Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
81
ISSN:3030-3621
TALABALARGA VoLTE XIZMATINING IMS TIZIM OSTI
PLATFORMASIDA ISHLASH JARAYONINI O‘RGATISH
Almardanov Muxriddin Xurram o‘g‘li
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU,
Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistant
Abduraxmonov Doston Rustamjon o‘g‘li
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
TATU, 2-bosqich magistr
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ISM tizim osti platformasining asosiy
elementlari, ularning ishlash prinsiplari va bu platformada VoLTE xizmatining ishlash
jarayoni bayon etilgan
Kalit so‘zlar:
IMS(IP multimedia subsystem), user equipment, LTE, HSS, UfTT,
VoLTE, kirish tarmog‘I, server, IP.
Abstract:
This article describes the main elements of the ISM subsystem, their
operating principles, and the operation of the VoLTE service on this platform.
Keywords:
IMS (IP multimedia subsystem), user equipment, LTE, HSS, UfTT,
VoLTE, access network, server, IP.
Kirish
VoLTE arxitekturasi foydalanuvchi qurilmasidan boshlab IMS platformasi
orqali ovozli xizmatlarni IP asosida taqdim etadigan murakkab, ammo
integratsiyalashgan tizimdir. EPC paket tarmog‘i orqali ma’lumot uzatishni ta’minlasa,
IMS ovozli seanslarni boshqaradi va kerak bo‘lsa, CS yadrosi orqali eski tarmoqlarga
moslashadi. Shu sababli VoLTE texnologiyasi yuqori sifatli, kam kechikishli va
zamonaviy ovozli xizmatlarni taqdim etishda yetakchi hisoblanadi.
Asosiy qism
VoLTE quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topgan: foydalanuvchi
qurilmasi (UE), LTE radio kirish tarmog‘i (E-UTRAN), kengaytirilgan paket yadrosi
(EPC) va IP Multimedia Subsystem (IMS) yadroviy tarmog‘i. Bu komponentlarning
har biri o‘ziga xos funksiyalarga ega bo‘lib, VoLTE xizmatining to‘liq ishlashini
ta’minlaydi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
82
ISSN:3030-3621
1-rasm. VoLTE tarmoq arxitekturasi
UE (User Equipment) — foydalanuvchi qurilmasi (masalan, smartfon yoki
planshet) bo‘lib, LTE tarmog‘i orqali IMS yordamida VoLTE qo‘ng‘iroqlarini amalga
oshiradi.
Kirish qatlami (Access) foydalanuvchini LTE tarmog‘iga ulaydi. Bu qatlam S1-
MME (nazorat ma’lumotlari) va S1-U (foydalanuvchi ma’lumotlari) interfeyslari
orqali EPC bilan bog‘lanadi.
EPC (Evolved Packet Core) — LTE tarmog‘ining yadro qismi bo‘lib,
foydalanuvchi ma’lumotlari va signalizatsiyasini boshqaradi. EPC quyidagi
elementlardan tashkil topgan:
MME (Mobility Management Entity) — foydalanuvchini autentifikatsiya
qiladi, joylashuvni boshqaradi va signalizatsiya funksiyalarini bajaradi. S11 interfeysi
orqali Serving Gateway (S-GW) bilan ulanadi.
S-GW (Serving Gateway) — foydalanuvchidan kelayotgan va chiqayotgan IP
paketlarni boshqaradi, paketlarni tashqi tarmoqlarga yo‘naltirish uchun P-GW ga
uzatadi.
P-GW (Packet Gateway) — IMS platformasi, internet va boshqa tashqi IP
tarmoqlarga ulanishni ta’minlaydi. PCRF (Policy and Charging Rules Function) orqali
trafik siyosati va to‘lovlarni nazorat qiladi.
IMS — VoLTE xizmatining markaziy qismi bo‘lib, SIP protokoli asosida ovoz
va multimedia seanslarini boshqaradi.
P-CSCF (Proxy-CSCF) — foydalanuvchi qurilmasining IMS tarmog‘iga
birinchi ulanadigan nuqtasi bo‘lib, SIP xabarlarini qabul qilib, S-CSCF ga yo‘naltiradi.
Mw interfeysi orqali I/S-CSCF bilan bog‘lanadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
83
ISSN:3030-3621
I/S-CSCF (Interrogating / Serving-CSCF) — foydalanuvchini autentifikatsiya
qiladi va uning HSS dagi profiliga asoslanib xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi. S-CSCF
SIP seanslarini boshqaradi.
HSS (Home Subscriber Server) — foydalanuvchining statik va dinamik
ma’lumotlarini saqlaydi, autentifikatsiya va ruxsat berish funksiyalarini bajaradi.
TAS (Telephony Application Server) — IMS asosidagi xizmatlarni
boshqaradi, masalan, raqam ko‘chirish, ovozli pochta va konferensiya qo‘ng‘iroqlari
kabi xizmatlar.
Agar qo‘ng‘iroq boshqa IMS abonentiga bo‘lsa, IMS ichida qoladi va signal
ikkinchi foydalanuvchining P-CSCF va S-CSCF tugunlari orqali unga yetkaziladi.
Ammo agar qo‘ng‘iroq PLMN yoki PSTN kabi an’anaviy telefon tarmoqlariga
amalga oshirilsa, IMS signalni CS Core (Circuit Switched Core) tizimiga yo‘naltiradi.
Bu yerda MGCF (Media Gateway Control Function) IMS signalini an’anaviy TDM
signaliga o‘giradi. Bu orada MSS (Mobile Switching Server) markaziy boshqaruvni
amalga oshiradi va MRFP/MGW (Media Resource Function Processor / Media
Gateway) esa ovoz paketlarini real vaqt RTP formatidan TDM yoki H.248 formatiga
aylantirib, ovoz kanalini yaratadi.
Barcha ushbu jarayonda RTP (Real-time Transport Protocol) orqali real vaqtli
ovoz ma’lumotlari oqimi foydalanuvchidan yakuniy tarmoqqa (ichki yoki tashqi)
uzatiladi. Qo‘ng‘iroq an’anaviy tarmoqqa uzatilganda, HLR (Home Location Register)
orqali abonent joylashuvi aniqlanadi va MAP protokoli orqali signal uzatiladi. IMS
tarmog‘i orqali Application Servers (AS) orqali foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish
(masalan, konferens aloqalar, video qo‘ng‘iroqlar) va tashqi tarmoqlar (Internet,
PLMN, PSTN) bilan bog‘lanish ta’minlanadi.
LTE tarmog‘i uzluksiz IP ulanishini ta’minlaydi va shu bilan birga, tarmoqning
samaradorligini oshiradi, kengaytirilgan tezlikni, kam kechikishni va yuqori xizmat
sifatini (QoS) ta’minlaydi.
Samsung Galaxy’da VoLTE qo‘ng‘iroqlarini yoqish yoki o‘chirish qanday
amalga oshirish.
1.
Parametrlar menyusini oching va Ulanishlar bo‘limiga o‘ting
2.
Mobil tarmoqlarni oching
3.
Har bir SIM-karta uchun VoLTE qo‘ng‘iroqlari-ni yoqing yoki o‘chiring.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
84
ISSN:3030-3621
2-rasm. Samsung Galaxy’da VoLTE qo‘ng‘iroqlarini yoqish yoki o‘chirishni
amalga oshirish.
3-rasm. VoLTE orqali qo‘ng‘iroq qilayotganingizda xabarlar panelida
(ekraning yuqori qismida) tegishli belgisi ko‘rsatiladi.
CS Core (Circuit Switched Core) - VoLTE to‘liq IP asosida ishlasa-da, ayrim
holatlarda an’anaviy TDM asosidagi tarmoqlarga (PSTN, GSM) ulanadi. Bu holatda
quyidagi elementlar ishtirok etadi: Agar qo‘ng‘iroq qo‘shimcha xizmatlar (masalan,
ovozli pochta, qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish) bilan bog‘liq bo‘lsa, signal TAS (Telephony
Application Server) ga ISC interfeysi orqali yo‘naltiriladi. TAS bu xizmatlarni bajaradi
va kerakli javoblarni S-CSCF orqali qaytaradi. IMS tarmog‘i orqali SIP signal yasalib,
boshqa abonentga yoki boshqa tarmoqqa uzatiladi.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shu ta’kidlash joizki, IMS tizim osti platformasi va uning
arxitekturasi bugungi kunda telekommunikatsiya tarmog‘ini qurishning eng optimal
yechimlaridan biri hisoblanadi. Bunda VoLTE xizmatidan foydalanish esa
abonentlarga sifatli ovozda gaplashishga imkon beradi.