Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
259
ISSN:3030-3621
RAHBARLARGA ZAMONAVIY BOSHQARUV JARAYONIDA
QOʻYILADGAN ASOSIY TALABLAR HAMDA ULARNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Narbayeva Naima Maxmudjanovna
Qoraqalpogʻiston respublikasi Beruniy tumani
MMTB 16-ummtaʼlim maktabi amaliyotchi psixologi
Annatatsiya:
Rahbarlikning samarali yo’llarini topish, boshqaruv tizimini
to’g’ri yo’lga qo’yish mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari etib
belgilangan.
Kalit so’zlar:
rahbar, rahbar mahorati, rahbar mehnati, menejer, lider,
zamonaviy rahbar,qobiliyat, kreativlik,ijodkorlik,ruhiy holat
KIRISH
Rahbarlikning samarali yo’llarini topish, boshqaruv tizimini to’g’ri yo’lga
qo’yish mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari etib belgilangan. Chunki
jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida ham taraqqiyotga aynan shu yo’l bilan
erishilgan. Shunday ekan, jamiyatimizda rahbarlik faoliyati to’gri rejalashtirilsa,
davlatimiz va xalqimiz oldida turgan ko’plab muammolar o’z echimini topib, yurtimiz
obod, turmushimiz farovon bo’lishiga shak-shubha yo’q. Lekin ochig’ini aytganda,
jamiyatimizda rahbarlik faoliyati va uning samarasi talab darajasida emasligi ayon
bo’lib qolayotir. Buning har xil ob’ektiv va sub’ektiv omillari bor albatta. Sub’ektiv
omillardan biri shuki, jamiyat a’zolaridan bir qismining ongi, dunyoqarashi hali
boshqaruv faoliyatiga tayyor emasga o’xshayapti. Rahbarlikning mohiyatini , maqsad
va vazifalarini tushunmaslik oqibatida ayrim etakchilar o’z faoliyatiga loqayd
munosabatda bo’lmoqdalar.
Ba’zi kishilar esa boqimandalik kayfiyatidan to’la qutulgan emas. Shu bilan
birga, ayrim rahbarlar o’z haq - huquqlarini, burch va majburiyatlarini etarli darajada
bilmaydilar. Ayniqsa, bugungi kunda har bir raxbar juda ko’p sohalarni, har bir
sohaning o’ziga xos murakkabliklarini yaxshi bilishi, oldiga quygan maqsadini his
etishi, rahbarlik madaniyati va etikasini chuqur anglagan bo’lishi lozim.
Rahbarlik tushunchasiga quyidagicha ta’riflarni keltirish mumkin:
1.
Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab
chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini
boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxsdir.
2.
Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustakil qaror
qabul qiladi. Bu qapop rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadini
belgilaydi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
260
ISSN:3030-3621
3.
Rahbar o’z sohasiga yangi g’oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni
joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi.
4.
Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli
faoliyat hisoblanadi. Unga sarflangan kuch, mablag’ ba’zan vaqtincha foyda emas,
zarar keltirishi, muassasa foyda o’rniga zarar ham ko’rishi mumkin. U bunday
holatlarni oldindan ko’ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo’lganda, faoliyatini
qayta boshlashi, o’zida bunga kuch-gayrat topa bilishi lozim.
O’zaro munosabatlarda rahbarlarning bir-birini to’g’ri tushuna olishiga imkon
bermaydigan, har xil kelishmovchiliklarga olib keladigan omillar ham bor. Bunday
to’siqlarning eng ko’p uchraydigan uch xilini ko’rsatib o’tish mumkin. Bular:
1)
dastlab ko’rishganda bir-birini tashqi qiyofasi bo’yicha o’zidan ustun
ko’rish yoki uni yoqtirmaslik;
2)
sherik bilan dastlabki muloqotda uning muhim fikrlariga qushilmaslik va
hokazo;
3)
dunyoviy tasavvurlari, maqsad va mulohazalari, ijtimoiy barqarorligi mos
kelishi yoki aksincha va hokazo.
Xullas, jamoaga rahbar bo’lish juda qiyin. Jamoa ko’pchilikni tashkil etadi.
Shunday ekan, ularning fikri, dunyoqarashi, ma’naviyati, xarakteri, ruhiyati ham
turlichadir. Rahbar ularning turli-tuman, yaxshi-yomon ishlarini, albatta, kuzatib
turishi kerak bo’ladi, toki hech bir ish ularning nazaridan chetda qolmasin. Agar rahbar
faqat boshqaruv ishlariyu, o’z shaxsiyati bilan band bo’lib qolsa, qo’l ostidagi ommani
kuzatishga befarq bo’lsa, unda bu rahbardan voz kechish lozim. O’z muassasasi
a’zolarining xatti-harakatlaridan voqif bo’lmaslik jamoaning bir necha tarafga
bo’linishiga olib keladi. Bunday rahbar davlatga ham, jamoasiga ham zarar keltiradi.
Muammoning qo’yilishi. Shaxs tushunchasi psixologiya fanida markaziy urinni
egallaydi va asosiy psixologik talkinlar shaxs mavzusi atrofida amalga oshadi.
Shaxsning turli ta’riflari mavjud, lekin bu tushunchani tularoq aks ettiradigan
kuyidagisi urinli: «Shaxs bu o’zining bilimi, hissiyoti va munosabatlari orkali tashki
olamni o’zgartira oluvchi sub’ekt, insondir». E’tibor berilsa, ushbu ta’rifda shaxsga xos
uch jixat sanab oʻtiladi:
Bilish;
Hissiyot;
Munosabat
Shu uch guruxga kiruvchi xislatlar yagona maqsadga, ya’ni tashki olamni
insonning o’z extiyojiga binoan o’zgartirishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish sharoitida inson xulqini tushunish va uni boshqarish uchun
shaxs tabiati haqida ma’lum bir ma’lumotga ega bo’lish kerak. Tashkilotda shaxs
o’zgalar bilan munosabatga kirishar ekan, demak u turli ijtimoiy guruhlar faoliyatida
qatnashadi. Shu munosabat bilan shaxs a’zo bo’lgan guruh va jamoalarga xos
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
261
ISSN:3030-3621
psixologik qonunlarni ham tahlil etish zarurati tugʻiladi va rahbar shaxsi, uning
muvaffakiyatli boshqaruv faoliyati uchun xos va zurur xislatlar haqida to’xtalib o’tish
kerak.
Boshqaruv jarayonini psixologik taxlil etish masalasi, avvalambor, rahbarning
faoliyatini takomillashtirishni o’z oldiga maqsad qilib quyadi. Mazkur maqsadni
amalga oshirish uchun rahbarga qo’yiladigan talablar, ularni bajarishga moyillik va
boshqaruv faoliyatini to’laqonli amalga oshirishga to’sqinlik qiluvchi shaxs
xususiyatlarini o’rganish zarurati tug’iladi. Rahbar shaxs xislatlari. Rahbar shaxsi
tushunchasini tahlil etar ekanmiz, unga xos xususiyatlarni uch guruxga bo’lib o’rganish
taqlif qilinadi:
biografik tavsif;
qobiliyat;
shaxs xislatlari.
Raxbar shaxsining biografik jihatlariga uning yoshi, jinsi, ijtimoiy-iqtisodiy
mavqei va ma’lumoti kiradi.
Hayot tajribasi. Inson tajribasi va uning boshqaruv faoliyatida namoyon bo’lishi
ikki asosiy masala orqali tahlil qilinadi. Birinchidan, yuqori bo’g’in rahbari uchun
boshqaruv tajribasi zarur, shuningdeq ulardan hayotiy tajribaga ega bo’lish ham talab
qilinadi. Ikkinchidan, o’rta bo’g’in rahbarida o’z sohasi bo’yicha kamida uch yillik
tajriba bo’lishi lozim. Bu toifa rahbar tajribasini tahlil etar ekanmiz, asosiy e’tibor kasb
sohasiga qaratiladi.
Qobiliyat. Odatda psixologiya fanida qobiliyatning umumiy va maxsus turlari
ko’rsatiladi. Umumiy qobiliyatlar shaxsning har qanday faoliyatga kirishishida
muvaffaqiyat uchun imkoniyat yaratsa, maxsus kobiliyat faqat ayrim yo’nalishdagi
faoliyat turida muvaffaqiyatga erishish uchun asos buladi. Mana shunday umumiy
qobiliyat turkumiga inson aqlini ya’ni intellektam kiritish mumkin.
Yuqori bo’g’inga mansub rahbar o’z boshqaruv faoliyatida muvaffaqiyatga
erishishi uchun anchagina yuksak aqlga ega bo’lishi kerak. Bunday saloxiyat
kugilmagan vaziyatni tahlil etishda, muammoni xal kilish jarayonida bir necha vazifani
parallel ravishda boshkarish zaruratidan kelib chiqdi. Masalan, tashkilotchilik
masalaga oid echimni taqlif etish, tashkilot va guruh manfaatlari haqida ugin raxbarlari
uchun turlicha aqliy salohiyat zarurligini ta’kidlaydi. Yuqori bo’g’in raxbarlar yorqin
ifodalangan ijtimoiy intellektga ega b»ari shart ular tashabbuskor, muloqotga boy,
yuksak siyosiy va ijtimoiy mavqega ega, ishga aloqadar tanish-bilishlari ko’p,
intuiiiyasi rivojlangan va tashkilot faoliyatining kaerga yo’nalishini tezda payqab
olishlari kerak.
Har qanday tashkilotdagi asosiy og’irlikni o’ziga oluvchi o’rta bo’g’in
rahbarlarida esa maxsus qobiliyat ko’proq rivojlangan bo’lishi lozim. Ular ishga
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
262
ISSN:3030-3621
diqqat-e’tiborli, mas’uliyatli, katta xajmdagi miqdoriy va sifat ma’lumotlarini tahlil
etish qobiliyatiga ega shaxslardir.
Shaxsiy xislatlar. Yuqorida aytib o’tilgan umumiy qobiliyatlar, muvaffaqiyatli
boshqaruvni ta’minlovchi zarur shaxs xislatlarini aniqlash va ularni rahbarlikda
rivojlantirish masalasini dolzarb qilib qo’yadi. Natijada nafaqat mazkur xislatlarni
aniqlash, balki bu yo’nalishdagi tadqiqotlarni tashkil etish bo’yicha bir qator
vazifalarni xal etishni talab qiladi. Bu borada amaliy faoliyat olib boruvchi
tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, rahbarlarni baholash kadrlar bilan ishlash
masalasining eng nozik qismiga aylangan. Ma’lumki, rahbarlikka oid shaxs xislatlarini
aniqlovchi bir qancha psixologik metodlar mavjud bo’lib, ularni muvaffaqiyatli qo’llay
olish bir tomondan tadqiqotchi malakasiga kelib taqalsa, ikkinchi tomondan ushbu
metodikalarning ishchanligi va olingan ma’lumotlarning xaqqoniyligi masalasi turadi.
Masalan, garbda ishlab chiqilgan test va so’rovnomalarni mahalliy hududimizga,
mentalitetimizga moslashtirish shu vaqtgacha dolzarb bo’lib kelganiga guvohmiz.
Muvaffaqiyatli rahbarlikka oid shaxs xislatlarini talqin etarkanmiz, shu mavzu
yuzasidan chet el olimlari tomonidan o’tkazilgan ba’zi bir tadqiqot natijalariga
murojaat etamiz. Amerika va Yaponiyalik 1500 menejerlarni o’rganish asosida
samarali rahbarlikka oid quyidagi xislatlar ajratib ko’rsatiladi: strategik
rejalashtirvshga moyillikning kuchliligi; ishchilarni, mehnat resurelarini taqsimlash
bo’yicha maqbul va o’z vaqtida qaror qabul qilish; faoliyat doirasini keyagaytirish yoki
yuksak tartibda mehnat qilish evaziga o’z masuliyatini oshirishga intilish; xavfli
sharoitda ijodiy va ratsional qaror qabul qila olish; o’z kuchiga cheksiz ihonch; o’z
huquqlarini anglash va mas’uliyatni xis qilish; kezi kelganda qurbon berishga xam
tayyor turish; muloqot malakalarini mukammallashtirishga intilish; murakkab va
inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish va intuitiv tarzda bashorat qila olish;
mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-gʼayratni safarbar etish;
aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkaldan qo’rqmaydigan
va mustakil fikodagi xodimlar bilan ishlash xohishi; amalga oshirilayotgan roya va
natijalarni ishlab chiqarishga, joriy etishga xuddi shaxsiy mulkdek qarash.
Yaponiyalik va Amerikalik menejerlarni qiyosiy oʻrganish natijasida olingan
xulosalar shundan iborat boʻldiki, yapon menejerlari uz boshkaruv faoliyatida ijtimoiy
psixologik jixatlarga kuproq e’tibor berishar ekan va jamoa faoliyatini tashkil etish
qobiliyati etakchi urinda turar ekan Amerikalik menejerlar esa xodimlarda yakka
tartibdagi tashabbusni ko’proq ragʻbatlantirishar ekan.
Ma’lumki, boshqaruvning ko’p sohalarida muvaffaqiyatli rahbarlik faoliyatini
ta’minlovchi shaxs xislatlarini aniqlashga doyr ko’plab tadqiqotlar olib borilgan.
Jumladan, o’tgan asrning 50-yillarida, xar qanday sohada uddaburron rahbar bo’la
olishlikka tegishli xislatlar mavzuida yuzdan ortiq tadqiqotlar o’tkazildi. Natijada,
boshqaruvni
mukammal
ijro
etuvchi
xamma
raxbarlarga
xos
fazilatlar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
263
ISSN:3030-3621
umumlashtirilganda, atigi 5% xislat ko’zga tashlandi. Bular quyidagicha: aql-idroq
murakkab va mavxum muammolarni yechish qobiliyati oʻrtadan baland, ammo juda
yuqori bo’lmasligi shart; tashabbuskorliq uziga ishonch, uz mahoratini va intilishlarini
yuksak baxolash, lekin kup tadkiqotchilar dikdat-e’tiborlaridagi asosiy xususiyatlardan
biri rahbar shaxsiga xos dominantlik (ustunlik)ka intilishdir. Aynan shu sifat
raxbarning tashabbusni uz kuliga olishiga, guruxga etakchilik qilishiga va murakkab
vaziyatda mas’uliyatni uz buyniga olishiga zamin yaratadi. Shu munosabat bilan
tadqiqotchi R.Stogdill kalamiga mansub «Rahbar qo’llanmasi» da dominantlik
boshkaruvga zarur sifatlar ro’yxatida birinchi o’ringa qo’yiladi.
Dominantlik so’zi bir necha ma’noni anglatadi. Rahbarlik mavzusidan kelib
chiqilsa, o’zgalarga ta’sir etish degan bir jumla mazmunan hamma gapga asos bo’ladi.
Yuqorida ta’kidlangan ma’nodagi «ta’sir etish» iborasi xissiyot tufayli o’zgalarni
o’ziga jalb eta bilish, o’zaro munosabat natijasida o’ziga nisbatan xayrixoxlik hissini
yaratishni anglatadi. Chunki tashkilotning ilgor faoliyati uchun rahbar o’z zimmasidagi
rasmiy majburiyat va vakolatlar o’zi etarli emas. Boshqaruv sohasidagi mutaxassislar
G.Kunts va S.O.Donnelning fikricha «agar xodimlar rahbariyat tomonidan
o’rnatilgan tartib va qoidalargagina rioya etib mehnat qilganlarida, ular o’zlarining
60-65% imkoniyatlarini ishlata olar va o’z majburiyatlarini bajarib, shunchaki ishdan
bo’shamasliklariga bahona topar edilar, xolos. Xodimlarning qobiliyatlaridan to’la
foydalanish niyatidagi rahbar ularda shunga loyiq his tuyguni uyg’ota olishi lozim».
Bu erda gap rahbarning o’z liderlik qobiliyatini namoyish eta olishi, xodimlar orasidagi
obro’e’tibori haqida borayapti. Tashkilot doirasidagi norasmiy munosabatlar tizimida
peshqadam o’rinni egallagan rahbargina o’z xodimlari qobiliyatini 100% jamoa ishiga
jalb eta olishi mumkin.
Peshqadam rahbarga xos fazilatlardan biri - vazminlik va sabru bardoshlikdir.
Rahbar xissiyotini muvozanatlashganligi, uning ichki dunyosiga xos qarama-qarshi
tuyg’ularning tug’yoniga yo’l qo’ymaslikda va kayfiyatdagi sokinlikda ifodalanadi.
Boshqaruv faoliyatini samarali bajarish uchun rahbarga zarur fazilatlardan yana
biri — muvaffaqiyatga intilishdir. Rahbar o’z oldiga maqsad qo’ya olishi va uni
bajarishga urinishi lozim. Umuman olganda, insonga xos intilishni ikki toifaga bulish
mumkin: muvaffaqiyatga intilish; magʻlubiyatdan qochish.
Biron-bir qiyin va inqirozli vaziyat paydo bo’lganda, ba’zi birlar mazkur
vaziyatni xal etish orkali muvaffaqiyatga erishish haqida o’ylasa, boshqa birov esa
talofotga uchramaslik g’amida o’zini iloji boricha «ofat» dan olib qochadi.
XULOSA
Bu bir xil vaziyatga ikki xil yondoshuv bulib, uning egalari turlicha xarakterdagi
insonlardir. Boshqaruvni samarali olib boruvchi rahbar esa aynan birinchi toifaga
mansub bo’lgani sababli, u muammolarni tez hal etadi va yanada o’z maqsadi sari
oldinga intiladi. Bunday toifa kishisi odatda tavakkalchilikka xam borishi mumkin.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
264
ISSN:3030-3621
Kezi kelganda u katta maqsadni kichik bo’laqlarga bo’lib, xar bir kichik maqsad ortida
turgan natijani oldindan tasavvur etadi. Biroq, bunday omilni xamisha amalga oshirish
oson emas. Binobarin, rahbar tavakkalga bora oladigan va xavf-xatardan
qo’rqmaydigan xarakterga ega bulishi lozim.Maqsadga erishish ishtiyoqi bilan
yashaydigan odam doim o’z faoliyat natijalari haqida xabardor bo’lishni istaydi.
Mehnat bilan bogliq vaziyat esa faoliyatidan ma’lumot olish orqali o’z hayot
mazmunini taxdil etish imkonini beradi. Aynan shu toifaga mansub shaxslardan
birining aytishicha: «Men uchun biznes faqatgina boyish vositasi emas, boylik orttirish
men uchun hech qachon maqsadga aylanmagan. Biznes shuning uchun xam menga
roxatbaxshki, u har kun cheksiz muammolarni xal qilish maqsadida aql-idrokimni bir
nuqtaga jamlashga undaydi» Rahbarning, nafaqat, obro’sini oshiradigan, balki qiyin
vaziyatda uni asosiy maqsad yo’lidan yetaqlaydigan fazilatlardan biri -
mustaqillikdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T.1988y. y.
2.
Zaynuddinov Sh.N., Murakaev I.U. Menejemnt asoslari. Toshkent Moliya 2007. 5.
Narzulla Boymurodov «Raxbar psixologiyasi». «Yangi asr avlodi», 2007 yil 6.
Sharifxujaev M., Yo.Abdullaev. Menejment. Toshkent. O’kituvchi 2001.
3.
Qosimov., Muminov N.A. Raxbarlik qobiliyati va boshqaruv malakalari. T. 2001.
4.
Abduraxmonov Q.H. Personalni boshqaruv. 2004.
5.
Toshniyozov M. Korxonalarda boshqaruv faoliyati asoslari. T.1995 y.
6.
Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T. 1998 y.
7.
Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabat psixologiyasi T. 1997 y.