Mualliflar

  • Maxmudova Sevara Assatilla qizi
  • Shamsiddinova Orastaxon Nizomiddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111861

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: sensor ta’lim STEAM texnologiyalari bolalar maktabgacha ta’lim maktabgacha ta’lim tashkilotlari afzalliklar.

Annotasiya

    Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  bugungi  kunda  dolzarb  mazvuga  aylanayotgan 
STEAM  texnologiyalari,  shu  bilan  bir  qatorda  sensor  ta’lim  haqida  tushuncha  va 
ma’lumotlar, ularning afzalliklari va bir-biri bilan bog’liqliklari yoritib berilgan.   


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

38

ISSN:3030-3621

BOLALARNING RIVOJLANISHIDA SENSOR TARBIYA VA STEAM

TEXNOLOGIYALARINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Qo‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi

Maxmudova Sevara Assatilla qizi

Qo‘qon universiteti “Ta’lim”fakulteti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

Shamsiddinova Orastaxon Nizomiddin qizi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mazvuga aylanayotgan

STEAM texnologiyalari, shu bilan bir qatorda sensor ta’lim haqida tushuncha va
ma’lumotlar, ularning afzalliklari va bir-biri bilan bog’liqliklari yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

sensor ta’lim, STEAM texnologiyalari, bolalar, maktabgacha

ta’lim, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, afzalliklar.


Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida

bir qancha usullar amaliyotda qo’llanilmoqda. Shulardan biri, Italiyan pedagogi
Mariya Montessorining maktabgacha yoshdagi ta’lim-tarbiya olishi uchun ulkan hissa
qo’shgan ta’lim tizimi hisoblanadi. Mariya Montessorining ta’lim tizimi sensor
tarbiyaga asos solgan metodikasi har bir bolaga cheksiz tanlov erkinligi berilib, unga
ko’ra, har bir bola nima bilan shug’ullanishini mustaqil tanlashi lozim bo`ladi.

"Sensor" so`zi lotincha "sensus"-tuyg’u sezgi, idrok ma'nolarini bildiradi va

borliqni bilish, anglash, idrok qilishdan boshlanadi. Bola ko’rish, eshitish, tam bilish,
hid bilish sezgilari yordamida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar haqida
tushunchalarga ega bo’ladi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo’lsa, bolaning tevarak-
atrofdagi olam haqidagi tasvvurlari shunchalik keng bo’ladi. Sensor tarbiya
pedagogika fanida bolalarning estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi
hisoblanadi. Sensor tarbiya ilk va maktabgacha yosh davrdan boshlanib, bu davrda
sensomotorikani rivojlantirish o`ta muhimdir. Chunki sensor tarbiya hissiy bilish
qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik
jarayon hisoblanadi.

Sensor tarbiyaninig maqsadi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarninig sensor

qobiliyatlarini rivojlantirish uchun buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomini
bilishdan iborat emas, balki ular buyumlarni ushlab, paypaslab ko’rib idrok qilishi,
ularni tamini, rangini anglashi hamdir.

Sensor tarbiya bolalarni his-tuyg'ularini: ko'rish, hidlash, tam bilish va eshitish kabi

his tuyg'ularini rivojlantiradi. Sensorli tajribalar orqali bolalar atrofdagi dunyoni
o'rganadilar, nozik vosita ko'nikmalarini rivojlantiradilar va kognitiv qobiliyatlarini
oshiradilar.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

39

ISSN:3030-3621

Sensor ta'limning afzalliklari:
1. Sensor faoliyati tajribaviy o'rganishni ya’ni turli tajribalar orqali bilishni

rivojlantiradi, bu esa bolalarga tushunchalarni yanada samaraliroq tushunishga imkon
beradi.

2. Hissiy tajribalar bilan shug'ullanish bolalarga his-tuyg'ularni tartibga solish va

stressni kamaytirishga yordam beradi.

3. Nozik ko'nikmalarni rivojlantirish.
4.Tilni ya’ni nutqni rivojlantirish va so'z boyligini kengaytirish uchun imkoniyatlar

yaratadi.

5. Ijodkorlik: Sensorli o'yin tasavvur va ijodkorlikni rivojlantiradi, chunki bolalar

materiallar bilan tajriba o'tkazadilar va o'z fikrlarini erkin ifodalaydilar.

Maktabgacha ta’lim tizimiga STEAM ta’lim jadal ravishda kirib kelmoqda.

STEAM ta’lim tizimi o‘zi nima?

