Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
206
ISSN:3030-3621
IMOM AD-DORIMIY: HAYOTI, ILMIY MEROSI VA HADIS ILMIDAGI
O‘RNI
Toshkent Islom instituti 4-kurs talabasi
Jo’ramirzaev Islomjon
Islom tarixida hadis ilmini rivojlantirgan ko‘plab ulug‘ muhaddislar mavjud
bo‘lib, ularning orasida Imom ad-Dorimiy alohida o‘ringa ega. U o‘zining ishonchli
rivoyatlari, kuchli ilmiy salohiyati va eng muhimi, mu’tabar hadis to‘plami — "Sunan
ad-Dorimiy" bilan tanilgan.
Muhadisning to‘liq ismi Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdur-Rahmon ibn al-
Fazl as-Samarqandiy ad-Dorimiy bo‘lib, Hijriy 181-yilda (Milodiy 797-yilda)
Samarqandda tug‘ilgan. "Dorimiy" nisbatini u Dorim qabilasiga mansubligidan olgan.
U yoshligidan ilm talabida bo‘lib, ko‘plab ulamolardan hadis, fiqh va boshqa islomiy
fanlarni o‘rgandi.
Barcha manbalarda Imom Dorimiy yoshlik chog‘laridanoq akl-zakovati, o‘tkir
zehni, ayniqsa, eslab qolish qobiliyatining o‘ta kuchliligi bilan barchani hayratga
solganligi aytib o‘tilgan. U hadislarni to‘plash bilan cheklanmay, isnodlarining
ishonchliligiga, uzluksizligiga va roviylar soniga ham katta e’tibor berdi.
Olim ilmiy safarlarini Xuroson shaharlaridan boshlaydi. Jumladan, mashhur
hofiz Nazr ibn Shumayldan (vaf. 203/818 y.) Marv shaxrida ko‘p hadis tinglaydi.
So‘ngra Iroqqa borib, Bag‘dod, Vosit, Kufa, Hiyt kabi shaharlarida yetuk
olimlardan hadis o‘rganadi. Imom Dorimiy o‘zining "Sunan asarida ikki yuz ellikdan
ortiq ustozdan hadis rivoyat qilgan. Shuningdek, uning yaqinlari, qarindoshlari ilm
ahllaridan bo‘lganligi ta’kidlanadi. Jumladan, tog‘asi Abu Usoma Axmad ibn Muoviya
hadis roviylaridan bo‘lib, uning shogirdi Abu Shua‘yb Ismoil ibn Mahlad al-Barrod
as-Samarqandiy haqida Sam’oniy xabar bergan. Abu Xafs an-Nasafiy qayd etishicha,
Imom Dorimiy akasining o‘g‘li Abu Ahmad al-Fazl ibn Muhammad Dorimiy
Muxammad ibn Ishoqdan hadislar rivoyat qilgan.
Imom ad-Dorimiy o‘z zamonasining yetuk muhaddisi, zohid va taqvodor
allomasi bo‘lgan. U quyidagi mashhur muhaddislardan ilm olgan: Yahyo ibn Ma'in,
Abu Usama, Abdurrazzoq as-San’aniy, Sufyon ibn Uyayna, Is’haq ibn Rohavayh
Shuningdek, Imom al-Buxoriy va Imom Muslim kabi yirik muhaddislar undan
hadis rivoyat qilganlar. Bu esa uning ilmiy salohiyatini ko‘rsatadi.
Sunan ad-Dorimiy asar hadis ilmi tarixidagi muhim to‘plamlar qatoriga kiradi.
Ba'zilar bu kitobni "Musnad" desa-da, undagi hadislar bobotartib asosida
joylashtirilgani sababli u Sunan tipidagi hadis to‘plamiga kiradi.
Ushbu asarda taxminan 3500 ga yaqin hadis mavjud.
Muallif hadislarni faqat jamlab qolmay, ba'zan ularga izoh ham bergan.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
207
ISSN:3030-3621
Asarning o‘ziga xos jihatlari:
Hadislar sahih va hasan darajasidagi rivoyatlardan iborat.
Taqvo va zohidlik: Dorimiy ortiqcha dunyoga ruju qo‘ymagan, faqat ilm va
hadis bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Haqqgo‘yligi: U ba’zi mashhur roviylar haqida tanqidiy fikr bildirgan, masalan,
Ibn Kullab va Mu’tazila oqimiga qarshi fikrlar bildirgan.
Aslni saqlashga intilishi: U hadis rivoyatida nafaqat isnod (roviylar zanjiri),
balki matnning to‘g‘riligiga ham alohida e’tibor bergan.
Dorimiy ortiqcha dunyoga ruju qo‘ymagan, faqat ilm va hadis bilan mashg‘ul
bo‘lgan.
U ba’zi mashhur roviylar haqida tanqidiy fikr bildirgan, masalan, Ibn Kullab va
Mu’tazila oqimiga qarshi fikrlar bildirgan.
U hadis rivoyatida nafaqat isnod (roviylar zanjiri), balki matnning to‘g‘riligiga
ham alohida e’tibor bergan.
Imom ad-Dorimiyning asari keyingi avlod muhaddislariga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Uning “Sunan” kitobi ko‘plab hadis ulamolari tomonidan isnodli, ishonchli manba
sifatida ishlatilgan.
Zamonaviy islomiy ilmiy doiralarda ham "Sunan ad-Dorimiy" nashr etilib,
tahqiq va sharhlar bilan tadqiq qilinmoqda.
Imom ad-Dorimiy islom ilm-fan tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ muhaddisdir.
Uning “Sunan” kitobi nafaqat hadis ilmi, balki aqida, fiqh va ijtimoiy hayotga oid
bilimlarning nodir manbaidir. Hanafiy va boshqa fiqhiy mazhablarga mansub ulamolar
bu asardan keng foydalanishgan. U kishi o‘zidan keyingi ko‘plab olimlar uchun ilmdan
o‘zlikni topish namunasi bo‘lib qolgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sunan ad-Darimiy (tahqiqli nashr), Maktabat al-Ma’arif, Riyadh.
2. Dhahabi, Siyar A‘lām an-Nubalāʼ, vol. 12.
3. Ibn Hajar, Tahdhīb at-Tahdhīb.
4. Al-Azami, Studies in Early Hadith Literature.