Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
133
ISSN:3030-3621
FIZIK MASALALARNING TURLARI, ULARNING DIDAKTIK
IMKONIYATLARI VA KLASSIFIKATSIYASI
Otaqulova Iroda Abdurashid qizi
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada fizik masalalarning turlari, ularning didaktik
imkoniyatlari va klassifikatsiyasi haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
Sodda masala, murakkab masala, sifat masala, eksperimental
masala, grafik masala va ijodiy masala.
Annotation:
This article provides information on the types of physical issues,
their didactic possibilities and classification.
Keywords:
Simple matter, complex matter, Quality matter, experimental matter,
graphic matter and creative matter.
Аннотация:
В этой статье представлена информация о типах физических
задач, их дидактических возможностях и классификации.
Ключевые слова:
Простой вопрос, сложный вопрос, качественный вопрос,
экспериментальный вопрос, графический вопрос и творческий вопрос.
Ma’lumki, fizika ta’limida nazariy va amaliy uslublar mavjud bo‘lib, ularning har
ikkisi ta’lim samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Amaliy usullar orasida
fizik masalalarni yechish muhim o‘rin egallaydi. Masala yechish jarayonida nafaqat
o‘quvchilarga nazariy bilimlar beriladi, balki ularning fikrlash doirasini kengaytirish,
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va tarbiyaviy maqsadlarga erishish imkoniyati
yaratiladi.
Fizikadan masalalar yechish orqali o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri kuchayadi,
ular fizik hodisalarni chuqurroq anglay boshlaydilar, shuningdek, fizik
qonuniyatlarning amaliyotdagi qo‘llanilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, o‘quvchilar turli o‘lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi va ishlash
prinsiplari bilan tanishib, ular bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantiradilar.
Bunday faoliyat o‘quvchilarda mehnatsevarlik, qat’iyatlilik, iroda kuchi va mustahkam
xarakterni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.
Metodik adabiyotlar tahlilidan ko‘rinadiki, fizik masalalar — bu mantiqiy
xulosalar, matematik amallar, fizik qonun va metodlarga asoslangan yoki eksperiment
asosida yechiladigan muammolardir. Masalaning mohiyati — unda qo‘yilgan
muammoni aniqlash va uni asosli tarzda yechishdan iborat.
Fizik masalalar turli mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Jumladan, ularni murakkablik
darajasiga qarab quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Sodda masalalar
— o‘quvchilarga ilgari tanish bo‘lgan bilimlarga tayanadi;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
134
ISSN:3030-3621
2. Murakkabroq masalalar
— darslikda ko‘rib chiqilgan holatlarga nisbatan
yangiligi bilan ajralib turadi.
Shunday qilib, fizik masalalarni to‘g‘ri tanlash va ularni samarali yechishga
yo‘naltirish o‘quv jarayonining asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi.
Fizik masalalarni yechish usullariga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
Sifat masalalari
– og‘zaki tahlil, mulohaza va tushunishga asoslanadi;
Eksperimental masalalar
– laboratoriya tajribalari orqali fizik qonuniyatlarni
tasdiqlash yoki kashf qilishga xizmat qiladi;
Grafik masalalar
– fizikaviy bog‘lanishlar va funksional munosabatlarni grafik
ko‘rinishda ifodalash orqali yechiladi;
Ijodiy masalalar
– o‘quvchilarning yangicha yondashuv, tahlil va echim topish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Mazkur bo‘linishlar shartli bo‘lib, aksariyat hollarda masalalar bir necha
yondashuvning kombinatsiyasini talab qiladi. Masalan, eksperimental masalalarni
yechishda nafaqat amaliy harakatlar, balki sifatli tahlil, grafik ifodalar va hisoblash
elementlari ham ishtirok etadi. Shu sababli, har bir turdagi masala o‘ziga xos mazmun
va murakkablik darajasiga ega bo‘lib, ular uchun alohida metodik adabiyotlar mavjud.