“STEAM” inglizcha “Science, Technology, Engineering, Art, Maths” so‘zlarining

qisqartmasi bo`lib, o‘zbek tilida STEAM fanlari ilm-fan, texnologiya, muhandislik,
san’at va matematika fanlarini o‘z ichiga oladi va bu fanlarni yaxlit tarzda o‘qitishni
anglatadi.

“STEAM” ta’limi maktabgacha ta’lim yoshidan boshlanishi kerak, chunki bu

ta’lim asosida bolalar dunyoda yuz berayotgan muammolarga yechim topishni
o‘rganadi. Jumladan:

1. Ilm-fanni (Sience) o‘zlashtirish atrof-muhitni anglashga yordam beradi.
2.Texnologiya fani raqamli dunyoga moslashuvchan qiladi.
3.Muhandislik (Engineering) bilan bolalar muammolarni o’zlari hal qilishni

o’rganadi, o‘rgangan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi.

4. San’at orqali bolalar chizishni, kuylashni raqslarni o’rganadi.
5.Matematikada bolalar turli xil shakllar, sonlar, turli misol-masalalarni yechishni,

ma’lumotlarni tahlil qilishga yordam beradi.

STEM fanlarini o‘rganish davomida boladada quyidagi qobiliyatlar shakllanadi:
• muammoni hal qila olish;
• kreativlik;
• tanqidiy fikrlash;
• jamoaviy ishlay olish;
• mustaqil fikrlash;
• tashabbuskorlik;
• kommunikasiya;
• raqamli savodxonlik.
STEAM tadqiqotlari bolalarda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va

innovatsion ko'nikmalarni rivojlantiruvchi ushbu fanlarni birlashtirgan amaliy
mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

40

ISSN:3030-3621

STEAM texnologiyalarining yana bir afzalliklar:
1.Tanqidiy fikrlash: STEAM faoliyati bolalarni tanqidiy fikrlashga, muammolarni

tahlil qilishga va yechimlarni ishlab chiqishga undaydi;

2. Haqiqiy dunyoda qo'llash: STEAM tadqiqotlari orqali bolalar nazariy

tushunchalarni amalda qo'llaydilar, bu esa o'rganishni yanada mazmunli qiladi;

3. Jamoaviy ish va hamkorlik: STEAM bo'yicha tadbirlar bolalarni hamkorlikka,

muloqot qilishga va fikr almashishga undaydigan jamoaviy ishlarni o'z ichiga oladi;

4. Innovatsiya: STEAM tadqiqotlari ijodkorlik va innovatsiyalarni rivojlantiradi,

bolalarni o'ylashga va yangi yechimlarni ixtiro qilishga ilhomlantiradi.

STEAM tadqiqotlari va sensor ta'lim qanday qilib bir-birini to'ldiradi?
Sensor ta'lim va STEM tadqiqotlari umumiy maqsadga ega: bolalar uchun amaliy,

tajribali o'rganish imkoniyatlarini taqdim etadi. Sensor tajribalarini STEM faoliyati
bilan birlashtirib, bolalar ilmiy tushunchalar, muhandislik tamoyillari va matematik
g'oyalarni o'rganayotganda bir nechta hislarni jalb qiladilar. Masalan, turli teksturali
tuzilmalarni qurish yoki hid yoki ta'm kabi hissiy elementlarni o'z ichiga olgan
tajribalarni o'tkazish o'rganish tajribasini boyitadi.

Sensor ta’lim hamda STEAM texnologiyalari o’zaro uzviy bog’liqdir. Bugungi

kunda bu ikkisini birlashtirgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar bilan
birgalikda qilinsa yaxshi natijaga erishiladi deb o’ylayman. Bilamizki bolalar atrof
muhitga juda qiziquvchan bo’ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kichik yosh guruh
bolalaridan boshlab, to tayyorlov yoshgacha STEAM tajribalarini amalga oshirsa
bo’ladi. Tajribalar boalni yoshiga qarab tanlab olinishi lozim. Tog’ri ko’p tajribalar
uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sharoit bo’lmasligi mumkin, lekin sharoitdan
kelib chiqqan holda bajariladigan tajribalar ham bor. Masalan, bolalarga yog’ qanday
olinishi, u o’z-o’zidan do’konlarda paydo bo’lmasligini o’rgatish, buni esa bolalar
o’zlari amalda qilib ko’rishlari uchun imkon yaratishimiz mumkin. Bunnig uchun esa
paxta, chigit, qattiq jism (tosh) kerak bo’ladi. Bularning barchasi topilishi oson bo’lgan
narsalar hisoblanadi. Bu tajribamiz orqali bolalar paxtadan chigit olinishi, chigitni tosh
bilan ezganimizda yog’ hosil bo’lishini, ya’ni yog’ chigitdan olinishini o’zlari ko’rib,
bilib oladi. Bu esa, STEAM tajribalaridan biridir. Bundan tashqari bolalarda ushbu
tajribani qilish orqali hissiy bilish ham shakllanadi: ko’radi, ushlab ko’rish, paypaslash
orqali ham sensor rivojlanadi, bundan tashqari ma’lum bir his-tuyg’uga beriladi. Shu
kabi tajribalar orqali bola ham sensor rivojlanadi, ham STEAM texnologiyalarini
o’rganadi.

Bola kognitiv, mustaqill fikrlashni, turli xil muommolarga mustqil tarzda yechim

topishni, o’z muommolarini erkin hal qilishni, o’z fikrini bemalol bildirishni, turli xil
tabiat hodisalarini, fizik, kimyoviy hodisalarni organadi. Umuman olganda bola har
tomonlama shakllanadi. Agar bola buni maktabgacha ta’lim yoshidan boshlang’ich


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

41

ISSN:3030-3621

bilimlarni o’rganib borsa, maktabga borganida, fizizka, kimyo, tabiiy fan kabi fanlarga
qiziqishi ortadi, bilimlarni o’zlashtirishi oson bo’ladi.

Foydalangan adabiyotlar

1.

Avloniy A. Tanlangan asarlar. Toshkent: Ma'naviyat, 1998. B. 304.

2.

Mахmudоvа S. (2024). MАKTАBGАCHА YOSHDАGI YOSHDАGI
BОLАLАRGА ХОRJIY TIL (INGLIZ TILI) GА O‘RGАTISHDА “QUVNОQ
BАLIQCHАLАR” DIDАKTIK O‘YININI QO‘LLАSH SАMАRАSI.

Conference

Proceedings:

Fostering

Your

Research

Spirit

,

37-40.

https://doi.org/10.2024/x0q1yq52

3.

S.A.Maxmudova, & Qambarova, Y. (2024). NEYROGIMNASTIKANING
MAKTABGACHA YOHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA TA’SIRI,
O‘RNI VA AHAMIYATI.

University Research Base

, 112–115. Retrieved from

4.

Maxmudova, S. (2024). MАKАTАBGАCHА YОSHDАGI BОLАLАR BILАN
LUG‘АT ISHINI ОLIB BОRISHNING METODIK TIZIMINING QIYOSIY
TAHLILI. QO‘QON

UNIVERSITETI

XABARNOMASI, 13,

205–210.

https://doi.org/10.54613/ku.v13i.1057

5.

Oybarchin Makhmudova, . (2022). PROBLEMS OF TEACHING PRESCHOOL
CHILDREN IN FINE ACTIVITIES. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF
PEDAGOGICS, 3(01), 17–21.

https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-01-03

6.

Makhmudova, O. (2024). THEORETICAL VIEWS OF FINE ARTS AS A
FACTOR OF INFLUENCE ON THE DEVELOPMENT OF A PRESCHOOL
CHILD. University

Research

Base,

515–518.

Retrieved

from

https://scholar.kokanduni.uz/index.php/rb/article/view/562

Bibliografik manbalar

Foydalangan adabiyotlar

Avloniy A. Tanlangan asarlar. Toshkent: Ma'naviyat, 1998. B. 304.

Mахmudоvа S. (2024). MАKTАBGАCHА YOSHDАGI YOSHDАGI

BОLАLАRGА ХОRJIY TIL (INGLIZ TILI) GА O‘RGАTISHDА “QUVNОQ

BАLIQCHАLАR” DIDАKTIK O‘YININI QO‘LLАSH SАMАRАSI. Conference

Proceedings: Fostering Your Research Spirit, 37-40.

S.A.Maxmudova, & Qambarova, Y. (2024). NEYROGIMNASTIKANING

MAKTABGACHA YOHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA TA’SIRI,

O‘RNI VA AHAMIYATI. University Research Base, 112–115. Retrieved from

Maxmudova, S. (2024). MАKАTАBGАCHА YОSHDАGI BОLАLАR BILАN

LUG‘АT ISHINI ОLIB BОRISHNING METODIK TIZIMINING QIYOSIY

TAHLILI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 13, 205–210.

Oybarchin Makhmudova, . (2022). PROBLEMS OF TEACHING PRESCHOOL

CHILDREN IN FINE ACTIVITIES. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF

Makhmudova, O. (2024). THEORETICAL VIEWS OF FINE ARTS AS A

FACTOR OF INFLUENCE ON THE DEVELOPMENT OF A PRESCHOOL

CHILD. University Research Base, 515–518. Retrieved from

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари