb etish.Axborot texnologiyalaridan foydalanish:
Ijtimoiy tarmoqlar,til o’rganish ilovalari,audio va video materiallar orqali o’rganish.

2.Lingvistik va nolingvistik to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan usullar:

Oddiy va qisqa dialoglardan boshlash,xatolardan qo’rqmaslik,eshitish orqali

ko’nikma hosil qilish, har kuni tarjima bilan shug’illanish .Bu metodlar
M.B.Yangiboyeva ( “ Arab tili globallashuv davrida :Innovatsion yondashuvlar
metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy- amaliy anjuman materiali bo’lgan.Arab tilini
o’rganish:Muammolar va yechimlar mavzusidagi ilmiy maqolasida amaliy taribalar
asosida berilgan umumiy tavsiyalar hisoblanadi.

2.Kommunikativ

metod.Talaffuzga

katta

e’tibor:Ko’plab

Osiyo

mamlakatlarida,xususan,

Misr

va

Saudiya

Arabistonda,til

o’rganishning

kommunikativ metodlari keng tarqalgan.Ushbu metodda talaffuz,so’zlashuv va amaliy
mashqlar ustuvor hisoblanadi.Maqsad o’quvchiga arab tilida so’zlashish va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_1-to’plam_Iyun -2025

229

ISSN:3030-3621

tushunishni o’rgatish.Bu metod haqida Abdullayeva R.M.(Aab tili global lashuv
davrida:Innovatsion yondashuvlar va o’qitish metodikasi xalqaro ilmiy-amaliy anjuma
materiali)Arab tilini o’qitishda zamonaviy metodlar va jahon tajribasi mavzusidagi
maqolasida keltirib o’tgan. Bundan tashqari Umarov A.A. ham ( Oriental
Renaissance: Innovative, educational,natural and Social Sciences Scientific Journal
impact Fator Advanced Science Index Factor jurnalida chiqqan.”Arab tilining fonetik
va leksik xususiyatlari va ularni o’qitish

Jarayonida inobatga olish”mavzusidagi maqolasida quydagilarni aytib

o’tgan.Arab tili tovush larning hosil bo’lish joyi bo’yicha uyg’un taqsimlanish:Tovush
paychalaridan labgacha,orqa tildagi tovushlar qoida tariqasida,qattiq harflarning
talaffuzi alohida kuch va maxsusus tayorgarlikni talab qiladi deb keltirib o’tgan.
Sapashov Z.A. (Central Asian journal of Academic Research)jurnalida; arab tilini
o’qitishning an’anaviy va zamonaviy usullari tadqiqi nomli maqolasida arab tili
talaffuzini samarali o’rganish metodlari to’g’risida quyidagilarni aytib
o’tgan.1.Matnlarni yodlash usuli: Bu usul arab tilini o’rganishning eng qadimiy shakli
hisobla nadi.Bunda hadislardan parchalar yodlash orqali o’quvchilar talaffuz va ifodani
to’g’ri shakillantirishga katta e’tibor beradi.Kommunikativ yondashuv.Bu usul arab
tilini amaliyotda qo’llashga qaratilgan.O’quvchilar nutqiy mashqlarga va suhbatlarga
keng jalb qilinadi.Bu esa nafaqat grammatikani,balki muloqot ko’nikmalarini ham
rivojlantiradi.Gammifatsiya; O’yin uslubi orqali til o’’rganish o’quvchilar uchun
qiziqarli

va

rag’batlantiruvchi

bo’lib,ularning

mativatsiyasini

oshiradi.Misol,o’qituvchi arab tilidagi so’z boyligini oshirish uchun viktorinalar
o’tkazadi, (eshitgan harfingni top) kabi o’yinlar o’ynaladi.Ushbu o’qigan
maqolalarimdan kelib chiqib men ham ikki hafta ya’ni 9 soat mobaynida o’z
o’quvchilarim bilan tajriba qilib ko’rdim.Guruhimizda 12ta o’quvchi bor va men bular
bilan o’qigan maqolalarimda keltirilgan asosoli metodlarni birin-ketin qo’llab ko’rdim
va natijada birinchi metod matnlarni yodlash metodidan so’ng 60% ,ikkinchi metod
kommunikativ yondashuvdan so’ng 75% va so’ngi gammifikatsiya metodidan so’ng
imtihon natijalarida 86% ko’rsatkich qildi.

XULOSA.

Til o’rganishni endigina boshlagan o’quvchilar ko’plab qiyinchiliklarga duch

kelishadi xoh u arab tili bo’lsin xoh boshqa til .Aslini olganda hamma tilni o’rganish
startegiyasi va o’rganishdagi xatolar ham bir xil bo’ladi va hamma muammoga yechim
toppish imkoni bo’lganidek bu qiyinchiliklarga ham yechim bor albatta shu jumladan
men qisqa muddat davomida 18 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarim bilan o’tkazgan
tajribamdan va o’qigan maqolalarimdan kelib chiqib kommunikativ yondashuv va eng
ko’p samara bergan gammifikatsiya usuli samarali bo’lganini aytib o’ta olaman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

Yangiboyeva M.B.(Arab tilini o’rganish:muammolar va yechimlar )maqolasi ,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_1-to’plam_Iyun -2025

230

ISSN:3030-3621

2.

Sapashev Z.A.(Arab tilini o’qitishning an’anaviy va zamonaviy usullari tadqiqi ),

3.

Umarov A.A.(Arab tilining fonetik va leksik xususiyatlari va ularni o’qitish
jarayonida inobatga olish),

4.

Abdullayeva R.M.(Arab tili globallashuv davrida Innovatsion yondashuvlar va
o’qitish metodikasi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiali) .







Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Yangiboyeva M.B.(Arab tilini o’rganish:muammolar va yechimlar )maqolasi ,

Sapashev Z.A.(Arab tilini o’qitishning an’anaviy va zamonaviy usullari tadqiqi ),

Umarov A.A.(Arab tilining fonetik va leksik xususiyatlari va ularni o’qitish

jarayonida inobatga olish),

Abdullayeva R.M.(Arab tili globallashuv davrida Innovatsion yondashuvlar va

o’qitish metodikasi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiali) .