Mualliflar

  • Sarboyeva Mufarrax Nurmatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111944

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: voyaga yetmaganlar deviant xulq-atvor diagnostika ijtimoiy funksiya jinoyatchilik ijtimoiy norma o'smir profilaktika.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Deviant  xulq-atvor  turlariga  kiruvchi  ichkilikbozlik, 
giyohvandlik,  o'z-o'zini  o'ldirish  bilan  bog'liq  ijtimoiy  illatlarning  har  biri  yuzaga 
kelishi  va  ijtimoiy  oqibatlariga  ko'ra  mohiyatan  turli  jihatlarga  ega.  Deviant  hulq-
atvorning eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning vositalari, shakllari va usullarini 
aniq belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga maqsadga qaratilgan tashkiliy 
ta‘sir  ko‘rsatishdir.  Huquqiy  tarbiyani  oldini  olish  imkoniyatlari  tiyishning  boshqa 
vositalariga  qaraganda  ancha  samaraliroqdir. Chunki  huquqiy  profilaktika  choralari 
odatda, birmuncha kechikadi va qilmish sodir etilgandan keyin amal qila boshlaydi.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

169

ISSN:3030-3621

VOYAGA YETMAGANLARNING XULQ-ATVORI PROFILAKTIKASI

Sarboyeva Mufarrax Nurmatovna

Xo’jaobod tumani politexnikumi psixologi.


Annotatsiya:

Deviant

xulq-atvor

turlariga

kiruvchi

ichkilikbozlik,

giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish bilan bog'liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga
kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko'ra mohiyatan turli jihatlarga ega. Deviant hulq-
atvorning eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning vositalari, shakllari va usullarini
aniq belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga maqsadga qaratilgan tashkiliy
ta‘sir ko‘rsatishdir. Huquqiy tarbiyani oldini olish imkoniyatlari tiyishning boshqa
vositalariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Chunki huquqiy profilaktika choralari
odatda, birmuncha kechikadi va qilmish sodir etilgandan keyin amal qila boshlaydi.

Kalit so'zlar:

voyaga yetmaganlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, ijtimoiy

funksiya, jinoyatchilik, ijtimoiy norma, o'smir, profilaktika.

KIRISH

Voyaga yetmaganlarning deviant hulq-atvori katta yoshdagilarning og‘ma hulq-

atvori qonuniyatlariga muvofiq emasligini qayd etish zarur. Jumladan, kriminologiya
umum tomonidan qabul qilingan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan
buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor
normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan
yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalariga zid bo‘lgan maxsus qadriyatlar
tizimi mavjudligi bilan izohlanadi. Va shu sababli jinoyatchilikni, eng avvalo,
professional jinoyatchilikni tahlil qilish asosial submadaniyat nazariyasiga asoslanadi.
Biroq, voyaga yetmaganlarga tadbiqan bunday yondashuv hamisha ham to‘g‘ri emas.
Masalan, ko‘pincha o‘smir sodir etilgan qilmishni inkor etmagan holda, o‘z aybiga
iqror bo‘lmaydi yoki o‘zi prinsip jihatidan inkor etmaydigan huquqiy taqiqni buzadi.
Ayni vaqtda, ayrim ekspertlar diqqat-e‘tiborni hozirgi vaqtda deviant hulq-atvor
guruhiga ko‘proq moddiy jihatdan o‘ziga to‘q oilalarning bolalari va o‘smirlari tushib
qolishiga qaratadilar.

Umuman olganda, “bugungi kunda jamiyatning qaysidir qatlamlaridan biri,

deviant hulq-atvordan himoyalangan, deb bo‟lmaydi, hat bir o‟smir ta‟sirga va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

170

ISSN:3030-3621

bog’liqlikka duch keladi. Moddiy jihatdan yetarlilik, ota-onalarning yuqori ijtimoiy
mavqyei bolalarning ijtimoiy normalarga rioya qilishning kafili bo‟la olmaydi”.

ADABIYOTLAR TAHLILI

VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Voyaga

yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi obyektiv ochib berildi. Ibn Sino
yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Giddens E. Sotsiologiya. kitobi
mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida ommaviy axborot

vositalari orqali tashviqiy-ma‘rifiy ishlarni olib borish muhimdir. Jamoatchilik fikri
so‘rovi ma‘lumotlari bo‘yicha televideniye o‘smirlar va yoshlar uchun axborot
olishning afzalrok manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy reklamaning roli
o‘sadi. Ijtimoiy reklama o‘z takliflari bilan ―mehnatni rag‘batlantiradigan, ijobiy
maqsadlarga erishish uchun inson faoliyati motivatsiyasini kuchaytiradi. Reklama
ijtimoiy qadriyatlarni yoyadi va targ‘ib qiladi. U mamlakatlar va xalqlarning yashash
tarzini, andozalarini shakllantirishga ko‘maklashadi… Reklamaning ijtimoiy
funksiyasi turmush tarzi targ‘ib qilinishini ham nazarda tutadi. Deviant hulq-atvorning
eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning vositalari, shakllari va usullarini aniq
belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga maqsadga qaratilgan tashkiliy ta‘sir
ko‘rsatishdir. Huquqiy tarbiyani oldini olish imkoniyatlari tiyishning boshqa
vositalariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Chunki huquqiy profilaktika choralari
odatda, birmuncha kechikadi va qilmish sodir etilgandan keyin amal qila boshlaydi.
Oldini olish bilan bog‘liq huquqiy choralar ishlashi uchun u bolaning ongiga
qo‘yilishi, uning e‘tiqodi, tajribasining bir qismiga aylanishi kerak. Buni aniq
maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan erishish mumkin. Bizga
ma‘lumki jamiyatimizda sodir qilinayotgan ko‘plab jinoyatlar, jumladan voyaga
yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqaruvchi
omillarni o‘rganishda voyaga yetmagan jinoyatchilarning ma‘naviy-ahloqiy
shakllanishiga ta‘sir etuvchi salbiy holatlarni tahlil qilish ham alohida ahamiyat kasb
etmoqda. Jumladan, oilada yoki ko‘cha-ko‘yda turli xil ahloqsiz xattiharakatlarning
guvohi bo‘lgan o‘smir, ahloqsizlik jinoyatlarini ham sodir qilishga qo‘l uradi. Bunday
jinoyatlar qatoriga voyaga yetmagan o‘smirlar tomonidan nomusga tegish hollarini
ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, bunday jinoyatlarning
kelib chiqish sabablari, tub mohiyati nimada? Shu o‘rinda biz ushbu jinoyatlarning
sodir etilishidagi shartsharoitlarga, sabablarga to‘xtalib o‘tamiz. Voyaga yetmaganlar
tarbiyasi bilan juda ko‘pchilik shug‘ullanadi. Bular - ota-onalar, oilani katta yoshdagi
boshqa a‘zolari, maktabgacha bo‘lgan, maktab o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari
muassasalaridagi o‘qituvchilar jamoat tashkilotlari va boshqalardir. Darhaqiqat, ana
shu voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ular


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

171

ISSN:3030-3621

tarbiyasidagi ta‘siri kelajakda o‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Oilalardagi ota yoki ona ichuvchi
yoki ma‘naviy ahloqsizlik bilan ajralib turadi. Bunda nazarimizda voyaga yetmaganlar
tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning oldini olish
birinchi navbatda oila ahloqini qadriyatlarimizga moslashtirishdan boshlashga to‘g‘ri
keladi. Shu o‘rinda turli xil huquqshunos olimlarning bu boradagi turlicha qarashlari
mavjud bo‘lib, bularning barchasi voyaga yetmaganlar tomonidan ahloqsizlik
xattiharakatlarini sodir qilishga oilani roli muhimligi haqida so‘z yuritiladi. Jumladan,
V.Ya.Rubalskaya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 47 % voyaga
yetmaganlar huquqbuzarligi ota onaning salbiy ta‘siri yoki befarqligining, 14,8 %
oilada hamjihatlik yo‘qligining, 38,3% ota yoki onani yo‘qligining, 23,5 %
kattalarning loqaydligi tufayli jinoyat sodir etishning asosini tashkil etadi.

O‘smir yoshdagilarga xos xususiyat shundaki, tashqi jihatdan va o‘z da‘volariga

ko‘ra bu katta yosh, ichki xususiyatlari va imkoniyatlariga ko‘ra esa, ular hali bola.
O‘smirlarning erkalashga, o‘ziga e‘tibor berilishiga moyilligi, o‘yin qaroqligi mana
shu bilan bog‘liq. Shu bilan birga o‘smirlarda o‘zining katta yoshli bo‘layotganligini
his etish bilan birgalikda ong, o‘z qadrqimmatini his etish, jinsiy mansubligini anglash
uyg‘onadi va faol shakllanadi. O‘smirlik yoshi o‘zida har xil ruhiy jarohat
yetkazadigan omillar ta‘siriga tutish xavfi yuqori darajada bo‘lgan shart-sharoitlar
jamini ham ifodalaydi. O‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar ma‘lumotlar buyicha ota-
onalar o‘rtasidagi urush-janjallar, o‘smirning nuqtainazariga ko‘ra ularda o‘smirni va
atrofdagilarni kamsitadigan nuqsonlarning mavjudligi, o‘smirga nisbatan
haqoratlovchi munosabat bo‘lish, unga ishonmaslik yoki uni hurmat qilmaslik mana
shunday kuchli ta‘sir ko‘rsatadigan omillardandir.

Bularning barchasi bolalar va o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonini

qiyinlashtiradi va mana shu asosda ularning hulq-atvorida har xil chetga chiqishlarni
keltirib chiqaradi.

O‘smir huquqlari o‘zida butun insoniyatning qadr-qimmatini mujassam etadi.

Bu degani bolalik - inson shaxsining rivojlanishida noyob, muhim davr demakdir.
Inson huquqlari avvalo, bolalar huquqlaridan boshlanadi. Har qanday jamiyat va
barcha insoniyatning kelajagi o‘ta yuqori darajada yosh avlodning moddiy va jismoniy
rivojlanish darajasiga, uning inson huquqlarini shaxs va jamiyat hayotidagi roli va
ahamiyatini tushunishiga, shuningdek, o‘z taqdiri hamda o‘z harakatlari uchun
ma‘suliyatiga bog‘liq.

XULOSA

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat poydevori qurilmoqda. Bunda

davlat qurishni huquqiy savodxon, huquq madaniyatini mustahkam egallagan yosh
avlod amalga oshiradi. Buyuk davlatni qurish uchun barkamol inson tarbiyalanmog‘i
zarur. Shu sababli yoshlarni huquqiy davlat tizimi va mohiyatini chuqurroq anglashi,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

172

ISSN:3030-3621

qonun asoslarini bilishi, qonun hurmat qilishi, ularga so‘zsiz bo‘ysunishi madaniyatiga
ega bo‘lishi ruhida tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasidir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Abdurasulova. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish
muammolari. ―Qonun himoyasida‖ T. №1. 2001y.

2.

Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для
вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004.

3.

Giddens E. Sotsiologiya. Toshkent – Sharq, 2002.

4.

B.A.Aliyev.,

G‘.Rafiqov.,

T.Sultonov.,

M.Mullajonova.,

B.Rahmonov.

Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2005,120-127 b

5.

http// www.sociologu.ru.

Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Abdurasulova. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish

muammolari. ―Qonun himoyasida‖ T. №1. 2001y.

Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для

вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004.

Giddens E. Sotsiologiya. Toshkent – Sharq, 2002.

B.A.Aliyev., G‘.Rafiqov., T.Sultonov., M.Mullajonova., B.Rahmonov.

Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2005,120-127 b

http// www.sociologu.ru.