Mualliflar

  • Ergashev Farruxbek Ortiqboy o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.103041

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: STEAM zamonaviy o‘qitish tizimi ta’lim dastur mashg‘ulot o‘quvchi.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Jahon  miqyosida  ta’lim  tizimida  bo‘layotgan  yangiliklar, 
zamonaviy  o‘qitish  usullari,  an’anaviy  yondashuvdan  qochish  va  uning  o‘rniga 
yangicha  zamonaviy  yondashuvlar  asosida  o‘qitish  tizimini  shakllantirish,  ta’lim 
tizimini  isloh  qilish  qilish  davr  talabiga  aylanib  ulgurmoqda.  Ushbu  maqolada 
zamonaviy o‘qitish tizimlaridan biri STEAM–o‘qitish tizimi haqida fikr yuritiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

75

ISSN:3030-3621

TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUV: STEAM O‘QITISH TIZIMI

XUSUSIDA

Ergashev Farruxbek Ortiqboy o’g’li

Renessans ta’lim universiteti

Filologiya va tarix fakulteti

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi

3-kurs talabasi (RTU) Oʻzbekiston,Toshkent

E-pochta:

ergashevfarrukhbek17@gmail.

Annotatsiya:

Jahon miqyosida ta’lim tizimida bo‘layotgan yangiliklar,

zamonaviy o‘qitish usullari, an’anaviy yondashuvdan qochish va uning o‘rniga
yangicha zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish tizimini shakllantirish, ta’lim
tizimini isloh qilish qilish davr talabiga aylanib ulgurmoqda. Ushbu maqolada
zamonaviy o‘qitish tizimlaridan biri STEAM–o‘qitish tizimi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

STEAM, zamonaviy o‘qitish tizimi, ta’lim, dastur, mashg‘ulot,

o‘quvchi.

Abstract:

Innovations in the global education system, modern teaching

methods, avoiding the traditional approach and instead forming an education system
based on new modern approaches, reforming the education system are becoming the
need of the hour. This article discusses one of the modern education systems - the
STEAM education system.

Keywords:

STEAM, modern education system, education, program, training,

student.

Аннотация

: Инновации в мировой системе образования, современные

методы обучения, уход от традиционного подхода и формирование системы
обучения на основе новых современных подходов, реформирование системы
образования становятся требованием времени. В данной статье рассматривается
одна из современных образовательных систем STEAM-образовательная система.

Ключевые слова:

STEAM, современная система обучения, образование,

программа, обучение, студент.

Respublikamizda ta’limga bo‘lgan e’tibor, yoshlarning bilim olishiga qaratilgan

zamonaviy texnologiyalar, shart-sharoitlar, ilm-fan sohasida qilinayotgan yangiliklar
mamlakatimizning rivojlanishi uchun, jahon miqyosida barcha sohalarda ilgarilash
uchun zamin yaratmoqda. Xususan, respublikamizda barcha yo‘nalishlar kabi ta’lim
sohasida ham katta islohatlar olib borilmoqda. Jumladan, amaldagi ta’limning ijobiy
tomonlarini saqlagan holda 11 yillik ta’limga o‘tish va ta’lim sifatini oshirish shular
jumlasidandir. Islohatlarni davom ettira borib, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

76

ISSN:3030-3621

maqsadida 2018-yil 5-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq
ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni [3] qabul qilindi. Unda xalq ta’limi tizimini isloh
qilishning asosiy yo‘nalishlari sifatida:

1.

Xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga

zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovasion
usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish,
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan.

Ushbu Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
№ PP- 3931 son qarori bilan tasdiqlangan “2018-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar
dasturi” ning II bo‘lim, 11 bandida: Umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim
standartlari

va

o‘quv

dasturlarini

takomillashtirish

va

shu

bilan

birga STEAM (fan,texnologiya, muhandislik va matematika) metodlarini bosqichma-
bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan.

Mazkur vazifalarni bajarish uchun avvalo ta’lim ishtirokchilari -pedagoglar,

metodistlar, o‘quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM metodi va ta’lim sifati
yo‘nalishida o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqotlar xaqida ma’lumotlarni bilishi hamda
ularni amaliyotda qo‘llash uchun malakalarga ega bo‘lishlari zarur bo‘ladi.

STEM atamasi AQSh da ilk bor maktab dasturiga kiritilgan bo‘lib

o‘quvchilarning ilmiy-texnika yo‘nalishlarida kompetensiyalarini rivojlantirishga
qaratilgan. Keyinchalik bu yo‘nalish kengaytirilib atamaga qo‘shimcha harflar
kiritildi. Jumladan, unga “R” -robotics - robototexnikani qo‘shib STREM deb
yoki “A” - art -san’atni qo‘shib STEAM deb atala boshlandi.

STEM konsepsiyasi ilk bor 2000-yillar boshida AQSh Milliy Fan Jamiyati (NSF–

National Science Foundation) tomonidan ilgari surilgan. Maqsad– ilmiy va texnik
fanlarga qiziqishni oshirish, o‘quvchilarni zamonaviy muhandislik va texnologiyalar
sohasida yetakchiga aylantirish edi. Chunki o‘sha davrda AQSh iqtisodiyoti va ilm-
fani Yevropa va Osiyoning ilg‘or davlatlari bilan raqobat qilishda qiyinchiliklarga duch
kelayotgan edi.

STEM ta’limi juda samarali bo‘lsa-da, u o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini

rivojlantirish va muammolarni innovatsion usulda hal qilish imkoniyatini to‘liq qamrab
ololmas edi. Shu sababli san’at (Arts) sohasi ham qo‘shildi va 2010-yillarga kelib
STEAM modeli shakllandi. Bu modelni joriy etishda Rhode Island School of Design
(RISD) katta rol o‘ynadi. Mazkur ta’lim muassasasi STEAM tizimini rivojlantirish
bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borib, fan va san’atni uyg‘unlashtirish muhimligini
ta’kidladi. Chunki san’at– dizayn, kreativ tafakkur, vizual tasavvur va innovatsion


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

77

ISSN:3030-3621

yondashuvni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. STEAM ta’limining asosiy
maqsadi– o‘quvchilarni real hayotda duch keladigan muammolarni hal qilishga
o‘rgatish, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlash va ijodiy
fikrlashni rivojlantiradi.[1]

Dunyo bo‘ylab ko‘plab ta’lim muassasalari STEAM tizimini joriy etish bo‘yicha

turli yondashuvlarni qo‘llamoqda. Quyida eng samarali usullardan ba’zilari keltirilgan:

1. Loyihaviy ta’lim – O‘quvchilar muayyan loyihalar ustida ishlash orqali

bilimlarini mustahkamlaydilar.

2. Kodlash va dasturlash – Maktablarda dasturlash va algoritmik tafakkurni

rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etish.

3. STEM laboratoriyalari – Maxsus jihozlangan laboratoriyalar orqali amaliy

mashg‘ulotlar o‘tkazish.

4. Ko‘p fanli yondashuv – Turli fanlar birlashtirilgan holda o‘qitilishi, bu esa

o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi

STEAM tizimi quyidagi afzalliklarga ega: Integratsiyalashgan ta’lim– Turli fanlar

bir-biri bilan bog‘langan holda o‘rgatiladi, bu esa o‘quvchilarga kompleks yondashuv
bilan muammolarni hal qilish imkonini beradi.

Amaliy mashg‘ulotlar – STEAM metodikasi nazariy bilimlarni amaliyotda

qo‘llashga urg‘u beradi, bu esa bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ijodiy
fikrlashni rivojlantirish – STEAM faqat aniq fanlarga emas, balki ijodiy yondashuvga
ham e’tibor qaratadi. Texnologik innovatsiyalarni qo‘llash– o‘quvchilarga zamonaviy
texnologiyalar bilan ishlash tajribasi beriladi

STEAM taʼlimi amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real

hayotda qoʻllash tushuniladi. Bizga ma'lumki yangi milliy o‘quv dasturi PISA, PIRLS,
TIMSS, EGRA, EGRA kabi xalqaro musobaqalarda yetakchi o‘rinlarni egallagan
Finlandiya, Yaponiya, AQSh kabi davlatlarning o‘quv dasturlari asosida yaratilmoqda.
Haqiqiy hayotda ilmiy va texnik bilimlarni qo‘llash afzalligi ham Finlandiya ta‘lim
tizimidagi “Amaliylik” tamoyiliga to‘g‘ri keladi deb aytsak bo‘ladi.

STEM ta’limi birinchi bor Amerikada Massachusets Texnologiyalar Institutida

(MIT) ishlab chiqilgan. Bu mashhur institutning shiori «Mind and hand» – «Aql va
qo‘l» dir. Massachusets Texnologiyalar instituti STEM kurslarini ishlab chiqdi va hatto
ba’zi o‘quv yurtlarida STEM ta’lim markazlarini yaratdi. Avstraliya, Buyuk Britaniya,
Isroil, Kanada, Xitoy, Singapur, AQSH ta’lim tizimida keng qo‘llanilmoqda.
Ta’limning maqsadi ta’lim oluvchilarni ijodiy tafakkurini rivojlantirish va ularni
loyihalashtirish asosida o‘qitish orqali tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik,
matematika va san'at fanlaridan samarali foydalanishga o‘rgatishdir. [2]

STEM ta’lim quyidagi xususiyatlarga ega:
STEM ta’limi binar mashg‘ulotlar, loyihalar, o‘quv tadqiqotlariga tayanadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

78

ISSN:3030-3621

STEM ta’limi muhitida bilimlarni saqlash muhimdir, ammo ta’lim oluvchilarning

ushbu bilimlarni qanday qo‘llashi undan ham muhim.

STEM nafaqat ta’lim oluvchiga biron-bir mavzu haqida ma'lumot berish, balki

o‘quvchiga ushbu mavzuni haqiqiy hayotga qanday tatbiq etish va kelajakda undan
qanday foydalanish lozimligini ko‘rsatishga qaratilgan. Masalan, an'anaviy matematik
kurs o‘quvchiga tenglamani o‘rgatishi mumkin, ammo ta’lim oluvchi ushbu
tenglamani haqiqiy hayotdagi vaziyatlarga qanday qo‘llashni bilmasligi mumkin.

STEM ta’limi o‘quvchiga matematik tenglamani o‘rgatadi hamda undan fan yoki

muhandislik kabi turli sohalarda qanday foydalanish mumkinligiga yo‘nalish beradi:

STEM ta'limi diqqatni jalb qilishga, tanlab olingan mavzuning barcha qismlariga

chuqurroq kirishga, fanlarni umumiy emas, balki aynan bir qismini qamrab oladi;

STEM ta’limi oluvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mavzuga tatbiq etilishi mumkin

bo‘lgan tadbirlarga jalb qiladi, natijada ta’lim oluvchilarning qiziqishi ortib boradi va
bo‘shliqni cheklaydi;

STEM ta’limida aynan bir qolip mavjud emas, dars bola shaxsiga yo‘naltirilgan

bo‘lishi kerak;[2]

Statistikaga ko‘ra, 2011 yildan buyon STEAM-kasblarga bo‘lgan talab darajasi

17% ga oshdi, oddiy kasblarga b’lgan talab esa faqat 9,8% ga oshdi, bu esa butun dunyo
bo‘ylab ushbu ta’lim tizimiga katta talabni ko‘rsatadi. Uning asosiy g‘oyasi shundan
iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya’ni, o‘rganish paytida biz
nafaqat miyamiz bilan, balki qo‘limiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf
devorlarida o‘rganish tez o‘zgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM
yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli
o‘rganish uchun ham miyani, ham qo‘llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o‘zlari
“uqib oladilar”.

Hozirda STEAM modeli butun dunyo bo‘ylab ta’lim tizimlariga joriy qilinmoqda.

Ayniqsa: AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy va Janubiy Koreya kabi
rivojlangan davlatlarda STEAM maktablari va dasturlari keng tarqalgan.
O‘zbekistonda ham STEAM laboratoriyalari tashkil qilinmoqda, IT va texnologiya
yo‘nalishidagi ta’lim markazlari ochilmoqda.

STEM so‘zini harflab izohlansa:

S - science (tabiiy fanlar)

T - technology (texnologiya)

E - engineering (muhandislik ishi)

M - mathematics (matematika)

STEM -ta’limi texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda uning asosida

bilish va badiiy izlanish yotadi. Bunday izlanish amaliy faoliyat jarayonida bilimlarni
olish, ularni so‘ngra amaliyotda qayta foydalanish ya’ni o‘yinlarda, konstruksiyalar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

79

ISSN:3030-3621

tuzish, texnik ijodiyot elementlarini qo‘llab bilim olishga oid tadqiqot ishlarida amalga
oshiriladi.

STEM -ta’limi bolaning rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita bog‘laydi.

Ma’lumki, tabiiy fanlar atrofimizdagi olam bilan bevosita bog‘liq, texnologiya
kundalik hayotimizda doimiy qo‘llaniladi, muhandislik esa uylar, yo‘llar, ko‘priklar va
mashina mexanizmlarda o‘z aksini topgan, biror bir kasb, kundalik mashg‘ulotlarimiz
ozmi ko‘pmi matematika bilan bog‘langandir.

Shunga ko‘ra dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bunday yondashuvga katta

ahamiyat berilmoqda. Jumladan, Yevropaning 10 dan ortiq mamlakatlari (Avstriya,
Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Buyukbritaniya, Italiya,
Irlandiya, Ispaniya va boshqalar) milliy strategiya va tashabbuslarida bu hisobga
olingan.

Respublikamizning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni tobora o‘sib, xalqaro

aloqalar, savdo-sotiq, turizm va mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy hamda iqtisodiy
aloqalar rivojlanib, mustahkamlanib borayotgan bir paytda uning kelajagini yaratuvchi
yoshlarga xorijiy tillarni puxta o‘rgatish va xorijliklar bilan muloqot davomida o‘ziga
taalluqli masalalarni erkin muhokama qila olish, umuman og‘zaki yoki yozma shaklda
muloqot qilishni o‘rgatish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. STEM
ta’limi ta’lim oluvchilar maktablarda amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarga tayanadi:

Amaliy maqsad fanlarga oid dasturlarda qayd etilgan talablar doirasida tushunish,

o‘z fikrini bayon etish kabi malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish orqali model
yaratish hamda ularni tatbiq qilishdan iboratdir.

Ta’limiy maqsad fanlarni chuqur o‘rgatish jarayonida ta’lim oluvchilarning

tafakkurini o‘stirish va egallagan bilimlarini rivojlantirish tushuniladi.

Tarbiyaviy maqsad ta’lim oluvchilarda aqliy mehnat, malaka va ko‘nikmalarini

hosil qilish, shuningdek, ularni vatanparvarlik va axloqiy poklik ruhida tarbiyalash, har
tomonlama rivojlangan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi shaxsni
shakllantirish, rostgo‘ylik, o‘zga xalqqa, uning qadriyatlariga hurmat bilan qarash,
iymon-e’tiqod, do‘stlik, o‘z qadrini bilish va irodalilik kabi sifatlarni shakllantirish
kabilar tushuniladi. Rivojlantiruvchi maqsad ta’lim oluvchini har tomonlama yetuk
shaxs bo‘lib yetishishini, ya’ni uning aqliy, hissiy va ruhlantiruvchi xususiyatlarini
rivojlantirishni ifodalaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Sultonmurotov A.B. STEAM ta’lim tizimi:kelajakni shakllantiruvchi innovatsion
yondashuv. // CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES. Volume2,Issue2, part2, February
2025


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

80

ISSN:3030-3621

2.

S.Yuldosheva va b. Ta’limga STEM yondashuv tatbiqi (Fan o‘qituvchilari,
metodistlari va soha mutaxassislari uchun uslubiy qo‘llanma). Samarqand viloyati
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
markazi. Toshkent, 2021-yil, 106-bet.

3.

Sh.M.Mirziyoyev 2018-yil 5-sentyabrdagi “2018–2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar
dasturi to‘g‘risida”gi №PQ–3931-son Qarori.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy
oʻrta ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 187-sonli
qarori

5.

Abduraxmonova S. Sh. (2021). THE IMPORTANCE OF PRESCHOOL
LITERATURE FOR CHILDREN OF PRESCHOOL EDUCATION. European
Scholar Journal, 2(4), 447-449. Retrieved from

Bibliografik manbalar

Sultonmurotov A.B. STEAM ta’lim tizimi:kelajakni shakllantiruvchi innovatsion

yondashuv. // CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES. Volume2,Issue2, part2, February

S.Yuldosheva va b. Ta’limga STEM yondashuv tatbiqi (Fan o‘qituvchilari,

metodistlari va soha mutaxassislari uchun uslubiy qo‘llanma). Samarqand viloyati

xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

markazi. Toshkent, 2021-yil, 106-bet.

Sh.M.Mirziyoyev 2018-yil 5-sentyabrdagi “2018–2021 yillarda O‘zbekiston

Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar

dasturi to‘g‘risida”gi №PQ–3931-son Qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy

oʻrta ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 187-sonli

qarori

Abduraxmonova S. Sh. (2021). THE IMPORTANCE OF PRESCHOOL

LITERATURE FOR CHILDREN OF PRESCHOOL EDUCATION. European

Scholar Journal, 2(4), 447-449. Retrieved from