Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
63
ISSN:3030-3621
O‘QUVCHILARDA RASMIY ISH QOG‘OZLARI BILAN ISHLASH
KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRUVCHI TOPSHIRIQLAR
Nasiba Tursunboyeva Muzaffar qizi
Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO‘TAU 311-guruh talabasi
nasibatursunboyeva392@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqola davlat tilida rasmiy ish yuritish qog ‘ozlari va ularni
maktab darsliklarida berilishi va yangi va qiziq topshiriqlar asosida o‘quvchilarga o
‘rgatishni ko‘zlovchi masalalar ko‘riladi.Ushbu maqola orqali yoshlarni kelajakda tilga
bo ‘lgan mehrini oshirish va albatta davlat tilida ish qog’ozlarini yaxshi yuritishda
ko‘makllashadi.
Annotation:
This article discusses the issues of official business papers in the
state language and their provision in school textbooks and teaching students based on
new and interesting tasks. This article will help young people to increase their love for
the language in the future and, of course, to maintain business papers in the state
language well.
Tayanch so‘zlar:
davlat tilida yuritish, ariza, ma’lumotnoma,til xat ,tushuntirish
xati, hujjat.
Keywords:
keeping in the state language, application, reference, language letter,
explanatory letter, document.
Bugungi kunda jamiyatda hujjatlar bilan ishlash madaniyatiga bo‘lgan ehtiyoj
ortib bormoqda. Har qanday tashkilotda yoki hayotiy faoliyatda rasmiy ish yuritish –
insonning savodxonligi, mas’uliyati va davlat tiliga hurmatining ifodasi sifatida
qaraladi. Shu bois maktab ta’limida o‘quvchilarda rasmiy ish hujjatlari bilan ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa, ariza, tilxat,
tushuntirish xati, ma’lumotnoma kabi hujjat turlarining mazmuni, tuzilishi va yozilish
tartiblarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarni amaliy hayotga tayyorlash mumkin. Davlat
tilida ish yuritish madaniyatini shakllantirish esa nafaqat tilga hurmatni oshiradi, balki
huquqiy ongni yuksaltirishda ham katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada
o‘quvchilarda rasmiy ish qog‘ozlari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga
qaratilgan topshiriqlar tahlil qilinadi va ularning ta’limiy ahamiyati yoritiladi.
Barchamizga ma'lum bo‘lgan va hozirda ham foydalanib kelayotgan
hujjatlarimiz oldin qanday bo‘lgan va hozir qanday degan savollar sizni va albatta
barchaga qiziq. Hozirgi kunga kelib u rivojlandimi yoki hali ham o‘sha doimiy va
tarixiy hujjatlardan foydalanmoqdamizni bunga javoblar bir muncha ko‘p. Insoniyat
paydo bo‘lganidan so‘ng nechi asrlar o‘tib asta sekin ularning o‘z tillari paydo bo‘ldi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
64
ISSN:3030-3621
So‘ngra esa ularning qonun qoidalari va albatta hujjatlari. O‘zbek tilining izohli
lug'atida “Hujjat” so‘ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat”
bo‘lgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi. arabcha so‘z
bo‘lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy
ahamiyatga ega.O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim
davrlarga borib taqaladi.
Hozirgi kunda barcha maktab va Oliy o ‘quv yurtlarida davlat tilida rasmiy ish
qog‘ozlari bilan ishlash uchun darslik va qo‘llanmalar mavjud. Elektron portallar orqali
rasmiy ish hujjatlari ham hozirda elekron tarzda qabul qilinmoqda ammo ularni to‘g‘ri
yozishni bilamaslik bir muncha qiyin holatga solishi mumkin foydlanuvchilarni.
Shuning uchun maktab darsliklarida o‘quvchilarni hayotiy tajribsini oshirish va rasmiy
ish hujjatlarini bilishlari uchun alohida rasmiy ish qig ‘ozlari mavzu tariqasida
berilgan.2019-yil nashr etilgan 9-sinf darsligida “Ish qog‘ozlari bilan ishlash” mavzusi
berilgan. Mavzuda :tushuntirish xati, ariza kabi rasmiy ish hujjatlari ustida topshriqlar
berilgan. Mavzu yuzasida qoida ham berilgan “Arziza, bildirishnoma, tilxat,
tushuntirsh xati, bayonoma, ishonchnoma va shu kabi hujjatlar rasmiy uslubda
yoziladi: -deya. Rasmiy ish hujjatlari bilash mavzusi 6-sinf 2022-yil nashr etilgan
darslikda ham berilgan. Unda “Soliqlarni to‘lab borasizmi “ mavzusida topshiriqlar va
soliq turlari keltirilgan. Ushbu mavzular orqali o‘quvchilar soliq hujjatlari va rasmiy
hujjatlarini o‘rganitiladi.
Quyidagi topshiriqlar orqali o‘quvchilar rasmiy hujjatlarni yanada yaxshi
o‘zlashtirishadi.
1-topshiriq Berilgan hujjat qismlarni moslashtiring.
Men onamning qattiq betobligi sababli o‘n kun davomida darslarga
kela olmadim.
Ariza
Meni ingliz tili chuqurlashtirib o‘qitiladigan 9”A” sinfiga
o‘tkazishingizni so‘rayman
Tushuntirish xati
Ushbu berildiki Qosimov Mirjalol ushbu maktabda o‘qiydi
Tilxat
Men Tursunboyev Zuxriddin ushbu 200$ dollar pulni Qosimov M dan
oldim qaytarish sharti bilan
Ma’lumotnoma
Ushbu topshriqni o‘quvchilar hujjat turlari va ularning bosh qismlarini moslashtishlari
lozim.Ushbu topshiriq orqali o‘quvchilarni o‘qib tushunish ko‘nikmalari
rivojlantiriladi.
2-topshiriq Quyidagi hujjat parchalarini o‘qing va ularning to‘g‘ri (T)yoki
noto‘g‘ri(N) yozilganini belgilang. Sababini izohlang.
Gaplar
To‘g‘ri
Noto‘g‘ri
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
65
ISSN:3030-3621
Biron-bir masala bo‘yicha yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib
og‘zaki yoki yozma murojaat va shikoyat qilish ariza
deyiladi.
Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki mas’ul
shaxs tomonidan imzolangachg, tegishli joyga telefon orqali
yetkaziladi Telefonogramma
Men, Sobirov Nodir Nozim o‘g‘li 1985-yil 27-iyunda
Buxoro shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildim. Ariza
Tarjimaiy hol xizmat (o‘qish)ga aloqador masalani, uning
biror jihatini yozma izohlovchi hujjatdir.
3- topshiriq Quyidagi keltirilgan so‘zlarni rasmiy ish hujjatlarning qaysi turida
foydalanishini ayting.
To‘g‘risida, siz, shaxsiy xatlar, ajratildi, shunga ko‘ra, kassalig sababli,
imkoniyatti yo‘qligi sababli, shartnoma tuzishga, pasportga ega ,tayinlansin,
belgilansin, o‘tkazilsin, ishlaydi, yashaydi, o‘qiydi, ko ‘rsatish uchun, oliy o‘quv
yurtiga.
Ushbu topshriqlar 9-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib topshiriqlar orqali
o‘quvchilar rasmiy hujjatlarni o‘rganib borishadi.
Bu turdagi ish yuritish orqali davlat
va jamiyatning yuksalish, turli
xatolarga yo‘l qo‘yilishining oldi olinadi bu albatta eng
yaxshi va samarali yo‘ldir. Doimo
hujjatlarni davlat tili o‘zbek tilida olib borishni
amalga oshirish shart va lozim.Bunga barcha
amal qilsa hech qanday xato va
kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmadi albatta.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarga rasmiy ish hujjatlarini o‘rgatish – ularning
hayotiy savodxonligini oshirishda muhim bosqich hisoblanadi. Davlat tili maqomiga
ega bo‘lgan o‘zbek tilida hujjatlarni to‘g‘ri va mazmunli tarzda tuzishga o‘rgatish –
yosh avlodning huquqiy va ijtimoiy ongini yuksaltiradi. Maktab darsliklarida rasmiy
uslubga oid mavzularni hayotiy va ijodiy topshiriqlar orqali o‘rgatish o‘quvchilarning
mustaqil fikrlash, hujjatlarni farqlay olish, ularni rasmiy shaklda tuzish ko‘nikmalarini
shakllantiradi. Taklif etilgan topshiriqlar orqali o‘quvchilar ariza, tushuntirish xati,
ma’lumotnoma, tilxat kabi hujjat turlarini o‘zlashtirib, amaliyotda ham ularni
qo‘llashga tayyor bo‘lishadi. Bu esa o‘z navbatida davlat tilida ish yuritish
madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi. Shu bois, rasmiy ish qog‘ozlari bilan
ishlash ko‘nikmalarini maktab davridan boshlab shakllantirish zamonaviy ta’limning
dolzarb vazifalaridan biri sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mahmudov.N (2020). Davlat tilida ish yuritish. O‘zbekiston nashriyoti. Toshkent.
2.
Mahmudov N. Davlat tilida ish yuritish. Akademik litseylar uchun darslik./ N.
Mahmudov, A. Raflyev, I. Yo‘ldoshev; 0 ‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
66
ISSN:3030-3621
0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. — Т., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2007 — 128 b.
3.
M.Aminov va boshq. – T.: «O‘zbekiston» nashriyoti DUK, 2021. – 528 b.
4.
Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik /N.M.
Mahmudov, A. Nurmonov, A.Sh. Sobirov. – Toshkent: МCHJ «Tasvir», 2019. –
128-b.
5.
Ona tili [Matn]: 6-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova [va boshq.]. – Toshkent:
Respublika taʼlim markazi, 2022. –224 b.