Shunga qaramay, keyingi bosqichlarda ushbu masala turlarining xususiyatlari va
ularga oid yondashuvlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tiladi.
Sifat masalalar.
Fizik qonunlar va formulalarga tayangan holda, mantiqiy
fikrlash orqali echiladigan masalalar
sifat masalalari
deb ataladi. Ushbu masala
turining asosiy xususiyati shundaki, ularni yechishda arifmetik yoki algebraik
hisoblash ishlari bajarilmaydi. Bunday masalalar, asosan, tahlil, mantiqiy mushohada
yuritish va hodisaning mohiyatini tushuntirish orqali hal etiladi.
Sifat masalalarning metodik afzalliklari juda ko‘p. Ular o‘quvchilarning fizik
qonun va hodisalarni chuqur tushunishlariga; nazariy bilimlarni amaliy holatlarda
qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga; fikrlash madaniyatini shakllantirishga
xizmat qiladi.
Sifat masalalari, odatda, darsda o‘tilgan materialni mustahkamlash maqsadida
beriladi. Ayniqsa,
gidrodinamika
kabi fizikaning ba’zi bo‘limlarida miqdoriy
(hisoblash) masalalarga nisbatan sifat masalalari ko‘proq qo‘llaniladi. Bu bo‘limda
miqdoriy tahlildan ko‘ra, hodisalarni sifat jihatdan tushuntirish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Sifat masalalar mazmuni, tematikasi va murakkablik darajasi bo‘yicha xilma-
xildir. Ular ichida ham oddiy tushuntirishga asoslangan sodda masalalar, ham chuqur
mantiqiy tahlilni talab qiladigan murakkab masalalar mavjud.
Eksperimental masalalar.
Nazariyani amaliyot bilan bog‘lashning eng samarali
yo‘llaridan biri eksperimental masalalar yechishdir. Eksperimental masalalarning
asosiy xususiyati shundaki, ularni yechishda laboratoriya yoki demonstratsion
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
135
ISSN:3030-3621
eksperimentlardan faol foydalaniladi. Bu jarayonda o‘quvchilarning faolligi va
mustaqilligi sezilarli darajada oshadi, chunki ular masala yechish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlarni tayyor holda darslik yoki masalalar to‘plamidan emas, balki o‘zlari
bajaradigan fizik o‘lchovlar orqali oladilar.
Eksperimental masalalarning yana bir muhim afzalligi shundaki, ularni yechish
oldindan to‘liq fikr yuritmasdan amalga oshirilmaydi. Ya’ni o‘quvchilar tajribada sodir
bo‘ladigan hodisalarni chuqur muhokama qilishi shart. Bunda laboratoriya ishlarida
bo‘lgani kabi, nazariy asoslar yoki ish bajarish tartibi aniq ko‘rsatilmaydi. Asbob-
uskunalar va kerakli materiallar beriladi, va topilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar
so‘raladi. Shu tariqa, o‘quvchilar fikr va mulohazalar yordamida tajribada qanday fizik
hodisa yuz berayotganini, uning ortida qanday fizik qonun turganini anglaydilar.
Nihoyat, eksperimental masalada topilishi kerak bo‘lgan fizik kattalik uchun oxirgi
ifoda hosil qilinadi, bu ifoda tahlil qilinib, o‘lchashlar orqali kerakli kattaliklar
aniqlanadi.
Eksperimental masalalarni yechish o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.
O‘qituvchi, fizika kabinetining imkoniyatlarini hisobga olib, o‘quvchilar bilan birga
eksperimental masalalarni yechish jarayonini tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, o‘qituvchilar ba’zi laboratoriya ishlarini yoki masalalar to‘plamlaridagi
masalalarni eksperimental masala shaklida berishlari mumkin, yoki ijodkor
o‘qituvchilar o‘zlari yangi eksperimental masalalar tuzib, ularni o‘quvchilarga yechish
uchun tavsiya qilishlari mumkin.
Grafik masalalar.
Grafik masalalarning umumta’lim va politexnik ahamiyati
juda katta. Grafik masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilar fizika fanining asosiy
tushunchalarini chuqurroq o‘zlashtiradilar. Darsda grafik masalalarni yechish hamda
uy vazifalarini mustaqil bajarish vaqtida o‘quvchilar fizika va matematika fanlari
o‘rtasidagi bog‘liqliklarni amalda kuzatish imkoniga ega bo‘ladilar.
Grafik masalalar ba’zan masalaning shartida beriladi, ba’zan esa grafikni masala
shartiga asoslangan natijalar yordamida yasash talab etiladi. Grafik masalalarni
yechish algoritmi quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Agar fizik kattaliklar orasidagi bog‘lanish grafigi berilgan bo‘lsa, uni
sinchiklab o‘qib, har bir qismdagi bog‘lanish xarakterini tushunish kerak.
2. Grafikdagi masshtabdan foydalanib, izlanayotgan kattaliklarning absissa (X-
o‘q) va ordinata (Y-o‘q) qiymatlari aniqlanadi.
3. Agar grafik berilmagan bo‘lsa, masalaning sharti yoki masaladan olingan
natijalar asosida grafik chiziladi:
- koordinata o‘qlari chizilib, har bir fizik kattalikka mos masshtab tanlanadi;
- kerak bo‘lsa, jadval tuziladi;
-koordinata o‘qlariga mos keluvchi nuqtalar joylashtiriladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
136
ISSN:3030-3621
4. Nuqtalar chiziq bilan birlashtiriladi va fizik kattaliklar orasidagi bog‘lanish
grafigi hosil qilinadi.
5. Hosil bo‘lgan grafik tahlil qilinib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Fizikadan ijodiy masalalar.
Yechilish algoritmi oldindan noma’lum bo‘lgan
masalalar
ijodiy masalalar
deb ataladi. Bunday masalalarda shartlar ko‘pincha noaniq
yoki “niqoblangan” bo‘ladi: berilgan ma’lumotlar yetarli emas, ayrim hollarda
ortiqcha, ba’zida esa masala yechimi uchun zarur bo‘lgan fizik ma’lumotlar umuman
keltirilmagan bo‘ladi.
Ijodiy masalalarni yechish bosqichma-bosqich fikrlashni talab qiladi. Birinchi
bosqichda o‘quvchi berilgan hodisani tushuntirishi, ya’ni “nima uchun?” savoliga
javob berishi zarur. Bu bosqichda izchil tahliliy yondashuv orqali fizik qonuniyatlarni
qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Ikkinchi bosqichda esa qo‘yilgan talablarni amaliy jihatdan hal etish, ya’ni
“qanday qilish kerak?” savoliga javob topish lozim bo‘ladi. Bu esa konstruktiv fikrlash,
yechimlar taklifi va mavjud resurslar doirasida real hodisani modellashtirishga
asoslanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Bozorov H.N. Uzluksiz tа‘lim tizimidа о‘quvchilаrning kompetensiyаlаrini
rivojlаntirsh shаroitlаri vа tаshxislаsh jаrаyoni uslublаri. // Fizikа, mаtemаtikа vа
informаtikа. – Toshkent, 2022.- №2. B. 138-144. (13.00.00 №2).
2.
Усаров Ж.Э., Бозоров Ҳ.Н. Таълимга компетенциявий ёндашув педагогик
таълимнинг инновацион кластерининг функционал блоки сифатида // Аniq vа
tаbiiy fаnlаrni о‘qitishning zаmonаviy metodologiyаsi: muаmmo vа yechimlаri
mаvzusidа respublikа ilmiy-аmаliy аnjumаni – 2022 yil 20 аprel, B. 20-23.
3.
E.K.Muxtarov “Fizikadan tipik masalalar va ularning yechimlari” I-qism
mеxanika. ADU-2016
4.
N.Sadriddinov, A.Rahimov, A.Mamadaliyev, Z.Jamolova “Fizika o‘qitish uslubi
asoslari”. Toshkent-2006 “O‘zbekiston” NMIU