Mualliflar

  • Solijonov Jasurbek Bahromjon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.103028

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Tarixi Tabariy Qutayba ibn Muslim Farg‘ona Shosh Movarounnahr arab yurishlari.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning 
“Tarix  ar-Rusul  val-Muluk”  asarining  Movarounnahr,  xususan  Farg‘ona  vodiysi 
tarixini yoritishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ayniqsa, hijriy 94-yilda Qutayba ibn Muslim 
tomonidan amalga oshirilgan Shosh va Farg‘ona yurishlari, ularning ijtimoiy-siyosiy 
hamda madaniy oqibatlari muhim tarixiy faktlar asosida yoritilgan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

142

ISSN:3030-3621

“TARIXI TABARIY” XUROSON TARIXI BO‘YICHA MUHIM MANBA

Solijonov Jasurbek Bahromjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat unversiteti 1-kurs magistranti,

jasurbeksolijonov133@gmail.com

+998903652201


Annotatsiya:

Mazkur maqolada Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning

“Tarix ar-Rusul val-Muluk” asarining Movarounnahr, xususan Farg‘ona vodiysi
tarixini yoritishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ayniqsa, hijriy 94-yilda Qutayba ibn Muslim
tomonidan amalga oshirilgan Shosh va Farg‘ona yurishlari, ularning ijtimoiy-siyosiy
hamda madaniy oqibatlari muhim tarixiy faktlar asosida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Tarixi Tabariy, Qutayba ibn Muslim, Farg‘ona, Shosh,

Movarounnahr, arab yurishlari.

АННОТАЦИЯ

: В статье анализируется роль труда Абу Джафара

Мухаммада ибн Джарира ат-Табари «Тарих ар-Русул валь-Мулук» в освещении
истории Трансоксании и, в частности, Ферганской долины. В частности, на
основе важных исторических фактов освещаются походы Кутайбы ибн Муслима
в Шаш и Фергану в 94 г. по хиджре, а также их социально-политические и
культурные последствия.

Ключевые слова:

История: Табари, Кутайба ибн Муслим, Фергана, Шаш,

Моваруннахр, арабские походы.

ABSTARCT:

This article analyzes the role of Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir

al-Tabari's "Tarikh ar-Rusul wal-Muluk" in illuminating the history of Transoxiana,
especially the Fergana Valley. In particular, the Shash and Fergana campaigns carried
out by Qutayba ibn Muslim in 94 AH, their socio-political and cultural consequences
are covered based on important historical facts.

Keywords :

History: Tabari, Qutayba ibn Muslim, Fergana, Shash, Transoxiana,

Arab campaigns.

KIRISH:

Tarixiy manbalar tarixiy tadqiqotlar uchun eng muhim asosni tashkil etadi. Ular

tarixdagi voqealar, ijtimoiy tuzilmalar, iqtisodiy va madaniy holatlar haqida ma’lumot
beradi. Tarixiy manbalar bir nechta shaklda bo‘lishi mumkin: yozma, arkeologik,
etnografik, og‘zaki va boshqalar. Yozma manbalar tarixshunoslikda juda katta
ahamiyatga ega, chunki ular o‘tmishdagi voqealarni, ijtimoiy hayotni, siyosatni va
madaniyatni aniq va ishonchli tarzda qayd etadi. Yozma manbalar tarixiy tadqiqotlar
uchun ajralmas qism hisoblanadi, chunki ular aniq va to‘g‘ri ma’lumotlar, vaqt va
holatlarni aks ettiradi. Ular nafaqat o‘tmishdagi voqealarni, balki odamlar va jamiyatlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

143

ISSN:3030-3621

haqida chuqur bilimlar olish imkonini beradi. Tarixiy manbalarning har bir turi o‘ziga
xos ahamiyatga ega bo‘lsa-da, yozma manbalar bu sohada asosiy va eng ishonchli
vosita sifatida qoladi.

Manashunday yozma manabalarga Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-

Tabariyning Tarixi Tabariy “

Tarix ar-rusul val-muluk”

asarini misol qilishimiz

mumkin.

Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (839-923)

Tabaristonning

Amul shahrida (hozirgi Eron shimolidagi shahar) zodagon oilada tugʻilgan. Amul
shahrida dastlabki taʼlimni olgan. Yetti yoshida u hofiz bo‘lgan. 12 yoshida u oʻqishni
davom ettirish uchun oʻz uyini tark etib, avval Rayda mashhur muhaddis
va faqihlar qoʻlida oʻz bilimini oshirgan, soʻngra Bag’dod, Basra, Kufaga borib,
zamonasining mashhur ulamolariga shogird tushgan. Suriya, Falastin va 867-yilda
Misrga borganida yetuk olim sifatida eʼtirof etilgan. U Bag’dodga qaytgach, „Al-
Jaririyya“ deb atalgan oʻzining fiqh (huquq) maktabiga asos solgan. Ahmad ibn Komil
Abu Bakr, Abdulaziz ibn Muhammad Tabariy, Abdulloh ibn Ahmad Farg‘oniy uning
yetuk shogirdlaridan bo‘lishgan.

Arab tarixiy adabiyotida u „

musulmon

tarixshunosligining otasi

“ sifatida birinchi oʻrinlardan birini egallaydi. At-Tabariyning

Tarix ar-rusul val-muluk

(„Paygʻambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi“, „

Tarixi

Tabariy

“ nomi bilan mashhur) asarida dunyo yaratilishidan to IX asrgacha boʻlgan

tarixni o‘z ichiga oladi, islom tarixshunosligining eng yirik asaridir. Bu asar 914-
yilda
yakunlangan.

Bu yirik asarning salmoqli qismi VII asrdan X asr boshlariga qadar qadimiy

Turon, o‘sha davr arab mualliflari iborasicha, Movarounnahrda kechgan ijtimoiy-
siyosiy voqealarga bag‘ishlangan. Tabariy tarixida VII asr oxirgi choragidan Turkiston
xalqlarining yangi din, notanish ma’naviy dunyo, o‘zgacha falsafiy qarashlar,
tuganmas shiddatga to‘lib toshgan yangi g‘ayratli qavm, makkor va aqlli jangchilardan
iborat qo‘shinga duch kelishi, ularga qarshi kurashi qiziqarli tafsilotlarda aks etgan.
Muallif o‘sha davrlarda kechgan tarixiy voqealar orqali Buxoro, Samarqand, Xorazm,
Sug‘d, Nasaf, Termiz, Kesh, Ustrushona, Shosh, Farg‘ona viloyati va shaharlari
o‘tmishi, ularning ahvoli, xalqining turmush tarzi, harbiy qudrati va kamchiliklari
to‘g‘risida muhim ma’lumotlar beradi. Unda ko‘plab qadimiy joy nomlari uchraydi,
ayrimlari shu paytgacha saqlanib qolgan. Mashhur Qutayba ibn Muslim bosqini, Abu
Muslim siyosiy harakati, Muqanna nomi bilan shuhrat qozongan Hoshim ibn Hakim
qo‘zg‘oloni, Rofe ibn Lays boshchiligidagi xalq isyoni kabi tarixiy voqealar qiziqarli
hikoya qilinadi. Ular bugungi jamiyat kishisiga bir yarim ming yil oldin yurtimizda
ro‘y bergan ijtimoiy hodisalarni aniq tasavvur qilishga yordam beradi. Millatning
shonli o‘tmishini o‘rganish, undagi ulkan mavhumliklarni yoritish, o‘zlikni topish
yo‘lida mazkur asarning ko‘magi katta va behad ahamiyatlidir.

“Tarixi Tabariy” sho‘rolar inqilobiga qadar yurtimizda eng mashhur asarlardan

biri sifatida o‘qib-o‘rganilgan. Ikki marta turkiy tilga tarjima qilingan va ular


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

144

ISSN:3030-3621

qo‘lyozmalar xazinasida №9470, 1229 raqamlari bilan saqlanadi. №1229 raqamli
qo‘lyozma (685 varaq, 1370 sahifa) Muhammad Yusuf Bayoniy (1859 – 1923)
tomonidan Xorazmda turkiyga o‘girilgan

1

.

Qo‘lyozmalar xazinasida asarning yana o‘n to‘rtta (12593, 4226, 831, 7466…)

forsiyga tarjima qilingan nusxasi saqlanadi. Mutaxassislar fikricha, 7322 raqamli
qo‘lyozma X asrda Muhammad ibn Muhammad Bal’amiy tomonidan ba’zi bir
to‘ldirishlar bilan fors tiliga tarjima qilingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarxi Tabariy asaridagi Qutayba ibn Muslimning Farg’onaga yurishi bo’lgan

qismini to’xtalsak. Hijriy 94-yil, Qutayba ibn Muslim Shosh (Toshkent) va Farg‘ona
yurishlariga yo‘l oldi. U Marv orqali harakatlanib, Iroq chegaralaridan o‘tdi. Kesh,
Nahshab va Xorazmdan 20 ming askar yig‘di. Bu qo‘shinlarning katta qismini Shoshga
yubordi, o‘zi esa Farg‘ona shahriga bordi

2

.

Farg‘onaliklar yoppasiga qarshilik ko‘rsatish uchun to‘plandilar. Arablar bilan

qattiq janglar bo‘ldi. Biroq musulmonlar hech qanday g‘alaba yoki muhim ustunlikka
erisha olmadilar. Uzoq davom etgan janglar natijasida arab askarlarining ruhi tushdi.

Bir kuni, Farg‘onaliklar yana jang qilishga hozirlik ko‘rayotgan vaqtda, ikki arab

askari baland tepalikda turib, musulmon qo‘shinlarining tartibsiz va tarqoq holatini
kuzatdi. Ulardan biri dedi:

— Agar bugun ham jang qilsak, mag‘lub bo‘lamiz.
Boshqasi unga qarshi chiqdi va Avf ibn Hazrajning mashhur she’rini esladi:
“Biz

shunday

qavmmizki,

jang

bizga

yoqadi.

Qush o‘ngdan uchsa ham, chapdan uchsa ham — biz jangdan qochmaymiz.”

Bu yerda arablar orasidagi qadimiy e’tiqod eslatiladi: jang yoki ovga chiqqanlar

qush o‘ng tomondan uchsa — omadlilik belgisi, chapdan uchsa — yomon alomat deb
qarashgan. Ammo Avf ibn Hazraj o‘z she’rida bu e’tiqodlarni rad etib, jasorat va
qat’iyatni ulug‘laganini ta’kidlaydi.

Shundan so‘ng Qutayba Farg‘onani tark etib, Kashan tomon yo‘l oldi. Bu orada

Shoshga yuborilgan 20 ming askar ko‘plab yerlarni zabt etib, boy o‘lja bilan qaytdilar.
Keyinchalik Qutayba o‘z yurishini yakunlab, Marvga qaytdi.

Quyidagi Tabriyning fikridan boshqa Qutaybaning Farg’onaga bo’lgan yurishi

haqida bir qancha qarashlar mavjud:

Balazuriy Qutaybaning yurishlarini qisqaroq bayon qiladi

3

. Uning asarida

Farg‘ona yurishi haqida kamroq ma’lumot berilgan bo‘lsa-da, Qutaybaning
Movarounnahrdagi harbiy faoliyati umumiy tarzda tasvirlanadi.

1

Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy

xalqaro markazi, 2016. — B. 628.

2

At-Tabariy, Muhammad ibn Jarir.

Tarix ar-Rusul val-Muluk

(Tarixi Tabariy). – Qohira: Dar al-Ma’arif, 1967

3

Balazuriy, Ahmad ibn Yahyo.

Futuh al-Buldan

(Mamlakatlarning fath etilishi). – Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 1987.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

145

ISSN:3030-3621

Ibn al-Asirning asarida Qutaybaning Farg‘ona yurishi haqida ma’lumotlar

mavjud. Uning yozishicha, Qutayba Farg‘onaga yurish qilgan, ammo bu yurish
muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. Bu ma’lumotlar Tabariyning matn bilan mos keladi.

Zamonaviy tadqiqotlarda Qutaybaning Farg‘ona yurishi haqida turli fikrlar

mavjud. Ba’zi tadqiqotchilar bu yurishni muvaffaqiyatsiz deb hisoblashadi, boshqalari
esa uni muvaffaqiyatli deb baholashadi. Masalan, Britannika ensiklopediyasida
Qutaybaning Farg‘ona yurishi haqida ma’lumotlar mavjud. Unda yozishicha, Qutayba
Farg‘onani bosib olganligi haqida ma’lumotlar bor

4

.

Yana ba’zi manbalarda Qutaybaning Farg’onada vafot etganligi haqida

ma’lumotlar keladi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, Tabariyning “Tarix ar-Rusul val-Muluk” asari

Movarounnahr, jumladan Farg‘ona vodiysi tarixini o‘rganishda noyob va ishonchli
manba hisoblanadi. Qutayba ibn Muslimning Farg‘onaga yurishi haqidagi bayonlar bu
yurishning murakkab, harbiy va siyosiy jihatdan serqirra voqea bo‘lganini ko‘rsatadi.
Turli manbalardagi tafovutlar, xususan Balazuriy, Ibn al-Asir va zamonaviy tadqiqotlar
orqali bu yurishga nisbatan qarashlar xilma-xilligini anglash mumkin. Ayrim
manbalarda bu yurish muvaffaqiyatsiz deya ta’riflansa-da, Tabariy matnida uning
nisbiy muvaffaqiyatlari aks ettirilgan. Maqola shuni anglatadiki, Tabariy asari faqat
tarixiy ma’lumotlar emas, balki zamonaviy tarixiy tahlil uchun ham boy faktologik
zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

At-Tabariy, Muhammad ibn Jarir.

Tarix ar-Rusul val-Muluk

(Tarixi Tabariy). –

Qohira: Dar al-Ma’arif, 1967.

2.

Balazuriy, Ahmad ibn Yahyo.

Futuh al-Buldan

(Mamlakatlarning fath etilishi). –

Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 1987.

3.

Ibn al-Asir, Ali ibn al-Hasan.

Al-Kamil fi’t-Tarix

. – Bayrut: Dar al-Kutub al-

Ilmiyya, 1995.

4.

Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far.

Tarixi Buxoro

. – Toshkent: Fan, 1993.

5.

Beruniy, Abu Rayhon.

Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar

. – Toshkent:

G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1990.

6.

Encyclopaedia

Britannica.

Qutayba

ibn

Muslim

al-Bahili

.

https://www.britannica.com

7.

Yusuf Bayoniy.

Tarixi Tabariy

tarjimasi (qo‘lyozma). – O‘zbekiston FA

Qo‘lyozmalar instituti fondi, inv. №1229.

8.

Al-Bal’amiy, Muhammad ibn Muhammad.

Tarixi Tabariy forsiyga tarjimasi

. –

Qo‘lyozma nusxa, inv. №7322.

4

Encyclopaedia Britannica.

Qutayba ibn Muslim al-Bahili

. –

https://www.britannica.com

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

At-Tabariy, Muhammad ibn Jarir. Tarix ar-Rusul val-Muluk (Tarixi Tabariy). –

Qohira: Dar al-Ma’arif, 1967.

Balazuriy, Ahmad ibn Yahyo. Futuh al-Buldan (Mamlakatlarning fath etilishi). –

Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 1987.

Ibn al-Asir, Ali ibn al-Hasan. Al-Kamil fi’t-Tarix. – Bayrut: Dar al-Kutub al-

Ilmiyya, 1995.

Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far. Tarixi Buxoro. – Toshkent: Fan, 1993.

Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. – Toshkent:

G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1990.

Encyclopaedia Britannica. Qutayba ibn Muslim al-Bahili. –

Yusuf Bayoniy. Tarixi Tabariy tarjimasi (qo‘lyozma). – O‘zbekiston FA

Qo‘lyozmalar instituti fondi, inv. №1229.

Al-Bal’amiy, Muhammad ibn Muhammad. Tarixi Tabariy forsiyga tarjimasi. –

Qo‘lyozma nusxa, inv. №7322.