Jild 46 № 3 (2025)

Jild 46 № 3 (2025)
Nashr qilingan: 09-06-2025

Maqolalar

3-7 24 7

ELEMENTS OF INFORMATION SECURITY OF THE “INTERNET OF THINGS”

Jakhongirbek Khabibullaev

Annotation: Due to the sharply increasing demand from users for Internet of 
Things  (IoT)  technologies,  there  has  arisen  a  need  for  high-quality  information 
protection of the Internet of Things network. This article examines the most important 
issues  related  to  IoT  information  security  and  proposes  solutions  to  the  problems 
identified.  

171-172 27 9

HISTOMORPHOMETRIC EVALUATION OF POLYP AND PAPILLOMA TISSUES IN THE HUMAN URINARY BLADDER

Shodiev Ulmas Mustafoevich

Abstract 
This study presents a morphometric and histological analysis of urinary bladder 
polyps and papillomas. Specimens collected from cystoscopic biopsies were studied to 
determine  their  cellular  composition,  epithelial-stromal  relationships, and structural 
features  using  hematoxylin-eosin  staining  and  morphometric  imaging  software. 
Results  indicate  key  differences  in  epithelial  thickness,  vascularization,  and 
inflammatory infiltration between polyps and papillomas. These findings support the 
importance of detailed tissue analysis in the differential diagnosis of bladder lesions. 

265-270 32 13

ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMIDAGI YUTUQLAR VA KAMCHILIKLAR

Xidirova Qizlarbas

Annotatsiya:  Mazkur  ishda  zamonaviy  taʼlim  tizimining  asosiy  afzalliklari 
yoritilgan. Unda interaktiv metodlar, raqamli texnologiyalar, individual yondashuv va 
masofaviy  taʼlim  imkoniyatlarining  o‘quv  jarayoniga  ijobiy  taʼsiri  tahlil  qilinadi. 
Shuningdek, zamonaviy taʼlimning o‘quvchilar faolligini oshirish, mustaqil fikrlash va 
amaliy  ko‘nikmalarni  shakllantirishdagi  o‘rni  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Tadqiqotda  taʼlim 
sifatini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar muhim o‘rin tutadi.       

271-274 21 7

KASBIY STRESS.

Saidaxmedova Sitora Sodiqovna

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  zamonaviy  ish  muhitida  keng  tarqalgan 
psixologik muammolardan biri — kasbiy stress masalasi yoritilgan. Kasbiy stressning 
kelib chiqish sabablari, u inson salomatligiga va mehnat unumdorligiga qanday ta’sir 
qilishi,  shuningdek,  stressni  kamaytirish  usullari  ko‘rib  chiqilgan.  Maqolada  turli 
mamlakatlardagi  ilmiy  manbalar  asosida  nazariy  yondashuvlar  tahlil  qilinadi, 
so‘rovnomalar  va  kuzatishlar  orqali  olingan  amaliy  natijalar  asosida  muammoga 
yechim taklif etiladi. 

275-280 22 8

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARNI BAHOLASH VA MONITORING QILISH USULLARI

Soliyev Ilhomjon Sobirovich, Shokirjonova Zuhraxon Murodjon qizi.

 
Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlari  pedagog-
tarbiyachilarining  umummadaniy  kompetensiyalarini  rivojlantirish  muammolari  va 
ahamiyati yoritilgan. Maqola pedagoglarning shaxsiy va kasbiy o‘sishiga ta’sir etuvchi 
omillarni  aniqlashga  hamda  ta’lim  sifatini  oshirishda  umummadaniy 
kompetensiyalarning muhimligini ta’kidlashga qaratilgan. 

281-285 18 6

"BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA IJTIMOIY-EMOTSIONAL MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOPEDAGOGIK ASOSLARI

Shokirjonova Zuhraxon Murodjon qizi.

 Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  bo‘lajak  maktabgacha  ta’lim  tarbiyachilarida 
ijtimoiy-emotsional  madaniyatni  rivojlantirishning  psixopedagogik  asoslari  tahlil 
qilinadi.  Ijtimoiy-emotsional  madaniyat  tushunchasi,  uning  tarkibiy  qismlari  va 
pedagogik  ahamiyati  ko‘rib  chiqiladi.  Tadqiqot  natijalari  ta’lim  jarayonini 
takomillashtirish va pedagoglarning shaxsiy hamda kasbiy o‘sishiga xizmat qiladi. 

286-290 21 9

“BO‘LAJAK TARBIYACHILARNI UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARGA O‘RGATISHDA GAMIFIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANILISHI”

Shokirjonova Zuhraxon Murodjon qizi.

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlarida  bo‘lajak 
tarbiyachilarning  umummadaniy  kompetensiyalarini  rivojlantirishning  zamonaviy 
pedagogik  texnologiyasi  –  gamifikatsiya  yondashuvi  tahlil  qilinadi.  Shuningdek, 
maktabgacha ta’limda innovatsion metodlarni joriy etish orqali pedagogik jarayonni 
takomillashtirish  va  yosh  mutaxassislarni  zamonaviy  ta’lim  talablariga  mos 
tayyorlashning muhim jihatlari ochib berilgan. 

291-297 23 11

14–15 YOSHLI YENGIL ATLETIKA SPORTCHILARİNİNG TEXNIK VA TAKTIK MASHQLAR ORQALI KUCH SIFATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Mardanov Husan Nodir O‘g‘li

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  14–15  yoshli  yengil  atletika  bilan 
shug‘ullanuvchi sportchilarning kuch sifatlarini (maksimal kuch, kuch tezligi, kuch 
endurance) rivojlantirishda texnik va taktik mashqlarning o‘rni hamda samaradorligi 
tahlil qilindi. Tadqiqot davomida “Ko‘p bosqichli stansiya” metodologiyasi asosida 
maxsus mashqlar to‘plami ishlab chiqilib, 30 nafar sportchi (15 nafar eksperimental 
guruh,  15  nafar  nazorat  guruhi)  ustida  12  haftalik  eksperimental  dastur  sinovdan 
o‘tkazildi. Eksperimental guruhda maksimal kuch +24,3 %, kuch endurance +35 %, 30 
m tez yugurish vaqti esa –1,2 s ga yaxshilangan. Nazorat guruhida esa mos ravishda 
+7,1 % va +12 % o‘sish, –0,4 s vaqt kamayishi kuzatildi. 

298-301 24 9

11-12 YOSHDAGI FUDBOLCHI QIZLARNING JISMONIY SIFATLARINI TEXNIK USULLAR YORDAMIDA TARBIYALASH USLUBIYATI

Haydarova Zebogul Komiljon qizi

Mazkur  tadqiqot  maqolasida  11–12  yoshdagi  24  nafar  futbolchi  qizlar 
ishtirokida  o‘tkazilgan  eksperiment  asosida  ularning  jismoniy  sifatlari  —  tezlik, 
chidamlilik,  epchillik  va  muvozanat  —  kompleks  texnik  mashqlar  yordamida 
rivojlantirish  uslubiyati  yoritiladi.  Tadqiqot  jarayonida  sensorli  mashqlar, 
koordinatsiyali  dribbling,  aerobik  chidamlilik  stansiyalari  va  taktik  pozitsiyalashga 
asoslangan  mashg‘ulotlar  kompleks  tarzda  qo‘llanildi.  Natijalar  futbolchi  qizlarda 
reaksiya tezligi +0.6 m/s, chidamlilik 15,3% va epchillik 13,1% ga oshganini ko‘rsatdi. 
Ushbu maqolada metodika, mashqlarning strukturasi hamda psixologik-ixtisoslashgan 
ta’sir jihatlari tahlil etilgan. 

302-308 20 9

FUTBOLDA 11–12 YOSHLI DARVOZABONLARNING TO‘PNI QABUL QILISH TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Agzamov Baxtiyor Narimon O‘g‘li

Annotatsiya:Futbolda darvozabonning to‘pni qabul qilish texnikasi oʻyinning 
muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. 11–12 yoshli darvozabonlarda to‘pni to‘g‘ri va 
ishonchli qabul qilish uchun jismoniy tayyorgarlik bilan birga maxsus texnik mashqlar 
oʻtkazish lozim. Ushbu tadqiqotda 6 oy davomida 20 nafar 11–12 yoshli darvozabon 
ishtirok  etib,  ular  uchun  to‘pni  qabul  qilishning  asosiy  texnik  elementlarini 
rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mashqlar dasturi tatbiq etildi. Eksperimental (n=10) va 
nazorat  (n=10)  guruhlarida  boshlang‘ich  va  yakuniy  koʻrsatkichlar  taqqoslandi. 
Natijalar  shuni  koʻrsatdiki,  eksperimental  guruhda  to‘pni  qabul  qilish  aniqligi 
59.5±6.3% dan 89.0±8.7% gacha (p<0.001) oshdi, nazorat guruhda esa 60.2±5.8% dan 
63.0±6.1% gacha (p=0.10) kam ahamiyatli oʻzgarish kuzatildi.  

259-264 18 5

RAHBARLARGA ZAMONAVIY BOSHQARUV JARAYONIDA QOʻYILADGAN ASOSIY TALABLAR HAMDA ULARNING IJTIMOIY- PSIXOLOGIK VAZIFALARI

Narbayeva Naima Maxmudjanovna

 
Annatatsiya:    Rahbarlikning  samarali  yo’llarini  topish,  boshqaruv  tizimini 
to’g’ri  yo’lga  qo’yish  mamlakatimiz  taraqqiyotining  ustuvor  yo’nalishlari  etib 
belgilangan.  

173-174 18 7

МОРФОМЕТРИЧЕСКОЕ СРАВНЕНИЕ ТКАНЕВЫХ ХАРАКТЕРИСТИК ПОЛИПОВ И ПАПИЛЛОМ МОЧЕВОГО ПУЗЫРЯ

Шодиев Ульмас Мустафаевич

Аннотация 
Цель  исследования  —  выявление  морфологических  и  морфометрических 
различий  между  полипами  и  папилломами  мочевого  пузыря.  Исследованы 
гистологические  препараты  20  пациентов,  подвергнутых  трансуретральной 
резекции. Проведены количественные измерения толщины эпителия, сосудистой 
плотности  и  выраженности  воспалительных  изменений.  Полученные  данные 
свидетельствуют  о  статистически  значимых  отличиях,  позволяющих  уточнить 
диагностику доброкачественных образований мочевого пузыря. 

177-181 20 7

MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTAB RAHBARLARINING MAFKURAVIY KOMPTENTLIGINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mamatqulova Sojida G'opporjonovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarining 
mafkuraviy  kompetentligini  shakllantirish  jarayoni  tahlil  qilinadi.  Malaka  oshirish 
tizimi doirasida amalga oshirilayotgan amaliy va nazariy yondashuvlar ko‘rib chiqilib, 
ularning samaradorlik darajasi tahlil etiladi. Shuningdek, treninglar asosida erishilgan 
natijalar asosida rahbarlarning mafkuraviy bilimlari va tahliliy salohiyatidagi ijobiy 
o‘zgarishlar  ko‘rsatilgan.  Maqolada  mafkuraviy  kompetentlikni  shakllantirishga 
xizmat  qiluvchi  samarali  mexanizmlar  va  takomillashtirish  yo‘nalishlari  asoslab 
berilgan. 

175-176 21 6

NEPHROLYSIS PATHOPHYSIOLOGY: MECHANISMS AND CLINICAL IMPLICATIONS

SHODIEV ULMAS MUSTAFOEVICH

Nephrolysis  is  a  surgical  procedure  involving  the  dissection  of  perinephric 
adhesions surrounding the kidney, often performed to treat obstructive uropathy or 
chronic flank pain caused by fibrosis. Although frequently successful, the underlying 
pathophysiological mechanisms leading to the need for nephrolysis—such as chronic 
inflammation, retroperitoneal fibrosis, and ischemia—are complex and multifactorial. 
This  article  explores  the  biological  and  molecular  pathways  that  contribute  to 
perinephric adhesion formation and reviews the clinical consequences and outcomes 
of nephrolysis. 

182-183 22 8

NAQSHBANDIYA TARIQATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Alimov Abdulmalik Husniddin oʻgʻli

 
Tasavvuf islomiy ruhiy-maʼnaviy hayotning ajralmas qismi sifatida qadimdan 
musulmon  jamiyatlarida  chuqur  ildiz  otgan.  U  qalbni  poklash,  Alloh  taologa 
yaqinlashish  va  ruhiy  kamolotga  erishishni  maqsad  qilgan.  Tasavvuf  yo‘llari 
(tariqatlar) ichida esa Naqshbandiya tariqati o‘zining chuqur tafakkuri, qatʼiy shariatga 
sadoqati  va  ichki  zohidligi  bilan  ajralib  turadi.  Ushbu  maqolada  Naqshbandiya 
tariqatining  o‘ziga  xos  jihatlari,  uni  boshqa  tariqatlardan  ajratib  turuvchi  asosiy 
tamoyillar keng yoritiladi. 
1. Xufya zikr (zikri xafiy) 
Naqshbandiya  tariqatining  eng  asosiy  jihatlaridan  biri  bu  –  zikrning  xufya 
(yashirin, ichki) shaklida bajarilishi hisoblanadi. Ko‘pchilik tariqatlarda ovozli (jahriy) 
zikr ustuvor bo‘lsa-da, Naqshbandiylar zikrni qalbda, ichki holat bilan, sokinlikda ado 
etishni afzal ko‘rganlar. 

184-187 19 9

ATOM VA MOLEKULALAR ORASIDAGI O‘ZARO TA'SIRNI KVANT MEXANIKASI ASOSIDA O‘RGANISH

Xamidova Diyora Mavlonjon qizi, Abduvahobova Madinabonu O‘lmasjon qizi

ANNOTATSIYA 
Atom va Molekula qanday tuzilganligi va ularning xossalarini klassik mexanika 
orqali tushuntirishdagi kamchiliklar kvant mexanikasi yaratilishi bilan muvaffaqiyatli 
to‘ldirildi.  Ushbu  maqolada  atom  va  molekulalar  orasidagi  o‘zaro  ta'sirni  kvant 
mexanikasi asosida  ko‘rib chiqamiz. 

188-191 20 6

ZAMONAVIY TA’LIMDA VIRTUAL LABORATORIYALARNING ROLI: YARIMO‘TKAZGICHLAR FIZIKASI MISOLIDA

Abduvahobova Madinabonu O‘lmasjon qizi, Xamidova Diyora Mavlonjon qizi

Annotatsiya 
Maqolada  zamonaviy  ta’lim  jarayonida  virtual  laboratoriyalarning  o‘rni  va 
ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, yarimo‘tkazgichlar fizikasi kabi murakkab fanlarni 
o‘qitishda  virtual  muhitdan  foydalanishning  afzalliklari  va  imkoniyatlari  yoritiladi. 
Simulyatsiya asosidagi interaktiv ta’lim shakllari nazariy bilimlarni chuqur egallash 
hamda amaliy tajribalarni xavfsiz va tejamkor tarzda o‘tkazishga sharoit yaratadi. 

192-195 22 10

SHAXS KAMOLOTI VA PSIXIK HOLATLARNING RIVOJLANISH JARAYONLARI: PSIXOLOGIK NAZARIYALAR TAHLILI

Donayev Bahodir Tuychi o‘g‘li

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  inson  shaxsining  rivojlanishi  va  kamolot 
bosqichlari  haqidagi  ilmiy-nazariy  qarashlar  yoritilgan.  Jahon  va  sobiq  sho‘ro 
psixologiya  fanida  shaxs  shakllanishi,  rivojlanishi,  psixik  holatlarning  o‘ziga  xos 
xususiyatlari turli olimlar asarlari asosida tahlil qilinadi. L.S.Vigotskiy, L.I.Bojovich, 
E.Shpranger,  A.Maslou  kabi  psixologlarning  shaxs  rivojlanish  bosqichlari  va 
motivatsion yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. 

226-228 21 6

BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH

Abdurashidova Muxarramxon Sirojiddin qizi

Annotatsiya:Ushbu  maqolada  biologiya  fanini  o`qitishda  yangi  pedagogik 
texnologiyalarian  samarali foydalanish haqida bayon qilingan. 

200-202 20 5

BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH

Abdurashidova Muxarramxon Sirojiddin qizi

Annotatsiya:Ushbu  maqolada  biologiya  fanini  o`qitishda  yangi  pedagogik 
texnologiyalarian  samarali foydalanish haqida bayon qilingan. 

203-205 22 6

TERMODINAMIKA VA STATISTIK FIZIKA MODDANING FIZIK XOSSALARINI O’RGANISH

Alijonova Mavluda Xayrullo qizi

 
Annotatsiya:  Termodinamika  va  statistik  fizika  moddaning  fizik  xossalarini 
o'rganishda  muhim  ahamiyat  kasb  etib,  materiyaning  issiqlik  harakat  formasini 
o'rganadi. Ularning asosiy mazmuni issiqlik muvozanat holatda bo'lgan ko‘p sondagi 
zarralardan  tashkil  topgan  makroskopik  sistemada  issiqlik  harakat  qonuniyatlari  va 
unda  o'tayotgan  jarayonlarni,  eng  avvalo  termodinamik  metod,  so‘ng  esa  statistik 
metod yordamida o’rganishdan iborat.  

206-207 17 6

IMOM AD-DORIMIY: HAYOTI, ILMIY MEROSI VA HADIS ILMIDAGI O‘RNI

Jo’ramirzaev Islomjon

 
Islom  tarixida  hadis  ilmini  rivojlantirgan  ko‘plab  ulug‘  muhaddislar  mavjud 
bo‘lib, ularning orasida Imom ad-Dorimiy alohida o‘ringa ega. U o‘zining ishonchli 
rivoyatlari, kuchli ilmiy salohiyati va eng muhimi, mu’tabar hadis to‘plami — "Sunan 
ad-Dorimiy" bilan tanilgan. 
Muhadisning to‘liq ismi Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdur-Rahmon ibn al-
Fazl  as-Samarqandiy  ad-Dorimiy  bo‘lib,  Hijriy  181-yilda  (Milodiy  797-yilda) 
Samarqandda tug‘ilgan. "Dorimiy" nisbatini u Dorim qabilasiga mansubligidan olgan. 
U yoshligidan ilm talabida bo‘lib, ko‘plab ulamolardan hadis, fiqh va boshqa islomiy 
fanlarni o‘rgandi. 
Barcha manbalarda Imom Dorimiy yoshlik chog‘laridanoq akl-zakovati, o‘tkir 
zehni,  ayniqsa,  eslab  qolish  qobiliyatining  o‘ta  kuchliligi  bilan  barchani  hayratga 
solganligi  aytib  o‘tilgan.  U  hadislarni  to‘plash  bilan  cheklanmay,  isnodlarining 
ishonchliligiga, uzluksizligiga va roviylar soniga ham katta e’tibor berdi.  

208-210 21 6

JAM‘UL VASOIL SHARHUSH SHAMOIL ASARINING AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI

ISMOILOV MUXRIDDIN

Annotatsiya: Mazkur maqolada Mulla Ali Qoriyning “Jam‘ul-Vasoil Sharhu-
Shamoil”  asari  va  uning  bugungi  kundagi  ilmiy  hamda  tarbiyaviy  ahamiyati  tahlil 
etiladi.  Asarning  tuzilishi,  mazmuni  va  Rasululloh  sallollohu  alayhi  vasallamning 
shamoilini yoritishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqola asar orqali axloqiy qadriyatlarni 
mustahkamlashga qaratilgan. 

211-214 18 8

SCIPY KUTUBXONASI METODLARI YORDAMIDA FUNKSIYANI INTERPOLYATSIYA QILISH

Tojimamatov Isroiljon Nurmamatovich, Quvvatali Raximov Ortiqovich, Muxammadiyeva Mahzuma Axmadjon qizi

Annotatsiya 
Ushbu  maqolada  funksiyani  interpolyatsiya  qilish  masalasi  nazariy  jihatdan 
yoritilgan.  Asosiy  e’tibor  SciPy  kutubxonasining  interpolyatsiya  metodlariga 
qaratilgan. SciPy — bu ilmiy hisoblashlar uchun mo‘ljallangan Python kutubxonasi 
bo‘lib, uning interpolate moduli orqali bir o‘lchamli yoki ko‘p o‘lchamli ma’lumotlar 
asosida funksiyalarni yaqinlashtirish, ya’ni interpolyatsiya qilish imkoniyati mavjud. 
Tadqiqotda interpolyatsiya usullarining nazariy asoslari, ularning matematik modeli va 
qo‘llanilish doirasi muhokama qilingan. 

215-217 24 12

LINUX VA WINDOWS OPERATSION TIZIMLARNING DASTURIY TA’MINOT VA QO’LLAB-QUVVATLASH IMKONIYATLARI

Umarov Bekzod Azizovich, Muxammadiyeva Mahzuma Axmadjon qizi

Annotatsiya 
Ushbu maqolada zamonaviy operatsion tizimlar ichida eng keng tarqalgan ikki 
tizim  —  Linux  va  Windows  OTlarining  dasturiy  ta’minot  bilan  ishlashdagi 
imkoniyatlari  hamda  foydalanuvchi  va  korporativ  darajadagi  qo‘llab-quvvatlash 
jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Har ikki tizimning ochiq kodlilik, lisenziyalash, 
xavfsizlik,  ekotizim  kengligi  va  texnik  yordam  mexanizmlari  jihatidan  farqlari 
ko‘rsatib beriladi. 

218-221 22 7

DIALOG VA ULARNING TURLARI: ANDROID TIZIMIDAGI ALERTDIALOG, PROGRESSDIALOG, DATEPICKERDIALOG, TIMEPICKERDIALOG OYNALARI

Umarov Bekzod Azizovich, Muxammadiyeva Mahzuma Axmadjon qizi

Annotatsiya 
Ushbu  maqolada  Android  tizimida  foydalanuvchi  bilan  muloqotni  tashkil 
qilishda qo‘llaniladigan dialoglar haqida fikr yuritiladi. AlertDialog, ProgressDialog, 
DatePickerDialog va TimePickerDialog oynalari texnik jihatdan tahlil qilinib, ularning 
foydalanuvchi tajribasiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Har bir dialog turi amaliy misollar 
bilan izohlanadi. 

222-225 22 8

LINUX OPERATSION TIZIMINI VIRTUAL MASHINAGA O‘RNATISH: BOSQICHMA-BOSQICH ILMIY QO‘LLANMA.

UMAROV BEKZOD AZIZOVICH, MAMATOVA SARVINOZ MAHMUDJON QIZI

Annotatsiya 
Mazkur  maqolada  virtualizatsiya  texnologiyasi  va  uning  operatsion  tizimlar, 
xususan, Linux tizimlarini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Virtual mashinalar 
orqali  Linux  distributivlarini  o‘rnatish,  tajriba  o‘tkazish,  tizim  konfiguratsiyasini 
sozlash  va  testlash  imkoniyatlari  yoritilgan.  Ushbu  tadqiqotda  VirtualBox  dasturi 
yordamida  Ubuntu  distributivining  virtual  muhitga  bosqichma-bosqich  o‘rnatilishi 
amaliy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bu yondashuvning ta’lim, ilmiy tadqiqot 
va dasturiy testlashdagi afzalliklari haqida ham fikr yuritilgan. 

196-199 24 5

GLOBALLASHUV SHAROITIDA HUDUDLARNING INVESTITSIYA MUHITINI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI

Abdushaxidova Nilufar Obid qizi

Annotatsiya. Ushbu maqolada globallashuv jarayonining hududlararo iqtisodiy 
raqobatga  ta’siri  hamda  hududlarning  investitsiya  muhitini  yaxshilash  zarurati 
yoritilgan.  Investitsiya  muhitining  tarkibiy  qismlari,  O‘zbekistonda  bu  boradagi 
islohotlar,  mavjud  muammolar  va  ularni  bartaraf  etish  yo‘llari  tahlil  qilingan. 
Shuningdek, investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hududiy darajadagi strategik chora-
tadbirlar  ishlab  chiqish,  infratuzilmani  modernizatsiya  qilish,  raqamli  boshqaruv 
tizimini kengaytirish kabi amaliy tavsiyalar ilgari surilgan. Maqolada ilgari surilgan 
takliflar  O‘zbekiston  hududlarining  investitsiya  jozibadorligini  oshirishda  muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

229-231 20 15

TERMODINAMIKA VA STATISTIK FIZIKA MODDANING FIZIK XOSSALARINI O’RGANISH

Alijonova Mavluda Xayrullo qizi

Annotatsiya:  Termodinamika  va  statistik  fizika  moddaning  fizik  xossalarini 
o'rganishda  muhim  ahamiyat  kasb  etib,  materiyaning  issiqlik  harakat  formasini 
o'rganadi. Ularning asosiy mazmuni issiqlik muvozanat holatda bo'lgan ko‘p sondagi 
zarralardan  tashkil  topgan  makroskopik  sistemada  issiqlik  harakat  qonuniyatlari  va 
unda  o'tayotgan  jarayonlarni,  eng  avvalo  termodinamik  metod,  so‘ng  esa  statistik 
metod yordamida o’rganishdan iborat.  

232-235 20 6

HARAKATNI TASHKIL ETISH BO’YICHA ME’YORIY HUJJATLAR

Rahimov Mahammadjon Xalimovich

Annotatsiya:  Sohalar  me’yoriy  xujjatlarida  (instruktsiya,  uslubiy  ko’rsatma) 
avtomobil transportida, yo’l xo’jaligida, yo’l harakat xavfsizligi xizmatlarida harakat 
xavfsizligini  yaxshilash,  yo’l-transport  hodisalarini  hisobga  olish,  transport 
vositalaridan foydalanishga ruxsat berish, yo’lning xavfli bo’laklarini aniqlash, harakat 
xavfsizligini boshqarish bo’yicha yo’l yo’riqlar ko’rsatiladi.   

236-238 20 4

AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ISTIQBOLLARI

Arabboyeva Nozima

Annostatsiya:  Ushbu  maqolada  axborotlashgan  jamiyat  tushunchasi,  tarixiy 
rivojlanishi, ijobiy va salbiy ta’sirlari, kelajakdagi istiqbollari haqida batafsil ma’lumot 
beradi.  Axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalari  (AKT)  ning  keng  tarqalishi, 
insonlar hayotining turli sohalariga chuqur ta’sir ko’rsatganligi ko’rsatiladi.  

239-241 22 6

COMPARATIVE ANALYSIS OF INTER-TEXT MARKERS IN ENGLISH AND UZBEK MEDIA SPEECH

Laylo Salimova

Abstract: Intertextual markers are of great importance in linguistics as tools that 
ensure the logical connection of a text. They link thoughts, sentences, and paragraphs 
within the text to make it easier for the reader or listener to understand information. In 
English, intertextual markers are divided into different categories, each with its own 
function and method of use. In Uzbek, however, intertextual connection is achieved 
through more syntactic and pragmatic means, which, when compared with markers in 
English, shows the peculiarities of the language. 

242-244 27 9

PROFESSIONAL (KASB-HUNAR) TA’ALIMDA DUAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH

To‘rayev Ro‘ziboy Norovich, O‘roqov Orif Ashirali o‘g‘li

Anotatsiya: Ushbu maqolada professional ta’lim tizimida dual ta’lim modelini 
joriy  etishning  ahamiyati,  uning  mazmun-mohiyati,  shakllari  va  amaliy  natijalari 
yoritib berilgan.  

245-246 29 12

SUN’IY INTELLEKT VA UNING ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI

To‘rayev Ro‘ziboy Norovich, O‘roqov Orif Ashirali o‘g‘li

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  sun’iy  intellekt  (SI)  tushunchasi,  uning 
rivojlanish bosqichlari, zamonaviy axborot texnologiyalaridagi o‘rni va qo‘llanilish 
sohalari haqida so‘z yuritiladi.  

247-253 19 7

BOʻLAJAK INFORMATIKA OʻQITUVCHISINING SHAXSIY KOMPETENTLIK OSHIRISH MODELI

To‘rayev Ro‘ziboy Norovich, O‘roqov Orif Ashirali o‘g‘li

Annotatsiya:  Ushbu  maqola  boʻlajak  informatika  oʻqituvchisining 
kompetentsiyalarini modulyatsiya qilishga uslubiy  hissa boʻlib, kompyuter ta'limida 
qoʻllaniladigan intizom kompetentsiyalari toʻplamini tahlil qilish va shakllantirishni 
oʻz ichiga oladi.  

254-258 23 7

“DIDAKTIK BIRLIKLARNI YIRIKLASHTIRISH” TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI

Sh.F.Toʻrayev.

 
Annotatsiya.  Maqolada  “Didaktik  birliklarni  yiriklashtirish”  texnologiyasi 
asosida  o‘qitish  metodikasining  xususiyatlari,  yutuq  va  kamchiliklari  haqida  so‘z 
boradi.  O‘quvchilarda  puxta,  chuqur,  tizimli  bilim  va  ko‘nikmalarni  shakllantirish, 
o‘qitish jarayonini samaraliroq, ixchamroq va ongliroq qilishda “Didaktik birliklarni 
yiriklashtirish” texnologiyasi asosida o‘qitishning qo‘l kelishi Akademik litseylarning 
Matematika darslaridan mavzular olinib asoslashga harakat qilingan. 

128-132 21 10

THEME: "DEVELOPING LISTENING COMPREHENSION THROUGH AUTHENTIC AUDIO MATERIALS"

Teshaboyeva Nigoraxon Qahramonjon qizi, Ismailov Abdurashid Isakovich

Annotatsiya: Mazkur tezisda autentik audio materiallardan foydalanish orqali 
tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali usullari yoritilgan. Unda 
autentik  materiallar  —  ya’ni  real  hayotdan  olingan  audio  manbalar  (intervyular, 
reportajlar,  kino  va  serial  parchalari,  podkastlar,  radio  eshittirishlar)  til  o‘rganish 
jarayonida  qanday  qilib  o‘quvchilarning  eshitganini  tushunish  qobiliyatini  oshirishi 
mumkinligi tahlil qilinadi. 

85-87 25 14

ABDULLA ORIPOV LIRIKASIDA PEYZAJ TASVIRI

Ravshonbekova Gulmira

Annotatsiya. Mazkur maqolada Abdulla Oripov she’riyatidagi peyzaj tasvirlari 
tahlil etiladi. Tabiat manzaralari shoirning poetik dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, 
milliylik va falsafiy tafakkuri bilan uzviy bog‘liq holda ochib beriladi. 

88-97 22 8

FASTFUD ISTE'MOL QILISH NATIJASI O`T TOSH KASALLIGI KELIB CHIQISHI: ETIOLOGIK VA DIETIK OMILLAR TAHLILI

Obidov I.U

 
Rezyume. 
O`t  tosh  kasalligi  dunyo  aholisining  taxminan  10-15%  ga  ta'sir  qiladi  va 
rivojlangan mamlakatlarda tez-tez uchraydi, bu yerda tez (fastfud) tayyorlanadigan 
oziq-ovqat  iste'moli  ortib  bormoqda.  Yaqinda  o'tkazilgan  tadqiqotlar  shuni 
ko'rsatadiki, to'yinmagan yog'lar va qayta ishlangan shakarlar ko'p bo'lgan dietalar – 
bu  tez  tayyorlanadigan  oziq-ovqatga  xos  (fastfud)    bo'lgan  omillar  –  o't  toshi 
shakllanishi  uchun  muhim  xavf  omillaridir.  Masalan,  2022  yilda  o'tkazilgan  bir 
tadqiqotda haftada uch martadan ko'p fastfud iste'mol qilgan odamlar sog'lom dietaga 
amal qilganlarga qaraganda 20% ko'proq o't toshi kasalligiga chalinganligi haqida 
xabar berilgan. Saudiya Arabistonida 2020 yilda o'tkazilgan yana bir tadqiqot shuni 
ko'rsatdiki, xolielitiaz kasalligiga chalingan ayollarning 35% tez-tez fastfud iste'mol 
qilish tarixi bor edi, bu  esa ayollarda o't toshlari rivojlanish ehtimoli ikki baravar 
yuqori ekanligini ko'rsatadi. 


Fastfudga  asoslangan  dietalar  o't  toshlari  shakllanishiga  o'tda  xolesterin 
to'yinganligini  oshirish  orqali  hissa  qo'shadi,  bu  esa  xolesterin  kristallarining 
shakllanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bunday ovqatlarda tolalar kam bo'lgani 
uchun  o't  pufagi  harakatlanishiga  salbiy  ta'sir  qiladi  va  tosh  shakllanish  xavfini 
oshiradi.  Butun  dunyoda  o`t  tosh  kasalligi  kasalligi  har  yili  taxminan  1,5  million 
xoletsistektomiyaga olib keladi va bu sog‘liqni saqlash sohasida katta xarajatlarga 
sabab bo‘ladi. 
Profilaktika  strategiyalari  yuqori  yog'  va  shakarli  ovqatlar  iste'molini 
kamaytirishga, tolaga boy dietalarni va muntazam jismoniy faoliyatni targ'ib qilishga 
qaratilgan.  Jamoat  salomatligi  kampaniyalari  va  individual  dietik  aralashuvlar  o't 
toshi bilan bog'liq asoratlarning ko'payishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. 

98-106 24 5

JIGАRNING EXINOKOKK KISTАSINING OʼT YOʼLLАRI VА OʼT PUFАGIGА YORILISHI (KLINIK HOLАT)

Abidov O'.O

Rezyume.  Jigar  exinokokkozi,  kistaning  oʼt  yoʼllari  va  oʼt  pufagiga  yorilishi 
bilan asoratlari, kam uchraydigan, lekin jiddiy holat boʼlib, zudlik bilan tibbiy yordam 
talab qiladi. Maqolada 36 yoshli bemorning exinokokk kistasi jigardan oʼt yoʼllariga 
yorilib ketganligi va bu mexanik sariqlik, xolangit rivojlanishiga olib kelgan klinik 
holat keltirilgan. Diagnostika usullari, jumladan, ultratovush tekshiruvi (UTT), MRT 
va  endoskopik  retrograd  xolangiopankreatografiya  (ERXPG)  tavsiflangan, 
shuningdek, endoskopik papillosfinkterotomiya va parazit elementlarini olib tashlash 
va  oʼt  yoʼllarini  drenajlash  orqali  xoledoxotomiya  kabi  muvaffaqiyatli  jarrohlik 
davolash usuli qoʼllangan. Retsidivlarning oldini olish uchun davo albendazol bilan 
antiparazitar terapiya orqali toʼldirildi. Erta tashxis va jarrohlik hamda endoskopik 
usullarning  dori  vositalari  bilan  kombinatsiyasi  asoratlar  bilan  kasallangan 
bemorlarda prognozni sezilarli darajada yaxshilashga imkon beradi. 

107-111 50 13

THE ROLE OF TEACHER STRATEGIES IN IMPLEMENTING AUTHENTIC MATERIALS IN EFL LISTENING LESSONS

Mirzaboboyeva Umida Ulugbek kizi, Murod Normuminov

Annotation 
This research article aims to explore how teacher strategies impact the use of 
authentic materials in English as a Foreign Language (EFL) listening classrooms. It 
investigates how planning, scaffolding, feedback, and post-listening tasks contribute to 
the effectiveness of real-life audio and video content. The article is based on classroom 
observations and instructional practices from School No. 41 in Kattakurgan district, 
where students aged 12 to 16 participated in lessons focused on improving listening 
comprehension  through  authentic  resources.  The  findings  confirm  that  teacher 
strategies significantly influence student motivation, comprehension levels, and the 
effectiveness of materials used. 

112-114 24 16

SATIRICAL TECHNIQUES AND ARTISTIC STRUCTURE IN EVELYN WAUGH'S STORIES

Dilnoza Kholnazarova Rustam qizi, Mukadas Murodova Ikromovna

Annotation:This article provides a detailed examination of Evelyn Waugh’s use 
of satire in his short stories, with particular attention to his narrative structure, stylistic 
choices, and tonal strategies. It argues that Waugh deliberately avoids emotional excess 
and overt judgment, favoring a minimalist and understated approach that heightens the 
satirical effect. Through examples from stories like “Mr. Loveday’s Little Outing,” 
“The Balance,” and “Basil Seal Rides Again,” the article illustrates how Waugh’s 
calm, dry tone and structured plot development subtly expose hypocrisy, vanity, and 
social inertia. The analysis further highlights how Waugh's satire relies on contrast 
between appearance and reality, speech and action, rather than direct criticism. The 
research  draws  from  both  Russian  and  English  literary  criticism,  demonstrating 
Waugh’s unique position in the tradition of English secular satire. 

115-120 40 23

ENHANCING CRITICAL THINKING SKILLS THROUGH READING INSTRUCTION: STRATEGIES FOR THE ENGLISH CLASSROOM

Aminova Marjona Dilshodovna

Annotation:  This  article  explores  the  integral  relationship  between  reading 
instruction and the development of critical thinking skills in the English classroom. It 
begins by emphasizing the importance of critical thinking in modern education and 
outlines  how  reading  comprehension  can  serve  as  a  foundation  for  higher-order 
thinking. The authors present a variety of pedagogical strategies such as questioning 
techniques,  text  annotation,  classroom  discussions,  and  multimedia  integration  that 
promote  active  student  engagement  with  texts.  The  article  highlights  the  positive 
outcomes of these strategies, including improved reading comprehension, enhanced 
analytical  skills,  and  greater  student  motivation.  It  also  addresses  implementation 
challenges and offers practical recommendations for educators. Ultimately, the piece 
argues  that  fostering  critical  thinking  through  reading  instruction  is  not  just 
pedagogically  beneficial  but  also  essential  for  preparing  students  for  real-world 
decision-making and lifelong learning. 

121-124 19 7

THE ROLE OF TEACHERS IN STUDENTSʼ DEVELOPMENT

Yaqubova Sarvinoz Zafarbek qizi, Ismailov Abdurashid Isakovich

 Annotation:  This  thesis  explores  the  critical  role  that  teachers  play  in  the 
overall development of students. It emphasizes not only the academic influence of 
teachers but also their impact on students' social, emotional, and moral growth. The 
paper  highlights  how  effective  teaching  practices,  supportive  relationships,  and 
positive classroom environments contribute to students' motivation, self-confidence, 
and  lifelong  learning  habits.  It  also  discusses  the  importance  of  teacher 
professionalism,  continuous  development,  and  empathy  in  shaping  well-rounded 
individuals.  The  research  aims  to  underline  that  teachers  are  not  just  knowledge 
providers, but also mentors, role models, and key figures in students’ personal and 
intellectual development. 

125-127 22 8

THE IMPORTANCE OF IDIOMS AND PROVERBS IN ENGLISH FLUENCY

Kayumova Guliraʼno, Ismailov Abdurashid Isakovich

Abstract: Idioms and proverbs are an essential part of the English language 
that enrich speech, reflect cultural values, and aid in language fluency. This thesis 
explores  their  linguistic  features,  cultural  significance,  and  the  role  they  play  in 
improving  communicative  competence.  It  also  discusses  challenges  faced  by  ESL 
learners and offers practical methods for teaching idiomatic expressions effectively. 

81-84 21 6

TALABALARGA VoLTE XIZMATINING IMS TIZIM OSTI PLATFORMASIDA ISHLASH JARAYONINI O‘RGATISH

Almardanov Muxriddin Xurram o‘g‘li, Abduraxmonov Doston Rustamjon o‘g‘li

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ISM  tizim  osti  platformasining  asosiy 
elementlari, ularning ishlash prinsiplari va bu platformada VoLTE xizmatining ishlash 
jarayoni bayon etilgan 

133-136 23 15

FIZIK MASALALARNING TURLARI, ULARNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI VA KLASSIFIKATSIYASI

Otaqulova Iroda Abdurashid qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  fizik  masalalarning  turlari,  ularning  didaktik 
imkoniyatlari va klassifikatsiyasi haqida ma’lumot berilgan. 

137-141 23 6

YOPIQ TIZIMLARDA ENERGIYA VA IMPULSNI SAQLANISH QONUNLARINING FUNDAMENTAL MOHIYATI HAMDA ULARNING MATEMATIK IFODALANISHI

Djabborxonova Dilshodaxon A’zamxon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada yopiq fizik tizimlarda energiya va impulsning 
saqlanish qonunlarining nazariy asoslari, ularning tabiat qonunlari sifatidagi o‘rni va 
fundamental mohiyati tahlil qilinadi. Bu qonunlarning mexanika, termodinamika va 
nazariy  fizika  doirasidagi  matematik  ifodalanishi  ko‘rib  chiqiladi.  Shuningdek, 
saqlanish  qonunlarining  fizik  jarayonlarni  tahlil  qilishdagi  ahamiyati  va  ularning 
eksperimentlar bilan tasdiqlanishi misollar orqali yoritiladi. Tadqiqot natijalari ushbu 
qonunlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. 

142-145 37 11

“TARIXI TABARIY” XUROSON TARIXI BO‘YICHA MUHIM MANBA

Solijonov Jasurbek Bahromjon o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqolada Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning 
“Tarix  ar-Rusul  val-Muluk”  asarining  Movarounnahr,  xususan  Farg‘ona  vodiysi 
tarixini yoritishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ayniqsa, hijriy 94-yilda Qutayba ibn Muslim 
tomonidan amalga oshirilgan Shosh va Farg‘ona yurishlari, ularning ijtimoiy-siyosiy 
hamda madaniy oqibatlari muhim tarixiy faktlar asosida yoritilgan.  

146-150 20 18

XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING O‘RNI

Muradov Utkir Nurillayevich

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  xorijiy  tillarni  o‘qitish  jarayonida  integrativ 
yondashuvning ahamiyati hamda uni amaliyotda qo‘llash usullari yoritilgan. O‘qish, 
yozuv, tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini uyg‘un tarzda shakllantirish orqali 
talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish masalasi tahlil qilingan. 
Integrativ  yondashuv  xorijiy  til  o‘rganishda  tilni  tabiiy  va  real  kontekstda 
o‘zlashtirishga zamin yaratadi. 

151-153 23 9

PRESERVING CULTURAL IDENTITY AND INTERCULTURAL COMMUNICATION

Parmonova Mohigul Odiljon qizi

Abstract: Maintaining cultural identity and intercultural dialogue are among the 
important themes in the modern world. At a time when globalization processes are 
gaining momentum, different peoples and nations are trying to preserve their cultures, 
maintain  their  own  unique  traditions  and  Customs.  At  the  same  time,  intercultural 
dialogue is an important tool in the development of mutual understanding, respect and 
cooperation  between  the  peoples  of  the  world.  And  finding  a  balance  between 
maintaining  cultural  identity  and  intercultural  dialogue  is  a  complex  but  necessary 
process. 

154-159 23 7

MA’RIFATPARVARLIK – JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSI

Mangliyeva Shaxnoza Akbar qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ma’rifatparvarlik  g‘oyasining  jamiyat 
taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tarixiy tajribalar hamda zamonaviy 
ijtimoiy taraqqiyot jarayonlariga tayangan holda, ma’rifatning inson tafakkuri, axloqiy 
qadriyatlar va innovatsion rivojlanishdagi hal qiluvchi rolini ochib beradi. Ayniqsa, 
O‘zbekiston tarixida jadidlar harakati misolida ma’rifatparvarlikning qanday ijtimoiy 
o‘zgarishlarga turtki bergani yoritiladi. Maqolada, shuningdek, hozirgi davrda yosh 
avlodni  tarbiyalash,  ilm-fan  va  madaniyatni  rivojlantirishda  ma’rifatparvarlik 
yondashuvlarining dolzarbligi ta’kidlanadi.  

160-165 18 8

ТАКФИРНИНГ ХАТАРЛИ ОҚИБАТЛАРИ

Ахмедов Бурхон Абдурахмонович

Аннотация 
Ушбу  мақолада  бир-икки  китобни  ўқиб  олиб,  ўзини  “мужтаҳид” 
санайдиган,  кишиларни  бўлар-бўлмасга  кофирга  чиқарадиган  оқим  ва 
фирқаларнинг вакиллари, уларнинг имон ва куфр масалаларида ўта журъатли 
бўлиб кетишгани ҳамда Исломни ҳали чуқур ўрганмаган, етарли билим олмаган 
баъзи ёшларимиз уларга кўр-кўрона эргашиб, залолат ва жоҳиллик йўлига кириб 
қолишаётгани,  шу  ўринда  «Нега  шундай  бўляпти?  Уларнинг  хатоси  нимада? 
Муаммонинг ечими борми?» каби саволларга жавоб берилган. 

50-53 27 10

MEXANIK VA AVTOMATIK UZATMALAR QUTISINING TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH FARQLARI

Nuraliyev Esonali Botirovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada avtomobil uzatmalar qutisining ikki asosiy turi 
– mexanik va avtomatik uzatmalar qutilarining texnik xizmat ko‘rsatishdagi farqlari 
tahlil qilinadi. Ushbu tizimlarning konstruktiv tuzilishi, ishlash printsipi, texnik xizmat 
intervallari, texnologiyalari va xizmat ko‘rsatish xarajatlari qiyosiy ko‘rinishda tahlil 
etiladi. Natijada, foydalanuvchilar uchun har bir tizimga xos afzallik va kamchiliklar 
aniqlanadi, texnik xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar beriladi. 

8-11 22 7

IDENTIFICATION AND AUTHENTICATION

Orzikul Shukurov

Annotation:  One  of  the  most  common  authentication  schemes  is  simple 
authentication, which is based on the use of traditional multi-factor passwords. The 
procedure for simple authentication of a user on a network can be imagined as follows. 
A user trying to use the network types his or her ID and password on a computer 
keyboard. 

12-19 65 5

“TALOQ” HOJAT EMAS ZARURATDIR

Burxonitdinov Shamsiddin

 
Anotatsiya:  Ushbu  maqola  taloq  instituti  va  uning  Islomiy  qonunchilikdagi 
o‘rnini, inson tabiatini hisobga olgan holda, tahlil qiladi. Maqolada taloq amaliyotidagi 
tarixiy  suiiste’molliklarga  qarshi  choralar,  ya’ni  taloqning  belgilangan  miqdorini 
chegaralash va ayollarga xul’ huquqini berish orqali ularning hurmati va huquqlarini 
himoya qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, maqola bu hukmlarning oila yaxlitligi 
va ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi ahamiyati, shubhasiz taloq ba’zan zaruriy choradir, 
deb ta’kidlaydi. 

20-27 26 8

BADIIY NAQQOSHLIK SAN’ATIDA O‘ZIGA XOS KOMPOZITSIYALAR ASOSIDA NAQSH NAMUNALARI YARATISH TEXNOLOGIYASI

Ruziyeva Dilafro‘z Muminovna

ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada badiiy naqqoshlik san’atida o‘ziga xos kompozitsiyalar asosida 
naqshlar yaratish texnologiyasi tahlil qilinadi. Maqolada, an’anaviy naqsh san’ati va 
zamonaviy yondashuvlar orasidagi o‘zgarishlar, naqsh yaratish jarayonidagi kreativlik 
va texnik ko‘nikmalarning o‘rni muhokama qilinadi. Shuningdek, badiiy naqshlarning 
shakl,  rang,  kompozitsiya  va  stilistik  jihatlari  bo‘yicha  innovatsion  yondashuvlar 
taqdim etiladi. Naqsh yaratishda ishlatiladigan materiallar va texnikalar ham batafsil 
ko‘rib chiqiladi, shuningdek, o‘ziga xos uslublarning shakllanishi va ularning san’at 
asarlarida qanday aks etganligi haqida mulohazalar yuritiladi. 

28-33 16 8

XX MUJADDIDI TOHIR IBN OSHUR

Raximov Abdulbosid

Anotatsiya (O‘zbekcha) 
Ushbu maqola Shayx Muhammad Tohir ibn Oshurning hayoti, ilmiy kamoloti 
va  islom  ilm-fani  rivojidagi  o‘rni  haqida  bayon  qiladi.  U  o‘z  zamonasining  og‘ir 
siyosiy-iqtisodiy sharoitlarida kamol topib, arab-islam ummatini ma’rifat, tafsir, fiqh, 
kalom,  balog‘at  kabi  fanlar  orqali  yuksaltirishda  katta  hissa  qo‘shgan.  Ayniqsa, 
Zaytuna  universitetidagi  faoliyati,  islohotchilik  yondashuvi  va  o‘ziga  xos  tafsir 
metodologiyasi  orqali  arab  dunyosida  muhim  o‘ringa  ega  bo‘lgan.  Maqolada 
shuningdek, uning ta’lim olgan ustozlari, yetishtirgan shogirdlari va ilmiy xizmatlari 
yoritiladi. 

34-36 24 5

DARSLARDA TARIXIY OBIDALARNI O'RGANISHNING PEDAGAGIK AHAMIYATI

Qurvonboyeva Diyora

Annotatsiya:  Tarixiy  obidalarni  o‘rganish  ta’lim  jarayonida  o‘quvchilarning 
tarixiy  tafakkurini  shakllantirishda,  ularning  milliy  ongini  mustahkamlashda  va 
madaniy merosga hurmatni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tarixiy yodgorliklar, 
qadimiy inshootlar, arxeologik topilmalar va boshqa tarixiy obidalar o‘quvchilarga o‘z 
xalqining boy tarixiy merosini anglashga yordam beradi. Bu jarayon nafaqat tarixiy 
bilimlarni chuqurlashtiradi, balki o‘quvchilarning milliy qadriyatlar va urf-odatlarga 
bo‘lgan  hurmatini  oshiradi,  ularni  millatiga  sodiq,  vatanparvar  shaxslar  sifatida 
tarbiyalaydi. 

37-42 23 12

TASVIRIY SAN'AT FANIDA TARIXIY OBIDALARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Diyora Qurvonboyeva

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  tasviriy  san’at  fanida  tarixiy  obidalarni 
o‘rganishning  zarurati,  ularning  o‘quvchilarning  estetik  dunyoqarashini 
shakllantirishdagi o‘rni, darslarda foydalanish metodlari hamda tarixiy obidalar orqali 
milliy  o‘zlikni  anglash  muammolari  keng  yoritilgan.  Shuningdek,  zamonaviy 
texnologiyalar  yordamida  tarixiy  obidalarni  tasviriy  san’atda  o‘rgatish  bo‘yicha 
takliflar ham berilgan. 

43-46 24 8

TASVIRIY SAN'ATNING BOLALAR PSIXOLOGIYASIGA IJOBIY TA'SIRI

Qurvonboyeva Diyora

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  tasviriy  san’atning  bolalar  psixologik 
rivojlanishiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Jumladan, san’at vositasi orqali bolaning 
emotsional holati, ijodiy tafakkuri, estetik didi, ijtimoiylashuvi va o‘zini ifoda etish 
qobiliyatlari qanday rivojlanishi haqida ilmiy-nazariy hamda amaliy misollar orqali 
yoritiladi. Shuningdek, san’at terapiyasi usullari, ularning amaliyoti va maktabgacha 
ta’lim tizimidagi o‘rni haqida fikrlar bildiriladi. 

47-49 22 5

KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINING TA'LIM JARAYONIDAGI O'RNI VA AFZALLIKLARI

Mo‘minova Gulnora Sobirjonovna

Annotatsiya:  Hozirgi  zamon  ta'limida  kompyuter  texnologiyalari  muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Ularning ta'lim jarayonida qo'llanilishi o'quvchilarni yanada 
qiziqarli  va  samarali  o'qitishga  yordam  beradi.  Kompyuterlar,  internet  va  boshqa 
zamonaviy texnologiyalar ta'limni yangilash, o'quvchilarning bilim darajasini oshirish 
va  darslarni  yanada  interaktiv  qilish  imkonini  beradi.  Ushbu  maqolada  kompyuter 
texnologiyalarining  ta'lim  jarayonidagi  o'rni,  afzalliklari  va  kamchiliklari  haqida 
ma'lumotlar berilgan.  

166-170 24 10

“BOBURNOMA” ASARIDA QO’LLANILGAN GIDRONIMLAR. SUV HAVZA VA SUV INSHOOTI NOMLARI HAMDA ULARNING ETIMOLOGIYASI

Doniyorova Rahima Azim qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  noyob 
memuar  asari  bo‘lgan  “Boburnoma”da  keltirilgan  gidronim  ifodalovchi  geografik 
nomlar,  ularning  turlari,  o‘sha  davrda  qo‘llanilgan  shakllari,  kelib  chiqish  tarixi 
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.  

54-56 19 6

MIOKARD INFARKTINING SABABLARI, XAVF OMILLARI, KLINIK BELGILARI, TASHXISLASH USULLARI HAMDA ZAMONAVIY DAVOLASH YO‘LLARI

Umarova Oysara Kazimovna

Annotatsiya:Ushbu  maqolada  miokard  infarktining  sabablari,  xavf  omillari, 
klinik belgilari, tashxislash usullari hamda zamonaviy davolash yo‘llari haqida batafsil 
ma’lumot berilgan. Shuningdek, infarktdan keyingi reabilitatsiya va kasallikning oldini 
olish  bo‘yicha  profilaktik  choralar  yoritilgan.  Maqola  tibbiyot  yo‘nalishida  tahsil 
olayotgan  talabalar,  shifokorlar  hamda  yurak  salomatligi  bilan  qiziqadigan  keng 
kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. 

57-59 21 7

KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINING TA'LIM JARAYONIDAGI O'RNI VA AFZALLIKLARI

Mo‘minova Gulnora Sobirjonovna

Annotatsiya:  Hozirgi  zamon  ta'limida  kompyuter  texnologiyalari  muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Ularning ta'lim jarayonida qo'llanilishi o'quvchilarni yanada 
qiziqarli  va  samarali  o'qitishga  yordam  beradi.  Kompyuterlar,  internet  va  boshqa 
zamonaviy texnologiyalar ta'limni yangilash, o'quvchilarning bilim darajasini oshirish 
va  darslarni  yanada  interaktiv  qilish  imkonini  beradi.  Ushbu  maqolada  kompyuter 
texnologiyalarining  ta'lim  jarayonidagi  o'rni,  afzalliklari  va  kamchiliklari  haqida 
ma'lumotlar berilgan.  

60-62 22 8

ONA TILI TA’LIMIDA METODLARDAN SAMARALI FOYDALANISH

G‘ulomova Shahzoda

Annotatsiya:  O‘quvchilar  nutqini  rivojlantirishda  ona  tili  darslarining  o‘rni 
katta. Ularning so‘z boyligini oshirish, erkin va ravon fikrlarini bayon qilishlari, yangi 
mavzuga  diqqatlarini  tortish  uchun  darslarni  qiziqarli  va  samarali  tashkillashtirish  
lozim. Quyida ona tili darslarida qo‘llash uchun bir qancha metodlar tavsiya qilganmiz. 

63-66 19 9

O‘QUVCHILARDA RASMIY ISH QOG‘OZLARI BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRUVCHI TOPSHIRIQLAR

Nasiba Tursunboyeva Muzaffar qizi

Annotatsiya:Ushbu maqola davlat tilida rasmiy ish yuritish qog ‘ozlari va ularni 
maktab darsliklarida berilishi va yangi va qiziq topshiriqlar asosida  o‘quvchilarga o 
‘rgatishni ko‘zlovchi masalalar ko‘riladi.Ushbu maqola orqali yoshlarni kelajakda tilga 
bo  ‘lgan  mehrini oshirish  va  albatta davlat  tilida ish qog’ozlarini  yaxshi  yuritishda 
ko‘makllashadi. 

67-69 20 7

XROMOTOGRAFIYA

Sodiqova Gulsanam, Abdiqulov Nozimjon, Mirzayev Xusanboy, Saidobbozov Saidmansur

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  xromatografiya  usulining  asosiy  nazariy 
tamoyillari, tibbiyot sohasidagi keng qo‘llanilishi, zamonaviy diagnostik va analitik 
laboratoriya  amaliyotlari  haqida  batafsil  ma’lumotlar  beriladi.  Maqolada 
xromatografiyaning  tibbiy  diagnostika,  toksikologiya,  farmatsevtika  va  biologik 
namunalarda qo‘llanishi yoritilib, har bir kalit so‘z tibbiyot bilan bog‘liq holda chuqur 
tahlil  qilinadi.  Shuningdek,  maqola  davomida  tibbiyotga  oid  rasm  va  grafiklar 
o‘rnatilishi rejalashtirilgan. 

70-74 22 7

TA’LIM MUASSASALARIDA MUAMMOLI O’QUVCHILAR PSIXOLOGOGIYASI

Dumarova Gulfira Kozimbekovna

Annotatsiya 
O’smirlik  davri  haqida  tushuncha,o’smirlarning  anatomic  fiziologik 
xususiyatlari va o’smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari tahlil qilindi. 

75-80 32 11

TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUV: STEAM O‘QITISH TIZIMI XUSUSIDA

Ergashev Farruxbek Ortiqboy o’g’li

 
Annotatsiya:  Jahon  miqyosida  ta’lim  tizimida  bo‘layotgan  yangiliklar, 
zamonaviy  o‘qitish  usullari,  an’anaviy  yondashuvdan  qochish  va  uning  o‘rniga 
yangicha  zamonaviy  yondashuvlar  asosida  o‘qitish  tizimini  shakllantirish,  ta’lim 
tizimini  isloh  qilish  qilish  davr  talabiga  aylanib  ulgurmoqda.  Ushbu  maqolada 
zamonaviy o‘qitish tizimlaridan biri STEAM–o‘qitish tizimi haqida fikr yuritiladi.