Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
12
ISSN:3030-3621
“TALOQ” HOJAT EMAS ZARURATDIR
Burxonitdinov Shamsiddin
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent
Islom Instituti 4-kurs talabasi
Anotatsiya:
Ushbu maqola taloq instituti va uning Islomiy qonunchilikdagi
o‘rnini, inson tabiatini hisobga olgan holda, tahlil qiladi. Maqolada taloq amaliyotidagi
tarixiy suiiste’molliklarga qarshi choralar, ya’ni taloqning belgilangan miqdorini
chegaralash va ayollarga xul’ huquqini berish orqali ularning hurmati va huquqlarini
himoya qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, maqola bu hukmlarning oila yaxlitligi
va ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi ahamiyati, shubhasiz taloq ba’zan zaruriy choradir,
deb ta’kidlaydi.
Kalit so‘zlar:
taloq, Islomiy huquq, ayollar huquqlari, xul’, oila, ijtimoiy adolat,
qonuniy tartibot
قيلعتلا
:
ةيامح فدهتسيو ناسنلإا ةعيبط ىعارُي ثيح ،ةيملاسلإا ةعيرشلا روظنم نم قلاطلا عوضوم ةلاقملا هذه لوانتت
ةيملاسلإا تاعيرشتلا نأ فيك لاقملا حضوي .ةيجوز تافلاخ بوشن لاح يف ةلداع لولح ريفوتو ةأرملا قوقح
جاوزلا ءاهنلإ ةيلآك علخلا قح ةأرملا حنمو تاقلطلا نم ددحم ددع ديدحت عم ،قلاطلا ةسرامم طبضل تءاج
ةرسلأا كسامت ىلع ماكحلأا هذه قيبطت ريثأت لاقملا شقاني امك .ةماركب
ةيهافر سيل قلاطلا نأ اًدكؤم ،عمتجملاو
عمتجملاو دارفلأا ةملاس ىلع ظافحلل تلااحلا ضعب يف ةرورض لب.
ةيحاتفملا
تاملكلا
:
ةيعامتجلاا ةلادعلا ،ةرسلأا ،علخلا ،ةأرملا قوقح ،ةيملاسلإا ةعيرشلا ،قلاطلا
Annotation and Keywords
Annotation:
This article examines the institution of divorce from an Islamic
perspective, highlighting the recognition of human nature in the application of religious
law. It discusses how Islamic regulations have addressed historical abuses by limiting
the number of divorces and instituting the right of khul’ for women, thereby protecting
their dignity and rights. The article further explores the implications of these rulings
on maintaining family integrity and social justice, emphasizing that divorce, while not
desired, can be a necessary remedy in certain circumstances.
Keywords:
divorce, Islamic law, women's rights, khul', family, social justice,
legal regulation
Аннотация и ключевые слова
Аннотация:
В данной статье рассматривается институт развода с точки
зрения исламского права, принимающего во внимание особенности
человеческой природы. В ней анализируется, как исламские нормы регулируют
процедуру развода, ограничивая количество разводов и предоставляя женщинам
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
13
ISSN:3030-3621
право на хал’ (инициирование развода по их инициативе), что направлено на
защиту их достоинства и прав. Статья также затрагивает влияние этих норм на
укрепление семейных уз и достижение социальной справедливости,
подчеркивая, что развод, хотя и нежелателен, в некоторых случаях является
необходимым решением.
Ключевые слова:
развод, исламское право, права женщин, хал’, семья,
социальная справедливость, регулирование
Boshqa hukmlar qatori, taloq masalasida ham Islom dini inson tabiatini e’tiborga
olib ish tutadi. Chunki insonni Alloh subhaanahu va taolo yaratgan, unga nima mos
kelishini ham Alloh taoloning o‘zi yaxshi biladi. Avvallari, boshqa masalalar qatori,
taloq masalasida ham ayollar xorlanar, ularni inson o‘rnida ko‘rmas edilar. Ba’zilar
xotinini xohlamay qolsa, boshqaga uylanib, uni qarovsiz qoldirar, na o‘zi xotin qilar
va na boshqaga erga tegib ketishiga imkon berar edi. Yoki taloq qilib, iddasi yaqin
qolganda yana qaytib, uni o‘yinchoq qilardi. Shu va shunga o‘xshash usullar bilan
ayollarni o‘ta ayanchli hollarga solar edilar. Islom bunday xorliklarga chek qo‘ydi. Er
kishiga faqat uch taloqning haqqini berdi va ayolni qiynamaslikka buyurdi. Ayni
chog‘da ayolga “xulu’” haqqini ham berdi. Ya’ni ayol kishi eri bilan yashashni
xohlamasa, qoziga arz qilib, ajrashib ketishiga imkon yaratdi. Hozirda ba’zi erlar
o‘zlari va oilalariga baxtsizlik va mushkulot yo‘lini tutib, shariat hukmlariga xilof
tarzda “taloq” so‘zini ko‘p va bo‘rttirib qo‘llash holatlari avj olmoqda. Aslida bu –
ulkan ma’siyat va haddan oshishdir. Mahmud ibn Labid raziyallohu anhudan rivoyat
qilingan hadisi shariflarda shunday deyilgan:
«
َناَبْضَغ َماَقَف ،اًعيِمَج ٍتاَقيِلْطَت َث َلاَث ُهَتَأ َرْمِا َقهلَط ٍلُج َر ْنَع ملسو هيلع الله ىلص ِ ه َاَللّ ُلوُس َر َرِبْخُأ
:َلاَق همُث
«
ىَلاَعَت ِ ه َاَللّ ِباَتِكِب ُبَعْلُيَأ
ْمُك ِرُهْظَأ َنْيَب اَنَأ َو ،
»
ىهتَح
:َلاَقَف ،ٌلُج َر َماَق
«
ُهُلُتْقَأ َلاَأ ِ هاَللّ َلوُس َر اَي
»
(هنع الله يضر ٍدي
ِبَل ِنْب ِدوُمْحَم ْنَع ُّيِئاَسهنلا ُماَملإا ُها َو َر)
ya’ni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga xotinini uchta taloqni jamlab
taloq qilgan kishi haqida xabar berildi. U Zot g‘azabnok holda o‘rnilaridan turib: “Men
oldilaringizda bo‘lsam-u, Alloh taoloning Kitobi bilan o‘ynashiladimi?!”, – dedilar. U
Zotning qattiq g‘azablanganlaridan hatto bir kishi o‘rnidan turib: “Yo Rasululloh, uni
o‘ldiraymi?” – deb yubordi” (Imom Nasaiy rivoyatlari).Taloqni ermak qilish, bo‘lar-
bo‘lmas sabablar bilan ayolni taloq qilaverish juda katta kulfatlarga, oilaviy
baxtsizliklarga sabab bo‘lishini unutmasligimiz zarur.
Shariatda taloqqa ruxsat berilganiga sabablar ko‘p. Shulardan ikkitasini zikr
qilib o‘taylik :
1.Faraz qilaylik, bir kishining xotini tug‘maslik kasaliga mubtalo bo‘lgan. U
kishi o‘zgalarga o‘xshab, ortidan zurriyod qoldirishni xohlaydi. Ikki xotinni ushlab
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
14
ISSN:3030-3621
turishga esa imkoni yo‘q. Shunda avvalgi xotinini taloq qilib, farzand ko‘rishga
layoqati bor ayolga uylanishi mumkin
2.Er-xotinning fe’l-atvorlari bir-birlariga to‘g‘ri kelmay qolib, o‘zaro nafratlari
kuchayib, birga yashashning sira iloji qolmaganida taloq yordamga keladi va
ikkovlarini bir-biridan qutqaradi. Taloqni Islomga ayb qilib taqaydigan G‘arb
davlatlarining ko‘pchiligida hozirda o‘z dinlarining ahkomlariga qarshi chiqib, taloqqa
ruxsat berilgan. Ba’zilar er kishining bir og‘iz so‘zi bilan taloq tushishini juda ham
yengil hukm, hayotga jiddiy qaramaslik, deb tushunadilar.
Aslini olganda, bunday xavotirga asos yo‘q. Islom hayotga nihoyatda jiddiy
qaraydi. Kattami-kichikmi, har bir inson o‘z so‘ziga javobgardir. Islomda har qanday
so‘zning salmog‘i kattadir. Inson bir so‘z bilan mo‘min bo‘lib, bir so‘z bilan iymondan
chiqadi, aqdi nikoh paytida kelin-kuyov bir og‘iz so‘z bilan er-xotin bo‘ladilar. Ular
iyjob va qabulda aytiladigan “roziman” va “qabul qildim” so‘zlari bilan bir-birlariga
halol bo‘ladilar. Shuningdek, birgina “taloq” so‘zi bilan aksincha bo‘lishi ham bor.
Demak, hayotga jiddiyat bilan qarash har bir musulmonning burchidir.
Jumladan, taloq masalasida ehtiyot bo‘lish ham har bir musulmon erkakning
vazifasidir. Bo‘lar-bo‘lmas sabablarga ko‘ra ayolini taloq qilaverish musulmon
shaxsga ravo emas.
Taloqni muboh qiluvchi sabablar va
muboh
tushunchasi
Lug‘aviy jihatdan “ ٌحاَبُم” — ochiq, ruxsat berilgan, man qilinmagan degan
ma’nolarni anglatadi.
Istelohda esa, faqihlar istelohida “muboh” — bu shari'at tomonidan amalda
qilinishi uchun na buyurilgan va na man qilingan fe’ldir. Ya’ni, inson bu ishni qilsa
ham, tark etsa ham mukofotga ega bo‘lmaydi, jazolanmaydi ham.
“Muboh — bu shunday amal bo‘lib, uni qilish yoki tark etish uchun hech qanday
savob yoki gunoh yo‘q. Shariat u amalni insonlar uchun ochiq qoldirgan.”
1
Ushbu ta’rifdan anglashiladiki, mubohlik — bu biror amal yoki fe’l ustida
shariat tomonidan ixtiyor erkinligining tan olinishi bo‘lib, u inson tabiatiga mos,
umumiy manfa’atni buzmaydigan va zarar keltirmaydigan fe’llarga tegishli bo‘ladi.
Imom Abu Bakr Jassos rahmatullohi alayhi o‘zlarining
“al-Fusul fil-Usul”
asarlarida quyidagi qoidani bayon qiladilar:
اَهِمي ِرأحَت
ىَلَع
ٌليِلَد
أد ِرَي
أمَل
اَم
ُةَحاَبِألْٱ
ِءاَيأشَ ألْٱ
يِف
ُلأصَ ألْٱ
“Aslida narsalar mubohdir, agar ularni harom qiluvchi dalil bo‘lmasa”
2
.
1
(Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul-Fiqh. – Toshkent: Hilol Nashr, 2012. – B. 95)
2
Imom Abu Bakr Jassos.
al-Fusul fil-Usul
. 2-juz. – Bayrut: Darul-Kutub al-Ilmiyyah, 1414 H. / 1994 M. – B. 35.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
15
ISSN:3030-3621
Ya’ni, biror narsaning hukmi haqida shariatda ochiq dalil yo‘q bo‘lsa, u narsa
o‘z holicha — muboh, deb hisoblanadi. Bu qoida hanafiy mazhabi asoslaridan biri
bo‘lib, insonlarga har qanday yangi masala yuzasidan qaror chiqarishda shariat asosida
erkin harakat qilish imkonini beradi.
Mulla Jaloliddin Muhammad ibn As’ad rahmatullohi alayhi o’zlarining “Nurul-
anvor fi sharhi manor” kitoblarida shunday deydilar “
:ُحاَبُمألٱ
ِهيِف ٌرَّيَخُم َوُه ألَب ،ٌيأهَن َلَ َو ٌرأمَأ ِهِب ُقَّلَعَتَي َلَ اَم
.
“
Muboh — shariat tomonidan na amr qilingan, na man etilgan amal bo‘lib, bu
borada insonga tanlash imkoniyati berilgan”. Ya’ni, inson bunday amallarni qilsa ham,
tark etsa ham, na savob, na gunoh yozilmaydi. Bunday holatlar shariatda inson ehtiyoj
va foydasiga ko‘ra ochiq qoldirilgan.
Bu qoida usulul fiqhning muhim asoslaridan biri bo‘lib,
ibohatul-asliyya
(asl
mubohlik) tushunchasini anglatadi. Ya’ni, biror narsa haqida Qur’onda, Sunnatda yoki
ijmoda
harom yoki makruh
ekani haqida
aniq dalil mavjud bo‘lmasa
, u narsa
halol
va joiz
hisoblanadi.
Ushbu qoida bevosita quyidagi Qur’oni karim oyatiga tayanadi
﴾ا ٗعيِمَج ِض أرَ ألْٱ يِف اَّم مُكَل َقَلَخ يِذَّلٱ َوُه﴿
“U Zot – sizlar uchun Yer yuzidagi barcha narsalarni yaratdi.”
(al-Baqara, 2:29)
Ushbu oyatda Alloh taolo
Yer yuzidagi barcha mavjudot va ne’matlar
insonlar uchun yaratilganini
ta’kidlaydi. Oyatning
“مُكَل َقَلَخ” (sizlar uchun yaratdi)
degan ifodasi, ulardan foydalanish inson ya’ni sizlar uchun
muboh va joiz degan
ma’noni
bildiradi. Harom bo‘lishi uchun esa
alohida dalil
talab etiladi.
Yuqoridagi uṣuliy qoidalardan kelib chiqib, ulamolar taloqni ham
aslan muboh
hukmlar sirasiga kiritganlar. Ya’ni, shariatda
taloq harom yoki farz deb qat’iy
belgilanmagan
, balki
muayyan holatlarga qarab hukm kasb etuvchi muomala
deb
qaraladi.
Agar er va xotin o‘rtasida murosa yo‘qolib, birga yashash mushkul bo‘lib qolsa,
lekin boshqa shariatga xilof sabablar bo‘lmasa, bu holatda taloq
muboh
bo‘ladi. Ya’ni,
shariat unga ruxsat beradi, lekin targ‘ib qilmaydi.
«ةجاحلا
مدع
دنع
ةهاركلا
عم
حابم
قلاطلا.»
“Taloq, agar zarurat bo‘lmasa, makruh bo‘lsa-da, aslan mubohdir.”
3
Agar hakamlar (murosachi tomonlar) nikohning saqlanishi mumkin emas, deb
qaror qilsa, yoki er ayolini zo‘ravonlik bilan qiynasa, adolatli sud yoki muftiylar
fikricha ajralish shart bo‘lsa — bu holatda
taloq qilish vojib bo‘ladi
.
3
Burhoniddin Kosoniy.
Badoi’us-sanoi
3-juz. – Bayrut Darul-Kutub al-Ilmiyya, 1406 hijriy / 1986 milodiy. – B. 120.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
16
ISSN:3030-3621
«
رشعلا
رذعت
دنع
قلاطلا
بجيو
ررضلا
عوقوو
ة
.»
“Yashash imkonsiz bo‘lsa va zarar voqe bo’ladigan holat yuzaga kelsa taloq qilish
vojib bo‘ladi.”
4
.
Agar taloq
haqsizlik bilan, g‘azabda, yoki ayolga ziyon yetkazish maqsadida
berilsa, bu holatda
taloq harom
bo‘ladi. Jumladan,
hayz paytida yoki poklikda
yaqinlikdan keyin berilgan taloq
.
«عامجلْاب
مارح
ضيحلا
يف
قلاطلا.»
“Hayzda taloq berish – ijmo‘ bilan haromdir.”
5
Bunday taloq
gunoh
bo‘lsa-da,
voqe bo‘ladi
, ya’ni shariatda harom, bo’lsada
eru xotin orasiga ajrim tushadi.
Agar er-xotin o‘rtasida muammo bo‘lmasa, ijobiy hayot davom etayotgan
bo‘lsa, ammo er taloq bersa, bu
makruh
sanaladi. Chunki
taloq eng yomon muboh
ishdir
«قلاطلا
الله
ىلإ
للاحلا
ضغبأ.»
“Allohning huzurida eng yomon halol ish – bu taloqdir.”
Bu hadis
muboh ishlarning
ham darajasi borligi
ni ko‘rsatadi.
Ba’zida ajralish ikki tomon uchun
ziyonni oldini olish
maqsadida
afzali (rojihi)
bo‘lishi mumkin. Masalan, ayol dinga amal qilmaydigan bo‘lsa, bola tarbiyasiga salbiy
ta’sir qilsa va maslahat yo‘qolgan bo‘lsa — bu holatda taloq
mustahab
bo‘ladi.
«ةنتفلا
فوخو
ةجوزلا
داسف
دنع
بحتسم
قلاطلا.»
“Agar ayol buzuq bo‘lsa va fitna xavfi bo‘lsa, taloq qilish mustahab bo‘ladi.”
6
Taloq (ajrashish) asl hukmi jihatidan
muboh (joiz)
hisoblanadi, lekin bu
shart-
sharoitga qarab
mandub, makruh, harom yoki vojib
holatga o‘tishi mumkin.
Quyida
taloq qilishning muboh bo‘lgan o‘rinlari
ni hanafiy fiqh ulamolarining
izohlari asosida keltirib o‘tamiz:
1.Er va ayol o‘rtasida muomala buzilishi Er va xotin o‘rtasida uyg‘unlik
bo‘lmasa, muhabbat, hurmat va sabr tugagan bo‘lsa, taloq halol bo‘lgan vaqtda
qo‘llanishi mumkin:
"
هيلإ ةجاحلا دنع حابم قلاطلا."
“Taloq zarurat paydo bo‘lsa, mubohdir.”
7
2.Ayol eriga itoat qilmasligi, oilaviy hayotni barbod qilishi Agar ayol doimiy
ravishda itoatsizlik qilsa, oilaviy mas'uliyatlarni bajarmasa, bu holatda ham taloq joiz
bo‘ladi:
4
Ibn Nujaym.
Al-ashboh van-nazoir
. – Bayrut: Darul-Kutub al-Ilmiyya – B. 95.
5
Ibn Abidīn.
Raddul-Muxtor ala durril-Muxtor
3-juz. – Bayrut: Darul-Kutub al-Ilmiyya, B. 231
6
Shurunbuloliy.
Nur ul-izoh
. – Bayrut: Darul-Kutub al-Ilmiyya, 1427 hijriy / 2006 milodiy. – B. 247.
7
Ibni Obidin Roddul-Muxtor. 3-juz. – Bayrut: Darul-Fikr, 1421 H. – B. 231.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
17
ISSN:3030-3621
"
كلذ هل زوجيف ،قلاطلاب لَإ اهاذأ عفد هنكمي لَو ،هيذؤت ةأرملا تناك نإف."
“Agar ayol eriga ozor yetkazayotgan bo‘lsa va bu ozorni faqat taloq
bilangina to‘xtatish mumkin bo‘lsa, taloq unga joizdir.”
8
3.Ayol farzand tarbiyasida mas’uliyatsiz bo‘lsa. Bola tarbiyasiga e’tiborsiz
bo‘lgan, axloqan buzulgan ayollar bilan yashashda erga og‘irlik bo‘lsa, bu holatda
taloq muboh bo‘ladi.
4.Erning kuchli g‘azabini har doim uyg‘otadigan holatlarda. Agar erni muttasil
holda jahlga soladigan, o‘zini tuta olmaydigan holatlar yuz bersa, bu ham ajrashish
uchun yetarli ehtiyoj hisoblanadi.
5.Ayol jinsiy yaqinlikdan doimiy bosh tortsa Bu holat erning o‘z shahvati
ustidan harom yo‘lga yo‘nalish xavfini tug‘dirsa, u holda taloq qilish muboh
hisoblanadi.
6.Ayol doimiy noshar’iy xatti-harakatda bo‘lsa Ya’ni bid’at, fosiqlik,
ichkilikbozlik yoki boshqa gunoh ishlar bilan shug‘ullansa. O‘zaro islohning barcha
chorasi tugagan bo‘lsa Agar nasihat, hakam tayinlash, vaqtincha ajratish kabi Qur’onda
ko‘rsatilgan barcha usullar foyda bermasa (Niso surasi, 34–35-oyatlar), bu holda taloq
halol darajasida muboh bo‘ladi
Shariatda taloqqa ruxsat berilganiga sabablar ko‘p. Faraz qilaylik, bir kishining
xotini tug‘maslik kasaliga mubtalo bo‘lgan. U kishi o‘zgalarga o‘xshab, ortidan
zurriyod qoldirishni xohlaydi. Ikki xotinni ushlab turishga esa imkoni yo‘q. Shunda
avvalgi xotinini taloq qilib, farzand ko‘rishga layoqati bor ayolga uylanishi mumkin.
Yoki er-xotinning fe’l-atvorlari bir-birlariga to‘g‘ri kelmay qolib, o‘zaro nafratlari
kuchayib, birga yashashning sira iloji qolmaganida taloq yordamga keladi va
ikkovlarini bir-biridan qutqaradi. Taloqni Islomga ayb qilib taqaydigan G‘arb
davlatlarining ko‘pchiligida hozirda o‘z dinlarining ahkomlariga qarshi chiqib, taloqqa
ruxsat berilgan.
Qur’oni karimning pokiza va sharafli ko‘rsatmasiga binoan amal qilinsa ko‘cha
va bozorda er-xotin janjalini tarqalishi o‘rniga xonadonning o‘zida u ixtilofga barham
beriladi. Yaqin qarindoshlarning xayrxohligi sababli er-xotin o‘rtasida ittifoqlik va
ahllik paydo bo‘ladi. Yuqorida zikr qilingan Qur’oni karim oyatlaridan quyidagi
foydalar olinadi:
1. Qur’oni karim ikki tomondan er-xotinni yarashtirish uchun tayin qilingan
shaxslarni hakam deb, atadi. Hakam janjalga chek qo‘ya olishi va hukm chiqarishga
salohiyatli bo‘lishi lozim. Bu salohiyatlar ilmli va dindor shaxslarda bo‘ladi;
2. Ikki hakamni yuborishdan maqsad er-xotin o‘rtasini isloh qilish bo‘lsin va
ikki hakamni ikki yosh muxtor (nima hukm chiqarishsa men unga roziman degan
8
Ibni Nujaym. Al-ashboh vann-nazoir. – Bayrut: Darul-Kutub al-Ilmiyya, 1311 H. – B. 95.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
18
ISSN:3030-3621
tarzda) hakam qilib tayinlashsa, ya’ni u ikkisini uchinchi shaxs sifatida tayinlab, ular
chiqargan hukmga rozimiz desalar. U ikki hakam ushbu vaziyatda muxtor hakam
bo‘lib qoladilar. Natijada, u ikki hakam taloqga ittifoq qilsalar, taloq tushadi. Xulu’ yo
biror suratga kelishsalar er-xotin u ikkisi tomondan chiqarilgan hukmga itoat qilishlari
lozim bo‘lib qoladi. Bu Hasan Basriy (r.a.) va Abu Hanifa (r.a.) mazhablaridadir;
3. Ikki hakam yaxshi niyatda va chin dildan u ikki er-xotin o‘rtasini yaxshi
bo‘lishini xohlab ishga kirishishsa, albatta Alloh taoloning g‘oybiy madadi natijasida
muvaffaqiyatga erishadilar.
Zero, Alloh taoloni :“Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning
orasini muvofiqlashtiradi” degan oyatida g‘oyibiy madadga ishora bor.
Hakamlarda yarashtirish istagi yo ixlos bo‘lmasa, er-xot orasida
muvofiqlashish topilmaydi. Chunki, oyatda aniq va ravshan tarzda “Agar ular islohni
iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtiradi” deb, ta’kidlangan;
4. Yuqorida kelgan ko‘rsatmalarning barchasi besamar ketsa, u ikki er-xotin
orasidagi juda qattiq ziddiyat sababli dushmanlik paydo bo‘ladi. Natijada, nikoh
rishtasi samara berish o‘rniga azob beradi. Bunday holatda nikoh rishtasini uzmaslik
zulmdir. Aksincha, bunday o‘rinda nikoh rishtasini tugatish er-xotin va u ikkisi
xonadoniga rohat hamda salomatlik bag‘ishlaydi. Bugungi oilaviy muammolarni hal
qilishda yoshlarimizni ilmsizliklari, qur’on va hadisdan, zimmalaridagi mas’uliyat va
vazifalaridan bexabarliklari yaqqol ko‘rinib turadi. Bilimsizliklari natijasi oilaviy
muammolarini, Alloh taolo kalomida belgilab bergan tartibga ko‘ra va’z-nasihat,
tushuntirishdan emas oxirgi chora taloqdan, kuch ishlatib, urib, kaltaklashdan
boshlashadi. Bir kishi chiroyli gap aytgan ekan:
“Afsonani oxirigacha yetkazish
mumkin bo‘lmasa, yaxshisi uni tark qilish afzal”.
Xulosa
Demak yuqoridaga oyat va hadislardan xulosa qilib aytamizki, shariatimizda
ham erkakning ham ayolning haq – huquqlari himoyalangandir. Oila tinchlik, sakinat
maskani bo‘lib oilaning har ikkala tomoni bu ne’matdan ayri holda yashay olmaydi.
Shu e’tibordan erkak kishi ayoliga zulm qilmasin ayol ham eriga itoatsizlik qilmasin.
Zimmalaridagi vazifalarga amal qilsin. Imkon bo‘lmaganda, taloqqa asosli sabab
yuzaga kelganda yaxshilik bilan, qur’on va sunnatga muvofiq keyingi shariatning
buyrug‘iga amal qilishga kirishishsin. Shunda hammasi adolatli va maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Usulul-Fiqh
. – Toshkent: Hilol
Nashr, 2012.
2.
Imom Abu Bakr Jassos.
Al-Fusul fil-Usul
. 2-juz. – Bayrut: Darul-Kutub al-Ilmiyya,
1414 hijriy / 1994 milodiy..
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
19
ISSN:3030-3621
3.
Burhoniddin Kosoniy.
Badoi’us-sanoi
. 3-juz. – Bayrut: Darul-Kutub al-Ilmiyya,
1406 hijriy / 1986 milodiy.
4.
Ibn Nujaym.
Al-Ashboh van-Nazoir
. – Bayrut: Darul-Kutub al-Ilmiyya, 1311 hijriy.
5.
Ibn Abidīn.
Raddul-Muxtor ‘ala Durril-Muxtor
. 3-juz. – Bayrut: Darul-Kutub al-
Ilmiyya, (yil ko‘rsatilmagan).
6.
Shurunbuloliy.
Nur ul-Izoh
. – Bayrut: Darul-Kutub al-Ilmiyya, 1427 hijriy / 2006
milodiy.
7.
Oltin silsila. Sahuhul Buxoriy. J.7. T.: Hilol-Nashr, 2021.
8.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. J.4. T.: Hilol-Nashr,
9.
2008.
10.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor Oila. T.: Hilol-Nashr, 2013.
11.
Burhonuddin Marg'inoniy. Hidoya sharh Bidoyatul mubtadi. J.2. Hilol-Nashr, 2021