Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
266
ISSN:3030-3621
NIYAT BILAN POKLANISH SIZRLARI
Mamadaliyev H. Y
Andijon iqtisodiyot va pedagogika unversiteti
“Iqtisodiyot va pedagogika” fakulteti
“Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti
husaynmuhammadaliy638@gmail.com
Tel: +998907727715
ANNOTATSIYA:
Mazkur maqolada insonning e’tiqod hamda faoliyat birligini yoritib berishga
harakat qilindi. Shuningdek, insonlar o‘zaro munosabatda faqat yaxshilik bilan
muomala qilishlari lozimligi ta’kidlandi. Bu manodagi eslatmalar dinimizning
muqaddas manbalarida bir necha bor keltirilgan. U eslatmalarga amal qilish, bizlarni
ham ruhiy, ham jismoniy maqomlarga yetaklashi shubhasizdir.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье предпринята попытка пролить свет на единство
человеческих убеждений и деятельности. Также было подчеркнуто, что люди
должны относиться друг к другу только с добротой. Упоминания об этом
значении неоднократно встречаются в священных источниках нашей религии.
Следование этим напоминаниям, несомненно, приведет нас как к духовному, так
и к физическому состоянию.
ANNOTATION:
This article attempts to shed light on the unity of human belief and activity. It
also emphasizes that people should treat each other only with kindness. Reminders to
this effect are mentioned several times in the sacred sources of our religion. There is
no doubt that following these reminders will lead us to both spiritual and physical
statuses.
Kalit so‘zlar;
Nur, zulmat,
do‘st, valiy, ishboshi, g‘amxo‘r, g‘amxo‘r, Iymon,
kufr, tog‘ut, shayton, johiliyat
,
oqibat, mo‘min-mo‘minalar, farishta, duo,
qarich, ziro’, quloch, oyat, hadis, yaxshi gumoni, tavba.
Ключевые слова;
Свет, тьма, друг, хранитель, начальник, смотритель,
опекун, Вера, неверие, идолопоклонство, Сатана, невежество, конец, верующие,
ангел, молитва, слуга, горсть, семя, локоть, стих, хадис, доброе подозрение,
покаяние.
Key words:
Light, darkness, friend, guardian, boss, caretaker, caretaker, Faith,
disbelief, idolatry, Satan, ignorance, end, believers, angel, prayer, servant, handful,
seed, cubit, verse, hadith, good suspicion, repentance.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
267
ISSN:3030-3621
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
“Alloh iymon keltirganlarning do‘stidir.
Ularni zulmatlardan nurga chiqarur. Kufr keltirganlarning do‘stlari
tog‘utlardir. Ularni nurdan zulmatlarga chiqarurlar. Ana o‘shalar olov
sohiblaridir. Ular unda mangu qoluvchidirlar”.
Baqara surasi 257-oyat.
Biz oyatda “do‘st” deb tarjima qilgan ibora arab tilida “valiy” deb kelgan
bo‘lib, bu siz bilan bizning tushunchamizdagi “do‘st”dan ko‘ra kengroq tushunchani
ifoda qiladi. Bu do‘st, ishboshi, hamma kerakli narsalarni tayyorlab, ishlarni to‘g‘ri
izga solib turuvchi g‘amxo‘rdir.
“Alloh iymon keltirganlarning do‘stidir”.
Ya’ni ishboshisi, g‘amxo‘ridir. Shu boisdan ham
“Ularni zulmatlardan nurga chiqarur”.
Alloh iymon keltirganlarni iymon deb atalgan nurga chiqaradi. Allohning yo‘li,
Iymon yo‘li bitta – nur yo‘lidir. Undan boshqa hamma yo‘llar zulmatdan iboratdir.
Shuning uchun ham oyatda “nur” so‘zi birlikda, “zulmat” so‘zi esa ko‘plikda zikr
qilinmoqda. Allohning yo‘lidan boshqa hamma yo‘llar, qaysi nom bilan atalishidan
qat’i nazar, zulmatdir. Alloh taolo iymon yo‘liga yurganlarni ushbu zulmatlarning
barchasidan iymon nuriga chiqaradi. Iymonlilarning qarshisida boshqa toifa ham bor,
ular kufr keltirganlardir. Xo‘sh, ularning holi qanday ekan?
“Kufr keltirganlarning do‘stlari tog‘utlardir”.
Ya’ni kofirlarning ishboshilari, g‘amxo‘rlari Allohning yo‘lidan boshqa
yo‘ldagilardir. Tog‘utning kattasi shaytondir. Shunday ekan, tog‘utlar o‘zlariga
ergashganlarga qanday do‘stlik qiladilar?
“Ularni nurdan zulmatlarga chiqarurlar”.
Tog‘utlar o‘zlariga ergashganlarni iymon nuridan chiqarib, johiliyat
zulmatlariga kiritadilar.
Avval aytilganidek, zulmatlar juda ham ko‘p va ular turli nomlar bilan ataladi.
Oqibat nima bo‘ladi? Oqibatda:
“Ana o‘shalar olov sohiblaridir. Ular unda mangu qoluvchidirlar”.
Yuqorida odamlar ikki toifaga ajrab, ularning ayrimlari kofir, ayrimlari mo‘min
bo‘lib ketganlari bayon qilingan edi.
Mo‘min-mo‘minalar namozlarini tashlamay har qanday holatda ham namoz
o‘qishlariga
farishtalarni
havaslari
kelib,
haqqlariga
duo
qilishlarini
va Allohfarishtalariga undaylar bilan fahrlanishini bilganlarida edi.
َ
ِِِِِ يِص قيِ ََقَ: لََقَ: ُاْقَع ُن ي ِ
ِِِِِض َر َةَرْي َرُه يِبَأ ْنَع
ِ نَ َنْقِع قََِأ لىَيقَىَل ُن َُُُ َي ل َي َِِِِِس َو ِاْيَ َع ُن ى
أَ َم يِف يِِ َرَكَذ ْنِإ َو ،ي ِِِِسْفَِ يِف ُاُل ْرَكَذ ِا ِِِِسْفَِ يِف يِِ َرَكَذ ْنِإَف ،يِِ َرَكَذ َِذِإ ُاَىَم قََِأ َو ،يِب يِنْصَع
أرْيَخ أ َ َم يِف ُاُل ْرَكَذ
ِإ َب رَ َل ْنِإ َو ،ْيُهْقِم
يِِقَلَأ ْنِإ َو ،قوعقَب ِاْيَيِإ ُِْب رَ َل قوعَِرِذ يَيِإ َب رَ َل ْنِإ َو ،قوعَِرِذ ِاْيَيِإ ُِْب رَ َل أرْص ِِِِِشِب يَي
ُاُ ْيَلَأ ي ِِِِِشْمَي
وةَي َو ْرَه
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
268
ISSN:3030-3621
anhudan
rivoyat
qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: Alloh taolo aytadi:
Men bandamning Men haqimdagi gumonidaman.* Meni eslasa, u bilan
birgaman. Agar u Meni o‘zi eslasa, Men ham uni O‘zim eslayman. Agar u Meni
bir jamoa ichida eslasa, Men uni ulardan yaxshiroq jamoa ichida eslayman. Agar
u Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir ziro’ yaqinlashaman. Agar u
Menga bir ziro’ yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Agar u Menga
yurib kelsa, Men unga chopib boraman .
(Oltin silsila kitobidan Sahihul
Buxoriy). Vallohu a’lam!
Yuqoridagi oyat va hadisga to‘xtaladigan bo‘lsak, bandalarning adashish,
toyilish yo‘llari kop ekan. Ularni qutqaruvchi yo‘l faqat Allohga boruvchi yo‘llaridir.
Lekin ularni adashish yo‘llari ko‘plik lafzida keltirild. Demak, insonlarning
adashishlari tabiiy holat. Bundan ham yomoni, qilgan aybiga iqror bo‘lmaslik va
nadomat chekmaslikdir. Hech bir inson xatodan holi emas. Xato qiluvchilarning
yaxshisi esa tavba qiluvhchilaridir. Mazkur holatda insonning fikri (yaxshi gumoni)
uning kelajagini belgilab beradi. U agar kechirilishini umid qilsa kechirilishi, lekin
noumid bo’lsa, aybiga yarasha jazolanishi mumkinligi zikr qilindi.
Niyat qalb amalidir. U har bir ishimizning boshi, ham oxiri. Axir amallarimiz
niyatlarimizga qarab baholanadi. Shuning uchun niyatni yaxshi qilaylik.
Bu so‘zimizga “Ko‘prik quruvchi usta” hikoyasi na’muna bo‘lishi mumkin:
Aka-uka otalaridan qolgan hovlida kun kechirishardi. Bir tushunmovchilik
sabab oralariga sovuqchilik tushdi, gaplashmay qo‘yishdi. Kunlar o‘tgani sari o‘rtadagi
jarlik kattalashib borardi. Oxir-oqibat hovlining qarama-qarshi tomonlariga uy solib
yashay boshlashdi.
Bir kuni akaning eshigi taqilladi. Ostonada katta yoshlardagi odam turardi:
— Men ustaman, ish qidirib yuribman. Balki hovlingizda menbop yumush
topilib qolar, — dedi.
— Ha, albatta! Hovlini kesib o‘tgan ariqni ko‘rayapsizmi? O‘tgan haftada
ukam kavlatdi, o‘zicha hovlini ajratib, yerni chegaralab qo‘ydi. Bu yerda yetarlicha
taxta bor, — dedi omborxonasiga ishora qilib. — Siz hovlini butkul ajratish uchun
o‘sha ariq bo‘ylab to‘siq qurib bering.
Usta darhol ishga kirishdi. Taxtalarni olib chiqdi, o‘lchab kesdi, randaladi. Bu
orada ohorli kiyimlarini kiyib olgan aka so‘radi:
— Men bozorga ketayapman. To‘siq uchun yana biror narsa kerak emasmi?
— Rahmat, hamma narsa yetarli, — javob berdi usta.
Kechga yaqin shahardan qaytgan akaning jahli chiqdi. Chunki usta ariq ustiga
ko‘prik qurib qo‘ygandi.
— Men sizga to‘siq quring, degandim-ku! — dedi g‘azab bilan ustaga qarab.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
269
ISSN:3030-3621
Usta javob berishga og‘iz juftlagandi, uyidan chiqib ko‘prikni ko‘rgan uka ular
tomonga yura boshladi. Akasining xohishi bilan qurildi deb o‘ylab, xursand bo‘lgan
uka shoshib ko‘prikdan o‘tdi va akasini quchoqladi. Ariq qazitgani, qo‘pol muomalasi
uchun uzr so‘radi. Birpasda ikkovlari suhbatga kirishib ketishdi. Bu orada anjomlarini
yig‘ishtirib, ketishga hozirlanayotgan ustaga «Shoshilmang, mehmonimiz bo‘ling»,
deb taklif qildi aka. U esa:
— Rahmat, qololmayman. Men hali juda ko‘p ko‘priklar qurishim kerak, —
dedi tabassum bilan…
To‘qsoninchi yillarda, ayni bahor chog‘lari tomorqalarda ishlar qizg‘in paytlar.
Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlardim. O‘quv yili oxirlab borayotganidan hammada
charchoq alomatlari sezilardi. Men ham hech bo‘lmasa bir hafta dam olish niyatida
shifokor tanishimga uchradim-da, biror kasallik bahonasida varaqa ochib berishini
so‘radim. Vaholangki, o‘zim soppa-sog‘ edim. Shifokor ham hech kim
tekshirmaydigan kasallik deb bavosil «tashxis»i bilan kasallik varaqasi yozib berdi.
Ishim bitganidan xursand bo‘lib ko‘chaga chiqdim va shifoxona darvozasi
yonida bir tanishimni uchratdim. U mototsiklida meni ham olib ketadigan bo‘ldi.
Rahmat aytib, orqaga mingashdim va yo‘lni tekshirganimdan so‘ng yurishi
mumkinligini, avtomashina yo‘qligini aytdim. Endigina qo‘zg‘algandik hamki,
orqadan katta tezlikda kelayotgan mashina mototsiklni urib yubordi. Bu holat juda tez
ro‘y berdi. Men yo‘lning narigi tomoniga uchib tushdim. Ajablanarlisi, mototsikl
haydovchisiga, ya’ni tanishimga hech narsa qilmagandi. Mening esa oyog‘im singandi.
Keyin singan oyog‘im tufayli bir oy shifoxonada yotib qoldim. Qarangki, oyog‘im
tuzalganidan so‘ng bavosil kasalligini orttirdim. Bir joyda uzoq qolganimning ta’siri
edi bu. Shu xastalik tufayli yana ikki oy ishga chiqolmadim. Ishdan biroz hordiq olishni
niyat qilgandim, ortig‘i bilan dam ham oldim va yolg‘on kasallikka rozi bo‘lgandim
qimmatga tushdi...
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR:
1.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tafsiri hilol”. Toshkent – “Hilol
nashri”.2017.
2.
Muhammad Abiy Homid Gʻazzoliy, Ihyau ulumid din, amru ma’ruf nahiy, munkar
kitobi 3- jild, Bayrut.
3.
Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri.
Toshkent 2006. “Toshkent Islom universiteti” nashiryot-matbaa birlashmasi 2006.
5.
https://savollar.muslimaat.uz/maqola/243
6.
https://zamin.uz/uz/hayot-tarzi/25472-yahshi-niyat-yarim-davlat.html