Mualliflar

  • Alimov Abdulmalik Husniddin oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.103062

Annotasiya

 
Tasavvuf islomiy ruhiy-maʼnaviy hayotning ajralmas qismi sifatida qadimdan 
musulmon  jamiyatlarida  chuqur  ildiz  otgan.  U  qalbni  poklash,  Alloh  taologa 
yaqinlashish  va  ruhiy  kamolotga  erishishni  maqsad  qilgan.  Tasavvuf  yo‘llari 
(tariqatlar) ichida esa Naqshbandiya tariqati o‘zining chuqur tafakkuri, qatʼiy shariatga 
sadoqati  va  ichki  zohidligi  bilan  ajralib  turadi.  Ushbu  maqolada  Naqshbandiya 
tariqatining  o‘ziga  xos  jihatlari,  uni  boshqa  tariqatlardan  ajratib  turuvchi  asosiy 
tamoyillar keng yoritiladi. 
1. Xufya zikr (zikri xafiy) 
Naqshbandiya  tariqatining  eng  asosiy  jihatlaridan  biri  bu  –  zikrning  xufya 
(yashirin, ichki) shaklida bajarilishi hisoblanadi. Ko‘pchilik tariqatlarda ovozli (jahriy) 
zikr ustuvor bo‘lsa-da, Naqshbandiylar zikrni qalbda, ichki holat bilan, sokinlikda ado 
etishni afzal ko‘rganlar. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

182

ISSN:3030-3621

NAQSHBANDIYA TARIQATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi

Alimov Abdulmalik Husniddin oʻgʻli.


Tasavvuf islomiy ruhiy-maʼnaviy hayotning ajralmas qismi sifatida qadimdan

musulmon jamiyatlarida chuqur ildiz otgan. U qalbni poklash, Alloh taologa
yaqinlashish va ruhiy kamolotga erishishni maqsad qilgan. Tasavvuf yo‘llari
(tariqatlar) ichida esa Naqshbandiya tariqati o‘zining chuqur tafakkuri, qatʼiy shariatga
sadoqati va ichki zohidligi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada Naqshbandiya
tariqatining o‘ziga xos jihatlari, uni boshqa tariqatlardan ajratib turuvchi asosiy
tamoyillar keng yoritiladi.

1. Xufya zikr (zikri xafiy)
Naqshbandiya tariqatining eng asosiy jihatlaridan biri bu – zikrning xufya

(yashirin, ichki) shaklida bajarilishi hisoblanadi. Ko‘pchilik tariqatlarda ovozli (jahriy)
zikr ustuvor bo‘lsa-da, Naqshbandiylar zikrni qalbda, ichki holat bilan, sokinlikda ado
etishni afzal ko‘rganlar.

oja Bahouddin Naqshband bu borada shunday degan:
“Zikrimiz xufyiy, safarimiz ruhiy, suhbatimiz ilohiy.”
Bu esa, zikrda riyodan yiroq, faqat Alloh roziligiga yo‘naltirilgan ichki holatga

urg‘u berilishini anglatadi. Xufya zikr Qur’onda quyidagi oyatga tayanadi:

“Robbingni ichingda, tavozu’ va qo‘rquv bilan, baland ovoz chiqarmay,

tong va kechki paytlarda zikr qil.”

(A’rof surasi, 205-oyat)

2. “Xilvat dar anjuman” – Yolg‘izlik ichra jamoa.
Naqshbandiylikning eng chuqur hikmatlaridan biri bu – “xillvat dar anjuman”,

ya’ni “jamoat ichida bo‘lsa-da, qalban Alloh bilan bo‘lish” tamoyilidir. Boshqa
tariqatlar jismoniy xilvatni – yolg‘izlikni talab qilgan bo‘lsa, Naqshbandiylar jamiyat
ichida yashab, qalban Xudoga bog‘liq bo‘lishni afzal deb bilganlar.

Bu jihat Naqshbandiylikni faol hayotiy tariqatga aylantirgan, ya’ni bu tariqat

soliklarni (shu yoʻlni tutganlar) dunyodan uzilishga emas, balki jamiyat ichida yashab,
Allohni unutmaslikka chorlaydi.

3. Shariatga qat’iy amal qilish.
Naqshbandiylikda shariatga to‘liq amal qilish – eng asosiy talabdir. Tasavvufiy

mashg‘ulotlar faqatgina shariat doirasida bajarilishi shart. Bu borada Bahouddin
Naqshband shunday degan:

“Bizning tariqatimiz shariat asosidadir. Har kim shariatda mustahkam bo‘lsa,

tariqatda kamol topadi.”


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

183

ISSN:3030-3621

Bu xususiyat tariqatni g‘ayritabiiy holatlardan, shariatga zid amallardan

saqlaydi.

4. Ijodiy tafakkur va ilmiy asos.
Naqshbandiya tariqati doimo ilm va tafakkurga alohida e’tibor bergan. Tariqat

peshvolari nafaqat oriflar, balki yirik muhaddislar, mufassirlar va faqihlar bo‘lishgan.
Masalan:

Xoja Ubaydulloh Ahror – nafaqat orif, balki davlat ishlariga ta’sir o‘tkazgan

siyosiy arbob;

Imom Rabboniy Ahmad Faruq Sirhindiy – Hindistonda Naqshbandiylikni

tarqatgan, shariat va tariqatni uyg‘unlashtirgan ulug‘ alloma.

5. Roshidlik va rahbarlik.
Naqshbandiylikda murshid (rahbar) tushunchasi muhim o‘rinda turadi. U

nafaqat ruhiy yo‘lboshchi, balki solikning qalbiy kamolotida muhim o‘qituvchidir.
Biroq, bu murshidlar o‘z salohiyatini haddan oshirib ko‘rsatmaydilar, balki tavozu va
kamtarlik bilan o‘z vazifalarini bajaradilar.

6. Ijtimoiy mas’uliyat va faoliyat.
Naqshbandiylik jamiyatdan chetlashgan tariqat emas. U ijtimoiy mas’uliyat va

faoliyatni targ‘ib qiladi. Ko‘plab naqshbandiy mashoyixlar madrasalar, masjidlar,
karvonsaroylar va kasalxonalar barpo etganlar. Ular xalqning ma’naviy, iqtisodiy va
ijtimoiy holatiga befarq bo‘lmaganlar.

Masalan, Xoja Ahror Valiy Samarqandda yuzlab vaqf yerlarini tashkil qilib,

kambag‘allarga yordam ko‘rsatgan.

7. Silsilaning mashhur sahoba Abu Bakr (r.a.) orqali davom etishi.
Naqshbandiya tariqati boshqa tariqatlardan farqli ravishda o‘z silsilasini hazrati

Abu Bakr Siddiq (r.a.) orqali Rasululloh (s.a.v.)ga bog‘laydi. Bu esa tariqatga chuqur
siddiqiylik va sukunat asosida sodiqlik ruhini beradi.

8. Muhabbat va kamtarlik.
Naqshbandiylikda yuqori darajadagi muhabbat, tavozu va kamolot tuyg‘ulari

ustuvordir. Bu tariqatda solik hech qachon o‘zini ustun yoki mukammal deb
hisoblamaydi. Balki o‘zini doim o‘z ustida ishlovchi, Allohdan himmat umid qiluvchi
bandadek ko‘radi.

Xulosa qilib aytganda, Naqshbandiya tariqati – bu shariatga sodiq, qalbga

chuqur yo‘l oluvchi, jamiyatdan uzilmagan, balki uning muammolarini qalban his
qilgan oriflar yo‘lidir. U o‘zining xufya zikr, xilvat dar anjuman, shariatga sodiqlik,
ilmiy asoslanganlik kabi jihatlari bilan boshqa tariqatlardan ajralib turadi.
Naqshbandiya tariqati faqat ma’naviy kamolot emas, balki jamiyatdagi insof, adolat va
muhabbat tamoyillarini mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynagan.