Authors

  • Abdurashidova Muxarramxon Sirojiddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.103108

Keywords:

Kalit so'zlar: yangi pedagogik texnologiyalari kichik guruhlarda ishlash vizuallashtirish mustaqil ijodiy ishlash o`yin mashqlari rolli o`yinlar noan`anaviy ta`lim metodlar.

Abstract

Annotatsiya:Ushbu  maqolada  biologiya  fanini  o`qitishda  yangi  pedagogik 
texnologiyalarian  samarali foydalanish haqida bayon qilingan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

200

ISSN:3030-3621

BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH

Abdurashidova Muxarramxon Sirojiddin qizi

Izboskan tuman 2-son politexnikumi

biologiya fani o'qituvchisi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada biologiya fanini o`qitishda yangi pedagogik

texnologiyalarian samarali foydalanish haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar:

yangi pedagogik texnologiyalari, kichik guruhlarda ishlash,

vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o`yin mashqlari, rolli o`yinlar, noan`anaviy
ta`lim metodlar.

Har bir dars o`quvchi uchun yangi axborotdir. Ayniqsa, yangi o`quv materiali orqali
o`quvchilarni bilim va ko`nikmalarini shakllantirish asosiy ta`lim sifatini ta`minlovchi
omildir. O`quvchilarga yangi bilimlarni berish va olingan yangi bilimlar asosida
ko`nikmalarni shakllantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish,
mustaqil ijodiy ishlash, o`yin mashqlari va rolli o`yinlar kabi noan`anaviy ta`lim
metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Mana shularni hisobga olgan holda,
ta`lim jarayonini samarali tashkil qilish borasida bugungi kunda juda ko`plab amaliy
ishlar amalga oshirilmoqda. O`quv jarayonining markazida o`quvchi shaxsi va qadri,
ma`naviyati turar ekan, har bir o`qituvchi bu jarayonni samarali va qiziqarli qilib
tashkil qila olishi kerak. Shuni e`tiborda turish kerakki, shaxsga qaratilgan ta`lim,
o`quvchining o`quv-biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish,
xohish, talab-istaklarini ro`yobga chiqaruvchi kuch bo`lib xizmat qiladi. O`quvchi
shaxsiga qaratilgan ta`lim, o`quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga
o`rgatish, mustaqillligi va erkinligini ta`min etish, qiziqishlari asosida ish yuritish,
ichki imkoniyatlarini ishga solish, o`z qiziqishlari orqali qo`shimcha ta`lim olishga
yo`llash, o`z-o`zini rivojlantirishni o`z ichiga oladi. Aynan mana shu jarayonda katta
natijalarga erishish maqsadida hozirgi davr ta`lim taraqqiyoti yangi yo`nalish-
innovatsion pedagogikani maydonda olib chiqdi. “Innovatsion pedagogika” termini va
unga xos bo`lgan tadqiqotlar G`arbiy Yevropa va AQSHda 60-yillarda paydo bo`ldi.
“Innovatsiya” (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilikdir. Ya`ni ta`lim
tizimini tashkil qilishda har ikki tomon ya`ni o`qituvchi va o`quvchi orasida yangi
metodla orqali darslarni tashkil qilish, turli interfaol usullar orqali bilimlar berish- bir
so`z bilan aytganda ta`lim jarayonida yangilik yaratishdir.

Interfaol ta`lim jarayonida dars o`quvchilarning o`zaro muloqotlari asosida

amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so`zidan olingan bo`lib, “Interakt”, ya`ni, Inter- bu
“o`zaro”, “akt”-harakat, ta`sir, faollik ma`nolarini bildiradi. Interfaol metod-ta`lim


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

201

ISSN:3030-3621

jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning
o`zaro harakati, ta`siri ostida bilimlarni o`zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo`llash dars sifati va samaradorligini
oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari-norasmiy bahs-munozalar
o`tkazish, o`quv materialini erkin bayon etish, mustaqil bayon etish, mustaqil o`qish,
o`rganish, seminarlar o`tkazish, o`quvchilarni tashabbus ko`rsatishlariga imkoniyatlar
yaratalishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo`lib ishlash uchun topshiriq ,
vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat. Interfaollik-o`zaro
faollik, harakat, ta`sirchanlik, o`quvchi-o`qituvchi, o`quvchi-o`quvchi (sub`ekt-
sub`ekt) suhbatlarida sodir bo`ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi-o`quv
jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o`quvchining faol, erkin,
ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlari ishga solishga muhit
yaratadi. Mana shularni hisobga olib o`rta maxsus ta`lim bosqichida ham darslarni
noan`anaviy tarzda tashkil qilish, hamda innnavatsion metodlar asosida bilimlar berish
o`sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida katta yordam va samara bermoqda. Ta`limning
bu bosqichida biologiya fani darslarini ham interaktiv usullar asosida olib borish,
o`quvchining tushuncha va nazariyalarni to`g`ri anglab, bu bilimlarini amaliy va
labaratoriya darslarida mustaqil sinab ko`rish ko`nikmalarini hosil qilmoqda.
Jumladan, akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun “Biologiya” darsligida
“Evolutsion tushunchalarning paydo bo`lishi” mavzusini turli interaktiv usullardan
foydalangan holda tashkil qilish mumkin. Keys stadi” usuli-(case inglizcha-to`plam,
aniq vazaiyat, study-o`rganish)- bu usul odatiy hayotni tashkillashtiruvchi vaziyatlarni
yaratuvchi va ta`lim oluvchilardan maqsadga muvofiqroq yechim izlashni talab
qiluvchi, hayotdan olingan odatiy vaziyatlarni tashkillashtirish yok isun`iy yaratilgan
vaziyatlarga asoslanadi. Bunga ko’ra o`qituvchi avvaldan mashg`ulotning mavzusi
hamda maqsadi topshiriq sifatida beradi. Bundan kutilayotgan natijani o`quvchilarga
tushintiradi. Yuqoridagi mavzu asosida guruhda bahs-munozarali muhitni tashkil
qilish uchun, dastlab savollar o`rtaga tashlanadi. Guruhdagi o`quvchilar bu savollar
asosida o`z fikr mulohazalarini bayon qilishlari so`raladi.
Masalan:
1. Ch.Darvinning “Bigl” kemasida qilgan sayohati va uning ahamiyati;
2. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinoning evolutsion
qarashlari; singari fikrlarlar ketma-ketligini talab qiluvchi savollar beriladi. Qarashlar
va bahslarni jonlantirish maqsadida turli video-lavhalar, rasmlardan ham foydalanish
mumkin.

Yuqoridagi savollarga o`quvchilar guruh bo`lib taqdimotlar ishlab chiqadilar.

Har bir guruh fikrlari tinglanadi va qarama-qarshi fikrlarga izoh talab qilinadi.
O`qituvchi o`quvchilarni to`g`ri bahsga kirishishga yo`naltiradi. Keys-ta`lim
oluvchilarga muammoni ifodalashni va maqsadga muvofiqroq yechim izlashga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_3-to’plam_Iyun -2025

202

ISSN:3030-3621

yo`naltiruvchi, bir guruh insonlar yoki alohida shaxslarni hayotiy tashkillashishidan
olingan ma`lum sharoitlarini bayonli taqdim etilishidan iborat. Keys-stadi qo`llanilgan
mashg`ulot oxirida o`qituvchi bahs-munozaralar xususida o`z xulosalarini keltiradi,
tushintirishlar beradi.Ta`lim oluvchilar namoyish qilinayotgan obektni yaxshi
ko’rishlari va imkon qadar unda nimalar aks etganligini xotirasida saqlay olishlari
lozim bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida o`qituvchining pedagogik mahorati bilan
belgilanadi.

Shuningdek, “Evolutsion tushinchalarning paydo bo`lishi”mavzusini “Aqliy

hujum”, “Orkestr”, “BAhs”, “Pinbord” texnikalaridan foydalangan holda ham tashkil
qilishi mumkin. Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi
bo`lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Mustaqillikni
mustahkamlashning strategik yo`lida og`ishmay davom etayotgan va iqtisodiyotni
rivojlantirish yo`liga kirib borayotgan mamlakatimizda ta`lim tizimini isloh qilish,
unga rivojlangan mamlakatlarning ilg`or texnologiyalarini joriy qilish, milliy
qadriyatimizni singdirgan holda ta`limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali
amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Bu yo’lda
har bir pedagogdan talab qilinadigan asosiy vazifa esa sidqidildan mehnat qilish va
ta`lim tizimini yaxshilashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

H.T.Omonov, N.X.Xo`jayev “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” T-
“Iqtisodiyot moliya”-2009

2.

A.Xoliqov “Pedagogik mahorat” T-2009

3.

“Biologiya” (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun) darslik.T-2012




References

Foydalanilgan adabiyotlar:

H.T.Omonov, N.X.Xo`jayev “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” T-

“Iqtisodiyot moliya”-2009

A.Xoliqov “Pedagogik mahorat” T-2009

“Biologiya” (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun) darslik.T-2012