Mualliflar

  • Baytileuova Gu’lzar Maxset qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111907

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim ta’lim-tarbiya rivojlantiruvchi markaz rivojlantiruvchi muhit o’yin mustaqil faoliyat.

Annotasiya

 
Annotaciya:  Maqolada  maktabgacha  ta’lim  tashkilotida  tashkil  etilgan 
rivojlantirish  markazlarining  ta’lim  tarbiya    jaroyonidagi  ahamiyati,  vazifasi, 
rivojlantiruvchi  markazlarni  tashkillashtirish  va      rivojlantiruvchi  muhitni  yaratish  
haqida so'z boradi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

198

ISSN:3030-3621

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI TA’LIM-TARBIYA
JARAYONIDA RIVOJLANISH MARKAZLARINING AHAMIYATI.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Pedagogik Mahorat markazi Maktabgacha,

boshlang‘ich va maxsus ta’lim

metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Baytileuova Gu’lzar Maxset qizi


Annotaciya:

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan

rivojlantirish markazlarining ta’lim tarbiya jaroyonidagi ahamiyati, vazifasi,
rivojlantiruvchi markazlarni tashkillashtirish va rivojlantiruvchi muhitni yaratish
haqida so'z boradi.

Аннотация:

В статье обсуждаются важность и функция центров развития,

созданных в дошкольных образовательных организациях, в образовательном
процессе, организация центров развития и создание развивающей среды.

Annotation:

The article discusses the importance and function of development

centers established in preschool educational organizations in the educational process,
the organization of development centers, and the creation of a developmental
environment.

Kalit so’zlar:

Maktabgacha ta’lim, ta’lim-tarbiya, rivojlantiruvchi markaz,

rivojlantiruvchi muhit, o’yin, mustaqil faoliyat.

Ключевые слова:

Дошкольное образование, образование и воспитание,

развивающий центр, развивающая среда, игра, самостоятельная деятельность.

Keywords

: Preschool education, education and upbringing, developmental

center, developmental environment, game, independent activity.


Maktabgacha ta’lim bosqichi — bu bolaning individual qobiliyatlari, qiziqishlari

va salohiyati namoyon bo‘ladigan davrdir. Bolalar o‘yin faoliyati orqali dunyoni
o‘rganadilar. Shu sababli, zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimi rivojlantiruvchi
muhitni yaratishga alohida e’tibor qaratadi. Bunda asosiy o‘rin – rivojlantiruvchi
markazlarga tegishlidir. Rivojlantiruvchi markaz – bu bolalarning mustaqil faoliyat
yuritishiga imkon beruvchi, ularning yoshiga, ehtiyojlariga va qiziqishlariga mos
tarzda tashkil etilgan faoliyat zonasi.
Ular bolalarning:

aqliy rivojlanishi,

ijodkorligi,

nutq faoliyati,

jismoniy harakatchanligi,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

199

ISSN:3030-3621

shaxsiy sifatlari rivojiga xizmat qiladi.

O'zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

va

Maktabdagacha

ta'lim

Vazirligininig maktabdagacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish to'g'risidagi
qarorlariga muvofiq maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlarida 5 ta markaz tashkil
etilgan: ''Til va Nutq", ''Qurish, yasash va matematika", ''San'at", ''Fan va tabiat",
''Syujetli va rolli o'yinlar va sahnalashtirish" markazlaridir. Ushbu markazlar
tarbiyalanuvchilar har tamonlama rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega , chunki
bolalar markazlarda erkin faoliyat olib boradi. Bu bo‘lsa bolalarning bilim va
ko‘nlikmalarni yanada chuqurroq olishiga katta yordam beradi Tarbiyachi esa ularga
yordamchi hisoblanadi. Bu esa bolalarni nutqini, erkin fikrlashini, xotirasini, jismoniy
va ijtimoiy bilish kompitensiyalarini rivojlantiradi. Bolalar ongini rivojlantirishda
asosiy faoliyat turi bu o'yin hisoblanadi. O'yin orqali bola o'rgatilgan mashg'ulotni
xotirada tez va mustahkam saqlaydi.

Markazlarda ham bolalar bilan o'yin orqali ishlash muhim o'rin egallaydi.

Buning uchun biz pedagoglar markazlarni bolajonlar uchun qulay, chiroyli toza holda
jihozlab, barcha shart-sharoitlarni yaratib berishimiz lozim. Rivojlanish markazlaridagi
ta’lim jarayonida bolalarning o‘zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay
boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi
shunday faoliyat turlarini o‘ylab topadiki, unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsa-da,
biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o‘zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga
erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin.
Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan
kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallarni
o‘zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
rivojlanish markazlarini yaratish, ta’limga oid tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning
zarur omili hisoblanadi. Guruhda rivojlanish markazlarini yaratishda, maktabgacha
yoshdagi bolalarni rivojlantirishda, o‘yin faoliyatining yetakchi ro‘lini hisobga olib,
bu o‘z navbatida har bir bolaning emotsional holatini yaxshilaydi, ularning ijobiy his-
tuyg‘ularini, dunyoga, odamlarga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabat kompetensiyalarini
rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikda bo‘lish kabi maktabgacha ta’limning maqsadlari
amalga oshiriladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish,
rivojlantirish va tarbiyalash, davlat ta’lim siyosatining muhim vazifasidan biri
hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi ularning ijtimoiy
sezgirlik, kognitiv va jismoniy ehtiyojlarini kompleks rivojlantirishga qaratilgan. Bu
unga umri davomida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlari pedagoglari maktabgacha ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda asosiy
rolni o‘ynaydi, shu sababli ularga ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘z xizmatlarini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

200

ISSN:3030-3621

taqdim etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash muhim
ahamiyat kasb etadi.

“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiq, mavzuni loyihalash maktabgacha

yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan rivojlanish markazlarida ta’limga oid va
tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu pedagoglarga har bir
bolaning o‘ziga xosligi va takrorlanmasligini hisobga olgan holda o‘qitish va
tarbiyalashga yakka tartibda yondashishni amalga oshirish, ularning individual
qiziqishlari va ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Maktabgacha ta’lim
tashkiloti jamoasi o‘rni kelganda rivojlanish markazlarini tashkil etishda
tarbiyalanuvchilarning rivojlanishida, o‘yin faoliyatining yetakchi rolini e’tiborga
olish kerak.

Bu esa, o‘z navbatida, har bir bolaning emotsional rivojlanishini ta’minlaydi, u

holda ijobiy his-tuyg‘ularni shakllantiradi, dunyoga, insonlarga, o‘ziga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lish, turli sheriklik shakllariga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantiradi
- bu esa maktabgacha ta’limning asosiy maqsadlaridir.

Rivojlantiruvchi muhit

- bu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayotini

tashkil etishni ta’minlaydigan sanitariya-gigiyena, moddiy-texnik, psixologik,
pedagogik, estetik sharoitlar majmuidir. Rivojlantiruvchi muhit - rivojlantiruvchi,
tarbiyaviy, tashkiliy, rag‘batlantiruvchi, kommunikativ funksiyalarni bajarish uchun
zarur hisoblanadi. Pedagoglar har bir bolaning yoshi va rivojlanishining individual
xususiyatlarini hisobga olishi, ular uchun katta vazifalarni qo‘ymaslik uchun butun
guruhni bilishi lozim.

Guruhdagi rivojlanish markazlari maktabgacha yoshdagi bolalar uchun juda

zarur bo‘lib, jihozlangan rivojlanish markazlaridagi faoliyat bolalarning qiziqishlarini
yuzaga chiqarish, atrof-olamni mustaqil o‘rganish, atrof-olamni ijodiy nuqtai nazar
bilan aks ettirishga harakat qiladi.

Guruhdagi rivojlanish markazlari tarbiyachi uchun juda zarur hisoblanadi:

Birinchidan,

ular bolaning individualligini va maktabgacha bo‘lgan bolaning

yutuqlarini, rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda tarbiyachi uchun samarali yordamchi
vosita bo‘lib xizmat qiladi;

Ikkinchidan,

ular bolalarni faol, maqsadli va turli faoliyat turlarida ishtirok etishlarida

keng imkoniyatlarni yaratishni ta’minlaydi;

Uchinchidan,

rivojlanish markazlari tarbiyachi bolalar faoliyatini tashkil etishi uchun

maxsus joy sifatida xizmat qiladi va ta’lim-tarbiya jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Rivojlantirish markazlarida pedagogning vazifasi.

Pedagoglarning vazifasi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochish va ularni

rivojlantirishga ko‘maklashish uchun rivojlantirish markazlari va ulardagi vositalardan
foydalanishdir. Shu bois bu davrda maktabgacha ta’lim tashkilotida ushbu markazlarni


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

201

ISSN:3030-3621

to‘g‘ri jihozlashga alohida e’tibor qaratiladi, u holda bolaning ijodiy faoliyati
shakllanadi va rivojlanadi.

Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning turli innovatsion,

zamonaviy metodlari, shakllari va vositalaridan foydalanishi lozim. Maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida to‘g‘ri ishlab chiqilgan va jihozlangan rivojlanish markazlari
quyidagi vazifalarni bajaradi:
- mavzuni loyihalash, ta’lim-tarbiya faoliyatini olib borish jarayonida rivojlantirish
markazlari tarkibidagi barcha komponentlar (o‘yinchoqlar, jihozlar, ta’limga oid
materiallar) o‘zgartiriladi, yangilanadi va to‘ldiriladi;
- rivojlanish markazlari bolalarning kattalar bilan sheriklikdagi (shu bilan birga, turli
yoshdagi bolalar guruhi) faoliyatlarida o‘zaro uchrashish, bolalarning harakat faolligi,
shu bilan birga, bolalarning bir-birlariga yordam berish imkoniyatlarini ta’minlaydi;
- inklyuziv ta’limni tashkil etishda unga zarur shart-sharoitlar yaratish kerak;
- ta’limga oid-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda milliy-madaniy, iqlim sharoitlarini
inobatga olish maqsadga muvofiq.
Rivojlantirish markazlarini tashkil etishning asosiy talablari.

"Ilk qadam" davlat dasturini amalga oshirish hamda boshlang‘ich va

maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini
bajarishdir. Rivojlantirish markazlarida bir vaqtning o‘zida faol muloqot va bilish-
ijodiy faoliyatga tarbiyalanuvchilarni yakka tartibda, shu bilan birga, kichik (alohida)
guruhlarda jalb etish mumkin.

Rivojlantirish markazlaridagi yetakchi faoliyat - bu o‘yin bo‘lib, amaliyotchi

pedagoglarning bu faoliyatni keng qo‘llashga qiziqishi ortib bormoqda.
Rivojlantirish markazlari bola shaxsini rivojlantirish omili sifatida.

Rivojlantiruvchi muhit bolalarning yosh imkoniyatlari, jinsiy layoqatlari va

qiziqishlarini hisobga olgan holda yaratilishi va kun davomida bola o‘zi yoqtirgan
narsani topadigan tarzda tuzilishi kerak. Materiallarni, didaktik o‘yinlarni,
qo‘llanmalarni, bolalar adabiyotini tanlashda bolalarning turli darajadagi rivojlanish
xususiyatlarini hisobga olish va har bir bolaning ijobiy rivojlanishi uchun zarur ishlarni
amalga oshirishga ko‘maklashish kerak.

Bolalar bog‘chasida rivojlanish muhiti - nafaqat bolalarni keyingi ta’limga

tayyorlaydigan alohida mavzuli (tematik) burchaklar va zonalar majmuasi, balki
bolaning "yashash joyi" bo‘lib, bola deyarli kundalik vaqtining zarur qismini o‘sha
yerda o‘tkazadi va g‘oyalarini, qiziqishlarini amalga oshiradi. Atrof-muhit va qulay
xavfsizlikka, eng yaxshi qulaylikka guruhning ichki qismining uy sharoiti bilan
o‘xshashligi orqali erishiladi. Bu davlat tashkilotlari ta’siri ostida yuzaga keladigan
stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi, xavfsizlik, ishonch hissini yaratadi, bolaning
muvaffaqiyatli, shaxsiy va intellektual rivojlanishi uchun asos bo‘lgan ijobiy hissiyot
kayfiyati paydo bo‘lishi va mustahkamlanishi uchun sharoit yaratadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

202

ISSN:3030-3621

Guruh maydoni maktabgacha yoshdagi bolalarga bir vaqtning o‘zida bir-biri bilan
bog‘lanmasdan turli faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini berishi kerak. Alohida
markazlar bir-biridan bo‘limlar, bo‘shliqlar bilan ajratilishi mumkin. Alohida
markazlar bolaga o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulotni tanlashga yordam beradi va boshqa
mashg‘ulotlarga e’tiborni chalg‘itmasdan, kerakli resurslar, o‘yinchoqlar tufayli unga
doimiy qiziqishni saqlab qoladi. Alohida markazlarning joylashuvi bir faoliyatdan
ikkinchisiga silliq o‘tishga hissa qo‘shishini yaxshilash hisoblanadi. Kognitiv
qobiliyatlarni rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi obyektlar turli funksional
bo‘shliqlarda joylashganligi uchun puxta o‘ylangan holda yaratilishi kerak.

Ta’limni modernizatsiya qilish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

rivojlantirish markazlaridan foydalangan holda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
masalasi bugungi kunda juda dolzarbdir. Bu boshlang‘ich va maktabgacha yoshdagi
bolalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat talablari va "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi
amalga oshirilishi hamda ta’limning o‘quv-intizomiy modelidan shaxsga yo‘naltirilgan
modeliga o‘tish bilan bog‘liq.

"Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi asosida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv

usulida ta’limga oid jarayonni tashkil etish. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv
bolalarning real shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari ro‘yobga chiqariladigan, bolalar
tomonidan shaxsiy tajriba va bilimlar samarali to‘planadigan ta’lim muhitini yaratishni
o‘z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tizimi qayta qurila boshlandi - avtoritar tizimdan
pedagogik jarayonni qurishning shaxsga yo‘naltirilgan modeliga o‘tilmoqda.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv - bu pedagogning e’tiborini bolaning ajralmas
shaxsiga, uning nafaqat intellektual qobiliyatlari va fuqarolik mas’uliyati hissini
rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborini, balki hissiy, estetik, ijodiy qobiliyatlari va
rivojlanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan psixik shaxsni rivojlantirishga qaratishdir.
Ta’limning asosiy qadriyatining bunday e’tirof etilishi shaxsning o‘ziga xos
shakllanishi hisoblanadi. Biz har bir bolaga uning xususiyatlari, hayotiy qadriyatlari,
intilishlarini aniqlash asosida o‘z rivojlanish yo‘llarini tanlash huquqini berishimiz
kerak.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim faollik markazida tarbiyalanuvchining o‘zi, ya’ni

bolani shaxs sifatida - uning istaklari, niyatlari, maqsadlari, kam uchraydigan kichik
hayotiy tajribasi ekanligi taxmin qilinadi. Shu yondashuv bilan ta’lim jarayoni
"bilimlarni kattalardan bolaga o‘tkazish" modelidan "bola tashabbuslari
ma’qullanadigan va bola ta’lim jarayonida faol ishtirok etadigan" modelga
yo‘naltirilishi kerak.

Rivojlantirish markazlariga qo‘yiladigan talablar:
Rivojlantirish markazlarini tashkil etish guruhning, shu jumladan, an’anani

amalga oshirish uchun moslashtirilgan tashkilotga tutash yoki qisqa masofada
joylashgan hududda (keyingi o‘rinlarda - joylarda) ta’limni maksimal darajada sifatli


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

203

ISSN:3030-3621

amalga oshirishni ta’minlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har bir yosh
bosqichining xususiyatlariga muvofiq rivojlantirish, ularning sog‘lig‘ini muhofaza
qilish va mustahkamlash, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish va
kamchiliklarini tuzatish uchun materiallar, jihozlar ta’minoti;
- rivojlanish markazlari bolalarning (turli yoshdagi bolalar) va kattalarning aloqasi va
birgalikdagi faoliyati, bolalarning motor faolligi, shu bilan birga, yolg‘iz
bo‘lib ijod qilish uchun imkoniyatlarni ta’minlashi kerak.
Maktabgacha yosh - bu shaxs rivojlanishining alohida asosidir. Bu davrda ko‘plab
omillar ta’sirida bolaning qobiliyatlari, ko‘nikmalari va kelajakdagi xarakteri
shakllanadi. Bolaning yonida bo‘lgan kattalarning vazifasi rivojlanayotgan bolaga har
tomonlama qulay muhit yaratishdir.

Rivojlantiruvchi markazlar deyarli har kuni faoliyat yuritadi. Bolalar markazlar

orasida erkin harakatlanadi. Markazlarning har birida o‘tkaziladigan vaqt har bir bola
uchun turlicha bo‘lishi mumkin. Agar bolalar o‘yin bilan shug‘ullansa, materiallardan
ijodiy foydalanishadi va ma’lum bir faoliyatda ko‘proq vaqt sarflab, bir markazdan
ikkinchisiga kamroq harakat qilishadi. Shunday qilib, rivojlanish markazlarida o‘yin
va o‘yin faoliyatini tashkil etish bolalarning yosh imkoniyatlari va qiziqishlarini
hisobga olgan holda yaratiladi va bola kun davomida qiziqarli o‘yin faoliyatini
topadigan tarzda loyihalashtiriladi. Didakti k materiallar, o‘yinlar, qo‘llanmalar va
bolalar adabiyotlarini tanlashda bolalarning ko‘p bosqichli rivojlanishining o‘ziga xos
xususiyatlari hisobga olinadi, bu esa har bir bolaning rivojlanishida ijobiy rivojlanish
uchun zarur "tuzatishlar" kiritishga yordam beradi.

Xulosa o‘rnida shuni takidlash joizki, maktabgacha ta’lim muassasalarida

rivojlantiruvchi markazlarning tashkil etilishi – bu zamonaviy ta’limning ajralmas
qismidir. Ular bolalarni bilim bilan to‘ldiribgina qolmay, balki ularni o‘z
qobiliyatlarini mustaqil ravishda namoyon etishga, hayotiy tajriba orttirishga
yo‘naltiradi. Har bir tarbiyachi rivojlantiruvchi markazlar orqali bolalar hayotiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi, ularning intellektual va ruhiy rivojiga zamin yaratishi mumkin.

Foydalangan adabiyotlar.

1.

Davlat maktabgacha ta’lim standarti – MTTda o‘quv-tarbiya jarayonining mazmuni
va shakllarini belgilaydi (2020-yil).

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4312-son qarori – “Maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

3.

“Maktabgacha ta’lim metodikasi” – Tahrir: G. O. Vohidova, T., 2021
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar,
rivojlantiruvchi faoliyatlar va markazlar haqida ma’lumotlar berilgan.

4.

"Maktabgacha ta'limda integratsiyalashgan yondashuv" – M. Qodirova, T., 2020
Har xil rivojlantiruvchi markazlarni uyg‘unlashtirib, bolalarni har tomonlama
rivojlantirishga doir metodik yondashuvlar.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

204

ISSN:3030-3621

5.

“O‘yin orqali ta’lim berish metodikasi” – Z. Eshonqulova, T., 2019
Faoliyat turlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar, markazlar asosidagi ta’lim.

6.

“Maktabgacha ta’lim tizimida rivojlantiruvchi muhit yaratishning pedagogik
asoslari” –

Ilmiy-amaliy jurnal: Ta’lim va rivojlanish, 2023-yil 1-son.

7.

“Rivojlantiruvchi markazlar orqali bolalarni erkin fikrlashga o‘rgatish” –

Bolalik

olami jurnali, 2022-yil 3-son.

8.

“Innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda rivojlantiruvchi
markazlar faoliyati” –

O‘zDJTU ilmiy to‘plami, 2021.

9.

www.mdo.uz – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligining rasmiy
sayti (me’yoriy hujjatlar, yangiliklar, metodik qo‘llanmalar).

Ishtirokchi anketasi

Hudud

Qaraqalpaqstan Respublikası Nukus
shahri

Muallif F.I.SH

Baytileuova Gúlzar Maxset qızı

Ish joyi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Pedagogik Mahorat markazi
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus
ta’lim metodikasi kafedrasi

Lovozimi

katta o‘qituvchi

Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

yo‘q

Maqola, máruza nomi

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi
ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlanish
markazlarining ahamiyati.

Shóba nomi

Baǵlanish ushın telefon raqam

+99893866 4949

Elektron manzıl (e-mail)


Bibliografik manbalar

Foydalangan adabiyotlar.

Davlat maktabgacha ta’lim standarti – MTTda o‘quv-tarbiya jarayonining mazmuni

va shakllarini belgilaydi (2020-yil).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4312-son qarori – “Maktabgacha

ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

“Maktabgacha ta’lim metodikasi” – Tahrir: G. O. Vohidova, T., 2021

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar,

rivojlantiruvchi faoliyatlar va markazlar haqida ma’lumotlar berilgan.

"Maktabgacha ta'limda integratsiyalashgan yondashuv" – M. Qodirova, T., 2020

Har xil rivojlantiruvchi markazlarni uyg‘unlashtirib, bolalarni har tomonlama

rivojlantirishga doir metodik yondashuvlar.

“O‘yin orqali ta’lim berish metodikasi” – Z. Eshonqulova, T., 2019

Faoliyat turlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar, markazlar asosidagi ta’lim.

“Maktabgacha ta’lim tizimida rivojlantiruvchi muhit yaratishning pedagogik

asoslari” – Ilmiy-amaliy jurnal: Ta’lim va rivojlanish, 2023-yil 1-son.

“Rivojlantiruvchi markazlar orqali bolalarni erkin fikrlashga o‘rgatish” – Bolalik

olami jurnali, 2022-yil 3-son.

“Innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda rivojlantiruvchi

markazlar faoliyati” – O‘zDJTU ilmiy to‘plami, 2021.

www.mdo.uz – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligining rasmiy

sayti (me’yoriy hujjatlar, yangiliklar, metodik qo‘llanmalar).

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари