Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
229
ISSN:3030-3621
TERMODINAMIKA VA STATISTIK FIZIKA MODDANING FIZIK
XOSSALARINI O’RGANISH
Alijonova Mavluda Xayrullo qizi
Izboskan tumani 2 son politexnikumi
fizika fani oʻqituvchisi.
Annotatsiya
: Termodinamika va statistik fizika moddaning fizik xossalarini
o'rganishda muhim ahamiyat kasb etib, materiyaning issiqlik harakat formasini
o'rganadi. Ularning asosiy mazmuni issiqlik muvozanat holatda bo'lgan ko‘p sondagi
zarralardan tashkil topgan makroskopik sistemada issiqlik harakat qonuniyatlari va
unda o'tayotgan jarayonlarni, eng avvalo termodinamik metod, so‘ng esa statistik
metod yordamida o’rganishdan iborat.
Kalit so’zlar:
termodinamika, statistika, materiya, modda, qonuniyat, klassik va
kvant fizikasi, makroskopik Sistema, jarayon, ish.
KIRISH
Termodinamika fenomenologik xarakteriga ko'ra, issiqlik muvozanatda bo'lgan
sistemada o'tadigan jarayonlarni o'rganishda oshkora ravishda biror fizik tasavvur yoki
modeldan foydalanmaydi. Masalan, moddaning atom yoki molekulalardan tashkil
topganligini nazarga olmasdan energiya, entropiya, erkin energiya kabi abstrakt
kattaliklar orasidagi bog'lanishlarni aniqlaydi va fundamental qonuniyatlarni kashf
qilishga olib keladi. Termodinamika fizik hodisalarni o'rganishda fenomenologik
yondashish qanchalik muhim ekanligini namoyish qiladi. Ammo issiqlik harakat
qonunlarini o'rganishda qanchalar muhim natijalarga kelsada, uning xususiyatlarini
chuqur o'rganishni chegaralaydi va tekshiriladigan fizik hodisalarning ichki tabiatini
ochishga imkon bermaydi.
Statistik fizika kvant mexanika bilan bir qatorda zamonaviy fizikaning asosini
tashkil qiladi va mikroskopik nazariyaga tayangan holda fizik hodisalarni Ta'limning
zamonaviy transformatsiyasi har tomonlama o'rganadi. Statistik fizika katta sondagi
zarralardan (molekulalar, atomlar, protonlar, elektronlar, fotonlar, neytronlar va
boshqa zarralardan) tashkil topgan makroskopik sistemalarning xususiyatlarini, unda
o'tayotgan jarayonlarni, qonuniyatlarni mikroskopik nuqtayi nazaridan o'rganuvchi va
tekshiruvchi bo'limi hisoblanadi.
Moddalarning tuzilish modellariga bog'liq holda statistik fizika - klassik va
kvant statistikaga bo'linadi. Agar makroskopik sistemani tashkil qilgan atom va
molekulalar klassik mexanika qonuniyatlari bo'yicha harakatlanadi deb hisoblasak, bir
qator hodisalar to'la htolda tavsiflanadi. Bu holda moddaning klassik modeli tanlanadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
230
ISSN:3030-3621
Ana shu model asosida tuzilgan Statistik fizika qisqacha klassik statistika yoki statistik
mexanika deb yuritiladi.
Agar makroskopik sistemani tashkil etgan zarralar kvant mexanika
qonuniyatlariga b o‘ysunsa, u holda m oddaning kvant modeli tanlanadi va shu m odel
asosida tuzilgan statistik fizika kvant statistik fizika deb yuritiladi. Bundan tashqari,
statistik fizika, mos ravishda, muvozanatli jarayonlar va nomuvozanatli jarayonlar
nazariyasiga bo‘linadi. Birinchi holda nazariya vaqtga bog'liq bo'lm agan ehtimollik va
o'rtacha qiymat bilan ish ko‘rsa, ikkinchi holda esa vaqtga bog‘liq bo‘lgan ehtimollik
va o‘rtacha qiymat bilan ish ko‘radi. Shunday qilib, statistik fizikada to'rtta nazariy
bo'lim mavjud.
Statistik fizika metodi fizikaning barcha sohalarida qo‘llaniladi: gazlar
fizikasida, suyuqlik va qattiq jismlar, atom yadrosiga, kosmik fazolarda yorug’likning
tarqalishida, yulduzlar nazariyasida va hokazo.
Statistik fizika atom, molekula, ion kabi juda ko‘p zarralardan tashkil topgan
sistema - makroskopik sistemalarning xossalarini, ularda kechadigan jarayonlarni va
qonuniyatlarni o ‘rganadi. Bunday sistemalarning xossalari kam zarrali sistemalar
xossalaridan tubdan farq qiladi. Makroskopik sistemaning zarralari klassik yoki kvant
fizika qonunlariga bo‘ysunishiga qarab klassik va kvant statistik fizika bo‘linadi. Bu
holatdan qat’iy nazar makroskopik sistemalarda statistik qonuniyatlar o ‘rinli bo‘ladi.
Mikroskopik fizika nuqtayi nazaridan makroskopik sistemani tashkil qilgan
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi hamma zarralarning o‘rni va harakat
qonuniyatlari m a’lum bo'lsa, uning holati aniqlangan deyiladi. Boshlang ‘ich vaqtda
ayrim zarralarning o'rni va ularning harakati qonuniyatlarini bilgan holda, klassik
mexanika yoki kvant m exanika qonunlari b o‘yicha ularni keyingi ixtiyoriy vaqt
momentidagi holatini aniqlash mumkin. Shunday qilib, berilgan vaqtda makroskopik
sistema holatini aniqlab qolmasdan, balki vaqt davomida bu holatning o'zgarishini ham
kuzatish mumkin. Am m o sistema mikroholatining vaqt bo‘yicha o ‘zgarishi,
zarralarning ko'pligi va ularning doim iy harakati tufayli, g'oyat murakkab va chigal
xarakterga ega bo‘ladi.
Makroskopik sistemaning xossalarini klassik yoki kvant fizika qonunlari
yordamida o'rganishga harakat qilish nimalarga olib kelishini ko‘rib chiqaylik. Har bir
zarra uni o ‘rab turgan zarralar hosil qilgan maydon va tashqi maydon ta’sirida harakat
qiladi. Har ikkala tipdagi m aydon ta’sirida harakat qilayotgan zarralar uchun harakat
tenglamalarini yozish mumkin. Bunday tenglamalar soni sistemaning erkinlik
darajasiga teng boiadi. Sistema ta zarradan tashkil topgan boisa, tenglamalar soni 3N
ta boiadi. Bunday tenglamalarni yechish amalda bajarib boim aydigan vazifadir. Bu
masala amalga oshirilgan taqdírda ham barcha zarralar uchun boshlangich shartlarni
yozib bo’lmaydi, demak, bu shartlarni qanoatlantiruvchi yechim ni ham yozib boim
aydi. Shuning uchun uning dinamik harakatlarini amalda tadqiq qilish mumkin emas.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
231
ISSN:3030-3621
XULOSA
Juda ko'p zarralardan tashkil topgan sistemaning xossalarini klassik yoki kvant
mexanika tenglamalari orqali o'rganib bo'lmaydi. Demak, makroskopik sistema
holatini aniqlash uchun yangi tipdagi qonuniyat - statistik qonuniyatni yaratish
masalasiga olib keladi. Bu masala eh tim ollik nazariyasi b ilan uzviy bogiangandir.
Shunday qilib, statistik fizikaning asosiy vazifasi ehtimollik nazariyasiga asoslanib,
taqsimot funksiyalarini topish, makroskopik sistemaning fundam ental qonuniyatlarini
kashf etish, tushuntirish, sistema holatini xarakterlovchi termodinamik kattaliklami va
ular orasidagi asosiy munosabatlami topishdan iboratdir. Ta'limning zamonaviy
transformatsiyasi
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
A. A. Abdumalikov, R Mamatqulov “Termodinamika va statistika elementlari”/
2.
Левин В Т. Курс теоретической физики. Том I. - М., Наука, 1969.
3.
Левин В.Г., Вдовин Ю.А., Мямлип В А . Курс теоритеческой физики. Том II.
- М., Наука, 1971.
4.
Ландау Л.Д., Лифшиу Е.М. Статистическая физика. Учеб. пособие. - М.,
Наука, 1976.
5.
Базаров И.П. Термодинамика. - М., Высш. школа, 1991.
6.
Румер Ю.Б., Рывкин М.С. Термодинамика, статическая физика и кинетика.
Учеб. пособие. - М., Наука, 1976.
7.
Boydedayev A. Nomuvozanatli statistik fizika asoslari. O'quv qo'llanma. - Т., O’
8.
Boydadayev A. Klassik statistik fizika. O'quv qo'llanma. - Т., O'zbekiston, 2003.
9.
Терлецкий Я.П. Статистическая физика. - М., Высш. школа, 1973.
10.
Кубо P. Termodinamika. - М., Mir, 1970.
11.
Исихара А. Статистическая физика. - М., Mir, 1973.
12.
Китптпелъ Ч. Статистическая термодинамика. - М., Наука, 1977.