Mualliflar

  • A.S.Sattarov
  • D.G‘.Elmurodova
  • N.B.Taganov
  • O.H.Kimsanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111899

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Sterillash o‘simlik hujayralari madaniyati eksplant kimyoviy sterilizatsiya fizik sterilizatsiya oziqa muhiti avtoklavlash aseptik sharoit.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘simlik materiallari, asboblar, oziqa muhitlari 
va laboratoriya buyumlarini sterillashda qo‘llaniladigan fizik va kimyoviy usullar tahlil 
qilinadi hamda ularning qo‘llanilish tartibi bayon etiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

243

ISSN:3030-3621

AJRATILGAN O‘SIMLIK HUJAYRALARI VA TO‘QIMALARI

TO‘PLAMLARI BILAN ISHLASH JARAYONIDA STERILLASH

USULLARI.

A.S.Sattarov

termiz davlat universiteti

Botanika kafedrasi dotsenti.

D.G‘.Elmurodova

N.B.Taganov

O.H.Kimsanova

Termiz davlat universiteti

talabalari.Termiz O‘zbekiston.


Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘simlik materiallari, asboblar, oziqa muhitlari

va laboratoriya buyumlarini sterillashda qo‘llaniladigan fizik va kimyoviy usullar tahlil
qilinadi hamda ularning qo‘llanilish tartibi bayon etiladi.

Kalit so‘zlar:

Sterillash, o‘simlik hujayralari madaniyati, eksplant, kimyoviy

sterilizatsiya, fizik sterilizatsiya, oziqa muhiti, avtoklavlash, aseptik sharoit.

Аннотация:

В статье анализируются физические и химические методы,

используемые при стерилизации растительного сырья, инструментов,
питательных сред и лабораторного оборудования, а также описывается порядок
их применения.

Ключевые слова:

Стерилизация, культура растительных клеток,

эксплант, химическая стерилизация, физическая стерилизация, питательные
среды, автоклавирование, асептические условия.

Annotation:

This article analyzes the physical and chemical methods used in

the sterilization of plant materials, instruments, culture media, and laboratory
equipment, and describes the procedure for their application.

Key words:

Sterilization, plant cell culture, explant, chemical sterilization,

physical sterilization, culture media, autoclaving, aseptic conditions.


Kirish.

O‘simlik hujayralari va to‘qimalarini o‘stirish jarayonida

mikroorganizmlar bilan zararlanishi o‘sish va ko‘payishni sezilarli darajada
kamaytiradi yoki umuman to‘xtatib qo‘yadi. Shuning uchun tajriba va laboratoriya
jarayonlarida yuqori darajada sterillash talab etiladi. Sterillash jarayonining har bir
bosqichi - o‘simlik materiallarini tayyorlashdan tortib, oziqa muhitlarini va asbob-
uskunalarni tayyorlashgacha - aniq qoidalar va usullar asosida amalga oshiriladi.

Tatqiqotning maqsadi:

Ushbu maqolaning maqsadi - ajratilgan o‘simlik

hujayralari va to‘qimalari bilan ishlash jarayonida qo‘llaniladigan turli sterillash


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

244

ISSN:3030-3621

usullarini tizimli o‘rganish, ularning xususiyatlari va qo‘llanilish prinsiplari haqida
batafsil ma’lumot berishdir. Maqola sterilizatsiya jarayonining o‘simlik hujayralari va
to‘qimalarini laboratoriya sharoitida o‘sish va rivojlanishini ta’minlashda qanday
muhim rol o‘ynashini ochib beradi. Shuningdek, ish jarayonida toza va aseptik muhit
yaratish uchun zarur bo‘lgan usullar va amaliy tavsiyalarni taqdim etishga qaratilgan.

Ajratilgan organlar, to‘qimalar, hujayra va protoplastlarni o‘stirishning muhim

shartlaridan asosiysi sterillikka katta ahamiyat berishdir. Sterillikni ahamiyati shundan
iboratki, ajratilgan organlar, to‘qimalar, hujayralar va protoplastlarni o‘stirish uchun
tayyorlangan sun‘iy oziqa muhitlarda mikroorganizmlar ham juda yaxshi o‘sadi.
Mikroorganizmlarning rivojlanishi o‘stirilayotgan hujayra va to‘qimalar uchun ikki
yoqlama xavf tug‘diradi. Birinchidan, mikroorganizmlarning yashash faoliyati davrida
oziqa muhitlarning tarkibi sezilarli darajada o‘zgarib, belgilangan turg‘un sharoitda
hujayraning o‘sishi tuxtaydi. Ikkinchidan, o‘simlikdan ajratilgan to‘qima, hujayra va
ayniqsa protoplastlarni mikroorganizmlar osongina zararlaydi. Shuning uchun
ajratilgan organ, to‘qima hujayra va protoplastlar bilan olib boriladigan tajribalar steril
xonalarda, bokslar yoki laminar-bokslarda olib boriladi. Bokslar, asboblar, idishlar,
o‘simliklar, oziqa muhitlari, paxta tiqinlar va boshqa ishga kerakli narsalar hammasi
sterillanadi.

Laminar-boks sterilizatsiyasi.

Laminarning ish olib boriladigan ichki yuzasi

70% li spirt bilan artiladi. So‘ng laminarga spirtovka, gugurt, 96% spirtli stakan,
sterillangan idishlar, asboblar va sterillangan suvli kolba joylanadi. Meristemalar
ajratishda laminarga binokulyar lupa ham qo‘yiladi. Ishlashdan oldin 2 soat davomida
laminar boks bakteriotsid ultrabinafsha lampasi bilan nurlantiriladi. Ishlashdan ikki
soat oldin laminarning ichki yuzasi 70% li spirt bilan yana artiladi. Ish boshlashdan
avval qo‘llarni yaxshilab sovun bilan yuvib, spirt bilan artib, sterillangan xalat kiyib va
og‘ziga steril niqob taqiladi.

Idishlarni sterillash.

Idishlar quritish shkaflarida quruq issiqda yoki nam

bug‘da avtoklavda sterillanadi. Sterillashdan oldin idishlarni yaxshilab yuvib, quritish
kerak. Idish yuvish uchun turli idish yuvish vositalari va xromli (kaliy bixromatning
sulfat kislota eritmasi) ishlatiladi. Yuvilgan idishlarni distirlangan suvda chayib,
quritish shkafida quritiladi. Sterillashdan avval havodan infektsiya tushishining oldini
olish uchun probirkalar, kolbalar og‘zi paxta tiqinlar bilan yopiladi va qog‘ozga
o‘raladi. 52 So‘ngra idishlarni quritish shkaflariga joylab 2 soat 160 o C da qizdiriladi.
Bunday qizdirishda bakteriyalargina emas, balki ularning sporalari ham o‘ladi.
Quritish shkafidagi haroratni 175oC dan oshirish mumkin emas, chunki paxta tiqinlar
sarg‘ayib ketadi, idishlar o‘ralgan qog‘oz (folga) esa sinuvchan holga kelib qoladi.
Avtoklavda bosim ostida bundan ham yaxshiroq sterillashga erishish mumkin, chunki
namli issiqlikda qizdirilganda mikroorganizmlar va ularning sporalari yana ham yaxshi
o‘ladi. Turli xil stakanlar, Petri likobchalari, pipetkalar, distillangan suvli kolbalar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

245

ISSN:3030-3621

avtoklav qilinadi. Idishlar folga yoki o‘rash qog‘ozlariga o‘ralgan holda 25-30 daqiqa
2 atmosferada avtoklav qilinadi. Pipetkalarni avtoklav qilishda ularning yuqori qismiga
paxta tiqib, aloxida-aloxida qilib o‘raladi.

Asbob uskunalarni sterillash.

Asbob uskunalar, skalpel pintset, ignalar va

hakozalar quritish shkafida 12 soat davomida 140 oC quruq issiqlikda yoki suvda
qaynatib sterillanadi. Temirdan yasalgan asboblar avtoklav qilinmaydi, chunki nam
bug‘ ta’sirida ular zanglaydi va o‘tmas bo‘lib qoladi. Ish boshlashdan avval va ish
davomida asboblar chinni stakanlarga solinib, 96% li etil spirtida sterillanadi va
spirtovka alangasida qizdirib olinadi. Spirtovka alangasida lantsetlar, pintsetlar va
mikrobiologik ilmoqlar qizdriladi va steril qog‘ozlar orasida saqlanadi. Sterillangan
asboblar faqt bir marta ishlatiladi, qayta ishlatilganda ular yana spirtda sterillanadi va
alangada qizdiriladi. Igna va pakkilar spirtga solib sterillanadi.

Materillarni sterillash

. Tajribada ishlatiladigan paxta, doka, paxta tiqinlar filtr

qog‘ozlar, xalatlar va ro‘molar avtoklavda 2 atmosferada 25-30 daqiqa sterillanadi.

O‘simlik materillarini sterillash.

Urug‘lar, yuqori meristemalar, o‘simlikning

turli qismlaridan olingan to‘qima bo‘laklarini sterillash uchun turli sterillovchi
eritmalardan, sulemaning 0,1% li eritmasi, 1% li brom eritmasi, 13% li pergidrol, 3 6%
li xloramin, diotsid, 10% li natriy gipoxloridning suvdagi eritmalaridan foydalaniladi.
Ildizmevalar, tuganaklar, o‘simliklarning yug‘on poyalari sovun va ishqalagich bilan
oqar suvda yaxshilab yuviladi, po‘stlog‘i shilinadi, (ildizlar va ildiz mevalar),
distillangan suvda chayiladi va absolyut spirtga bir necha sekundga solib olinadi.
O‘simlik ob’yektlari sterillangandan so‘ng, sterillovchi moddalardan tozalash uchun
distillangan suvda ko‘p marta chayilishi kerak. Ayniqsa bromidli suv 53 bilan ishlov
berilgan o‘simlik materillarini diqqat bilan yuvish kerak chunki bromidning eng kam
miqdori xam urug‘larning o‘sishini to‘xtatib qo‘yadi. Brom bug‘i zaharli bo‘lganligi
uchun, brom bilan sterillashda albatta tyaga shkaflaridan foydalanish kerak. Brom
eritmasida faqat makkajo‘xori urug‘larini sterillashda foydalanish tavsiya etiladi,
loviya, qovoq va boshqalar uchun - sulema ishlatiladi. Brom va sulema bilan sterillash
vaqti 10-15 daqiqani, pergidrol bilan 30 daqiqani tashkil qiladi.

Meristemalar va o‘simliklarning har xil qismlaridan olingan bo‘laklari ikki

marta tezrok sterillanadi. Tukli urug‘lar (chigit) yuqori kontsentratsiyali sulfat
kislotasiga 5 daqiqa solinsa yaxshi sterillanadi. Pergidroldan urug‘lar osonroq yuviladi
(steril suv 5-7 marta uzgartiriladi). Sulemadan so‘ng suv 5-6 marta uzgartiriladi.
Bromdan so‘ng suv 12 soat davomida, yuvishning boshida har 30 daqiqada, so‘ngra
esa har 3 soat davomida almashtirilib turiladi. Antiseptiklar bilan ishlov bermasdan,
pomidor, olma, qovoq, tamaki va dukkaklilardan steril urug‘lar olish mumkin. Yetilish
davrida bu o‘simlik urug‘lari etli, yog‘ochli yoki danakli qatlamlar orasida joylashgan
bo‘ladi. So‘ng va zararlanmagan bu mevalar sovunli suvda va spirtda bir necha marta


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

246

ISSN:3030-3621

yuviladi. So‘ng aseptik sharoitda bo‘laklarga bo‘linadi, steril skalpel bilan uning
ichidan urug‘lar olinadi va steril filtr qog‘ozi solingan Petri likobchalariga solinadi.

Oziqa muhitlarini sterillash.

Oziqa muhitlari bosim ostida (avtoklavda) bug‘

bilan sterillanadi. Oziqa muhitlari solingan probirkalar og‘zi paxta tiqinlar bilan yopilib
stakanlarga solinib, urash qog‘oziga uraladi va 1 atmosfera bosimda 120 oC da 20
daqiqa davomida avtoklav qilinadi.

Sovuq sterillash.

Issiqlikka chidamsiz organik suyuqliklar, bakteriyalardan

mayda teshikli (diametri 0,15-0,45 mkm teshikli) bakterial filtrlardan o‘tkazish orqali
tozalanadi.

Xulosa.

Sterillash o‘simlik hujayralari va to‘qimalari o‘stirish jarayonida zarur

va muhim bosqich hisoblanadi. To‘g‘ri sterilizatsiya usullarining qo‘llanilishi tajriba
muvaffaqiyatiga, o‘sish va ko‘payishning samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Fizik va kimyoviy sterilizatsiyaning kombinatsiyasi mikroorganizmlar ifloslanishini
minimal darajaga tushiradi va aseptik sharoit yaratadi. O‘simlik turi va materialiga
qarab, sterillash usullarini individual tanlash samarali natija beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Sultonov M., Karimov B.. “O‘simliklarning in vitro o‘stirish va mikrobiologik
sterilizatsiya”. Toshkent: O‘zbekiston biologiya jamiyati nashriyoti. (2017).

2.

Elmurodov A., Kadirov B., Abdullayeva Y.. “Laboratoriya sharoitida o‘simlik
to‘qimalari va hujayralarni in vitro o‘stirish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma”. Samarqand
(2021).

3.

Raximov

B.,

Xo‘jaev

A..

“O‘simliklarning

to‘qimalarini

o‘stirish

biotexnologiyasi”. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti. (2015).

4.

Abdukarimov A., Tursunov A.. “O‘simliklarning in vitro o‘stirish va ularni
sterilizatsiya usullari”. Toshkent: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi universiteti
nashriyoti. (2020).

5.

O‘zMU xabarlar jurnali.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Sultonov M., Karimov B.. “O‘simliklarning in vitro o‘stirish va mikrobiologik

sterilizatsiya”. Toshkent: O‘zbekiston biologiya jamiyati nashriyoti. (2017).

Elmurodov A., Kadirov B., Abdullayeva Y.. “Laboratoriya sharoitida o‘simlik

to‘qimalari va hujayralarni in vitro o‘stirish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma”. Samarqand

(2021).

Raximov B., Xo‘jaev A.. “O‘simliklarning to‘qimalarini o‘stirish

biotexnologiyasi”. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti. (2015).

Abdukarimov A., Tursunov A.. “O‘simliklarning in vitro o‘stirish va ularni

sterilizatsiya usullari”. Toshkent: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi universiteti

nashriyoti. (2020).

O‘zMU xabarlar jurnali.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари