Mualliflar

  • Djabborxonova Dilshodaxon A’zamxon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.103029

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: yopiq tizim energiyaning saqlanish qonuni impulsning saqlanish qonuni fizik qonunlar matematik ifoda konservativ tizimlar

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada yopiq fizik tizimlarda energiya va impulsning 
saqlanish qonunlarining nazariy asoslari, ularning tabiat qonunlari sifatidagi o‘rni va 
fundamental mohiyati tahlil qilinadi. Bu qonunlarning mexanika, termodinamika va 
nazariy  fizika  doirasidagi  matematik  ifodalanishi  ko‘rib  chiqiladi.  Shuningdek, 
saqlanish  qonunlarining  fizik  jarayonlarni  tahlil  qilishdagi  ahamiyati  va  ularning 
eksperimentlar bilan tasdiqlanishi misollar orqali yoritiladi. Tadqiqot natijalari ushbu 
qonunlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

137

ISSN:3030-3621

YOPIQ TIZIMLARDA ENERGIYA VA IMPULSNI SAQLANISH

QONUNLARINING FUNDAMENTAL MOHIYATI HAMDA ULARNING

MATEMATIK IFODALANISHI

Djabborxonova Dilshodaxon A’zamxon qizi

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy

pedagogika universiteti talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada yopiq fizik tizimlarda energiya va impulsning

saqlanish qonunlarining nazariy asoslari, ularning tabiat qonunlari sifatidagi o‘rni va
fundamental mohiyati tahlil qilinadi. Bu qonunlarning mexanika, termodinamika va
nazariy fizika doirasidagi matematik ifodalanishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
saqlanish qonunlarining fizik jarayonlarni tahlil qilishdagi ahamiyati va ularning
eksperimentlar bilan tasdiqlanishi misollar orqali yoritiladi. Tadqiqot natijalari ushbu
qonunlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

yopiq tizim, energiyaning saqlanish qonuni, impulsning saqlanish

qonuni, fizik qonunlar, matematik ifoda, konservativ tizimlar

Abstract:

This article analyzes the theoretical foundations, fundamental nature,

and mathematical formulation of the laws of conservation of energy and momentum in
closed physical systems. The study explores how these fundamental principles operate
across classical mechanics, thermodynamics, and theoretical physics. The paper also
presents the role of these conservation laws in analyzing physical processes and
supports them with experimental evidence. The findings contribute to a deeper
scientific understanding of the essential role conservation laws play in modern physics.

Keywords:

closed system, law of conservation of energy, law of conservation

of momentum, physical laws, mathematical formulation, conservative systems

Аннотация:

В статье рассматриваются теоретические основы,

фундаментальное значение и математическое выражение законов сохранения
энергии и импульса в замкнутых физических системах. Анализируются
принципы действия этих законов в рамках классической механики,
термодинамики и теоретической физики. Особое внимание уделяется роли
законов

сохранения

в

анализе

физических

процессов,

а

также

экспериментальному

подтверждению

их

справедливости.

Результаты

исследования способствуют более глубокому пониманию их научной и
практической значимости.

Ключевые слова:

замкнутая система, закон сохранения энергии, закон

сохранения импульса, физические законы, математическое выражение,
консервативные системы


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

138

ISSN:3030-3621

Energiya va impuls saqlanish qonunlari fizikada eng muhim va asosiy

qonunlardan hisoblanadi. Ular tabiatdagi jarayonlarning qanday sodir bo‘lishini
tushunish, modda va harakat holatlarining o‘zgarishini tavsiflash hamda nazorat
qilishda muhim rol o‘ynaydi. Saqlanish qonunlari shuni anglatadiki, yopiq yoki
izolyatsiyalangan tizimda ma’lum fizikaviy miqdorlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi.

Energiya saqlanish qonuniga ko‘ra, energiya yo‘q bo‘lib ketmaydi va hech

qachon yo‘qdan paydo bo‘lmaydi - u bir turdan ikkinchisiga aylanishi mumkin, lekin
umumiy miqdori saqlanib qoladi. Masalan, mexanik energiya ishqalanish natijasida
issiqlik energiyasiga aylanishi mumkin, lekin energiya umumiy miqdori o‘zgarmaydi.

Impuls saqlanish qonuni esa, harakat miqdorining (impulsning) yopiq tizimda

doimiy bo‘lib qolishini ifodalaydi. Bu qonun mexanik tizimlarning harakatini tahlil
qilishda, ayniqsa to‘qnashuvlar va harakat o‘zgarishlarini o‘rganishda katta
ahamiyatga ega. Impuls – bu jism massasi va tezligining ko‘paytmasi sifatida
aniqlanadi va vektor miqdor hisoblanadi.

Bu qonunlarning mohiyati shundaki, ular tabiatdagi muvozanat, simmetriya va

izchillikni ta’minlaydi. Energiya va impulsning saqlanishi faqat nazariy emas, balki
amaliy jihatdan ham tajriba orqali isbotlangan fundamental prinsiplar bo‘lib,
zamonaviy fizikaning barcha sohalarida qo‘llaniladi.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida fizika fani boʻyicha oʻquv dasturlari va oʻquv

qoʻllanmalarida ham shu prinsipga asoslanilgan, shu sababli fizika fani
oʻqituvchilarining oʻquvchilarda inersial sanoq sistemalari toʻgʻrisidagi tushunchalarni
toʻgʻri shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratishlarini zarur deb hisoblaymiz.

Jismning (Zarrachaning) impulsi deb

𝑝⃗ = 𝑚𝑣⃗

vektor kattalikga aytiladi.

Impulsning oʻzgarishini bilgan holda zarrachaga ta’sir qilayotgan kuchni quyidagicha
aniqlash mumkin.

𝐹⃗ =

∆𝑝⃗

∆𝑡

(1)

Bu formuladan koʻrinadiki, kuch impulsning oʻzgarish tezligini ifodalaydi. Agar

jismga ta’sir qiluvchi kuch nolga teng boʻlsa impulsning oʻzgarishi ham nolga teng
boʻladi. Bu esa Nyutonning birinchi qonuni ta’rifiga mosdir.

Albatta umumiy oʻrta maktablarga moʻljallangan oʻquv adabiyotlarida

Nyutonning birinchi qonuni biroz boshqacharoq ta’riflangan, fizika oʻqituvchilari
tomonidan kuch va impuls tushunchalarining oʻzaro bogʻlanishi oʻquvchilarga
yuqoridagidek nuqtai-nazardan ham tushuntirilsa ham, ularda Nyuton 1-qonuni
toʻgʻrisida mukammalroq fikrlar shakllanishiga yordam beradi.

(1 ) formula, ma’lum ma’noda taqribiyroq, chunki unda

∆𝑡

vaqt oraligida

kuch juda kichik oʻzgaradi (yoki deyarli oʻzgarmaydi) deb qaraladi.

Agar jism (zarracha )ga chekli vaqt oralig‘ida oʻzgaruvchan kuch ta’sir

qilayotgan boʻlsa, yuqoridagi ifoda quyidagicha yoziladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

139

ISSN:3030-3621

𝐹⃗ = lim

∆𝑡→0

∆𝑝⃗

∆𝑡

=

𝑑𝑝⃗

𝑑𝑡

(2)

Demak, jism (zarracha) impulsidan vaqt boʻyicha olingan birinchi tartibli hosila

jismga ta’sir qiluvchi kuchga teng.

Bitta jism (zarracha) dan iborat sistemadan jismlar (zarrachalar) sistemasini

oʻrganishga oʻtamiz. Bu albatta ixtiyoriy jism yoki jismlar sistemasi boʻlishi mumkin.
Sistemadagi jism (zarracha)lar oʻzaro yoki shu sistema tarkibiga kiruvchi boshqa
jismlar bilan ham oʻzaro ta’sirlashishlari mumkin.

Sistemaga hech qanday boshqa jismlar ta’sir qilmasa, yoki ularning ta’siri

yetarlicha kichik, yoki toʻla kompensasiyalansa bu sistema yopiq yoki
izolyasiyalangan ( yakkalangan) sistema (1–rasm) deyiladi.

1-rasm O‘zaro ta’sir kuchlari

Jismlarning harakati toʻgʻrisidagi masalani yechish uchun unga ta’sir qiluvchi

hamma kuchlarni e’tiborga olish kerak, lekin bunday kuchlar juda koʻp.

Impulsning saqlanish qonuni tabiatning universal qonuni sifatida tabiatdagi

hamma xodisalarda kuzatiladi.

Bunga misol sifatida juda katta tezliklar bilan xarakatlanuvchi jismlar

mexanikasi

hisoblangan,

relyativistik

mexanikada

impulsning

yuqoridagi

formulasidan emas balki, zarracha massasining tezlikga bogʻlanishini e’tiborga oluvchi
quyidagi formulasidan foydalanilishini ta’kidlab oʻtamiz.

𝑝⃗ = 𝑚𝑣⃗ =

𝑚

0

𝑣

⃗⃗

√1−

𝑣2
𝑐2

(3)

m

0

–tinch holatdagi yoki zarracha tinch holatda boʻlgan sanoq sistemasiga

nisbatan aniqlangan massa,

c-

yorugʻlik tezligi.

Agar oʻzaro ta’sirlashuvchi jismlar bir- biri bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlangan

holatda joylashgan boʻlsa Nyutonning uchinchi qonuni impulsning saqlanish qonunining
hususiy holini ifodalaydi deb hisoblash mumkin.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

140

ISSN:3030-3621

2-rasm

O‘q uzilishidagi “tepki” hodisasi

Jismlar toʻgʻridan-toʻgʻri kontaktda boʻlmagan hollarda ular orasidagi oʻzaro

ta'sirlarni oʻrganishda fizikaviy maydonlarning mavjudligi faraz qilinadi,
impulslarning oʻzgarishi esa yorugʻlik tezligiga teng tezliklar bilan harakatlanuvchi
maydon kvantlari orqali uzatiladi, maydon va zarrachalarning impulslari yigʻindisi
ixtiyoriy vaqt momentida doimiy saqlanadi.

Tabiatda 4-hil oʻzaro ta’sir va mos maydonlar mavjud deb qaraladi: gravitatsion

oʻzaro ta’sir (maydon), elektromagnit oʻzaro ta’sir (maydon), kuchlik oʻzaro ta’sir
(maydon), kuchsiz oʻzaro ta’sir (maydon). Impulsning saqlanish qonunini oʻzaro
ta’sir maydonlarini e’tiborga olib tushuntirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika
kursining mexanika bo‘limida to‘g‘ridan to‘g‘ri zarur bo‘lmasa ham o‘quvchilarning
dunyoqarashini kengaytirish nuqtai- nazaridan, foydali deb hisoblash mumkin.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida impulsning saqlanish qonunini oʻquvchilarga
koʻrgazmali usullar vositasida tushuntirish uchun, dars jarayonida va iqtidorli
oʻquvchilarga fizika toʻgaraklari mashgʻulotlarida, oʻq uzilish jarayonidagi tepki
hodisasi, reaktiv harakat va shunga oʻxshash xodisalarni oʻrgatish maqsadga muvofiq.

Misol sifatida boshlangʻich vaqt momentida jismlarning tezligi nolga teng deb

hisoblangan sanoq sistemasiga nisbatan tepki xodisasini qarab chiqamiz. (2-rasm)

Impulsning saqlanish qonuniga asosan yopiq sistemaning ichida qanday

hodisalar yuz berishidan qat’iy nazar sistemaning impulslari yigʻindisi nolga teng
boʻladi. Oʻq uzish jarayonida impulslari qarama-qarshi yoʻnalgan ikkita jismning
oʻzaro ta’siri oʻrganiladi va impulsning saqlanish qonuni quyidagicha yoziladi.

𝑝⃗ = 𝑝⃗

1

+ 𝑝⃗

2

= 𝑚

1

𝑣⃗

1

+ 𝑚

2

𝑣⃗

2

(4)

Jismlarning harakati bitta toʻgʻri chiziq boʻylab roʻy berayotganligini e’tiborga

olsak,

𝑚

1

|𝑣⃗

1

| = 𝑚

2

|𝑣⃗

2

|

yoki

|𝑣⃗⃗

1

|

|𝑣

⃗⃗

2

⃗⃗⃗⃗⃗|

=

𝑚

2

𝑚

1

Oʻzaro ta’sirlashuvchi jismlarning tezliklari ularning massalariga teskari

proporsionalligiga yuqoridagi ifodalarga asosan toʻla ishonch hosil qilamiz.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

141

ISSN:3030-3621

2-rasm To‘qnashuvdagi impuls almashinuv sxemasi

To‘qnashuvdagi impuls almashinuv sxemasida boshlangʻich tezliklari nolga

teng boʻlgan oʻzaro ta’sirlashuvchi jismlar tezliklarining ularning massalariga teskari
proporsional ekanligini ifodalovchi tajriba koʻrsatilgan.

Yuqoridagilardan koʻrinadiki, umumiy o‘rta ta’lim maktablarda tepki hodisasini

juda oddiy qurilmadan foydalanib oʻrganishda va oʻquvchilarga impulsning saqlanish
qonunini sodda shaklda namoyish qilish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini
yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ- 2909 – son qarori.- “
Xalq soʻzi” gazetasi, 2017 y. 21 aprel, 79 (6763) soni.

2.

Ahmedov U., To‘xtayeva M., Xayitboev B., Abdurahmonov A. Fizika: 10-sinf
uchun darslik. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. – 224 b.

3.

Tursunmetov K.A. va boshqalar. Fizikadan masalalar toʻplami – T. 2003. 5- 52 b.

4.

Gʻaniev A.G.,Abdikulov A.K.,Alimardonova G.A. – Fizika (1-qism) (AL va
KHKlar uchun darslik) –T.2010 y.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini

yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ- 2909 – son qarori.- “

Xalq soʻzi” gazetasi, 2017 y. 21 aprel, 79 (6763) soni.

Ahmedov U., To‘xtayeva M., Xayitboev B., Abdurahmonov A. Fizika: 10-sinf

uchun darslik. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. – 224 b.

Tursunmetov K.A. va boshqalar. Fizikadan masalalar toʻplami – T. 2003. 5- 52 b.

Gʻaniev A.G.,Abdikulov A.K.,Alimardonova G.A. – Fizika (1-qism) (AL va

KHKlar uchun darslik) –T.2010 y.