Mualliflar

  • Baytileuova Gu’lzar Maxset qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111906

Kalit so‘zlar:

Kalit sózlar: Maktabgacha ta’lim metod mashg‘ulot malaka ko‘nlikma rivojlanish ta’rbiyachi bilim.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Bu  maqolada  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlarida  mashg‘ulotlar 
mazmuni,  shakli  va  metodlari  haqida  so‘z  boradi.  Maktabgacha  ta’limdagi 
mashg‘ulotlar  mazmuni,  birinchi  navbatda,  davlat  ta’lim  standartlari  va  namunaviy 
dasturlarga  asoslanadi.  Bu  mazmun  bola  atrofidagi  olamni  tanish,  uni  anglash,  o‘z 
fikrini bayon etish, o‘ziga xizmat ko‘rsatish, boshqalar bilan hamkorlikda ishlash va 
ijodiy faoliyat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim mazmuni bolalarni 
maktab  ta’limiga  tayyorlash,  ularning  sog‘lom,  bilimdon,  madaniyatli  bo‘lishini 
ta’minlashga xizmat qiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

205

ISSN:3030-3621

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG‘ULOTLAR

MAZMUNI, SHAKLI VA METODLARI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Pedagogik Mahorat markazi Maktabgacha,

boshlang‘ich va maxsus ta’lim

metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Baytileuova Gu’lzar Maxset qizi


Annotatsiya:

Bu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlar

mazmuni, shakli va metodlari haqida so‘z boradi. Maktabgacha ta’limdagi
mashg‘ulotlar mazmuni, birinchi navbatda, davlat ta’lim standartlari va namunaviy
dasturlarga asoslanadi. Bu mazmun bola atrofidagi olamni tanish, uni anglash, o‘z
fikrini bayon etish, o‘ziga xizmat ko‘rsatish, boshqalar bilan hamkorlikda ishlash va
ijodiy faoliyat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim mazmuni bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlash, ularning sog‘lom, bilimdon, madaniyatli bo‘lishini
ta’minlashga xizmat qiladi.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются содержание, формы и

методы обучения в дошкольных образовательных учреждениях. Содержание
занятий в дошкольном образовании в первую очередь основывается на
государственных образовательных стандартах и типовых программах. Это
содержание направлено на ознакомление ребенка с окружающим миром, его
понимание, выражение своего мнения, самообслуживание, совместную работу с
другими и творческую деятельность. Содержание дошкольного образования
служит подготовке детей к школьному образованию, обеспечению их здоровья,
знаний, культуры.

Abstract:

This article examines the content, forms, and methods of teaching in

preschool educational institutions. The content of classes in preschool education is
primarily based on state educational standards and standard programs. This content is
aimed at familiarizing the child with the surrounding world, their understanding,
expressing their opinion, self-care, working together with others, and creative activity.
The content of preschool education serves to prepare children for school education,
ensuring their health, knowledge, and culture.

Kalit sózlar:

Maktabgacha ta’lim, metod, mashg‘ulot, malaka, ko‘nlikma,

rivojlanish, ta’rbiyachi, bilim.

Ключевые слова:

Дошкольное образование, метод, занятие, навык,

привычка, развитие, воспитатель, знание.

Keywords:

Preschool education, method, activity, skill, habit, development,

educator, knowledge.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

206

ISSN:3030-3621

Maktabgacha ta’lim — shaxsning intellektual, ijtimoiy, jismoniy va ruhiy

rivojlanishiga asos bo‘luvchi eng muhim bosqich hisoblanadi. Shu sababli
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan mashg‘ulotlar bolalarning yosh
xususiyatlariga, ehtiyoj va qiziqishlariga mos ravishda tashkil etilishi zarur. Bunda
mashg‘ulotlarning mazmuni, ularning tashkiliy shakllari va pedagogik metodlari
markaziy o‘rinni egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish, ijtimoiy muhitda o‘zini tutish qoidalari, muloqot
madaniyati, mehnatga munosabat, mustaqil fikrlash, estetik did va boshqa shaxsiy
sifatlarni rivojlantirish mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’limdagi mashg‘ulotlar mazmuni, birinchi navbatda, davlat

ta’lim standartlari va namunaviy dasturlarga asoslanadi. Bu mazmun bola atrofidagi
olamni tanish, uni anglash, o‘z fikrini bayon etish, o‘ziga xizmat ko‘rsatish, boshqalar
bilan hamkorlikda ishlash va ijodiy faoliyat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim mazmuni bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularning sog‘lom,
bilimdon, madaniyatli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mashg‘ulotlar tarkibida bolalarning nutqiy rivojlanishi, matematik tasavvurlari,

atrof-muhit haqidagi bilimi, jismoniy chiniqishi, estetik dunyoqarashi, axloqiy sifatlari,
ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalari kabi jihatlar qamrab olinadi. Bolaning har
tomonlama rivojlanishi uchun barcha ta’limiy yo‘nalishlar bir-birini to‘ldirgan,
uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak. Har bir mashg‘ulotda bolaning faolligi, mustaqilligi,
fikrlashi va ijodiy yondashuvi rag‘batlantiriladi. Pedagog esa boshqaruvchi emas,
yo‘naltiruvchi rolini bajaradi.

Mashg‘ulotlar shakli deb, pedagogik jarayon qanday tashkiliy ko‘rinishda

tashkil etilishini tushunamiz. Bu shakl tarbiyachi va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar,
bolaning faolligi darajasi, mashg‘ulot o‘tkazish muhitiga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha
ta’limda eng ko‘p uchraydigan shakllar an’anaviy (klassik) shakl, o‘yin shaklidagi
mashg‘ulot, integrallashgan mashg‘ulot, ekskursiya yoki sayr shaklidagi mashg‘ulot,
ijodiy faoliyat shakllari va markazlar asosidagi (erkin faoliyat) shakllardir. An’anaviy
mashg‘ulotlarda mashg‘ulotning barcha qismlari oldindan rejalashtirilgan bo‘lib,
bolalar faoliyati pedagog tomonidan nazorat qilinadi. O‘yin shaklidagi mashg‘ulotlar
esa bolalarning qiziqishini oshiradi, ularni faol ishtirokchi sifatida jalb etadi.
Integrallashgan mashg‘ulotlar bir nechta yo‘nalishni birlashtirgan holda, bolaga
murakkab hayotiy holatlarni yaxlit idrok etish imkonini beradi.

Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan metodlar esa mazmun va shaklni amalga

oshirish vositasidir. Maktabgacha ta’limda metodlar turli bo‘lishi mumkin: og‘zaki,
ko‘rgazmali, amaliy, o‘yin usullari, innovatsion va interfaol metodlar. So‘zli
metodlarga suhbat, hikoya qilish, savol-javob, tushuntirish kiradi. Bu metodlar
bolalarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish, bilimlarni ongli o‘zlashtirishga xizmat
qiladi. Ko‘rgazmali metodlarda bolalar rasmlar, predmetlar, videotasvirlar orqali bilib


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

207

ISSN:3030-3621

oladilar. Amaliy metodlar bolalarning mustaqil bajaradigan harakatlari, yasash, tajriba
o‘tkazish, qurish orqali ularni faol o‘rgatadi. O‘yin metodlari maktabgacha yoshdagi
bolalar uchun eng tabiiy va samarali metodlardan biridir. Didaktik o‘yinlar orqali
matematik tushunchalar, til va nutq ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash rivojlanadi. Rolli
va dramatik o‘yinlar esa bolalarning tasavvuri, ifodali nutqi, hissiyotlarini namoyon
etish imkonini beradi.

Bugungi kunda pedagogik jarayonga zamonaviy yondashuvlar — interfaol

usullar,

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan

foydalanish,

STEAM

yondashuvi, loyiha asosidagi ta’lim keng joriy qilinmoqda. Interfaol metodlar bolalarni
faollikka chorlaydi, mustaqil fikrlashga undaydi. Masalan, “Aqliy hujum”, “Insert”,
“Venn diagrammasi”, “Fikrlar xaritasi”, “Bilaman – Bilmoqchiman – Bilaman (BBB)”
usullari bolalar tafakkurini faollashtiradi. STEAM yondashuvi orqali fan, texnologiya,
muhandislik, san’at va matematikani integratsiyalashgan holda o‘rganishga yo‘l
ochiladi. Loyiha asosidagi o‘qitishda esa bolalar kichik guruhlarda muammoni hal
etish orqali tajribadan o‘rganadilar.

Yaxshi tashkil etilgan mashg‘ulot bolaga nafaqat bilim beradi, balki ularning

hayotiy kompetensiyalarini shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi, muloqotga,
hamkorlikka, ijodkorlikka o‘rgatadi. Shu sababli mashg‘ulotlarning mazmuni dolzarb,
amaliyotga yaqin, qiziqarli, ijtimoiy foydali bo‘lishi kerak. Tarbiyachi esa har bir
mashg‘ulotni puxta rejalashtirib, bolalarning ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqib
tashkil etishi, bolani diqqat bilan kuzatib borishi, uning rivojlanishini baholashi zarur.

Maktabgacha yosh – shaxs shakllanishining ilk va eng muhim bosqichidir.

Bolalik davrida o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va tarbiyaviy ta’sirlar butun hayot
davomida insonning rivojlanishiga zamin yaratadi. Shu sababli maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida olib boriladigan mashg‘ulotlar har tomonlama puxta tashkil etilishi,
bolalarning yosh va individual xususiyatlariga moslashtirilgan bo‘lishi zarur. Bu
jarayonda mashg‘ulotlarning mazmuni, shakli va metodlari muhim ahamiyat kasb
etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlar bolalarning har tomonlama
rivojlanishini ta’minlash, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, shuningdek, shaxs
sifatida shakllanishlariga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlarning mazmuni, tashkiliy
shakllari va metodlari — bu ta’lim-tarbiyaning asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida an’anaviy usulda ta’lim-tarbiya berishning

shakli, mazmuni, metodi va metodikasi ko‘plab adabiyotlarda bayon etilgan. Xususan,
P.Yusupova ta’lim shakli haqida quyidagilarni yozadi: "Ta’lim shakli deganda, ta’lim
beruvchi pedagog va bolalarning maxsus ishlangan faoliyati tushuniladi va kun
tartibida ma’lum bir vaqtda o‘tkaziladi. V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish
bo‘yicha keng ma’lumot berganlar, xususan, mashg‘ulot maktabgacha ta’lim


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

208

ISSN:3030-3621

tashkilotlarida ta’lim jarayonining yetakchi shakli ekanligi, uning mazmuni va
tuzilishi, uni tashkil etish, boshlanishi, borishi, yakuni va boshqalar ko‘rsatilgan.

Ta’limning asosiy shakli mashqdir. Mashg‘ulotlarda bola o‘z nutqini

tarbiyachining namunali nutqi bilan taqqoslashga, boshqa bolalar bilan o‘quv
materialini bajarishga, ya’ni tarbiyachining tushuntirishini, hikoyasini tinglashga,
birgalikda rasmlarni, diafilmlarni ko‘rishga, gaplashishga, didaktik o‘yinlarda
qatnashishga, birgalikda kuylashga, musiqa tinglashga, ma’lum bir obyektga diqqatini
qarata olishga, navbat bilan gapirishga o‘rganadi.

Ona tili o‘rgatish mashqlarini didaktik maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga

ajratish mumkin: yangi materialni aytuvchi mashqlar, bilim, ilmiy tajriba va
ko‘nikmalarni mustahkamlovchi mashqlar, bilimlarni umumlashtiruvchi va bir tizimga
soluvchi mashqlar, yakunlovchi yoki tekshiruvchi, sinovchi aralash mashqlar.

Bolalar bog‘chasida avval hosil qilingan bilim, ko‘nikma va ilmiy tajribalarni

mustahkamlaydigan mashqlardan keng foydalaniladi. Masalan, sayohatlari haqida
hikoya qilib berish, sport zali haqida suhbat, avval o‘qib yoki hikoya qilib berilgan
ertak yoki hikoyani qayta so‘zlab berish, avval yod olgan she’rlarini takrorlash.
Bilimlarni umumlashtiruvchi va bir tizimga soluvchi mashqlar. Bu mashq turi o‘zining
mazmuni jihatidan avval hosil qilingan bilim, ko‘nikma va ilmiy tajribalarni
mustahkamlaydigan mashq turiga yaqinroqdir.

Katta guruhlarda ona yurt, kattalar mehnati, transport haydovchisi mehnati,

kitoblar haqida umumlashtiruvchi suhbat o‘tkaziladi. Bunda bolalar oldiga materialni
maqsadga yo‘naltirgan holda esga olish vazifasi qo‘yiladi. Umumlashtiruvchi tipdagi
mashqlar bolalarda tafakkurni, analitik-sintetik faoliyatni shakllantirishda katta
ahamiyatga ega.

Hisobga oluvchi mashqlardan tasviriy faoliyatda keng foydalaniladi. Biroq bu

mashq turi bolalarning ona tili bo‘yicha bilim va ilmiy tajriba darajalarini aniqlash
uchun zarur hisoblanadi.

Ayrim bilimlar bo‘yicha sinov mashg‘ulotlarini o‘quv yilining boshida guruhga

yangi qabul qilingan bolalarning bilimini aniqlash maqsadida o‘tkazish maqsadga
muvofiqdir. Qilingan ishlarga yakun yasash maqsadida yil oxirida ham sinov tekshiruv
mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘proq aralash turdagi mashqlardan

foydalanish joriy etilgan. Masalan, bir mashg‘ulotning o‘zida bolalarni yangi bilim
beradigan material bilan tanishtiriladi, ilgari hosil qilingan bilim takrorlanadi va
mustahkamlanadi. Nutq o‘stirish mashqlari alohida xususiyatlarga ega bo‘lib, ba’zan
mashg‘ulotni o‘tkazishda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi.

Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg‘ulotlarida hamma bolalar

birdek faol, lekin nutq o‘stirish mashg‘ulotida hamma bolalar ham faol qatnashmaydi.
Rasm asosida hikoya tuzish, savollarga javob berish, qo‘shiqni yoddan aytib berish


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

209

ISSN:3030-3621

kabi topshiriqlar bo‘yicha ayrim bolalar javob beradilar, qolganlari esa o‘rtoqlarining
javobini to‘ldiradilar. Mashg‘ulot vaqti cheklanganligi sababli, har bir bola bilan
alohida shug‘ullanish imkoni yo‘q. Shu sababli mashg‘ulotlarda yuqori natijalarga
erishish uchun ularni umumiy didaktik talablarga javob beradigan qilib tashkil etish
kerak.

Har bir tarbiyachi mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi didaktik talablarga

qat’iy rioya qilishi kerak:
1. Mashg‘ulotga oldindan puxta tayyorlanish, uning mazmunini, ta’lim usullarini
aniqlash. Bunda ona tili bo‘yicha bolalarning bilim va ilmiy tajribalari aniq bo‘lishi
kerak. Belgilangan dastur materialini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan stilistikalar va
usullar tanlanadi, mashg‘ulotning tuzilishi va borishi oldindan o‘ylab olina Kerakli
ko‘rgazmali qurollar, o‘quv jihozlari tayyorlab qo‘yiladi, individual (shaxsiy) ta’lim
vazifalari aniqlanadi (shaxsiy beriladigan topshiriqlar, bolalarni javob berishga
chaqirish navbati belgilanadi).
2. Intellektual faoliyat bilan bandlikni to‘g‘ri taqsimlash (intellektual zo‘riqishni
oldindan belgilash). Tarbiyachi ta’limning rivojlantiruvchi tamoyiliga amal qilib,
bolalardan intellektual faollikni talab etuvchi, murakkab vazifalar beradi.
3. Mashg‘ulotning tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lishi.
Nutqni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishda ta’limning tarbiyaviy
jihati ham hisobga olinadi. Bolalar tomonidan ona tilini o‘rganish, uning boyligi,
jozibador jihatlarini bilib olish vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda yordam
beradi. Ijtimoiy-tarixiy hayot voqealari Alisher Navoiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek,
Bobur, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi va boshqalar haqidagi hikoyalar axloqiy
tuyg‘ular bilan bog‘liq bo‘lib, ular bolalarni ona-Vatanga muhabbat, baynalmilallik,
jamoaviylik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
4. Mashg‘ulotning ko‘tarinkilik xarakteriga egaligi. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin
bolalarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni, yangilikni bilib olishga bo‘lgan qiziqishni
vujudga keltirish kerak. Mashg‘ulot bolalarda qiziqish hissini uyg‘otishi kerak.
5. Ta’lim metodlarini mashg‘ulotning tuzilishiga ko‘ra tanlash.
Mashg‘ulotning tuzilishi oldindan aniq qilib belgilab qo‘yilishi kerak. Mashg‘ulotning
boshida yangi material bilan tanishtirishda oldingi mashg‘ulotlarda o‘rganilgan
materiallar esga olinib, uni bolalar tajribasi bilan bog‘lanadi.
6. Mashg‘ulotning barcha bosqichlarida har bir bolaning nutqiy faolligini o‘stirish.
"Nutqiy faollik" bolaning butun mashg‘ulot davomida hammaga eshitiladigan qilib
gapirishi emas, balki pedagogning va tengdoshlarining nutqini faol tarzda qabul qilishi
va uni tushunishidir. Imkoniyatga qarab ko‘proq bolalarning ovoz chiqarib gapirishlari,
faol gapirishlari uchun sharoit yaratib berish kerak.
7. Ta’limning jamoaviy xarakter kasb etishini bolalarga individual yondashuv bilan
birga olib borish. Ishning frontal shakli - bu umumiy topshiriqlar, umumiy ritm, xor


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

210

ISSN:3030-3621

bo‘lib javob berish va boshqalardir. Bular esa, o‘z navbatida, bolalarga beriladigan
alohida topshiriqlar bilan birga olib borilishi kerak. Tarbiyachi yakka (individual)
topshiriq va usullarni tanlashda bolaning bilim darajasi va nutqiy malakasini,
qiziqishini hisobga olishi kerak.
. 8. Mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkil etish. Nutq o‘stirish bo‘yicha mashqlar turli
sharoitlarda tuzilishi mumkin. Ko‘proq til o‘stirish mashqlari guruhda o‘rni kelganda
ham o‘tkaziladi. Shu bilan birga, qo‘g‘irchoq teatri, kinofilmlar, harakatli o‘yinlar va
boshqa mashg‘ulotlar zalda o‘tkaziladi. Mashg‘ulot vaqtidagi muhit estetik talablarga
javob berishi kerak.
9. Mashg‘ulot natijalarini hisobga olish. Bolalar bilimi mashg‘ulot jarayonining o‘zida
e’tiborga olinadi. Tarbiyachi mashg‘ulot vaqtida bola nutqini kuzatib, uning javobini
hisobga olib boriladigan daftarga qayd qilib qo‘yadi. Ayniqsa, dasturning murakkab
bo‘limi hisoblangan hikoya qilishga o‘rgatish bo‘yicha bolalarning javoblarini
kundalikka yozib boradi. Bunday hisobga olish tarbiyachi uchun kelgusi faoliyat
vazifalarini belgilab olishda yordam beradi.
10. O‘tilgan materialni boshqa mashg‘ulotlarda yoki boshqa faoliyatlarda
mustahkamlash. Bu talab didaktik tamoyillardan biri takrorlash tamoyiliga asoslangan.
Bu talabga amal qilish juda zarurdir. Chunki bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha olib
boriladigan ish jarayonida murakkab intellektual ko‘nikma va ilmiy tajribalar hosil
bo‘ladi. Bolalarga ona tilini o‘rgatish boshqa mashqlarda ham (dastlabki matematik
tasavvurlarni shakllantirish, musiqa, tasviriy faoliyat va hokazolarda) amalga
oshiriladi. Bu, o‘z navbatida, bolaning turli faoliyatlarini tashkil etishda nutqning roli
katta ekanligidan dalolat beradi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mashg‘ulotlar:

bolalar uchun qiziqarli, maqsadli, tizimli va tarbiyaviy bo‘lishi zarur;

faqat bilim emas, balki har tomonlama rivojlanishni ta’minlashi kerak;

tarbiyachi pedagog ijodkor, mehribon va pedagogik mahoratga ega bo‘lishi
lozim.

To‘g‘ri tanlangan mashg‘ulot mazmuni, shakli va metodlari orqali bolalar ongli,

faol, ijtimoiylashgan, mustaqil fikrlaydigan shaxs bo‘lib shakllanadi.
Yakun qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlar mazmuni,
shakllari va metodlari — bu pedagogik mahoratning mezoni, ta’lim sifati va bola
shaxsining rivojlanish garovidir. Har bir mashg‘ulot bolaning hayotidagi muhim
qadamlardan biridir. Demak, har bir tarbiyachi pedagog bu vazifani chin dildan, yuksak
mas’uliyat bilan ado etishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim davlat standarti

. – Toshkent,

2023.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

211

ISSN:3030-3621

2.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun

“Ilk qadam” o‘quv dasturi

. – Toshkent:

2022.

3.

Toshmuhamedova S.M., Xolboyeva N.O.

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi

. –

Toshkent: TDPU, 2021.

4.

Qurbonova Z.M., G‘aniyeva G.X.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan

pedagogik ishlar metodikasi

. – Toshkent: 2020.

5.

Matjonova D., Normurodova M.

Pedagogik texnologiyalar va interfaol

metodlar

. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.

6.

Jumayev A., Ashurova M.

Maktabgacha ta’lim psixologiyasi

. – Toshkent: 2019.

7.

Zunnunova Z.A.

Innovatsion pedagog texnologiyalar

. – Termiz: 2020.

8.

Vengrer L.A., Elkonin D.B., Zaporojets A.V.

Bolalar faoliyatining psixologik

asoslari

. – Moskva: Pedagogika, 1985.

9.

Smirnova E.O.

Psikhologiya doshkol'nika

. – Moskva: Akademiya, 2016.

10.

STEAM yondashuvi asoslari maktabgacha ta’limda

. – Toshkent: Innovatsion

rivojlanish vazirligi, 2022.

Ishtirokchi anketasi

Hudud

Qaraqalpaqstan Respublikası Nukus
shahri

Muallif F.I.SH

Baytileuova Gúlzar Maxset qızı

Ish joyi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Pedagogik Mahorat markazi
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus
ta’lim metodikasi kafedrasi

Lovozimi

katta o‘qituvchi

Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

yo‘q

Maqola, máruza nomi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
mashg‘ulotlar mazmuni, shakli va
metodlari.

Shóba nomi

Baǵlanish ushın telefon raqam

+99893866 4949

Elektron manzıl (e-mail)


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim davlat standarti. – Toshkent,

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” o‘quv dasturi. – Toshkent:

Toshmuhamedova S.M., Xolboyeva N.O. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –

Toshkent: TDPU, 2021.

Qurbonova Z.M., G‘aniyeva G.X. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan

pedagogik ishlar metodikasi. – Toshkent: 2020.

Matjonova D., Normurodova M. Pedagogik texnologiyalar va interfaol

metodlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.

Jumayev A., Ashurova M. Maktabgacha ta’lim psixologiyasi. – Toshkent: 2019.

Zunnunova Z.A. Innovatsion pedagog texnologiyalar. – Termiz: 2020.

Vengrer L.A., Elkonin D.B., Zaporojets A.V. Bolalar faoliyatining psixologik

asoslari. – Moskva: Pedagogika, 1985.

Smirnova E.O. Psikhologiya doshkol'nika. – Moskva: Akademiya, 2016.

STEAM yondashuvi asoslari maktabgacha ta’limda. – Toshkent: Innovatsion

rivojlanish vazirligi, 2022.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари