Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
70
ISSN:3030-3621
TA’LIM MUASSASALARIDA MUAMMOLI O’QUVCHILAR
PSIXOLOGOGIYASI
Andijon davlat chet tillari instituti,
Ijtimoiy gumanitar fanlar,
pedagogika va psixologiya kafedrasi o`qituvchisi
Dumarova Gulfira Kozimbekovna
Annotatsiya
O’smirlik davri haqida tushuncha,o’smirlarning anatomic fiziologik
xususiyatlari va o’smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari tahlil qilindi.
Kalit so’zlar
:
O’smirlik davri, fiziologik xususiyatlari, o’smirlarning bilish
jarayonlari, bolalarning psixik rivojlanishi, ta’lim va tarbiya
Annotation
- Understanding of adolescence, anatomic physiological
characteristics of teenagers and characteristics of cognitive processes of young adults
were analyzed
Аннотация
- Проанализированы представления о подростковом возрасте,
анатомо-физиологические особенности познавательных процессов молодых
людей подростков и особенности
Kirish
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun, ta’lim
sohasini tartibga keliruvchi eng asosiy xujjatlardan biri xisoblandi. Zero, ta’lim
tizimida umumiy o’rta ta’lim soha menejerlari va o’qituvchilar jamoasining pedagogik
mahorati va pedagogik faoliyati samaradorligini tahlil qilish muammolari ta’limning
sifat mezonlarini belgilashga imkon beradi.
Zamonaviy yondashuv printsiplariga asoslanagan holda, o’qituvchi egallashi
lozim bo’lgan tayanch kompetentsiyalar nafaqat ularni pedagogik faoliyatini
rivojlantirish pog’onasini takomillashtiradi, balki ularni pedagogik faoliyati bo’yicha
o’sish dinamikasiga ham ta’sir ko’rsatadi. Asosiy komponentlardan biri bu psixologik
savodxonlikga ega bo’lishda, kommunikativ kompetentsiya orqali o’qituvchi
muloqoti, axborot bilan ishlash kompetentsiyasi uning turli xil axborot vositalaridan
foydalanish afzalliklarini o’rgatsa, Ijtimoiy faollik kompetentsiya orqali uning
jamiyatda ijtimoiy faolligi, nufuzi va mavqeini ko’tarilishiga, umummadaniy
kompetentsiya, milliy qadriyatlar va urf odatlarga bo’lgan munosabatlarini
shakllantiradi. O’qituvchi xayotida o’quvchilar psixologiyasi eng murakkab
vazifalardan hisoblanadi. Shunday ekan, pedagogik faoliyatda muammoli o’quvchilar
bu asosan o’smirlik davriga to’gri keladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
71
ISSN:3030-3621
O‘smirlik - bu bola shaxsi rivojlanishining alohida bosqichidir. O‘smirlik
davrida butun aqliy hayotdagi sifat o‘zgarishi asosida bolaning dunyoga va o‘ziga
bo‘lgan avvalgi barcha munosabatlari buziladi va tiklanadi.O‘smirlik davrining asosiy
muhim xususiyati shundaki, u poydevor qo‘yadi va shaxsning axloqiy va ijtimoiy
munosabatlarini shakllantirishning umumiy yo‘nalishini belgilaydi. Shu sababli, ushbu
yoshda yuz beradigan ko‘plab sifatli o‘zgarishlarni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish juda
muhimdir. Biz o’smirlik davri psixologiyasi haqida toxtalib otamiz. O’smirlik davri
insonni bolalikdan — yoshlikka otuvchi va oz navbatida boshqa davrlardan ozining
nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir. Bu davr
taxminan bolalarning 5—8-sinflarda oqish paytlariga togri keladi va 11—12 yoshdan
14—15 yoshgacha bolgan davr oraligida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1—2 yil
ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. O’smirlik davri ayrim maxsus
psixologik adabiyotlarda «otish davri», «ogir davr», «inqiroz davri» kabi nomlar bilan
ham ataladi. Bu davrning «ogirligi», «keskinligi», «murakkabligi» bilan asoslanadi.
Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob rеaktsiyalarini
bеrish bilan bogliq jarayonlarning barchasini oz ichiga oladi. Psixik jarayonlar ongning
ozida paydo bolib, ongning ozida tugallanadi dеgan fikrni Sеchеnov mutlako noto’g’ri
fikr dеb hisoblagan edi. Psixik xodisa xali yuzaga kеlmagan natijadan ham darak
bеradi. Psixik jarayon, ma'lumki oziga emas balki, miyaning mohiyati, uning tеgishli
bolmalari funktsiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning qayoqqa kеtishi, qaеrda
saqlanishi va qayta ishlanishini korsatuvchi javob rеaksiyasining boshqaruvchisidir.
O’smirlardagi asosiy psixologik o’zgarish – o’smir o’zini asta-sekin katta odam
deb his qila boshlaydi, lekin ko’p odat va xususiyatlari bolalarcha bolib qoladi. Bu
hissiyot kattalik hissi deb ataladi va o’smirlikdagi asosiy psixologik yangilikdir. Bu his
o’smirda o’ziga, atrof muhitga, odamlarga nisbatan yangi hissiy pozitsiyani yuzaga
keltiradi. U bolalar xulq-atvorini kattalar xulqi va qadriyatlariga qayta orientasiya qila
boshladi, O’smir o’z huquqlari doirasini kengaytiradi, kattalarni esa cheklashni
xohlaydi.
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni bir necha shartli guruhlarga ajratish mumkin:
-
orsiz, subutsiz o’smirlar;
-
mustaqil fikrga ega bo’lmaganlar;
-
shaxsiy talab va ehtiyojlarini qondirish uchun qonunbuzarlik yo’liga
kirgan o’smirlar;
-
injiq tabiatli o’smirlar;
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni yuzaga keltiruvchi sabablar quyidagilar:
-
shaxsning biologik kamchiliklari;
-
psixik rivojlanishdagi kamchiliklar;
-
shaxs tarbiyasidagi nuqsonlar;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
72
ISSN:3030-3621
-
bilish faoliyatidagi kamchiliklar; maktab ta’limi va tarbiyasidagi
kamchiliklar;
-
maktabdan tashqari muhitdagi kamchiliklar;
O’smirlarning tarbiyasi, qiyinlik belgilari va ular bilan ishlash tadbirlari:
Inson umrining o’smirlik bosqichida, bizningcha, asosan ikkita xatarli jihat
paydo bo’ladi. Uning birinchisi – kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi – o’smirning oilada
va maktabda nazoratdan chetda qolish. Shu ikki jihat katta yoshdagi odamlar
e’tiboridan tashqari, o’z oqimida maqsadga muvofiq, tarzdan kichadi bo’ls, oqibar
tarbiyasi qiyin deb ataluvchi o’smirlar paydo bo’lishiga olib keladi. Birinchi jihatni
tahlil qilib ko’raylik, chunonchi o’smirlik bosqichidagi o’g’il va qizlarda ilk “kattalik”
hissi yuzaga keladi. Bu yoshdagi o’smir munosabat uslubini o’zgartiradi, axloq
mazmuni ham keskin o’zgaradi. Kattalarning tashqi qiyofasi, yurish-turish, ko’zga
tashlanadigan ayrim tomonlari o’smir shu davrga tezroq yetish istagini uyg’otadi.
Jumladan modaga qiziqish, o’ziga oro berish, o’zgacha “madaniy” hordiq chiqarish,
mulozamat qilishga intilish kabilar. Ular ko’pincha talablarga, katta yoshdagi
kishilarga, televizor va kinolarda ko’rganlariga taqlid qiladi. O’z tasavvurida nimani
ommabop deb hisoblasa, xuddi shu narsani namuna tarzida qabul qiladi. O’smirda o’z-
o’zini va o’zgalarni baholash mezoni ana shu tariqa yuzaga keladi. Shuning uchun unda
yangi his-tuyg’ular, orzu-umidlar, sevgi haqidagi kitob o’qish holatlari ko’zga
tashlanadi. Psixologiya fanida inson xulq-atvoridagi o’zgarish, goho chetga og’ish
hodisasi ijtimoiy hayot bilan bog’liqligi haqida umumiy qonuniyat mavjud. Jahon
psixologlari olib brogan tadqiqodlar tarbiyasi qiyin o’smirlarning paydo bo’lishga
ijtimoiy muhitdan tashqari pedagogik-psixologik omillar ham sabab bo’lishini
ko’rsatmoqda. O’smirlar harakatlarini izchil va uzluksiz o’rganish, ulardagi chetga
og’ish ko’rinishlari turlicha bo’lishini takidlamoqda. Tarbiyasi qiyin o’smir, axloqi
butunlay ishdan chiqqan, harakat boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan, jinoyatchi
emas. Shuning uchun ularning xulq motivlarini tadqiqot qilish orqali qayta tarbiyalash,
shasda hukm surib kelayotgan ayrim illatlarni bartaraf qilish imkoniyati mavjuddir. Bu
jarayon o’ta murakkab, ota-onadan, o’qituvchilardan, jamoat tashkilotlaridan, mahalla
faollaridan katta kuch, sabr-toqat, uzoq mehnat va chuqur izlanishlar talab qiladi.
Tarbiyasi qiyin o’smirlar tipologiyasi. Tarbiyasi qiyin o’smirlar xatti-harakatini
izchil va muntazam o’rganish, ular orasida axloq qoidalaridan chetga chiqish
xollarining sabablari turlicha ekanini yaqqol isbotlamoqda. Odatda tarbiyasi qiyin
o’smirlar jinoiy va ahloqiy qonunbuzarliklar guruhiga ajratib o’rganiladi. Maxsus
tadqiqotlar qonunbuzar o’smirlardagi salbiy xatti-harakatlarning vujudga kelishi
sabablariga qarab, tarbiyasi qiyin o’smirlarning taxminiy tipologiyasini tuzish
imkoniyatii beradi. Birinchi guruhga balog’atga yetmagan. Andishasiz, qaysar
o’smirlar kiradi. Bunday o’smirlar shaxsiy qarashi, o’zgalarga baho berishi ahloq
ehtiyojlarini maktab, oil ava jamoatchilik fikrlariga qarshi qo’yadilar. Mustaqil ijodiy
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
73
ISSN:3030-3621
fikr yuritish, o’z-o’zini nazorat qilish, oz o’zini tanqid qilish singari shaxs sifatlarini
shakllantirishga etibor berish zarur. Yo’l qo’ygan kamchiliklarini dalillar asosida
ko’rsatib berish, qayta tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni guruhga ajratish maqsadida, individual suhbatlashish
ularning savol varaqasini to’ldirishga o’rgatish. Ularni uzluksiz ravishda kuzatib
boorish. Yozgan bayon yoki insholarini tahlil qilish, shaxsiy hujjatlarini izchil
o’rganish, sinf rahbar yoki tarbiyachining kundalik daftarlarini yuritish, muammoli
yoki “konflekt” li vaziyatni vujudga keltirish asosida tajriba o’tkazish, individual
shaxsda yoki jamoada qanday o’zgarishlar ro’y berishini muttasil kuzatib boorish,
ularni qayta tarbiyalash uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Muloqotni kutish –
murakkab o’ziga xos holat bo’lib, bunda o’smir shartli va shartsiz ravishda qiziqarli va
muhim, takrorlanmas uchrashuv va muloqotni kutadi. Shu sababdan ular ota-onalari,
arofidagi kattalar va umuman boshqalarga diqqat va qiziqish bilan qaraydilar. Muloqot
ko’payishi natijasida do’stlik kelib chiqadi va bu do’stlik o’smir uchun o’zini mustaqil
va katta odam sifatida hisoblay olishga turtki bo’la oladi. Do’stlikning asosiy sharti esa
– o’zaro bir-birini tushunish hisoblanadi.
Xarakter aksentuasiyasi - K.Leongard
tomonidan kiritilgan tushuncha
bo’lib, xarakter ba’zi sifatlarning yorqin ifodalanganligining namunasidir. Xarakter
aksentuasiyasini bilish o’smirlarga individual yondashish, kasbga yo’naltirish
kabilarda zarurdir. O’z-o’zini baholash – shaxsning o’zini boshqalar bilan taqqoslash
va refleksiya natijasida o’z-o’zini baholash murakkab va o’zgaruvchan bo’lib, shaxs
strukturasida katta o’rin tutadi.
Anatomo
– fiziologik xususiyatlari. Butun endokrin sistemasining, xususan
gipofizning aktivlashishi tufayli o’smir organizmida sifat jihatdan o’zgarishlar yuz
beradi. Bu holat qizlarda 11-13, o’g’illarda 13-15 yoshda bo’lib, ikkilamchi jinsiy
belgilar paydo bo’ladi, o’smirlarning tashqi ko’rinishi o’zgaradi. Muskullar massasi va
muskul kuchi o’sadi, bu holat jinsiy yetilish davrining oxiriga borib tezlashadi. Ichki
organlar, xususan yurak o’sadi. Ba’zan yurak qon-tomir sistemasida patalogik
o’zgarishlar yuz beradi. O’tish davrining inqirozi haqida nazariy qarashlar ;
S.Xall va Z.Fryed
bu inqiroz biologik shartlanganligi tufayli muqarrardir deb
hisoblasalar, Amerikalik antropologlar
M.Mid
va
R.Benedikt
o’smirlik inqirozi
ijtimoiy munosabatlarning natijasidir deb isbotlaydilar. R.Benedikt bolalikdan
kattalikka o’tishning 2 xil usulini ko’rsatadi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, buyuk mutafakkir
Abu Ali Ibn Sino
“Bolalar
tarbiyasi” asarida o’tganidek: “Har qanday sharoitda ham bolani qattiq urishish,
ayniqsa jazolash, urish mumkin emas” degan goyani ilgari surgan. Ota-ona va
o’qituvchi buni bilishi shart va muximdir, zero, o’smirlar ruhiyatidagi buzilishlar, asab
tizimidagi “uzilishlar”- o’smirning yovvoyilashib, yodsirab qolishiga, aksincha jahldor
bo’lib, tez asabiylashib qolishiga olib kelishi mumkin. Natijada bola uyidan ketib
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
74
ISSN:3030-3621
qolishiga, ko’chalarda daydib yurishi, chekishga odatlanishi,giyohvand moddalar,
alkogol ichimliklariga ruju qo’yushi, suisidgacha borishi, yani o’z hayotiga qasd qilishi
ham mumkin. Valeologik harakatlar nafaqat o’smirlarga, balki ularning ota-onalariga,
atrofidagi odamlarga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. O’smirlar kattalarning ularga
bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o’smir yoshdagilarga
ta’sir ko’rsatishi, Ta’lim berishi uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat bilan
shug’ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo’lish rollaridan
qoniqsalar, o’smirlar, ayniqsa o’smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat
ko’rsatayotganlaridan lozim bo’lganda ularning o’rnilariga ham ishlay olishlaridan
qoniqadilar. Kattalar o’smirlar bilan do’stona munosabati orqali uning hayotda
mustaqil pozitsiyasini tanlashga va ega bo’lishiga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. T. O‘zbekiston. 1998. B. 90 95.
2.
G‘oziev E. Ontogenez psixologiyasi. T. Sharq. 2008 . B. 33-35.
3.
Shoumarov G. Oila psixologiyasi . T. Sharq. 2001. B. 24-25. Nishonova Z.
O‘smirlik davri psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi. O‘quv qo‘llanma. T.,
Sharq. 2003. B. 25-2 E.G‘Goziyev – “Umumiy psixologiya”.– Toshkent: 2002 yil.
4.
E.G‘.G‘oziyev – “Ijtimoiy psixologiya” – Toshkent: 2016 yil.
5.
http://www.Psixologiya.uz (http://www.psixologiya.uz/)