Mualliflar

  • M.I.Abdujalilova
  • O.H.Kimsanova
  • D.G‘.Elmurodova
  • N.B.Taganov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111900

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Ksilofaglar Hylotrupes bajulus qora uy mo’ylovdori Tana tuzulishi metodologiyasi morfologiuyasi dunyo va o’zbekiston bo’yicha o’rganilish darajasi.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Zararakunanda  ksilofag  hasharotlardan  Hylotrupes  bajulusning 
dunyo va O’zbekiston hududda o’rgangan va tadqiqot o’tkazgan olimlar ishlarining 
tahlili.Xususan, morfologiyasi biologiyasi zararkunandalik darajasi, tarqalishi, yashash 
muhitlari bayon etilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

240

ISSN:3030-3621

KSILOFAG HASHOROTLARNING HYLOTRUPES BAJULUS (QORA UY

MOYLOVDORI) O’RGANILISH DARAJASI TAHLILI.

M.I.

Abdujalilova

termiz davlat universiteti Zoologiya

kafedrasi o‘qituvchisi.

O.H.Kimsanova

D.G‘.Elmurodova

N.B.Taganov

Termiz davlat universiteti

talabalari.Termiz O‘zbekiston.


Annotatsiya:

Zararakunanda ksilofag hasharotlardan Hylotrupes bajulusning

dunyo va O’zbekiston hududda o’rgangan va tadqiqot o’tkazgan olimlar ishlarining
tahlili.Xususan, morfologiyasi biologiyasi zararkunandalik darajasi, tarqalishi, yashash
muhitlari bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

Ksilofaglar, Hylotrupes bajulus, qora uy mo’ylovdori, Tana

tuzulishi, metodologiyasi, morfologiuyasi, dunyo va o’zbekiston bo’yicha o’rganilish
darajasi.


Ksilofag hashorotlarni dunyo bo’yicha o’rganishga hissa qo’shgan olimlardan

G.

Becker (1954–1970), Miller (1961), Bates, Masut Yalchin, Daffi (1963), Qiao

Vang (2017),

G. Beker (1954–1970)larning ishlari diqqatga savovordir. Quyida

keltirilgan olimlar — Germaniyada H. bajulusning tarqalishini o'rganish uchun yog'och
inshootlarini tekshirgan va zararlanish darajasini aniqlagan. U zararli organizm sifatida
o'rganish va nazorat qilish usullarini ishlab chiqqan. Bekerning ishlari H. bajulusning
biologiyasi va ekotizimdagi rolini tushunishga yordam berdi. Qiao Vang (2017) —
Xitoy va Yangi Zelandiyada H. bajulusning tarqalishi, biologiyasi va zararkunanda
sifatidagi rolini o'rganib, pest nazorat usullarini ishlab chiqqan. Ular H. bajulusning
yog'ochlarga zarari va ekologik ta'siri bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. U shuningdek,
zararkunanda bilan kurashish uchun bio-ximiyaviy vositalarni tahlil qilgan. O’rta osiyo
bo’yicha esa M. Yalchin, M.L. Danilevskiy M.L. Danilevskiy: Rossiya va unga yaqin
hududlar, jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning ayrim
togʻli zonalarida H. bajulusning tarqalishini qayd etgan.

Ksilofag hashorotlarning metodologiyasi bo’yicha katta izlanishlar va tajribalar

olib borilgan. Quyida keltirilgan olimlardan Hyvarinen (2006), deraza tuzog'i usuli
tuzoqqa qaraganda samaraliroq bo’lishini aniqlagan (1996). Ma'lumotlariga ko'ra
o'lik daraxt tanasiga o'rnatilgan ekstraktsiya silindriga qaraganda deraza qopchasida
ko'proq samarador bo’lishini tushuntirgan. Germaniya (Noldt va boshq. 1995)da P.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

241

ISSN:3030-3621

sylestrisning yog'och bloklarida o'stirilgan, Shu bilan bir qatorda, yangi paydo bo'lgan
qo'ng'izlar chiqishiga qadar namlangan filtr qog'ozi bilan qoplangan Bellaplast
qutilaridan foydalanilgan.(Fett va boshq. 1995).

