Mualliflar

  • G‘ulomova Shahzoda

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.103045

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ona tili o‘quvchi nutq so‘z boyligi metod ta’limiy o‘yin

Annotasiya

Annotatsiya:  O‘quvchilar  nutqini  rivojlantirishda  ona  tili  darslarining  o‘rni 
katta. Ularning so‘z boyligini oshirish, erkin va ravon fikrlarini bayon qilishlari, yangi 
mavzuga  diqqatlarini  tortish  uchun  darslarni  qiziqarli  va  samarali  tashkillashtirish  
lozim. Quyida ona tili darslarida qo‘llash uchun bir qancha metodlar tavsiya qilganmiz. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

60

ISSN:3030-3621

ONA TILI TA’LIMIDA METODLARDAN SAMARALI FOYDALANISH

G‘ulomova Shahzoda

Alisher Navoiy nomidagi

ToshDO‘TAU 307-guruh talabasi

gulamovashahzoda@gmail.com

Annotatsiya:

O‘quvchilar nutqini rivojlantirishda ona tili darslarining o‘rni

katta. Ularning so‘z boyligini oshirish, erkin va ravon fikrlarini bayon qilishlari, yangi
mavzuga diqqatlarini tortish uchun darslarni qiziqarli va samarali tashkillashtirish
lozim. Quyida ona tili darslarida qo‘llash uchun bir qancha metodlar tavsiya qilganmiz.

Kalit so‘zlar:

ona tili, o‘quvchi, nutq, so‘z boyligi, metod, ta’limiy o‘yin

Аннотация:

Велика роль уроков родного языка в развитии речи учащихся.

Чтобы они могли пополнять словарный запас, свободно высказывать свои
мысли, привлекать внимание к новой теме, необходимо интересно и эффективно
организовывать занятия. Ниже мы порекомендовали несколько методов для
использования на уроках родного языка.

Ключевые слова:

родной язык, ученик, речь, словарный запас, метод,

развивающая игра

Annotation:

The role of native language lessons in the development of students'

speech is great. In order for them to replenish their vocabulary, express their thoughts
freely, and draw attention to a new topic, it is necessary to organize classes in an
interesting and effective way. Below we have recommended several methods for use
in native language lessons.

Keywords:

native language, textbook, speech, vocabulary, method, educational

game


O‘quvchi maktabdagi barcha fanlarni ona tili orqali o‘zlashtiradi. “Ona tili

ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik,
mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma
shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga
qaratilishi lozim” [2.99] .

O‘quvchi tomonidan yangi bilimlar o‘zlashtirish o‘qituvchining pedagogik

mahorati va darsni tashkil qilinishiga bog‘liq. Pedagogik mahorat tushunchasiga
“Pedagogik ensiklopediya”da “O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada
madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondosh fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta
oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis” degan
ta’rif berilgan. Samarali o‘zlashtirishning yana bir asosi darsning uyga vazifa
tekshirish, yangi mavzu bayoni, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash kabi qismlarini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

61

ISSN:3030-3621

mahorat bilan tashkil etishdir. Bunda o‘qituvchiga turli metodlar yordam beradi.
Quyida darsni qiziqarli tashkil etish va o‘quvchining so‘z boyligini oshirish uchun
metodlar tavsiya etganmiz.

“Do‘ppining tilaklari” O‘quvchilarga do‘ppining ichiga kichik qog‘ozchalar

solib taqatiladi. Ulardan shu qog‘ozchalarga turli ijobiy, qiziqarli, kayfiyat beradigan
iliq tilaklar yozib berish so‘raladi. So‘ng qog‘ozlarni buklab taxlab, o‘qituvchi
qo‘lidagi do‘ppining ichiga soladilar, Do‘ppining o‘rniga savat, chiroyli quti, rangli
shisha idishlar ham ishlatishingiz mumkin.

O‘qituvchi ularni yaxshilab aralashtirganidan keyin yana o‘quvchilarga taqdim

qiladi. O‘quvchilar do‘ppining ichidagi qog‘ozlardan birini tanlab, o‘zlariga atalgan
tilaklarni ovoz chiqarib o‘qishadi. Masalan,

-Sen chiroylisan, enga baxt tilayman, doim kulib yur;

-Hamma fanlardan “5” baho olishingni tilayman;… va h.k.

O‘quvchilar tilaklarni yozishga ijodiy yondashishlari, yumor tarzida

yozishlariga imkon bering. Shunda bir-birlarining tilaklarini shovqin qilmay, diqqat
bilan eshtib o‘tiradilar. Har qanday ezgu tilaklar insonga faqat yaxshi kayfiyat beradi.
Yaxshi kayfiyat bilan boshlangan ishning ijobiy natija berishi esa o‘zingizga ayon
[3.16].

“Do‘ppining tilaklari” orqali o‘quvchilarning so‘z boyligi ortadi, yozma va

og‘zaki nutqini rivojlanadi.

Darsni qiziqarli tashkil qilishda ta’limiy o‘yinlarni o‘z o‘rni bor. Faqat ta’limiy

o‘yin mavzuga mos kelishi kerak. “So‘z juftlarini davom ettir” o‘yinida o‘quvchilarga
san’at-sanat, tal’at-talat, qal’a-qala, ta’na-tana, ta’b-tab singari so‘zlar berilib, shunday
so‘z juftlari tuzishni davom ettirish va ularning ma’nosini sharhlash topshiriladi.
Berilgan soz juftlarini belgilangan miqdorga (masalan, 15-20 so‘z juft) yetkazgan
o‘quvchi g‘olib deb topiladi. Bu o‘yin o‘quvchilarni guruhlarga ajratib, sinf taxtasida
ham bajartirilishi mumkin. Qatordagi har bir o‘quvchi doskaga chiqib, bitta so‘z jufti
yozadi va bo‘rni ikkinchi o‘quvchiga tutqazadi [4.148].

Navbatdagi tavsiyamiz “Ma’nosini kim chaqdi” o‘yinidir. O‘quvchilar nutqini

badiiy bo‘yoqdor fe’llar bilan boyitishda undan foydalansa bo‘ladi. Bellashayotgan 1-
qatorga frazeologik birliklar bilan almashtirish mumkin bo‘lgan fe’llarni aytish,
ikkinchi guruhga esa shu fe’lni frazeologik birlik bilan almashtirish topshiriladi.
Masalan, gapirmadi, og‘ziga talqon soldi, quvondi-do‘ppisini osmonga otdi;
g‘azablandi-tepa sochi tikka bo‘ldi; o‘ldi-joni uzildi; tushundi-mag‘zini chaqdi;
charchadi-tinka madori quridi; uxlamadi-mijja qoqmadi; qo‘rqdi-yuragi dov bermadi,
ajablandi-yoqasini ushladi. Keyingi bosqichda har bir frazeologik birikmani uning
ma’nodoshi bilan almashtirish ham topshirilishi mumkin. Masalan, do‘ppisini
osmonga otdi-boshi osmonga yetdi, og‘ziga tolqon soldi, “lom-mim” demadi, joni
uzildi-olamdan o‘tdi, mijja qoqmadi-ko‘zini yummadi, yuragi dov bermadi-esi chiqib


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

62

ISSN:3030-3621

ketdi, yoqasini ushladi-hayratda qoldi kabi. Xuddi shu o‘yin teskari holatda bajarilishi
mumkin. 1-qator frazeologik birliklarni aytsa, 2-va 3-qatorlar shu iborani so bilan
almashtirishadi. Masalan, “lom-mim” demadi, og‘iz ochmadi, gapirmadi, indamadi
kabi [4.181].

“Rostini top” metodi. Har bir o‘quvchi o‘tilgan mavzuga oid 4 ta ma’lumot

aytadi. 2 ta rost, 2 tasi esa yolg‘on, o‘zgartirilgan ma’lumot. O‘quvchilar berilgan
ma’lumotlardan yolg‘onini topishlari kerak bo‘ladi. Shu tariqa ham doskaga chiqqan
o‘quvchini, ham shartni bajargan o‘quvchini baholab ketishingiz mumkin bo‘ladi.
Tayyor materialni o‘qib, gapirib berish ko‘p vaqtni olmasligi mumkin, lekin uni
o‘zgartirish, sana, ism, joy nomlari va raqamlarni almashtirish orqali o‘sha ma’lumot
ustida ishlash hamda uni eslab qolish bir muncha vaqtni talab qiladi. Buning uchun
o‘quvchi matnga qayta-qayta murojaat qiladi va o‘z-o‘zidan bu uning yodida qoladi.
Yolg‘on ma’lumotni aniqlash uchun o‘quvchilar bir-birlarini diqqat bilan eshitadilar,
qaysi ma’lumotlarni noto‘g‘ri aytayotganliklarini aniqlashga va bir-birlarini
takrorlamaslikka harakat qiladilar hamda shu orqal mavzuni yaxshiroq o‘zlashtiradilar.
Qolaversa, bu ularning kelajak hayotida eshitganiga ishonib ketavermaslik,
ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanligini avval tekshirib, keyin ishonch hosil qilishdek
hayotiy ko‘nikmani shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metod zamonaviy baholash
usuli bo‘lgan o‘quvchilarning bir birlarini tekshirish va baholashga yaxshi misol bo‘la
oladi [3.36]. .

So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish o‘qituvchining madaniy saviyasida va

o‘quvchi muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki insonning “aql-zakovati,
fikr-tuyg‘ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda
etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov)
[1.70].

Xulosa qilib aytganda o‘z ona tilida puxta, lo‘nda va jarangdor so‘zlar tuza olish

va uni nutqiy mahorat bilan ifodalash ta’lim muassasalarida o‘rganilayotgan har bir fan
o‘qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobilyatlardan biridir [1.74].
O‘qituvchining nutqi ravon, darsi qiziqarli bo‘lsa o‘quvchining mavzu o‘zlashtirish
darajasi yuqori bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xoliqov A. A. Pedagogik mahorat. Darslik, - Toshkent, “Iqtisod-Moliya”, 2011. -
420b.

2.

Yuldasheva D.N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv
asosida) :darslik/Durdona nashriyoti 2021-424 b

3.

Юсуфжонова Н./Сизда қирқ беш дақиқа бор: методик қўлланма-Тошкент:
“Чашма”, 2024.-78-79б

4.

G‘ulomov A. va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik, –Toshkent, 2012 .-
380b..

Bibliografik manbalar

Xoliqov A. A. Pedagogik mahorat. Darslik, - Toshkent, “Iqtisod-Moliya”, 2011. -

b.

Yuldasheva D.N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv

asosida) :darslik/Durdona nashriyoti 2021-424 b

Юсуфжонова Н./Сизда қирқ беш дақиқа бор: методик қўлланма-Тошкент:

“Чашма”, 2024.-78-79б

G‘ulomov A. va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik, –Toshkent, 2012 .-

b..