Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
236
ISSN:3030-3621
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ISTIQBOLLARI
Namangan davlat pedagogika instituti
Texnologik ta’lim yo’nalishi
1-bosqich talabasi
Arabboyeva Nozima
Annostatsiya:
Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat tushunchasi, tarixiy
rivojlanishi, ijobiy va salbiy ta’sirlari, kelajakdagi istiqbollari haqida batafsil ma’lumot
beradi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning keng tarqalishi,
insonlar hayotining turli sohalariga chuqur ta’sir ko’rsatganligi ko’rsatiladi.
Kalit so’zlar:
axborotlashgan jamiyat, axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT), ta’lim va bilim, raqamli texnologiya, axborot xavfsizligi,
internet,
XXI asr – globallashuv davri, texnika asridir.
Axborotlashgan jamiyatning rivojlanishi insoniyat tarixidagi eng katta
o’zgarishlardan biri bo’lib, bizning hayotimizning barcha jabhalariga ta’sir
ko’rsatmoqda.
Axborotlashgan jamiyat bu axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
yordamida axborotga keng va tezkor kirish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyat.
Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari
D.Bell, A.Toffler, M.Klastels, U.Rostou, P.Draker, J.Gelbreyt, F.Uebstar, I.Masuda
kabi olimlarning asarlarida mufassil bayon qilingan.
,,Axborotlashgan jamiyat’’atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon
faylasuf olimi Y.Xayashi 1969 – yilda Yaponiya hukumatiga ,, Yaponiya
axborotlashgan jamiyat bardamligi siyosatiga chizgilar ’’ tadqiqotlarini taqdim etadi.
1971 – yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik tomonidan keng qo’llanila
boshladi. Demak, axborotlashgan jamiyat tushunchasini birinchi bo’lib fanga Tokio
texnologik universitetining professori Y.Xayashi kiritgan.
Uning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning
shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi.
Bugungi globallashuv va raqamli rivojlanish davrida dunyo ,, Axborotlashgan
jamiyat ’’ sari qadam tashlamoqda. Axborot texnologiyalari insonlar hayotining barcha
sohalariga, jumladan, ta’lim, sog’liqni saqlash, iqtisodiyot va hukumat faoliyatiga
chuqur ta’sir ko’rsatmoqda. Ushbu jamiyatda axborot almashinuvi va ishlab chiqarish
jarayonlari kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan.
Axborotlashgan jamiyatning ijobiy ta’sirlari bilan birga, axborot xavfsizligi va
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish kabi muammolar ham paydo bo’ldi. Bu
muammolar bizni axborot texnologiyalaridan foydalanishda extiyotkorlik bilan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
237
ISSN:3030-3621
yondashishga va shaxsiy ma’lumotlarimizni himoya qilish uchun choralar ko’risshga
majbur qildi.
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) jadal rivojlanishi
insonlarning yashash tarzini, ish faoliyatini, ta’lim olish uslublarini tubdan
o’zgartirmoqda. Bu jarayon natijasida axborot almashinuvi tezlashib, ijtimoiy aloqalar
kengaymoqda, davlat boshqaruvi esa ochiqlik va shaffoflik sari yo’naltirilmoqda.
Axborot texnologiyalari ta’lim sohasida katta o’zgarishlar keltirib chiqardi.
Onlayn kurslar, elektron kutubxonalar va interaktiv ta’lim vositalari bilim olish
jarayonini osonlashtirdi va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirdi. O’quvchilar endi
dunyoning istalgan burchagidagi bilim manbalaridan foydalanishlari mumkun.
Masalan, onlayn baholash tizimlari, o’quvchilarning bilim darajasini kuzatish va
interaktiv muloqot vositalari pedagogik jarayonni yuksak darajaga olib chiqadi.
Axborot jamiyati iqtisodiy asosi asosan sanoat yoki agrar jamiyatlarga qarama –
qarshi bo’lishi mumkun. Axborot jamiyatining dastgohlari stanoklar yoki pulluklar
emas, balki kompyuterlar va telekommunikatsiyalardir.
Faylasuf olima L.A. Muhammedjanovaning fikricha : - ,, Bugun dunyo chuqur
o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Iqtisodiy o’zaro globallashuv va kuchayib
borayotgan o’zaro bog’liqlik, kuchli va hamma joyda mavjud aholi migratsiyasi.
Ijtimoiy tuzilmadagi o’zgarishlar chuqurlashib, jamiyatlar tez rivojlanmoqda. Bunday
holatlar sodir bo’lganda murakkab o’zgarishlar, millatlararo nizolarga olib kelishi
mumkun, dunyoning turli burchaklarida to’qnashuvlar hali ham rivojlanmoqda.
Jamiyat borlig’idagi – milliy, etnik, millatlararo munosabatlar, muammolar, vazifalar
ularning yechimi, o’tmishda ishlatilgan eski vositalar va usullar bilan hal etilmay qoldi.
Hayot kun taartibiga yangi muammolarni qo’ydi – milliy masalaga yondashish va eski
usullardan qat’iy voz kechish.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasidagi taraqqiyot barchaning
hayot tarzini o’zgartirmoqda: qanday ishlash va biznes qilish, farzandlarga qanday
ta’lim berish, o’qib – o’rganish va tadqiqot qilish, qanday zavq olish – bularning
barchasi zamonaviy axborot texnologiyalari ta’sirida o’zgarmoqda. Axborot jamiyati
nafaqat odamlarning o’zaro munosabatlariga ta’sir qilmoqda, balki an’anaviy, tashkiliy
tuzilmalarni yanada moslashuvchan va markazlashtirilmagan bo’lishini talab
qilmoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy tuzilmasiga ham
sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Kommunikatsiya jarayoni tezlashib, insonlar o’rtasidagi
axborot almashinuvi yangi bosqichga chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlar va onlayn
platformalar insonlarning kundalik hayotida muhim o’rin egalladi. Biroq, ijtimoiy
tarmoqlarning haddan tashqari rivojlanishi ba’zi muammolarni ham keltirib
chiqarmoqda.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
238
ISSN:3030-3621
Masalan, soxta axborot (feyk axboroti) tarqalishi, ijtimoiy manipulyatsiya va
shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi dolzarb masalaga aylandi. Odamlar, ko’pincha
axborotni tekshirmasdan qabul qilishlari natijasida noto’g’ri xulosa chiqarishlari yoki
yolg’on ma’lumotlarga ishonishlari mumkun. Bu esa, jamiyatda axborot madaniyatini
oshirish zaruratini kkeltirib chiqaradi.
Raqamli kommunikatsiya madaniyati ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Axborot texnologiyalaridan foydalanishda etik me’yorlarga rioya qilish, onlayn
muloqot madaniyatini shakllantirish va kibermadaniyatni rivojlantirish zamonaviy
jamiyatning ajralmas qismiga aylanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.
I.A. Karimov (2008) Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch Toshkent:Ma’naviyat
2.
To’xtaboyeva. N (2018) Axborotlashgan jamiyat mohiyati, shakllanish bosqichlari
va istiqbollari. Toshkent: Iqtisod-Moliya
3.
Qodirov. B. (2019) Raqamli iqtisodiyot : nazariya va amaliyot. Toshkent: ,,Ilm
Ziyo’’
4.
. Uz
5.
Shakarov. SH (2020) Axborot madaniyati va axborot xavfsizligi. Toshkent :
Innovatsiya.