1961 yilda Miller tomonidan Hylotrupes bajulusning morfologiyasi anatomiyasi

biologiyasi, ekologiyasi va shu bilan birga yog’och mahsulotlari bilan munosabatini
o’rgangan. Tadqiqotlar davomida Hylotrupes bajulusning tanasining rangi to’q
jigarrang, uzunligi 12-15 mm, va kengligi 5-7 mmligini, boshining yuqori qismida
uzun juft antennalar va o'rtacha kattalikdagi jag'lar mavjud bo’lishini, orqa qismi qattiq
qobiq bilan qoplangan va yog'ochni yegani uchun qattiq va kuchli yopiq holda
bo’lishini takidlab o’tgan.

O’zbek olimlaridan A.Ma’rufov 2022 yilda zararkunanada ksilofag

hasharotlarning morfologiyasini o’rganib chiqgan. Xususan, voyaga yetgan
qо‘ng‘izlar о‘rtacha 6,6-26mm kattalikda bо‘lishini, oyoqlarining old toshcha qismi
keng yoyilgan, mayda toshchalari sharsimon bо‘lib, deyarli ko`zga ko`rinmasligini. old
kо‘krak о‘smasi tekis va juda keng, mо‘ylovlari ingichka va qisqa bо‘lib, tuklar bilan
qoplanmaganligini va tanasining yarim uzunligiga teng bо‘lib, mо‘ylovining 3-
bо‘g‘imlari juda uzunligi bilan ajralib turishini o’rgangan.

O’zbek olimlaridan G. Mirzayeva ksilofag hasharotlar ustida tajriba olib brogan.

Xususan, zararkunanda hasharotlarning morfologiyasi bo’yicha, tanasi uzun, ancha
keng, bir oz qavariq bо‘lib, nozik oqish tuklar bilan qoplanganligini, old yelkasi yon
tomondan tishchalari yuk, dumaloq, 2 ta silliq, yorqin qabariqli paxmoq qoplama bilan
qoplanganligini, rangi kulrangdan qoramtir jigarranggacha bo’lishini, qanot usti och
rangda va о‘rtasiga yaqin joyda noaniq naqshli 1-2 yorqin qiya bog‘lamlari yoki oqish
kundalang dog‘lari bо‘lgan nozik oq-kulrang tuklar bilan qoplanganligini, oyoqlari
odatda qо‘ng‘ir qizil rangda bо‘lishini, old boldirlari oddiy, tishchalari yо‘q, tirnoqlari
uchida tishchalari borligini aniqlagan. Shu bilan bir qatorda, urg‘ochilarida uzun
tuxumdon o`ziga xos va tuxumi 2 mm uzunlikda bо‘lib, uzunchok shaklga egaligini
ham tushuntirib o’tgan.

O’zbek olimlaridan O.S. Akramjonovna Qo`ng’izlarning voyaga yetgan

qo`ng’izlar rangi oq, boshi biroz tо‘q rangda va yuqori jag‘lari esa qora-jigarrang tusda
bо‘lishini, boshining ikki yonida yirik kо‘zlari bо‘lishini. old kо‘kragi tanasining
oldingi qismida bо‘lib, 2 ta yirik sarg‘ish dog‘lari о‘rtasida uzunasiga tushgan
burmalari borligini, kо‘krak qismida 3 juft sklerotizlanmagan oqlari mavjud bо‘lib,
ular 3-4 bо‘g‘imdan iborat va tirnoqli bо‘lishini, qornidagi qavariqlarining yuqori
qismida uzunasiga va kо‘ndalang joylashgan egatchalari borligini, voyaga yetgan
lichinkaning uzunligi 30 mm, yо‘g‘onligi 6-8 mm bо‘lishini aniqlagan.

Xulosa : Hylotrupes bajulus (qora uy moʻylovdori) yogʻoch inshootlariga zarar

yetkazuvchi eng muhim ksilofag hasharotlardan biridir. Ushbu zararkunanda bo‘yicha
xalqaro va mahalliy olimlar tomonidan keng tadqiqotlar olib borilgan. G. Becker,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

242

ISSN:3030-3621

Miller, Qiao Vang kabi olimlar uning tarqalishi, biologiyasi va ekologiyasi haqida
chuqur ilmiy asoslar yaratgan. Markaziy Osiyo hududlarida M.L. Danilevskiy, M.
Yalchin kabi olimlar H. bajulusning ayrim tog‘li zonalardagi mavjudligini qayd etgan.
O‘zbekistonlik olimlar A. Marufov, G. Mirzayeva hasharotning morfologik belgilarini,
lichinka va voyaga yetgan shakllarining tuzilishini chuqur o‘rganib, ilmiy tavsiflar
bergan. Deraza tuzoqlari, filtrli qutilar kabi metodlar monitoring va aniqlashda
qo‘llanilgan. Bu tadqiqotlar zararkunanda bilan kurashishda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Becker, G. (1970): Biology and control of the wood-boring beetle Hylotrupes
bajulus. Insect Science and Application. - Becker H. bajulusning biologiyasi va
ekologik nazorat usullarini o‘rganish.

2.

Vang, Q. (2017): Cerambycidae of the World: Biology and Pest Management.
Insect Control and Management. - H. bajulusning biologiyasi va zararkunandalar
bilan kurashish metodlarini ishlab chiqish.

3.

Danilevskiy, M.L. (2014): Morfological studies of Hylotrupes bajulus. Russian
Entomological Journal. - H. bajulusning morfologiyasini o‘rganish.

4.

Grimm, M. (2005, 2009): Morphology of the longhorn beetles and their wood
infestation behavior. Australian Journal of Entomology. - H. bajulusning
morfologiyasini va yog‘och bilan aloqasini o‘rganish.

5.

Akramjonovna, O.S. (2022): Ecology and Biology of Hylotrupes bajulus in
Uzbekistan. Worldly Journals. - Toshkent va Andijon viloyatlaridagi H. bajulusning
ekologiyasi va biologiyasini o‘rganish.

6.

Ma’rupov, A.A. (2020): Ecological Role and Impact of Hylotrupes bajulus in
Namangan Region. Journal of Applied Entomology. - Namangan viloyatidagi H.
bajulusning ekologik o‘rni va zarari haqida tadqiqot.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Becker, G. (1970): Biology and control of the wood-boring beetle Hylotrupes

bajulus. Insect Science and Application. - Becker H. bajulusning biologiyasi va

ekologik nazorat usullarini o‘rganish.

Vang, Q. (2017): Cerambycidae of the World: Biology and Pest Management.

Insect Control and Management. - H. bajulusning biologiyasi va zararkunandalar

bilan kurashish metodlarini ishlab chiqish.

Danilevskiy, M.L. (2014): Morfological studies of Hylotrupes bajulus. Russian

Entomological Journal. - H. bajulusning morfologiyasini o‘rganish.

Grimm, M. (2005, 2009): Morphology of the longhorn beetles and their wood

infestation behavior. Australian Journal of Entomology. - H. bajulusning

morfologiyasini va yog‘och bilan aloqasini o‘rganish.

Akramjonovna, O.S. (2022): Ecology and Biology of Hylotrupes bajulus in

Uzbekistan. Worldly Journals. - Toshkent va Andijon viloyatlaridagi H. bajulusning

ekologiyasi va biologiyasini o‘rganish.

Ma’rupov, A.A. (2020): Ecological Role and Impact of Hylotrupes bajulus in

Namangan Region. Journal of Applied Entomology. - Namangan viloyatidagi H.

bajulusning ekologik o‘rni va zarari haqida tadqiqot.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари