Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
9
ISSN:3030-3621
INGLIZ TILIDA TINGLAB TUSHUNISH KONIKMALARINI
SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI
Alimova Gulhumor Davlatovna
Xo’jaobod tumani politexnikumi
ingliz tili fani o’qituvchisi.
Annotatsiya:
Chet tili oʻqituvchilaridan til oʻqitishda talab etiladigan shaxsiy
hamda ilmiy pedagogik malakadan tashqari foydalanadigan interfaol metodlar va
ularning innovatsion yangi samarali ta’lim tizimini rivojlantirishdagi oʻrni ochib
berilgan. Xususan xorijiy til koʻnikmalarini shakllantirishdagi 4 ta aspekti (oʻqish,
eshitib tushunish, yozish hamda gapirish koʻnikmalarini) oʻqitishda samarali natijaga
erish koʻzda tutilgan. Shuningdek, til oʻrganishning psixologik jihatlariga ham eʻtibor
berilib, ushbu maqolada yangi takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
tarbiyaviy funksiya, interfaol topshiriqlar, CEFR, IELTS, PIRLS,
PISA, didaktik tizimlashtirish.
KIRISH
Hozirgi kunda yurtimizda xorijiy tillarni oʻrgatish va oʻqitishga boʻlgan
ahamiyat kundan-kunga ortib bormoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2012- yil 10-dekabrdagi PQ-1875 “Chet tillarni oʻrganish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori chet tillarini oʻrganish
imkoniyatlarini kengaytirdi19. Respublikamizda chet tilining oʻqitilishi, xorijiy tili
oʻqituvchilarining bilim va koʻnikmalarini baholashning umumyevropa mamlakatlari
tavsiyanomalari (CEFR, IELTS, PIRLS, PISA) ga mos ravishda yangi usul va talablari
ishlab chiqildi. Unga koʻra, umumta’lim maktablaridagi oʻquvchilar uchun darsliklar,
oʻquv materiallar yaratilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda ta’lim sifatini
oshirish, xorijiy tillarni oʻqitishni rivojlantirish, oʻquvchi yoshlarning xorijiy tillarni
oʻrganish boʻyicha koʻnikma va malakalarini oshirish davlat siyosatining ta’lim
sohasidagi ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Xususan, kasbiy ta’lim tizimida
mustaqil fikrlay oladigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy
dunyoqarashga ega,Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun ma’suliyatni oʻz
zimmasiga oladigan yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish bugungi kun
pedagoglarining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yurtimizda zamonaviy pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda oʻqitishning ilgʻor
uslublarini joriy etish yoʻli bilan oʻsib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga oʻqitish,
shu tillarda erkin soʻzlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish hamda buning negizida ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda
dunyo axborot resurslaridan keng koʻlamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
10
ISSN:3030-3621
muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinmg «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (PQ-1875-sonli) qarori//»Ma’rifat»
gazetasi, 2012 yil 12 dekabr.
Ushbu maqolaning asosiy koʻzlangan maqsadi, oʻquvchilarning xorijiy tillarni,
xususan, ingliz tilidagi asosiy koʻnikmalardan oʻqib tushunish va tinglab tushunish
koʻnikmalarini zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish orqali oʻquvchilarning
bilim va koʻnikmalarini hamda tushunish qobiliyatini shakllantirishda oson va
qiyinchiliklarsiz tez oʻrgatish usuli hisoblanadi hamda oʻqituvchilarning ilgʻor
tajribalarini oshirish uchun berilgan maqolalar muhim hisoblanadi.
Oʻqish ikkinchi til ya’ni xorijiy tilni oʻrganishda matnlar bilan ishlash va u orqali
oʻrganuvchining loʻgʻat boylini oshirishda juda muhim omil hisoblanadi. Oʻqish
oʻquvchilarning ikkinchi til bilan tanishish imkonini beradi va tilni oʻzlashtirishni
yanada muvaffaqiyatli qiladi. Oʻqish jarayonida lugʻat, grammatika va tinish belgilari
ham yaxshilanadi. Oʻquvchilarning oʻqish koʻnikmalarini oshirish uchun oʻqituvchi
qila oladigan har qanday yoʻl hamda metod juda ahamiyatga ega boʻlib, butun olamga
hamda oʻquvchini oʻrab turgan atrof-muhitni oʻrganishda koʻplab yangi mavzularni
tanishtirishning ajoyib usuli boʻla oladi desak xato boʻlmaydi. Chunki, oʻqituvchi
oʻquvchilar tilni oʻrganishida ishlatadigan matnlar “haqiqiy” material va real voqealar
asosida shakllantirilgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida oʻquvchida ham til oʻrganish
koʻnikmasini shakllantiradi hamda yangi ma’lumotga, bilimga ega boʻlish imkonini
beradi. Ular oʻqigan matnlar oʻzlarining bilim darajasida mos boʻlishi kerak, shunda
ular materialni yetarlicha tushunishlari mumkin. Oʻquvchi matnlarni oʻqiyotgan
vaqtda, u matndagi maxsus ma’lumot yoki belgilarni, xususan, yillar, joy nomlari,
sanalar, ismlarni qayd qilib olishi, zamonaviy tilda aytganimizda ongida skanerlab
olishi kerak hamda koʻz yugurtirib oʻqib chiqib, matnning asosiy gʻoyasi nimadan
iborat ekanligini tahlil qilishi kerak. Oʻqib tushunishda shu asosiy 3 ta texnika: matnni
skanerlash, ya’ni bunda hijjalab oʻqib, zaruriy belgilarni qayd qilib borish; ikkinchisi
matnni tezda koʻz yugurtirib oʻqib, matnning mazmun-mohiyatini nima ekanligini
aglash; uchinchisi esa matnni batafsil (detallab) oʻqish, ya’ni matnda berilgan barcha
ma’lumotlarni oʻrganib, mazmunini yoritib berish muhim sanaladi. Qaysi texnikani
qoʻllashi ular matndan nimani olishni xohlashlariga bogʻliq boʻladi.
Oʻqishni oʻrgatishning koʻplab tamoyillari mavjud. Bu passiv koʻnikma emas,
balki faol boʻlib, muvaffaqiyatga erishish uchun siz soʻzlar va dalillarni tushunishingiz
kerak va agar kerak boʻlsa siz ular bilan ishlashingiz kerak boʻladi. Bu degani, matnlar
ustida oʻquvchi ishlar ekan tushunish, tahlil qilish, yangi soʻzlar bilan tanishish hamda
yangi ma’lumotga ega boʻlish imkonin yaratadi. Oʻquvchilar undan foyda olish uchun
oʻqiyotgan narsalari bilan shugʻullanishlari kerak, unga oid vazifalarni bajarishlari
kerak boʻladi. Ularni faqat tilga emas, balki oʻqish matnining mazmuniga javob
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
11
ISSN:3030-3621
berishga undash kerak. Oʻqishda bashorat ham asosiy omil hisoblanadi. Tinglash
malakasini mashq qilishning asosiy sabablaridan biri shundaki, ular faqat oʻquvchini
tinglashdan koʻra, tilning turli xil variantlari va urgʻulariga duchor boʻladilgan til
toʻsiqlari bilan tanishish imkonin beradi. Oʻquvchilarning darajasiga qarab, oʻqituvchi
ularni ingliz tilining ma’lum bir variantini tinglashga majbur qiladi. Asosiy gʻoya
ularni tinglashga oid ovozli tasma orqali ingliz tilida ogʻzaki nutqqa oʻrgatishdir.
Oʻquvchilar tilni ongsiz ravishda tegishli ovozli tasmalarni tinglashda egallaydilar va
nafaqat grammatika va lugʻatni, balki talaffuz, ritm, intonatsiya, balandlik va urgʻuni
ham yaxshilaydilar.
Oʻquvchilar tinglayotgan ovozli tasmalar ularning til bilish darajasi va faolligiga
bogʻliq. Turli ovozli tasmalarni tinglash sinfga turli xil nutqlarni olib keladi va
oʻquvchilarni turli mavzularda fikr yuritishga va gapirishga undash uchun
oʻqituvchidan har xil mavzudagi va oʻquvchiga oson tushunadigan ovozli ovozli
tasmalarni topish vazifasini yuklaydi. Ushbu harakatlar ovozli tasmaning tezligi tufayli
oʻquvchilarni vahima qoʻzgʻatishi mumkin va shuning uchun ma’lum bir moslashish
davri boʻlishi kerak, ya’ni ushbu ovozli tasmani bir marta emas bir necha marotaba
quyib berish kerakki, toki oʻquvchida qanday ma’lumot haqida gap borayotganini
anglash uchun moslashi kerak boʻladi.
Tinglashni oʻrgatishda 6 ta tamoyil mavjud.
Birinchisi, harakatni buzmaslik uchun sifatli boʻlishi kerak boʻlgan magnitafon
yoki ovozni uzatuvchi qurilma.
Ikkinchi tamoyil - bu oʻquvchilar uchun ham, oʻqituvchi uchun ham muhim
boʻlgan tayyorgarlik.
Uchinchi tamoyil: oʻquvchilar imkon qadar koʻproq tushunishlari uchun yozuv
ikki yoki uch marta ijro etilishi kerak.
Toʻrtinchi tamoyil - oʻquvchilarni faqat tilga emas, balki tinglash kontekstiga
javob berishga undash kerak.
Beshinchi tamoyil shundaki, tinglashning turli bosqichlari turli xil tinglash
vazifalarini talab qiladi, ya’ni birinchi tinglashda ular umumiy gʻoyani olishlari va
keyinchalik tinglash tafsilotlarga eʻtibor qaratishlari uchun vazifa juda sodda boʻlishi
kerak.
Oltinchi tamoyil - yaxshi oʻqituvchilar tinglash matnlaridan toʻliq
foydalanadilar. Ushbu tinglash koʻnikmasiga oid audiomatn oʻquvchining diqqatini
jamlashni va chalgʻituvchi iboralaraga koʻproq eʻtibor berishni talab etadi.
Ushbu koʻnikmalarning har birining ahamiyati juda katta. Shuning uchun ham,
oʻqituvchi oʻz darslarida oʻqib tushunish va tinglab tushunish koʻnikmalarini oʻz ichiga
olishiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu amalda boʻlishi va shakllantirib borish, tajriba
sifatida darslarda namoyon boʻladi. Ushbu maqolada til koʻnikmalarini oʻrgatish va
mashq qilishda sizga yordam beradigan ba’zi usullarni tasvirlab beradi. Biroq, har bir
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
12
ISSN:3030-3621
oʻqituvchi va har bir sinf oʻziga xos boʻlib, ushbu koʻnikmalarni oʻrgatishda yordam
beradigan oʻz yoʻllarini va metodlarini tanlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinmg «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (PQ-1875-sonli) qarori//»Ma’rifat»
gazetasi, 2012 yil 12 dekabr.
2.
Susannah Reed with Kay Bentley. Guess what! Grade 4. Studentʻs book. p 9.
3.
Joanna Kosta, Melaniye Williams. Prepare. Studentʻs.