Mualliflar

  • Doniyorova Rahima Azim qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.103023

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: gidronim suv havzalari daryo onomastik hydro onoma toponim ko’l gidronimika.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  noyob 
memuar  asari  bo‘lgan  “Boburnoma”da  keltirilgan  gidronim  ifodalovchi  geografik 
nomlar,  ularning  turlari,  o‘sha  davrda  qo‘llanilgan  shakllari,  kelib  chiqish  tarixi 
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

166

ISSN:3030-3621

“BOBURNOMA” ASARIDA QO’LLANILGAN GIDRONIMLAR. SUV

HAVZA VA SUV INSHOOTI NOMLARI HAMDA ULARNING

ETIMOLOGIYASI

Doniyorova Rahima Azim qizi

Shahrisabz davlat pedagogika institute
2-bosqich magistranti

rahimaazimova7@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning noyob

memuar asari bo‘lgan “Boburnoma”da keltirilgan gidronim ifodalovchi geografik
nomlar, ularning turlari, o‘sha davrda qo‘llanilgan shakllari, kelib chiqish tarixi
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Annotation

: This article presents information about the geographical names that

represent hydronyms, their types, forms used at that time, and history of origin, as
presented in the unique memoir of Zahiriddin Muhammad Babur, "Boburnoma".

Kalit so’zlar

: gidronim, suv havzalari, daryo, onomastik, hydro, onoma,

toponim, ko’l, gidronimika.

Keywords

: hydronym, water bodies, river, onomastics, hydro, onoma, toponym,

lake, hydronymics.


“Boburnoma”da tilga olingan gidronimlar — daryo, soy, ko‘l, buloq, ariq kabi

suv obyektlari nomlari — o‘z davrining ijtimoiy, geografik va madaniy manzarasini
aks ettiruvchi muhim onomastik birliklar sifatida alohida ilmiy e’tiborni talab qiladi.
Shu o‘rinda gidronim tushunchasiga ilmiy asosda ta’rif beradigan bo‘lsak, gidronim
yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “hydro” — “suv” va “onoma” — “nom, ism”
so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lgan. “Toponimikaning bo‘limi—gidronimika suv
obyektlarining nomlarini, ularning kelib chiqishini, atalish qonuniyatlarini o‘rganadi”

1

.

Gidronimlar deganda tabiiy yo‘l bilan, ya’ni inson ishtirokisiz hosil bo‘lgan suv
havzalarining va odamlar tomonidan qurilgan suv inshootlarining nomlari tushuniladi.
“Boburnoma” asarida esa bu kabi suv havza va inshooti nomlarini bir qator o‘rinlarda,
xususan, viloyat va shaharlarning joylashuviga, tabiatiga oid tasvirlarda, Boburning
harbiy yurishlari davomida borgan hududlaridagi tasvirlarda uchratish mumkin.

Ushbu bobda asarda uchraydigan gidronimlar sinxron (ya’ni, “Boburnoma”

yozilgan davrdagi mavjud holati) va diaxron (ya’ni, vaqt o‘tishi davomida mazkur
nomlarning o‘zgarishi, saqlanib qolishi yoki yo‘qolishi) yondashuvlar asosida tahlil
qilinadi. Bu yondashuv gidronimlarning tarixiy qatlamlarini ochib berish, ularning

1

Qorayev S. Toponimika ( o‘quv q o‘llanma). –Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006, 57-

bet.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

167

ISSN:3030-3621

etimologik ildizlarini aniqlash, leksik-semantik taraqqiyotini ko‘rsatish, shuningdek,
ular bilan zamonaviy suv nomlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlash imkonini
beradi. Tahlil natijasida nafaqat til tarixiga oid ma’lumotlar, balki Bobur zamonidagi
suv obyektlarining nomlash tamoyillari, ular bilan bog‘liq madaniy va tarixiy aloqalar
ham aniqlanadi.

E’tibor qaratish lozim bo‘lgan yana bir jihati shuki, XV-XVI asrda mavjud

bo‘lgan gidronimlarning ayrimlari bugungi kunda mavjud bo‘lmasligi mumkin, chunki
aynan shu gidronim ifodalovchi suv havzasi yoki inshooti vaqt o‘tishi bilan yo‘qolishi
mumkin. Aynan shu sababdan ham “Boburnoma”da keltirilgan gidronimlarni diaxron
va sinxron tarzda tadqiq etish tilshunoslik nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga egadir.

“Boburnoma” asarida qo‘llanilgan gidronimlar ikki asosiy toifaga ajratilishi

mumkin:

1. Suv havzalari nomlari – bu guruh tabiiy suv manbalarining, ya’ni daryo, ko‘l,

buloq, soy, va dengiz kabi obyektlarning nomlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu toifadagi
gidronimlar ko‘pincha geografik joylashuv, suvning xususiyatlari (masalan, harorati,
rangi, tiniqligi), atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan an’anaviy yoki tarixiy nomlash
usullarini o‘zida aks ettiradi. Masalan, Amu daryosi, Qizilsuv, Quruqsoy kabi nomlar
nafaqat geografik joylashuvni belgilaydi, balki ularning tarixiy-etimologik ildizlari
orqali o‘sha davr madaniyati, til tizimi va mahalliy aholi dunyoqarashi haqida
ma’lumot beradi.

2. Suv inshootlari nomlari – bu guruhga inson qo‘li bilan qurilgan va

boshqariladigan suv bilan bog‘liq inshootlarning nomlari, masalan, kanal, ariq,
sardoba, to‘g‘on va boshqa suv inshootlarining nomlari kiradi. Bunday gidronimlar
ko‘pincha ularning funksional maqsadi yoki ijtimoiy ahamiyatiga qarab shakllangan.
Masalan, Xoqon arig‘i, Bahjatxon havzi va boshqalar.

“Boburnoma” leksikasining kengqamrovliligini inobatga oladigan bo‘lsak, suv

havzasini va inshootini ifodalovchi turdosh otlarning ham bir qator shakllarini
uchratishimiz mumkin. Xususan, asarda dengiz ma’nosini ifodalashda ummon
so‘zidan, ariq ma’nosini bildirishda rud so‘zidan, katta ariq ma’nosini ifodalashda
obrud so‘zidan, buloq ma’nosini ifodalashda zihob so‘zidan, suvning quyilish qismi
ma’nosini ifodalashda qotil so‘zidan, oqmaydigan suv, ko‘l yoki havza ma’nosini
anglatishda qora suv birikmasidan, sharshara ma’nosini bildirishda obshor so‘zidan,
yer ostidan o‘tkazilgan suv yo‘li, ariq ma’nolarini bildirishda koriz so‘zlaridan
foydalanilgan.

“Boburnoma”da yuqoridagi turdosh otlar bilan bir qatorda ularga atab

qo‘yilgan nomlar, ya’ni suv havzalari nomlari, ularning nomlanish sabablari va
etimologiyasi xususida ham alohida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Suv havzalariga,
yuqorida ta’kidlanganidek, shaxs ishtirokisiz hosil bo‘lgan gidronimlar, ya’ni okeanlar,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

168

ISSN:3030-3621

daryolar, dengizlar, ko‘llar, buloqlar, chashmalar kiradi. Memuarda keltirilgan suv
havzalariga atab qo‘yilgan nomlarni quyidagicha tasniflash mumkin:






Suv havzalariga atab qo’yilgan nomlar tasnifi

1. Daryo va ko‘l nomlari. Suv havzalari bir-biridan katta yoki kichikligi jihatidan

farqlanib, katta oqar suv hisoblanuvchi daryolar tabiiy tarzda yer usti va yer osti
suvlaridan paydo bo‘ladi. “Maktab jo‘g‘rofiya atamalari va tushunchalari izohli
lug‘ati”da ham daryoga shunga o‘xshash izoh keltirilgan: “Daryo – o‘zi hosil qilgan
tabiiy o‘zandan oqadigan suv…o‘z irmoqlari va tarmoqlari bilan daryolar sistemasini
hosil qiladi”

2

. Ko‘llar esa daryolardan farqli ravishda chuqur joylarda tabiiy holatda

to‘planuvchi suvlardan paydo bo‘ladi. Mazkur lug‘atda ko‘lga quyidagicha ta’rif
berilgan: “Ko‘l – quruqlikdagi chuqurliklarni to‘ldirgan suv havzalari…Suv holatiga
ko‘ra oqar va oqmas ko‘llar bo‘ladi”

3

.

“Boburnoma”da bir qator daryo nomlari hamda ayrim o‘rinlarda ko‘l nomlari

keltirilgan bo‘lib, ulardan ayrimlari bugungi kunda ham mavjud va aynan shu nomda
ataladi, ayrimlari esa vaqt o‘tishi davomida fonetik yoki morfologik o‘zgarishlarga
uchragan. Toponimlarning bunday diaxron o‘zgarishi tarixiy-geosiyosiy voqealar,
mahalliy lahja va shevalar ta’siri, shuningdek, geografik joylashuv omillari bilan
bog‘liqdir. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlari (Tojikiston, O‘zbekiston,
Turkmaniston, Afg‘oniston) hududidan oqib o‘tuvchi Amudaryo “Boburnoma”da
Amu daryosi nomi bilan tilga olingan. Pokiston, Hindiston va Xitoy hududlaridan oqib
o‘tuvchi Satlaj (Sutlej) daryosi asarda Satluj nomi bilan berilgan. O‘zbekiston va
Qozog‘iston hududlaridan o‘tuvchi Sirdaryo esa tarixiy manbada Sayxun va ayrim
joylarda Xo‘jand suyi nomlari bilan qayd etilgan. Xuddi shuningdek, Xitoy, Hindiston
va Pokiston hududlaridan oqib o‘tuvchi mashhur Hind/Indus daryosi “Boburnoma”da
Sind nomi bilan atalgan.

Toshkent viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi asarda Chir nomi

bilan, Afg‘onistonning shimoliy qismidagi Balxob/Balx daryosi esa “Vaqoe”da Balxob
deb berilgan. Shuningdek, ayrim daryolar va irmoqlar nomi esa asarda “suyi” affiksi
orqali ifodalangan. Bunday misollar qatoriga Bajur suyi, Bora suyi, Karmnos suyi,
Gandak suyi, Gulbahor suyi, Kishm suyi, Tus suyi, Chir suyi, Bahat suyi, Balxob suyi
kabi nomlarni kiritish mumkin.

2

Мактаб жуғрофия атамалари ва тушунчалари изоҳли луғати. — Т.: Ўқитувчи, 1994. — Б.32.

3

Мактаб жуғрофия атамалари ва тушунчалари изоҳли луғати. — Т.: Ўқитувчи, 1994. — Б.61.

Daryo va ko‘l

nomlari

Suv havzalariga atab qo‘yilgan

nomlar

Anhor/rud va ariq

nomlari

Soy va chashma

nomlari


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

169

ISSN:3030-3621

Bu atamalar tizimi o‘z davri geografik terminologiyasi va daryolarni

nomlashdagi leksik uslubni o‘rganishda muhim manba vazifasini bajaradi. Ayniqsa,
daryolar nomlarining qadimgi va hozirgi nomlarini qiyoslash orqali toponimik
jarayonlarning diaxron taraqqiyoti, fonetik va leksik o‘zgarish tendensiyalari
aniqlanishi mumkin. ““Boburnoma” uchun qisqacha izohli lug‘at”da esa suy so‘zi
quyidagicha izohlangan: “Suy – suv; Xo‘jand suyidin o‘tarda Tanbalning qalin
kishisig‘a uchrab, ilikka tushti”

4

.

Asarda qo‘llanilgan daryo nomlarining etimologiyasiga e’tibor qaratiladigan

bo‘lsa, Bobur tomonidan Amu daryosi/Amu suyi shakllarida, ba’zi o‘rinlarda suyi va
daryo kabi gidronimik ko‘rsatkichlarsiz ifodalangan bo‘lsa-da, mazkur daryo tarixda
ko‘p o‘rinlarda Jayxun, ba’zi manbalarda esa Obi Omuya ko‘rinishlarida nomlangan.
Yununlar esa Amudaryoni Oks/Oksus yoki Oksos deb nomlashgan. Daryoning ayrim
qismlari o‘zi oqib o‘tuvchi hududlar nomi bilan atalganligi ham tarixdan ma’lum,
ammo Amudaryo nomi tarixda Omul/Omuyya deb nomlangan shahar nomidan kelib
chiqqanligi haqidagi fikrlar asoslidir. “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” da
Amudaryo gidronimining etimologiyasi haqida quyidagicha ma’lumot keltirilgan:

“H. Hasanovning yozishicha, “Daryoning ayrim qismlari Jaryob, Balx daryosi,

Termiz daryosi, Kolif daryosi, Urganch daryosi, Xorazm daryosi, Jurjoniya daryosi
nomlari bilan yuritilgan. Omul (Omuyya – XV asrdan buyon Chorjo‘y) shahri yonida
esa Omuy daryosi deb atalgan, keyin qisqacha Amu bo‘lib qolgan (bu so‘zlarning asl
ma’nosi hozircha noma’lum; ehtimol, amurd ismli xalqqa daxldordir). Zamonlar
o‘tishi bilan daryo tamomila shu nom bilan atala boshlagan”

5

.

Demak, Amudaryo nomi tarixda Omul/Omuyya deb atalgan Chorjo‘y (hozirgi

Turkmanobod) shahri nomidan kelib chiqqan. “Boburnoma”da O‘rta Osiyoning eng
uzun daryosi bo‘lmish Sirdaryo va uning uchta katta irmog‘i haqida ham ma’lumotlar
keltirilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, Sirdaryo nomi asarda keltirilmagan, aksincha
u Sayxun yoxud Xo‘jand suyi deya zikr etilgan. Asarda keltirilgan Sirdaryoning
irmoqlaridan ikkitasi bugungi kunda daryo sifatida, bittasi esa soy sifatida mashhurdir.
Bu ikki daryo esa O‘zbekiston hududidagi Chirchiq va Qozog‘iston hududidagi
Aris/Oris daryolaridir:

“Yana Turkistonda Aris suyi yoqasida, Samarqand navohisini chopib

boradurg‘on o‘zbak bila Aris suyini muz bila kechib, yaxshi bosib, asir va molni ayirib,
tamom egalariga yondura berib, hech nima tama’ qilmadi... Sulton Ahmad mirzokim,
Toshkandga mo‘g‘ul ustiga cherik tortib, Chir suyinikim, Toshkandtin ikki shar’iy yo‘l

4

Исҳоқов Ф. “Бобурнома” учун қисқача изоҳли луғат. — Андижон: Андижон нашриёт-манбаа, 2008. —Б.157

.

5

O‘zbеkiston joy nomlarining izohli lug‘ati [Matn]: lug‘at / tuzuvchilar R.Y.Xudoyberganov [va boshq.]. – T.: Donishmand ziyosi,

2022.

—B.19.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

170

ISSN:3030-3621

bo‘lg‘ay, bu suvning yoqasidakim shikast topti, O‘ratepada Hofizbek do‘ldoy edi,
Umarshayx mirzoga berdi”

6

.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. — Тошкент: “Янги нашр”, 2019.

2.

Йўлдошев Б. “Ўзбек ономастикаси масалалари” танланма фанидан ўқув-
услубий қўлланма. — Самарқанд: СамДУ нашри, 2011.

3.

Qorayev S. Toponimika (o‘quv qo‘llanma). –Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati nashriyoti, 2006.

4.

Қораев С. Географик номлар маъноси. — Тошкент: Ўзбекистон, 1978.

5.

Бегматов Э., Улуқов Х. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати.
— Наманган, 2006.


6

Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома (академик нашр). — Т.: Ўзбекистон ССР Фанлар академияси нашриёти, 1960. —

Б.65.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. — Тошкент: “Янги нашр”, 2019.

Йўлдошев Б. “Ўзбек ономастикаси масалалари” танланма фанидан ўқув-

услубий қўлланма. — Самарқанд: СамДУ нашри, 2011.

Qorayev S. Toponimika (o‘quv qo‘llanma). –Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari

milliy jamiyati nashriyoti, 2006.

Қораев С. Географик номлар маъноси. — Тошкент: Ўзбекистон, 1978.

Бегматов Э., Улуқов Х. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати.

— Наманган, 2006.